Asosiy mavzular
26 sentyabr 2023

Bemorlar: Qashqadaryodagi bolalar shifoxonasidagi ovqatlar sifatsiz

Eltuzga Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasida oziq ovqat sifatining yomonligi yuzasidan ko‘plab shikoyatlar kelib tushdi.

Shikoyatlar aksariyat viloyatning deyarli barcha tumanlaridan og‘ir xolatlarda keltirilgan yosh bolalari bilan yotgan ota onalardan kelgan.

Ularning yozishicha, ushbu davolanish muassasasida davlat tomonidan davolanuvchilarga bepul beriladigan ovqatning tarkibi va sifati juda yomon.

Hususan bolasi bilan birga davolanayotgan ayolning yozishicha, ular bergan bo‘tqa va grechka sho‘rvadan faqat suvning ta'mi keladi. Hatto tuz solinmagan.

Boshqa bir ayol esa, kasalxona ovqatini yeyishdan voz kechgani, uyidagilardan ovqat buyurtirayotgani haqida yozgan. Lekin uzoq tumanlardan kelib davolanayotganlarda bunday sharoit yo‘q, deya yozadi u.

Urologiya bo‘limida o‘g‘li bilan yotgan ayol ham yaqinlari uzoqda yashashi bois har kuni ham uyidan ovqat oldirish imkoni yo‘qligi, ba'zan yeyishga yaroqsiz ovqatni yemasdan och qolayotganini aytadi.

“Tuxum berishadi qorayib ketgan. Har kuni ta'msiz bir xil karam sho‘rva va og‘izga olib bo‘lmaydigan bo‘tqa” deya ta'riflaydi bemor bolaning onasi kasalxonadagi ovqatlar sifatini.

Ma'lum bo‘lishicha, mazkur shifoxonaga Samarqand viloyat Jomboy tumanidagi «JOMBOY PARXYeZ TAOM» MChJ xizmat ko‘rsatadi.

Shu oshxonada ishlovchi Eltuz manbasiga ko‘ra mazkur tibbiyot birlashmasi bosh shifokori ushbu shirkat bilan kelishib moliyaviy ta'minotni talon taroj kilib kelmoqda, natijada bolalar va onalarga oddiy suvda qaynatilgan kasha va faqat quruq karamdan pishirilgan sho‘rva berilmoqda.

Hatto oshxona xodimlari ham bemorlarga ushbu taomni berishga uyalishini aytishmoqda. Eltuzga jo‘natilgan suratlarda kasallarga berilayotga ovqat sifati aks etgan.

Eltuz bu murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddilar, Qashqadaryodagi tibbiyot birlashmasi va Jomboy parxez taom MChJ raxbarlarining javobini kutadi.

Tag‘in o‘qing
4 fevral 2024
2019 yil Yusuf Xos Hojibning 1000 yilligi, «Qutadg‘u bilig»ning 950 yilligi Qozog‘iston va Turkiya tashabbusi bilan YuNYeSKO tomonidan dunyoda ...
21 sentyabr 2020
O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimi mavsumi boshlandi. Shu sababli har yili bo‘lganidek, joriy yilda ham aholi orasida ushbu mavzu dolzarb bo‘lishi tabiiy. ...
16 may 2017
«Oila va jamiyat» gazetasi (10.05) mobil aloqa kompaniyalari «xizmatlarining milliy ma'naviyatimizga tahdidi» haqida bong urdi. Unda mobil aloqa operatorlari ...
13 sentyabr 2016
Agar Siz yoki yaqinlaringizni paxta terimiga qatnashishga majburlashsa, agar Sizdan paxta terimiga bormaslik uchun pul talab qilishsa, marhamat, bu ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...