Asosiy mavzular
9 iyun 2022

Eltuz Portali-7: Almashayotgan maktab direktorlari qanchalik savodli?

Bugun «Eltuz portali»da muhokama qilmoqchi bo‘lganimiz shikoyatlar mavzui shu kunlarda O‘zbekistonda ro‘y berayotgan maktab direktorlari attestatsiyasi natijalariga bag‘ishlanadi. Aksariyat o‘qituvchilar sobiq direktorlarini himoya qilishmoqda, hech qanday attestatsiyaning bizga keragi yo‘q deyishmoqda.

Dastlabki shikoyat Eltuz portaliga o‘z direktorlarining bo‘shatilishidan norozi Qarshi shahridagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘qituvchilari va ishchi xizmatchilari iddaolariga oid. Ular o‘z shikoyatlariga ko‘plab video, foto va hujjat nusxalarini ilova qilishgan.

Eltuz o‘rgangan hujjatlardan ma'lum bo‘lishicha, Qarshidagi sport maktabi sobiq direktor Odil Toshev 55 ball to‘plab attestatsiyadan yiqilgan, 66 ball to‘plagan uning o‘rinbosari Jamolov Jamshid vaqtinchalik direktor lavozimiga tayinlangan.

Qashqadaryolik mahalliy huquq faoli Shukrullo Parpiev attestatsiya bilan maktab direktorini ishdan bo‘shatishni kulgili xolat deb hisoblaydi.

«Aynan Odil Toshev kabi jonkuyar raxbarlarni bunaqa bahonalar bilan ishdan olinishini kulgili holat deb bilaman. Attestatsiyani bahona qilib, direktorni vazirlikka chaqirib ishdan bo‘shatish, – bu kulgili holat. Jahon kuladi bunga», – deydi huquq faoli Eltuzga bergan video intervyusida.

Biroq Eltuz Qashqadaryodagi maktab raxbarlari o‘rtasidagi attestatsiyaning qanchalik adolatli yoki adolatsiz o‘tkazilgani yuzasidan hulosa qilishga shoshilmaydi. Biroq, yozishmalarda ko‘zga tashlangan ayrim nuqsonlarga diqqat qaratadi.

E'tiborimizni tortgan hujjat maktabning 50 ga yaqin o‘qituvchilari, ishchi, xizmatchilari tomonidan Bosh prokuratura, Bosh vazir, sport vazirligi va Eltuzga jo‘natilgan ariza bo‘ldi. Birinchi jihat o‘zbek maktablari va vazirliklar o‘rtasidagi yozishmalarning hamon kirill alifbosida olib borilayotganidir. Xolbuki, o‘zbek tiliga davlat maqomi berilganiga bu yil 33 yil to‘ladi. Ish yuritishda «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi muhokamasi so‘nggi bor 2021 yilning 1 noyabriga qadar uzaytirilgan edi. 33 yil burun maktabga borgan bola esa bugun maktablarda o‘qituvchilik qilib, bitta jumlada ko‘plab imlo xatolari bilan o‘z sobiq direktori himoyasiga ariza yozmoqda.

Ko‘rib turganingizdek, birgina rasmiy arizada maktab xodimlari 10 lab imlo xatolariga yo‘l qo‘yishgan. Yoki imlo xatolariga to‘la maktubni imzolashgan. va bunday holat birinchi bor kuzatilayotgani yo‘q.
Masalaning ikkinchi tomoni, ular Qashqadaryo viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Vahob Ro‘ziev o‘zining nomenklaturasiga kirmaydigan faoliyatni qasddan buzib attestatsiya baxonasida maktabning sobiq direktori Odilxon Toshevni qo‘rqituv va majburlov bilan, vazirning nomini sotib, bosim ostida ariza yozdirib olishganini iddao qilishmoqda.

Mahalliy faollarning bildirishicha, 2015 yildan buen maktabda obodonlashtirish ishlari olib borilmokda. Hozirgi kunda maktabda 500 ga yaqin manzarali va mevali daraxtlar ekilgan. Maktab hovlisida sabzavotlar ekilgan egatlar ham ko‘zga tashlanadi. Qolaversa, mahalliy huquq faollari ham direktorning nohaq bo‘shatilganini aytishmoqda.

«Attestatsiyadan vazirning o‘zi o‘ta olarmikan? Beayb parvardigor, hammamizning bilimimiz yuz foiz emas. Meniyam bilimim yetmaydi. Bu bir bahona! Rivojlangan bir maktabga boshqa bir direktorni qo‘yish maqsadida qilingan narsa deb o‘ylayman», deydi qashqadaryolik faol Shukrullo Parpiev. U shuningdek, «Attestatsiya mutlaqo bizga kerak emas» degan prezident Shavkat Mirziyoevning gaplaridan iqtibos keltiradi.

