Asosiy mavzular
14 iyun 2022

Eltuz portali-8. Majburiy g‘alla yig‘imi, sirli hujjat va oqsayotgan ta'lim

Bugun Eltuz portalida muhokama qilmoqchi bo‘lganimiz shikoyatlar mavzusi O‘zbekistonda saqlanib qolgan majburiy mehnat va ta'lim tizimida yuzaga kelgan muammolarga oid. Shuningdek shikoyatlar yuzasidan ko‘rilayotgan choralar va ijobiy natijalar ham o‘rin olgan. Demak navbatdagi beshta shikoyatning dastlabkisi Namangan viloyatining Pop tumanidan. Maktub muallifi tumanda g‘alla o‘rimi boshlangani munosabati bilan ommaviy majburiy mehnat yuzaga kelgani haqida yozadi.

Popda majburiy mehnat  

«Pop tumanida g‘alla yig‘imi boshlanishi munosabati bilan tumandagi barcha tashkilot va muassalar rahbarlari va ӯrinbosarlari majburiy yig‘imga jalb etilmoqda. Har qanday xizmat idorasi o‘z faoliyatini tӯxtatib, faqat g‘alla bilan shug‘ullanishi kerakligi haqida kӯrsatmalar berildi. 13 iyun kuni ertalab soat 05:00 ga tumandagi MTP (mashina traktor parki)ga davlat ishchilari majlisga chaqirtirilgan va g‘alla maydonlariga chiqib kechayu kunduz kambaynlar bilan yurishi rejalashtirilgan. Bu bӯyicha shaxsan tuman hokimi kӯrsatma berganligi tab'kidlanmoqda. Achinarlisi, qaysi soha vakili ekanligini qizig‘i yӯq. U shifokormi, ӯqtuvchimi, elektrikmi, baribir.
Fermerlar nima ish qiladi, bilmaymiz. Bu ham majburiy mehnat turimi yoki? Jonga tegdi…» deya hasrat qiladi pop tumanidan Eltuzga shikoyat yo‘llagan arzgo‘y.
«Har bahorda shu bo‘lar takror, har bahor ham shunday o‘tadi…» Keyingi shikoyat ham ayni majburiy mehnat haqida, lekin navbatdagi maktub muallifini g‘alla o‘rishga majburlashayotgani yo‘q. Shofirkonlik bolalar bog‘chasi xizmatchilari o‘z mudirlari tomonidan dam olish kunlari ham ishlashga majburlanayotganidan arz qilishmoqda.

«Biz qullar emasmiz»

Assalomu alaykum Tuz og‘a,
biz Buxoro viloyati Shofirkon tumani Jo‘yrabod qishlog‘idan murojaat qilmoqdamiz. Qishlog‘imizda joylashgan 17-son bolalar bog‘chasida ko‘pdan buyon ishlab kelmoqdamiz. Xalqimizda bir gap bor: «Yomg‘irdan qochib, do‘lga tutilding» yoki «U kunimiz bu kunimizdan battar» bo‘ldi.

Biz ishchi xodimlar avvalgi mudiramizning o‘rniga har tomonlama bizlarga o‘rnak bo‘ladigan rahbar keladi degan umidda edik.  Yaqinda bog‘chamizga tuman Maktabgacha ta'lim tashkilotida » Metodist» bo‘lib ishlab kelayotgan Shohsanam Yodgorovani bizning 17-son bolalar bog‘chamizda  vaqtinchalik vazifa bajaruvchi  etib tayinlab ketishdi. Yodgorova Shohsanam bir vaqtning o‘zida ikki joyda ishlaydi. Shu sababdan bizning bog‘chamizda kun davomida 2 soat ham o‘tirmaydi.

Hafta davomida to‘planib qolgan ishlarni yakshanba kuni dam olish kuniga rejalashtirib, bizni chaqirtirib ishlashga majburlab kelmoqda. Biz ishchilar qullar emasmiz.
Ushbu murojaatimizni tegishli idoralar atroflicha o‘rganib chiqadi degan umiddamiz, deya yozadi o‘z shikoyatlarida  shofirkonlik bog‘cha xizmatchilari.
Keyingi shikoyat esa Prokuratura idorasi tomonidan Andijon viloyati maktab direktorlaridan qo‘l qo‘ydirib olinayotgan  sirli hujjat haqida.

