Asosiy mavzular
27 aprel 2022

Xivada lazgi festivali boshlandi

Xorazm viloyatining Xiva shahrida 25 aprel kuni Lazgi xalqaro raqs festivali boshlandi. Dunyoning 30 dan ziyod mamlakatlaridan kelayotgan mehmonlar mingan uchoq Urganch aeroportiga qo‘narkan, jozibador lazgi raqsi bilan kutib olindi.

Urganch qo‘nalg‘asidan Eltuz muxbiri jo‘natgan dastlabki videolarda ajnabiy mehmonlarning ham xorazmlik raqqosalar bilan birga lazgiga tushayotganini ko‘rish mumkin.

“Uchoq trapidan tushishimiz bilan raqsga tusha boshladik. Bu jozibani so‘z bilan izohlash qiyin. Yorqin milliy liboslar va jozibador raqs ko‘zni qamashtiradi. Haqiqatan ham bayram jonli va samimiy boshlandi” dedi baxtli tasodif tufayli festivalda qatnashish sharafiga muyassar bo‘lganini Eltuzga bildirgan chet ellik mehmonlardan biri.

Keyin mehmonlar sharafiga Xivaning Ichon qal'asi darvozasi tantanali ochildi. Qadimiy Xorazm poytaxtiga kelgan mehmonlarning alifbo tartibida qal'aga kirishiga «izn berildi».

Bu yil Xorazmda ilk bor o‘takazilayotgan Lazgi festivali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 sentyabrdagi PQ-4843-son qaroriga asosan har ikki yilda bir marotaba 25-30 aprel kunlari o‘tkazilishi rejalangan.

Festival doirasida Xalqaro ilmiy amaliy konferentsiyasi va raqs tanlovi tadbirlari o‘tkaziladi. Tanlovda 18 mamlakatdan 160 raqqosa va raqqoslar ishtirok etadi, san'atkorlar mahoratini 6 davlatdan kelgan hakamlar hay'ati baholaydi. Tanlov g‘oliblari turli esdalik va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Festival doirasida faol ijrochilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida ta'sis etilgan «Eng yaxshi raqs», «Eng yaxshi xoreograf», «Eng yaxshi yosh raqqosa (raqqos)» kabi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchilar rag‘batlantiruvchi sovg‘a va mukofotlar bilan taqdirlanadi, deydi festivalni  kuzatayotgan Eltuz muxbiri.

Format¸ mafkura¸ til o‘zgardi ammo Lazgi o‘zgarmay bizgacha yetib keldi. Lazgi kodi Da Vinchi kodidan ham qadimiy. Bu kod to‘rt raqam va ikki xarfdan iborat. Bu kodni uyida ming yillik karvuchdan terilgan qudug‘i bo‘lgan xorazmlik biladi. Xivadagi Lazgi festivali esa 30 aprelga qadar davom etadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 noyabr 2023
Gitlerga oshiq bo‘lish yigirmanchi asrda qolib ketgan ruhiy anomaliya deb o‘ylardim. Nemis xotinlari Gitler gapirganda hayajondan siyib tashagan. Yigirma ...
9 may 2016
GM Uzbekistan shirkatiga aloqador yuqori mulozimlar uzoqlikka yugurish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatmoqda. Avtosanoat ishi bilan bog‘liq ikki MXX mulozimi ...
31 dekabr 2020
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mulozimining “Eltuz”ga aytishicha, O‘zbekiston avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi (sobiq “O‘zavtoyo‘l” davlat aktsiyadorlik kompaniyasi) rahbariyati sohaga ...
7 iyun 2022
Bu kun Angliya fuqarolik jamiyati tomonidan monarxiya zo‘ravonliklarini cheklash yo‘lida tub burilish yasalgan sanadir. 1628 yilning 7 iyunida ingliz ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...