Asosiy mavzular
19 aprel 2022

IIB siyosiy faol A'zam Turg‘unov uyini tintuv qilmoqchi bo‘ldi

O‘zbekistonlik huquq faoli  69 yashar A'zam Turg‘unovning uyiga 19 aprel kuni ertalab 9.00 lar atrofida tintuv o‘tkazish qarori bilan to‘rt nafar IIB xodimlari va uchastka noziri tintuv qilish maqsadida kelgan. 

Turg‘unovning Eltuzga bildirishicha, to u yetib kelmaguncha uyidagilar IIB xodimlarini uyga kiritishmagan. 

“Bu paytda men yangi inson huquqlari tashkilotini ro‘yhatdan o‘tkazish uchun huquqshunos oldiga ketayotgan edim. Telefon bo‘ldi. Shoshilinch uyga qaytishga majbur bo‘ldim. Qarasam haqiqatan ham eshik tagida, tanish podpolkovnik Miraziz degan yigit, yana fuqarolik formasidagi uch to‘rtta yigit turishibdi. “Tinchlikmi?” desam ”Mana shunday jinoiy ish ochilgan” deya tushuntira boshlashdi. Aniq qaror, muhrlari, J.Karimov degan tergovchining imzosi bor. Lekin menga undan nusxa berishmadi” deya bildirdi Turg‘unov voqea yuzasidan Eltuz muxbiriga bergan intervyusida.

A'zam Turg‘unovga ko‘ra, unga ko‘rsatilgan tintuv qarorida uning o‘g‘li 35 yashar Laziz Turg‘unov ismi sharifi ko‘rsatilgan. Shuningdek, qarorda yozilishicha, hujjat qaysidir fuqaro Erkinov Muhammadaminga qarshi Jinoyat kodeksining 244-2 moddasi bo‘yicha ochilgan jinoiy ish yuzasidan rasmiylashtirilgan.

Turg‘unov, o‘g‘lining bu shaxsga nima aloqasi borligi, nima asosda tintuv qarori chiqarilgani tushuntirishlarini talab qila boshlaydi.

“Shunday deb turganimizda, chetda turganlardan bittasi yugurib keldida, meni chetga tortib. “Uzr. Nariyog‘dan bizga telefon qilishdi. Shunga, dedi uzr. Anaqa qildik dedi. Hullas tintuv boshlanay, deb turganida to‘xtatildi” deydi Turg‘unov.

U qarordan nusxa berishlarini so‘ragan. Qanday tushunmovchilik bo‘lishi mumkin. Qarorda uning uy manzili, o‘g‘lining ismi sharifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Biroq unga hujjat nusxasini berishmagan. 

“Bu gaplarning endi ahamiyati yo‘q. U yoqdan “otboy” qilishdi deb, ketvorishdi” deydi Turg‘unov. 

Huquq faolining tag‘in bildirishicha, o‘g‘li orqali unga bosimlar yangilanishi mumkin. Bu bejiz emas. Chunki uning o‘g‘li Laziz Turg‘unov, u tashkil qilayotgan “Inson huquqi faollari uyi” ta'sischilari qatorida ham faoliyat yuritmoqda. 

“Asli ko‘p ishlarni o‘g‘illarim bilan birga boshlaganmiz. Bir necha bor ular qo‘shni davlatlardagi seminarlarga borib kelishdi. Keyingi paytlarda ishlarim ancha yurishganday edi. Bundan avval Maxsus ma'ruzachi bilan uchrashdim. Siyosiy mahkumlarning oqlanishi, reabilitatsiyasi yuzasidan ancha ishlar qilindi. O‘zi shunaqa bo‘ladi odatda. Sal ishing yurisha boshlasa, bu yoqdan qitmirliklar ham boshlanadi” 

Turg‘unovning Eltuzga tag‘in bildirishicha, aprelning dastlabki kunlarida, ayni podpolkovnik unga tez tez telefon qilgan. Qaerdaligini bilmoqchi bo‘lgan. Biror yoqlarga chiqib ketib qolmasligini so‘ragan.

Qamoqlarda toblangan faol

Shu kunlarda yana o‘zbek kuchishlatar tizimlari diqqat e'tiborida qolayotgan A'zam Turg‘unov   dunyoga tanilgan siyosiy faoldir. 2019 yilda qarorgohi Pragada joylashgan People in Need (“Muhtoj odamlar”) xalqaro inson huquqlari tashkiloti A'zam Turg‘unovni “Adolatsizlik hikoyasi” xalqaro mukofotiga loyiq deb topgan edi. 

 «Adolatsizlik hikoyasi» mukofoti «totalitar rejim tomonidan ta'qib etilgan shaxslarga» berib kelinadi.

A'zam Turg‘unov prezident Islom Karimov davrida kasbiy faoliyati uchun qamalib diktator  o‘lgandan so‘nggina ozod etilgan taniqli siyosiy arboblardan  biridir.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 dekabr 2023
Jizzax viloyatida ham «Dolzarb – 40 kunlik» maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoiy guruhlarga a'zo bo‘lgan, ijtimoiy muhitga salbiy ta'sirini ...
26 sentyabr 2023
Eltuzga Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasida oziq ovqat sifatining yomonligi yuzasidan ko‘plab shikoyatlar kelib tushdi. Shikoyatlar aksariyat ...
10 may 2016
Hafta boshida Eltuz.com Rossiya uchun chiqarilgan mashinalarni jamloqlarda saqlab qayta O‘zbekistonda sotilishiga oid jinoiy sxema fosh etilib, shirkat bosh ...
18 yanvar 2024
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyat maktublarini o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Jizzax, Andijon, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan kelgan. Dastlabki ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...