Asosiy mavzular
19 avgust 2022

Tulkini it yeydigan zamon

Bugun 19 avgust tarixiy kun. 1991 yilning aynan 19 avgustida O‘zbekistonning mustaqil bo‘lishi uchun Moskvada zamin xozirlangan kun. O‘sha paytdagi Rossiya rahbari Yeltsin tank ustiga chiqib nafaqat o‘zini, balki O‘zbekistonning ham mustaqil bo‘lishini ta'minlagan edi.
M.S: Iya, O‘zbekiston mustaqilligini Islom Karimov Toshkentda oq ot minib dushmanlar bilan kurashib qo‘lga kiritmovdimi?
RT: Eh, soddasan Matchon Suqilish. Cho‘pchaklarga ishonasan. Moskvada putch bo‘lgan kuni Karimov Xindistondan uchib kelayotgan edi. Darxol, samolet bortidan  SSSRparastlarga telegramma yuborib, men mustaqillikka doim qarshi bo‘lganman, SSSRni saqlab qolish yo‘lida sizlar bilan birgaman, deb ularning shippagiga patak bo‘lgan edi.
MS: Karimov SSSRni dushman deb, barcha o‘roq bolg‘asi bor haykallarni ontargan ediku.
RT: Sovet davrida – 1990 yilda Markaziy televidenie suratga olgan filmda Karimov “Biz ikkita xaltaning ichidamiz. Sovet Ittifoqidan tashqarida bir kun ham yashay olmaymiz” deb xitob qilgani muhrlangan. Karimovning rahbar bo‘lib saylanishini kremldagilar unchayam istamaganida Gorbachev unga ishonch bildirgan edi. Karimovning 1991 yil 19-21 avgust kunlari bo‘lgan Yanaev putchini qo‘llab quvvatlaganligini ko‘rib, Moskva juda hayron qoldi. Birinchi navbatda, Gorbachyov juda hayratga tushdi. Chunki Sovet ittifoqini eng oxirgi damlargacha himoya qilgan odam Karimov edi.
MS: Tuz og‘a, o‘zi nima bo‘lgandi o‘shanda. Qaysi qirol qaysi qirol bilan urishuvdi. Qozoqning to‘qqiz puliday qilib oytib baring. Miyam cho‘loshib getdi.
RT: Matchonboy, 1991 yilda SSSRning rahbari Mixail Gorbachev edi. U yaxshi odam bo‘lgani uchun matbuotga erkinlik berdi. SSSRni qaytadan erkin ittifoq qilib tuzmoqchi edi. Ammo, uning atrofiga yovuz odamlar to‘plangan edi. Ular Gorbachevni yomon ko‘rishardi. 1991 yil 19 avgust kuni SSSR prezidenti Mixail Gorbachev Sevastopolning Balaklav tumanidagi Zarya dala hovlisida  dam olayotgan paytda sotqin generallar tomonidan uy qamog‘iga olindi va uning hamkasblari uni kasal deb e'lon qilib, hukumatni qo‘lga olganini bildirdi. Qora dengiz sohilida dam olayotgan Mixail Gorbachyovni tashqi dunyodan uzib qo‘yish, poytaxt Moskvaga qo‘shin kiritishga qaror qilindi.
1991 yil 19 avgustida sobiq SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti Mixail Gorbachyovga yaqin davlat arboblari Favqulodda holat davlat qo‘mitasi (GKChP) tuzilganini e'lon qildi. Bu putch edi.

PUTCh NIMA DYeGANI?