Ehtimol chindan ham prezident aytganidek, attestatsiyadan mutlaqo foyda yo‘qdir? Masalan, sport maktabi oldiga gilos bilan turp ekishdan foyda bordir?

Qolaversa bokschi yetishtiradigan maktab direktoridan savod talab qilish ham noto‘g‘ri. Lekin sport maktabi direktori o‘z arixasida qo‘rqitilgani, bosim ostida ariza yozdirishganini iddao qilmoqda «Protiv loma, net priema» deyishadiku o‘ris mashoyixlari. Keyingi videoshikoyat Xorazmdagi rus maktabi o‘qituvchilaridan kelgan.

Xorazmning Urganch shahridagi rus tiliga ihtisoslashtirilgan maktabda shu maktab direktorining rus tilidagi ohangi tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi.

“Eltuz” muxbirining aniqlashicha, video o‘tgan hafta Urganchdagi 28-son maktabda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” marosimida yozib olingan.

Tabrik so‘zi maktab direktori Shoira Polvonovaga berilar ekan u rus tilida yozilgan tabrik matnini to‘g‘ri o‘qib berolmadi.

“O‘zbek vatandoshlarining rus tilini bilish majburiyati yo‘q. O‘zbek vatandoshlari grammatik xato yoki aktsent bilan gapirsa andisha qilmaymiz. Lekin, rus tilidagi maktab direktori qo‘liga berilgan qog‘ozdagi matnni to‘g‘ri o‘qib berolmayaptimi u bunday maktabga rahbar bo‘lishga loyiq emas”, – deydi bolasi shu maktabga boradigan a ayol..

“Agar rostdan ham shu ayol maktab direktori bo‘lsa unda o‘quvchilardan nima kutsak bo‘ladi?”, – deydi boshqa ota-onalardan biri.

Xorazmlik nafaqadagi keksa muallim Sultonposhsha Matyaqubovaning aytishicha, muammo maktab direktorining ruscha bilish-bilmasligida emas, savodsizlik masalasida bo‘lyapti.

“Saviyasizlik, savodsizlik, bilimsizlik hozir asosiy muammo. Attestatsiya tizimi yo‘q. Gorono yoki Oblonoda tankasi bor istagan ayol kelib maktabga direktor bo‘lyapti. Maktab o‘quvchilarini imtixon qilib ko‘ring, o‘zbekchani ham bilmaydi. Savodsiz bir avlod yetishyapti. Ruscha maktabga beryapti bolasini, ruschani ham bilmaydi, o‘zbekchani ham”, – deydi sobiq muallim.

Agar mamlakat ta'lim tizimi bo‘ylab o‘tayotgan attestatsiya bois maktablarga shunday direktorlar qo‘yilayotgan bo‘lsa, prezidentning g‘azabnok gaplari to‘g‘ri bo‘lsa kerak deb ham o‘ylab qoladi odam.

Lekin maktab direktorlari savodsiz bo‘lsayu, ularni attestatsiya qilish ham keraksiz tadbir bo‘lsa unda bu maktablarda savod chiqarishning nima keragi bor. Umuman bu maktablarga xalq pulini sarflashning nima keragi bor? Bular albatta mamlakatdagi ta'lim tizimini jaholatga yetaklovchi ritorik savollar. Bugungi kunda xalq ta'limi tizimi jiddiy islohotlarga muhtoj.

Eltuz portalida biz bugun faqat ikkita shikoyatga va ulardagi muammolarning ayrim jihatlarigagina e'tibor qaratdik. Bu muammolar albatta tegishli vazirlik va davlat mutasaddilari e'tiboriga havola qilinadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 fevral 2019
Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanidagi bog‘chalarda bolalarga go‘sht o‘rniga ichak-chavoqlardan tayyorlangan ovqatlar berilmoqda, deya bildirdi bog‘cha mudiralaridan biri “Eltuz”ning Farg‘onadagi ...
25 iyun 2017
Prezident Mirziyoev 13 iyun kungi chiqishida O‘zbekiston adliya tizimida avj olgan poraxo‘rlik muammosini ko‘tardi. «Prokuraturaning 70 foizini ishdan olib ...
25 iyun 2019
“Hamidning ko‘zlariga yosh qalqdi. Boshini chayqab: “Chiqarmikanmiz? Ishonish qiyin, aka”, dedi va og‘ir xo‘rsinib, baland ovozda: – Eh, Guantanamo, ...
24 aprel 2018
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati sobiq raisi, Xorazm viloyati hokimi 59 yoshli Ilgizar Sobirov “salomatligi yomonlashgani bois o‘z arizasiga ko‘ra” ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...