Video
25 iyun 2017

Dilobar Erkinzoda: «Mendan sudya Nizom Rustamov 20 ming dollar pora so‘ragan»

Prezident Mirziyoev 13 iyun kungi chiqishida O‘zbekiston adliya tizimida avj olgan poraxo‘rlik muammosini ko‘tardi.

«Prokuraturaning 70 foizini ishdan olib tashladik, hali yana olamiz. Nega degsangiz ayrim noinsoflar u yerga illat tashlab ketgan, poraxo‘rlik illatini», dedi Mirziyoev.

Bugungi kunda Shvetsiyada yashayotgan o‘zbek faoli Dilobar Erkinzoda prezident iddaolarini tasdiqlab o‘zi ham hayotida «shunday poraxo‘r adolatsiz sudyalar bilan to‘qnash kelganini» bildirdi.

«Sud tergov jarayonidan ham battarroq bo‘lgan, umuman fojia bilan tugagan bizning oilamiz uchun», deydi u Eltuz muxbiri bilan suhbatida.

2002 yili uning akasi Iskandar Xudoyberganov ustidan to‘rt oy davom etgan sudda Xudoyberganov o‘lim jazosiga hukm etildi.

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi sudyasi Nizom Rustamov, Dilobar Erkinzodaning bildirishicha, jazoni 20 yilga almashtirish uchun 20 ming dollar pora so‘ragan.

«Bu pul o‘sha paytda biz uchun juda katta pul edi. Buning ustiga u aytgan uch kun ichida biz bu pulni hamma narsamizni sotgan taqdirda ham topa olmasdik» deydi Dilobar Erkinzoda.

Shundan keyin u akasini o‘lim jazosidan qutqarish uchun toshkentlik huquq faollari bilan birga kurash boshlaydi.

Dilobar va boshqa o‘zbek faollari, xalqaro jamoatchilik sa'y harakatlari natijasida Iskandar Xudoyberganovga BMT inson huquqlari guruhining O‘lim jazosiga qarshi moratoriyasi qo‘llanildi.

2008 yilga kelib esa O‘zbekistonda umuman o‘lim jazosi bekor qilindi.

Jinoyat kodeksining 14 ta moddasi, jumladan davlat tuzumiga tajovuz qilishda ayblangan Iskandar Xudoyberganov, 2002 yilning noyabridan qamoqda qolmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 oktyabr 2017
Sovet davrida «Paxtakor polvonlarim» deganga monand bir mashhur qo‘shiq bo‘lardi. Paxta terimi boshlandi deguncha radio ham, televizor ham vadavang ...
11 aprel 2018
Shoir Shavkat Rahmon ijodiga oid ko‘rsatuvda uning Usmon Azim, Xurshid Davron va Muhammad Solih bilan tushgan fotosurati 3 aprel ...
7 aprel 2017
Xiva tumani Sayot qishlog‘idagi 31-maktabning 15 yashar o‘quvchisi M.T 5 aprel kuni Xiva tuman tug‘ruqxonasida o‘g‘il tug‘di. Muhayyo tahsil ...
17 dekabr 2015
Ekspertlarga ko‘ra ularning asosini etnik o‘zbeklar, O‘zbekiston fuqarolari, aksariyat Farg‘ona vodiysi, jumladan O‘sh shahridan kelganlar tashkil etadi. Turli ma'lumotlarga ...
Bloglar
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...
7 yanvar 2025
Ijtimoiy tarmoqlarda “1000kitob” loyihasi bo‘yicha turli gap-so‘zlar aylanib yuribdi. Mansab talashuvi, ziyolilarning guruh-guruh bo‘lib, bir-biri ...
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...