«Sirli hujjat»  

«Assalomu alaykum Tuz og‘a,
Andijonda g‘alati ishlar bo‘lyapdi.  
Andijon viloyat XTB mudiri 33 mlrd kamomad tufayli qo‘lga tushgandi yaqinda.  
Bu kamomadlar qaerdanligini hamma biladi, ayniqsa rahbarlar.  
Ikki kun oldin Andijon viloyat prokuraturasi hamma tumanlardagi maktablarga xat chiqarib, shu xatda so‘ralgan va olingan narsalarning miqdorini yozmasdan, maktab direktorlari, sport o‘qituvchilari va zavxozlarga qo‘l qo‘ydirib, pechat bosib, berilishini so‘rashayapti.  
Menimcha, kerakli miqdorni jadvalning ichiga qo‘shib yozib, A. Mirkamilovning aybini kamaytirishadiyov», deya tahmin qiladi maktub muallifi.
Maktubga ayni imzolanishi kerak bo‘lgan Sport jixozlari xatlov dalolatnomasi ilova qilingan. Bu holat mutasaddi idoralar tomonidan tegishli tartibda o‘rganiladi degan umiddamiz. Aksincha ohirgi gunoh echkisi sifatida prokuratura va vazirlikdagi korruptsiyaga sherik bo‘lgan maktab direktori gunoh echkisiga aylanadi.
Keyingi shunga o‘xshash shikoyat Xorazm viloyatidan. 6-son maktab internati o‘qituvchisi yozgi ta'mirga deya noqonuniy pul yig‘ilayotganidan arz qilmoqda.  

Yozgi ta'mir o‘lponi

Assalomu aleykum Tuz og‘a!
Bu xabarni Xorazm viloyati , 6-internatdan yozmoqdaman. Men shu internatda o‘qituvchiman.
Internat direktori xodimlarni ish vaqtida mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishga majburlamoqda. Bu narsalar MJTKning 51-moddasini buzilishi hisoblanadi.
Majburiy mehnatdan tashqari, har yili o‘quvchilar yozgi ta'tilga kuzatilishi bilan maktab-internatda remont degan «boshog‘riq» boshlanadi. X.J ta'mir uchun har bir o‘qituvchidan pul yig‘ib oladi.
Arzon sifatsiz kraska olib kelib, xonalarga ishlatadi. Kasaba uyushmadan yuborilgan hamma sovg‘alarni birinchi bo‘lib o‘ziga olib, o‘zidan orttirgan sovg‘alarni 3-4 o‘qituvchilarga berib qo‘yadi.
Jumladan maktab-internati o‘qituvchisi o‘z maktubida o‘n yil davomida biror marotaba holis tekshiruv o‘tkazilmaganidan shikoyat qiladi. jingl Keyingi maktubni esa Mingbuloqdagi 11 maktab o‘qituvchilari yo‘llagan. Ular nusxasi Xalq ta'limi vazirligiga yo‘llangan xatida maktabdagi ta'lim sifati va intizomining pasayganidan shikoyat qilishmoqda.

Ta'lim sifati nega past?

«Sizga shuni ma'lum qilamizki, 11-maktabda ta'lim sifati va o‘qituvchilar o‘rtasida birdamlik ijro intizomi degan narsalar kun sayin yo‘qolib bormoqda.
Nega deysizmi? Maktab raxbariyati o‘qituvchilarga bir hil nazar bilan qaramaydi, ya'ni odam tanlash, tanish bilishchilik so‘ngi yillarda haddan ziyod ko‘paygan. Albatta, bu holatni ko‘rgan bilgan o‘qituvchilarning kayfiyati va ishga bo‘lgan munosabati yaxshimas. Masalan, o‘quv yili oldidan qilinadigan dars taqdimoti 3-4 ta rahbarlar ishtirokida, hech kimga aytmay, bildirmay, jamoa bilan maslahat qilmay, qaror qabul qilinadi.
Oldin o‘zimiznikilar keyin boshqalar qabilida. Ustama va mukofot pullarini umuman aytmasa ham bo‘ladi, hammasi yashirincha amalga oshiriladi.
Bu yil ham mukofot puli imi-jimida hal qilindi. Birinchi o‘rinda mukofot pulini rahbarlar o‘ziga yozgan – bu aniq. O‘qituvchilarga esa mukofot puliga hali mablag‘ ajratilmadi yoki kam ajratildi degan vajlar ishonarli qilib aytiladi. Maktabda bu yil majlisbozlik avjiga chiqdi. Achinarli tomoni majlislar dars o‘tilishi kerak bo‘lgan vaqtda ham tugamaydi.
Bundan tashqari maktabda chiqimlar ro‘kach qilinib, tez-tez o‘qituvchilardan pul ushlab qolinyabdi. Majburiy obuna har yili ushlab qolinadi. May oyiga kelib maktab ta'miri uchun ham pul ushlab qolinadi, bu ham har yilgi an'ana. Bu yil ham har bir o‘qituvchidan 300 mingdan pul ushlab qolindi. Mabodo qaysidir o‘qituvchi 300 ming berishdan bosh tortsa u jazolanadi. O‘sha eski usul – o‘qituvchining dars soati kamayadi. Ustama mukofot pulini tushida ham ko‘rmaydi. Maktab harajatlariga o‘quvchilar ham jalb qilinadm. Har bitta o‘quvchidan  20-30 mingdan yoki ko‘ngildan chiqarib, maktab ta'miriga pul yig‘iladi.Majburiy obuna o‘quvchilarga ham majburiy. Ba'zi ota-onalar bunga e'tiroz bildirib pul bermagan bo‘lsa, ba'zilari bolasi xarxasha qilishidan bezor bo‘lib pul bergan.
Shu kunlarda maktabda erkak o‘qituvchilar (ixtiyoriy) majburiy mehnatga, ta'mirlash ishlariga jalb qilingan. Rahbariyat agar remontga qatnashmasang yana 300 ming ber, ketaver, seni o‘rninga odam ishlatamiz, deyabdi. Gapirsak, gap ko‘p. Hamma narsani yozib tushintirib bo‘lmaydi».  deya arz qilishgan mingbuloqlik bir guruh o‘qituvchilar Eltuz portali orqali tuman xalq ta'limi bo‘limi mudiri Ahmadjon G‘anievga.

