Asosiy mavzular
18 iyul 2022

Bo‘stonliqdagi obida ustida «dacha» qurayotgan akaxonga «stop» deyildi

Bo‘stonliq tumani «Xo‘jakenttepa shahristoni» arxeologiya yodgorligi hududida noqonuniy qurilish ishlari olib borilayotgani bilan bog‘liq vandalizm voqeasini Bo‘stonliq tumani prokuraturasi tekshirmoqda.

Bundan oldin Eltuz nashri madaniy meros yodgorligi joylashgan hududda betondan dacha qurayotgan «akaxon» o‘zboshimchaligi haqida yozgan va videolavhani namoyish qilgan edi.

Bu ma'lumot ortidan Madaniy meros agentligi tezda ishga kirishib vaziyatni nazoratga olgani ayni agentlik taqdim qilgan rasmiy ma'lumotda ta'kidlandi:

«Bo‘stonliq tumani «Xo‘jakent» MFYda joylashgan «Xo‘jakenttepa shahristoni» arxeologiya yodgorligi IX-XII asrlarga oid bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori bilan milliy ro‘yxatdan joy olgan.

Shuningdek mazkur obekt moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obekti sifatida davlat kadastriga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan.

2022-yilning 1-aprel sanasida Toshkent viloyati Madaniy meros boshqarmasi vakillari tomonidan mazkur arxeologiya yodgorligi hududida tegishli ruxsatnomasiz qurilish ishlari amalga oshirilayotgani va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-sonli qarorning 5-ilovasi talablari buzilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan boshqarma mutaxassislari tomonidan shu kunning o‘zida dalolatnoma rasmiylashtirilib, tadbirkorga qurilish ishlarini to‘xtatish haqida ko‘rsatma va ogohlantirish xatlari berilgan.

Shuningdek, to‘plangan hujjatlar viloyat prokuraturasiga taqdim etilgan. Bugungi kunda Bo‘stonliq tumani prokuraturasi tomonidan tergovoldi harakatlari amalga oshirilmoqda.»

Eltuz Bo‘stonliq tumani «Xo‘jakenttepa shahristoni» arxeologiya yodgorligi hududida noqonuniy qurilish ishlari bilan bog‘liq xolatni kuzatishda davom etadi. Bundan oldin Eltuz Toshkent viloyatida madaniy meros ob'ektlariga zarar yetkazgan va millionlarni o‘zlashtirgan mansabdorlar o‘zboshimchaligi haqida yozgan edi.

Xususan Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Shayx Umar Vali Bog‘istoniy» ziyoratgohini ta'mirlash-tiklash ishlari jarayonida 402,7 mln so‘mlik byudjet mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirgan.

Toshkent viloyati Qibray tumanidagi «Qilichli ota» ziyoratgohida qayta ta'mirlash chog‘ida «TOSHMELIOQURILISH» MChJ mansabdor shaxslari , bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha tuzilgan hisob-fakturalarga soxta ma'lumotlar kiritib, haqiqatda bajarilmagan ish hajmlarini qo‘shib yozish orqali 263 mln 286 ming so‘mlik byudjet mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirgan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 dekabr 2020
2020 yilda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining onlayn sammitida O‘zbekiston va Kubaga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomi berildi. Prezident Shavkat Mirziyoev ...
17 mart 2023
1991 yilning 17 martida Islom Karimov boshchiligidagi O‘zkompartiya SSSRni saqlash uchun 93,7 foiz ovoz tashkil qilib bergan edi. Referendumga ...
15 dekabr 2017
14 dekabr kuni HRW tadqiqotchisi Stiv Sverdlov O‘zbekistondagi rasmiy matbuotning ikkiyuzlamachiligi haqida maqola chop qildi. Podrobno.uz saytida 5 dekabrda ...
7 iyun 2018
Uchko‘prik tumani hokimligi majlislar zalida Xalqaro mehnat tashkiloti eksperti Svetlana Yegorova ishtirokida majburiy mehnatning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening ...
Bloglar
13 sentyabr 2023
Islom Karimov odamlar orasida yashamagani uchun yutuqlarga erisha olmadi. U o‘zining virtual yopiq dunyosini yaratdi ...
12 sentyabr 2023
(Bir to‘y haqida o‘y) Qo‘shiqchi Munisa Rizaevaning to‘yiga bir million dollarning tepasida rasxod bo‘ldi. Pulni ...
20 avgust 2023
Fayzulla Ubaydullo Xo‘ja o‘g‘li, ya'ni Fayzulla Xo‘jaev 1896 yil 15 martda Buxoro amirligida tug‘iladi. Otasi ...