Asosiy mavzular
23 mart 2022

Mirziyoev 21 mart kuni Putin bilan nima haqda gaplashdi?

Ukrainada Rossiya boshlagan urush 27 kundan buyon davom etarkan, Shavkat Mirziyoev 21 mart kuni tag‘in Vladimir Putin bilan telefonda gaplashdi.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatining bildirishicha, telefon suhbati Rossiya bilan o‘rnatilgan diplomatik munosabatlarninng 30 yilligiga bag‘ishlangan.

Kreml bo‘lsa Mirziyoevning yana bir bor Rossiyaning Ukrainadagi pozitsiyasini to‘g‘ri tushunishini bildirgani va buning ustiga bu telefon qo‘ng‘irog‘i O‘zbekiston tashabbusi bilan bo‘lgani haqida xabar bermoqda.

O‘zbekiston rasmiylari xabarida esa Ukrainada kechayotgan voqealarga munosabat haqida umuman hech narsa bildirilmagan.

O‘zbekiston habarida Rossiya bilan iqtisodiy strategik hamkorlik va ittifoqlik so‘nggi yillarda eng oliy darajaga ko‘tarilgani qayd etilgan.

Rossiya tomoni esa mutlaqo aksincha, suhbat Ukrainada kechayotgan voqealar haqida bo‘lganini xabar qilmoqda. Vladimir Putin suhbat davomida Mirziyoevga Donbass respublikasi himoyasi uchun olib borilayotgan maxsus harbiy amaliyot haqida ma'lumot bergan, O‘zbekiston prezident esa Rossiya tomoni pozitsiyasini to‘g‘ri tushunishini bildirgan.

Rasmiy O‘zbekiston ayni xabardagi bu tafsilotlar yuzasidan hech bir munosabat bildirgani yo‘q.
Garchi bundan ilgari O‘zbekiston Ukrainadagi og‘ir vaziyatni inobatga olgan holda bu mamlakatga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etishini bildirgan edi.

Bu haqda tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 17 mart kuni Oliy Majlis Senati yalpi majlisida qilgan chiqishida bildirdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan oladi. Biz Lugansk va Donetsk respublikalarini tan olmadik”, degan edi Abdulaziz Komilov.

Ukrainadagi mojaro ortidan G‘arb mamlakatlarining Rossiyaga qarshi joriy etgan sanktsiyalari O‘zbekistonga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir o‘tkazayotganini urg‘ulagan Abdulaziz Komilov mazkur sanktsiyalar salbiy ta'sirining oldini olish Toshkent uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini urg‘ulagan edi.

O‘zbek Forum inson huquqlari tashkiloti raxbari Umida Niyozova «Nastoyaщee vremya» dasturiga bergan intervyusida Toshkentning rasmiy munosabatidan qat'iy nazar Moskva baribir O‘zbekistonni o‘z harakatlarini qo‘llab quvvatlayotgan davlatlar qatoriga tortishga intilmoqda, dedi.

Niyozovaning fikricha, tashqi siyosatni mustaqil yurgizish uchun O‘zbekiston hukumati o‘zining Rossiyaga qaramligini kamaytirishga erishishi kerak.

Bundan oldin Mirziyoev Putin bilan 25 fevral kuni telefonda suhbatlashgan edi. O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov ertasi kuni telegram kanalida e'lon qilgan bayonotida Toshkent Ukraina masalasida «neytral pozitsiya»da ekanini bildirgan edi.

«Kechadan buyon mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari va blogerlaridan O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlarining yaqinda bo‘lib o‘tgan telefon muloqoti yakunlariga izoh berishimni so‘rab, murojaatlar kelib tushmoqda.

Shu munosabat bilan hamkasblarimizga quyidagilarni ma'lum qilmoqchiman.

Ikki tomonlama munosabatlarning keng ko‘lamli kun tartibida turgan dolzarb masalalardan tashqari, O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashdilar.

Rossiya Prezidenti davlatimiz rahbariga maxsus harbiy operatsiyani o‘tkazish to‘g‘risida qabul qilingan qarorning sabablari va shart-sharoitlari to‘g‘risida ma'lumot berdi.

O‘zbekiston yetakchisi, o‘z navbatida, tomonlar vaziyatni hal qilishning o‘zaro maqbul yo‘llarini tez fursatda topishlari va uning yanada keskin tus olishiga yo‘l qo‘yilmasligiga umid bildirdi.

Shuni alohida ta'kidlashni istardimki, O‘zbekiston bu masala bo‘yicha vazmin, neytral pozitsiyada» degan edi O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Eltuz Rossiyaning Ukrainaga qarshi olib borayotgan urushi atrofida kechayotgan voqealar tafsilotini kuzatishda davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
8 dekabr 2020
O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim “Eltuz” muxbiri bilan suhbatda xonandalar Sanjay va Sherali Jo‘raev janjaliga umuman aralashmaganini, artist bilan ...
5 aprel 2017
O‘quvchilarning jinsiy tegajog‘ligidan hamkasbini himoya qilgan Toshkent shahar Olmazor tuman 315-umumta'lim maktabining ingliz tili o‘qituvchisi 60 yashar Gulbo‘ston Nizomiddinova ...
31 avgust 2016
Bugun 31 avgust kuni O‘zA axborot agentligi saytida paydo bo‘lgan, prezident Islom Karimov nomidan yo‘llangan tabrik allaqachon g‘oyib bo‘ldi. ...
20 mart 2020
Ko‘chadan kelib, qo‘limni kirsovun bilan uch qaytalab yuvdim. Keyin spirt bilan chaydim. Keyin limon siqib, suvi bilan yuz qo‘limni ishqaladim.  ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...