MS: Tuz og‘a, PUTCh degani nima?
RT: Putch bu xarbiylar tarafidan  davlat to‘ntarishidir. Masalan, O‘zbekiston rahbarining qilmishlaridan bezor bo‘lgan to‘rtta general til biriktirib uni ontargani kabi.
MS: E, yo‘q! Bizning generallar yurtboshiga ham, uning xotini, qizlari va kuyovlariga ham o‘ta sodiq. Ammo Gorbachvning dushmani ko‘p bo‘lgan. Xozir lyuboy savodsiz, och naxor, xotiniga aliment to‘lolmay yurgan taviya o‘zbek ham Gorbachevni so‘kadi.
RT: Matchonboy, eshit ukam. Kim agar Gorbachevga shak keltirsa u mustaqillik dushmanidir. Unday odamning darxol shol va ko‘r bo‘lgani ma'qul.
MS: O‘zbekistonda yurtboshimizga binnima bo‘sa, portalga yozib yordam puli og‘anlar himoya qisa kerak.
RT: Lekin Gorbaevni demokratlar himoya qildi. Demokratiya tarafdorlari Rossiyaning ilk prezidenti Boris Yeltsin qarorgohi – Oq Uy atrofida barrikadalar qurishdi. Uch kunlik kurash GKChP mag‘lubiyati bilan yakun topdi.
MS: Tuz og‘a agar GKChP yutsa nima bo‘lardi O‘zbekistonda? Gugurt bir tiyin, gaz mut, o‘ris qizlar o‘zbeklarni tekin o‘padigan zamon bo‘larmidi?
RT: Gaz tekin bo‘ladimi, yo yo‘qmi bilmadimu ammo agar, GKChPchilar g‘alaba qilganida edi, Islom Karimov hokimiyatdan chetlatilgan, uning o‘rniga o‘sha paytdagi vitse-prezident Shukrullo Mirsaidov respublika rahbari etib tayinlangan bo‘lar edi. «Erk», «Birlik» kabi muxolif partiyalar taqiqlanib, Qudrat Bobojon kabi jurnalistlar qamalardi.
Har extimolga qarshi 20 avgust kuni  jurnalist Qudrat Bobojon, rassom Erkin Kagarov, muxolifatchilar Shuhrat Ismatullaev, Mirolim Odilov va jurnalist Anvar Usmonovlarni qamoqa obketishuvdi. Yeltsin g‘alabsidan keyin qo‘yib yuborishuvdi.
MS: Tuz og‘a, darxat tepasidagi eng mazali mevani qarg‘a bilan kalxat yerkan. Yeltsin g‘alabasidan mazza qilgan yana Karimov bo‘ldiku. U bir dumalab mustaqillik qaxramoniga aylandi. Ë gapim noto‘g‘rimi?
RT: GKChP mag‘lubiyatidan keyin putchni qo‘llagan Islom Karimov O‘zbekiston parlamenti majlisida mamlakat mustaqilligini e'lon qilib, o‘zining lavozimdagi umrini uzatirishga muvaffaq bo‘ldi.
Karimov endi  ozodlik kurashchisiga aylantirildi
MS: O‘zbekistondagi yangi tarix bitilgan kitoblarda prezident Karimov mustaqillik uchun Moskvaga qarshi kurashgan qahramon sifatida tilga olinadiku axir.
RT: Bu yolg‘on. Karimov mustaqillik tarafdori  emas edi.  U kreml timsolidagi xo‘jayin ontarilganidan xursand edi xolos.
Ammo xayrlisi shuki Tarixga “GKChP” nomi bilan kirgan voqea O‘zbekiston mustaqilligini tezlashtirgan omil bo‘ldi.  1991 yil 19-21 avgust kunlari sodir bo‘lgan bu siyosiy voqeadan 11 kun o‘tib, O‘zbekiston mustaqilligini e'lon qilgan edi.

IT URIShTIRISh

MS: Bu xuddi itlar urishgani kabi hikoya ekan. Namangan viloyatida bir gulday yigit ikkita ho‘kizday itining oldiga tulki bolasini tashadi. Bu itlar tulki bolasini g‘ajib yedi.  
RT: Ha, eshitdim. Ma'lum bo‘lishicha, Yahyobek ismli bu yigit pul tikib, it urishtirish bilan shug‘ullanadi.  U telegram guruhlarida aynan ana shu itlar urushiga oid qonli lavhalarni tarqatib kelmoqda.
MS: Tulki itlarning oshqozonida. Ammo hech kim qamag‘da emas.  Umid qilamizki,  gullar yurti bo‘lgan Namangan viloyat mutasaddilari mazkur holatni bartaraf etib, Yahyobek ismli shaxsni qonun doirasida javobgarlikka tortishadi.

