Catira
24 aprel 2018

Senatning sobiq raisi hokimlikdan ham ketdi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati sobiq raisi, Xorazm viloyati hokimi 59 yoshli Ilgizar Sobirov “salomatligi yomonlashgani bois o‘z arizasiga ko‘ra” 23 aprel kuni vazifasidan ozod qilindi. Uning o‘rniga Farhod Ermonov vaqtincha hokim etib tayinlandi.

Ilgizar Sobirov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Xorazm viloyatiga kelishidan bir kun oldin shoshilinch ishdan olindi.

Ilgizar Sobirov 2006 yilda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov davrida Senat raisligiga tayinlangan va 2010 yilda “menga bir kori-hol bo‘lsa, Senat raisi davlat rahbari bo‘ladi”, deya ta'kidlagan edi.

Aynan o‘sha vaqtda prezident vakolatini vaqtincha Senat raisi bajarishi O‘zbekiston Konstitutsiyasining 96-moddasiga kiritilgan edi.

Konstitutsiyaga 2011 yil aprelida kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, prezident og‘ir betob bo‘lib qolsa, prezident vakolatlari aqtincha Senat raisiga yuklatiladi.

Konstitutsiyaning 96-moddasida aks etgan bu holat yuzasidan O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimov 2010 yil noyabrda taklif bilan chiqqan edi.

«Mamlakat prezidenti o‘z vazifasini bajara olmay qolgan vaziyat yuzaga kelganda, ushbu moddani turlicha talqin qilishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida uning yangi tahririni quyidagi mazmunda bayon etish taklif qilinadi: Mamlakatning amaldagi prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi zimmasiga yuklatiladi.

Bunda uch oy muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunga to‘liq muvofiq holda mamlakat prezidenti saylovi o‘tkaziladi. Buniyam to‘g‘ri qabul qilishingizni so‘rayman, sababi, bu yerda oddiy, demokratik davlatlarda keng tarqalgan yo‘li ayni shu. Agar prezident turli-turli sabablar bilan mamlakatni boshqarishga qurbi yetmasa, yana tushunmovchilik paydo bo‘lmaslik, tortishuvlar paydo bo‘lmaslik, qabilalar prezidentlik lavozimiga o‘zimizning odamimizni, qabilamiz vakilini qo‘yamiz, deganlar paydo bo‘lishi mumkin. Yoki mahalliychilik deymiz. Bir viloyat o‘zining odamini, boshqasi o‘zining odamini, unaqa narsalar, bunaqa qoldiqlar bizda hali bor. Xayolda bor. Nima uchun prezident bo‘lib anavi viloyatdan, vazir mana bu viloyatan kelib o‘tiribdi, nima uchun bizlardan vakillar yo‘q, deganlar, zamonni tushunmaydigan, o‘rta asrlarda qolib ketgan odamlar ham bor», deb aytgandi Islom Karimov.

«Shu nuqtai nazardan aynan mana shunaqa modda kerakki, hammasi aniq-ravshan Konstitutsiyada belgilab berilishi kerak. Hech kimning… buyuk davlat degan O‘zbekistonni og‘ir ahvolga tushirishga haqqi yo‘q», deya ta'kidlagan edi marhum Islom Karimov.

2018 yil 23 aprel kuni ishdan olingan Ilgizar Sobirov 2015 yilda Oliy Majlisi Senati raisi vazifasidan ozod qilinib, uning o‘rniga Nig‘matulla Yo‘ldoshev tayinlangan edi.

Karimov o‘limidan so‘ng Konstitutsiyaning 96-moddasi buzildi: muvaqqat prezidentlikka, qonunda ko‘rsatilganidek, Senat raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev emas, balki bosh vazir Shavkat Mirziyoev tayinlandi.

Rassom Kirpi
Etuz.com

Tag‘in o‘qing
22 may 2017
21 may kuni prezident Mirziyoev Riyod shahridagi uchrashuvida O‘zbekistonda xalqaro ilmiy tadqiqotlar markazi tuzish bo‘yicha memorandumni imzoladi. Saudiya Arabistonida ...
26 sentyabr 2017
26 sentyabr kuni tanqidiy fikrlari uchun o‘zbek hukumatining qora ro‘yxatiga kiritilgan 63 yoshli yozuvchi Nurilla Otaxonov Turkiyadan Toshkentga yo‘l ...
3 fevral 2016
2 fevral kuni Jizzax viloyat jinoiy sudida davom etgan «Fermer Aramais ishi»ning maxkama jarayonida davom etdi. Prokuror Sh. Turdibekov, ...
30 mart 2016
Prezident Karimov hokimiyatdan hali ketish niyati yo‘qligini aytgan, hokimiyatga yaqin shaxslar esa allaqachon hokimiyat boshqa bir kattakonning, uning kuyovi ...
Bloglar
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...
17 mart 2024
Rassom Tuz bir mavzu muhokamasini boshlasa ag‘dar to‘ntarini chiqarib barcha qirralarini o‘rganadi. Tanganing ag‘iniyam¸ bag‘iniyam¸ ...