Ayni maktub yuzasidan Eltuz Mingbuloq tuman Xalq ta'limi mudiri Ahmad G‘aniedan javob xati oldi. Maktubda o‘qituvchilar ko‘targan masala bugun muhokamaga qo‘yilayotgani bildirilgan.        

Eltuz natija: O‘qituvchilar shikoyati dushanba kuni ko‘rib chiqiladi

Assalomu alaykum Tuz og‘a! Men Mingbuloq tumani xalq ta'limi mudiri G‘aniev Ahmadjonman. Kanalingizda yoritilgan Mingbuloq tumani 11-maktab bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qilaman. Birinchidan, 11-maktabdagi holatni menga yozma murojaat qilish kerak edi. Agar men ham bu masalada loqaydlik va beparvolik qilsam keyin meni qo‘shib yozsalar mayli edi. Ushbu murojaatni 13 iyun dushanba kuni o‘rganaman, yozilgan ma'lumotlar o‘z isbotini topsa, aybdor mas'ullar o‘z jazosini olishini kafolatlayman. Bundan keyin ijtimoiy tarmoqlarda yoritishdan avval menga murojaat qilishlarini iltimos qilaman.Jingl
Shu o‘rinda aytib o‘tish joiz, Eltuz portaliga yozilayotgan shikoyatlar va javoblarning aksariyati interaktiv tarzda avval telegram kanalida, keyin munosabat tarzida Eltuz sayti, Yutub kanali  va boshqa tarmoqlarda paydo bo‘ladi. Bizdan muammoni va ularning yechimini tegishli idoralarga va shaxslarga yetkazish. Xususan, keyingi javob xati Sirdaryodan olindi. Tovuq ferma ochmoqchi bo‘lgan tadbirkor Eltuzga shikoyatidan keyin o‘z murodi xosil bo‘lganini aytmoqda.

Eltuz natija: «Ishimizni o‘nglagan Tuz og‘aga rahmat!

«Assalomu alaykum Tuz og‘a! Kecha Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumanidan parrandachilik loyihasi bo‘yicha ekologiya xulosasini ololmayotganimizni kanalizda yoritib berganizdan so‘ng, Ekologiya qo‘mitasidan telefon qilishib, ijobiy xulosa tez yozib berishdi, ularning saytida texnik nosozliklar bo‘lganligini aytib tushintirishdi. Sizga katta rahmat!»

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumani «Golden Tex part» MChJ raxbari tovuq ferma loyihasi yuzasidan Toshkentdagi Ekologiya idorasi operatorining ruscha javob qaytarayotgani va xulosa berilishini 45 kundan buyon ortga surib kelayotganidan shikoyat qilgan edi. Mazkur shikoyat telegramdagi Eltuz portalida paydo bo‘lgach, poytaxtning rus tilli mulozimlari «6-sekundda» ishni hal qilishgan. Hullas shunday baxtli yakun bilan biz ham bugungi ko‘rsatuvimizni tugallaymiz. Bizga esa tag‘in maktub yo‘llash mumkin. Eltuz kelayotgan maktublar va ularga yozilgan javoblarni e'tiboringizga taqdim etishda davom etadi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling. 

«Eltuz portali» 

Tag‘in o‘qing
30 mart 2016
«Huquq» gazetasi bu iddaolarni tasdiqlovchi maqola chop etdi. To‘g‘ri, unda advokat vositachi bo‘lgani to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytilmaydi, balki firibgarlik qilgani ta'kidlanadi. ...
18 sentyabr 2018
O‘zbek interneti qahramoni, teleboshlovchi, siyosatshunos, siyosiy fanlar nomzodi va Jurnalistika universiteti rektori Sherzod Qudratxo‘jaev rus ayoliga qo‘pollik qilib, undan ...
17 mart 2017
16 mart kuni ertalab, immigratsiya qoidalarini buzganlik aybi bilan ushlangan Rossiyaning «Novaya gazeta» muxbiri 30 yashar o‘zbekistonlik Xudoberdi Nurmatov ...
28 mart 2019
Ushbu video «Eltuz» muxbiri Ayub Mingboevning bir-birini tanimaydigan qator toshkentlik tadbirkorlar bilan suhbatlari negiziga qurilgan «Shantajni asosiy qurolga aylantirgan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...