RT: Ammo umumlashtirish kerakmas. Qashqadaryo, Xorazm, Andijon va Buxoro viloyatlarida ham it urishtirishadi. Ammo ular it bilan itni urishtiradi. It bilan tulkini emas.
MS: Tuz og‘a, siz tulkini aytyapsiz. Bitta ayol o‘z singlisiga 3 yashar qizini tashab Turkiyaga ishlashga ketgan. Xola esa bu 3 yashar go‘dakni har kuni kaltaklagan. Har kuni. Dunyodagi eng bolajon xalqmiz, urushda o‘risdi bolasini asraganmiz, deb ko‘tini yirtadigan bu qavm vakilasi bo‘lgan xotin 3 yashar go‘dakni urib o‘ldirgan. Tuz og‘a nega bu xalqning boshiga tosh yog‘maydi?
RT: Tosh ham hazar qilsa kerak bu taviyalardan. Jizzaxda 3 yoshli qizcha yaqin qarindoshi tomonidan shafqatsizlarcha kaltaklanishi oqibatida o‘lgani rasman tasdiqlandi.
Qizcha og‘ir tan jarohatlari sababli shifoxonada olamdan o‘tgan. Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Lekin moddaning qaysi bandi bo‘yicha ish yuritilayotgani aytilmagan. Sen ayttanindek,, qizchaning onasi o‘z singlisiga tashlab, uzi Turkiyaga ishga ketgan. Singil esa vahshiy chiqib, 3 yoshli go‘dakni muntazam jismoniy qiynab kelgan va oxiri o‘ldirib qo‘ygan. Turkiyadagi ona esa qizimga yaxshilab qara, deb, singilga pul jo‘natib turgan.
MS: Lekin Tuz og‘a, xozir matbuot erkin. Agar erkin bo‘lmaganda 3 yashar bolani urib o‘ldiradigan xola haqida qaerdan ham bilardik.

KARIMOV QANDAY QILIb DIKTATORGA AYLANDI?

RT: «Hozir matbuot erkin bo‘lib ochilib, sochilib ketdik» deydig‘onlarga eslatsam: Karimov Ozodlik va Bibisi muxbirlari bilan kabinetda o‘tirib, ikki soat suhbatlashgan va har safar press konfrentsiyalarda jurnalistlarga suhbat berardi. Hatto muxolif jurnalist Anvar Usmonovga ham Karimov intervyu bergandi. Intervyudan bir kun oldin Usmonovning miting paytida mentlar kaltaklaganini aytsak, manzara yana ochiq bo‘ladi.
MS: Tuz og‘a Karimov qachon diktatorga aylandi?
RT: Karimov 2005 yil Anjandagi akramiylar sakraganidan keyin o‘zgardi. Bitta misol: 1992 yil Karimov Umraga borib, Ka'batulloh ichiga kirdi. O‘sha paytda Toshkent kiosklarida sotilayotgan «Erk» gazetasi «Ka'baga shayton ham kiradi» deb yozdi. Xo‘sh, bugun ashnaqa deb yozadigan gazit borma? Xullas, barmoq bilan asbobni muqoyasa qilmanglar. Shakli o‘xshagan bilan funktsiyasi boshqa.
MS: Bu gaplarni tushunish uchun kitob o‘qish kerak. Lenin ham aytgandiku, o‘qish, o‘qish va yana o‘qish deb.
RT: Bugungi olomonning umumlashtiruvchi prototipini 1990 yili ko‘rgandim. Toshovuzlik qumg‘on yasaydigan usta qiyofasida. Ismi Jumanazar edi. U harf tanirdi, ammo umrida faqat bitta kitob o‘qigandi. «Islom ikki o‘t ichida» degan yupqa brashyura (Yahudiylar qarg‘algan kitob). Jumanazar Urganchda qumg‘on yasab, turistlarga sotish orzusiga tushdi. Uni qo‘lidan yetalab, Soli Qodirov degan rassomning uyiga olib bordim. Soli Qodirovning to‘rt metrga uch metrlik devori butunligicha kutubxona edi. Biror ikki uch ming kitob bor edi. Jumanazar umrida mincha kitobni ko‘rmagan edi. «Shu kitoblarni o‘qidingizmi?» deb so‘radi. Soli Qodirov – juda ko‘p kitob o‘qiydigan oliy ma'lumotli rassom. Boz ustiga, katta bir jurnalist yozuvchining o‘g‘li. «Ha o‘qiganman», dedi Soli og‘a. Bu Jumanazar uchun shok edi. Qanday qilib shuncha kitobni o‘qish mumkin degan savol uni qiynay boshladi. «Ëlg‘on aytdi. Buncha kitobni o‘qiy olmaydi», dedi u ichi nafratga to‘lib. Jumanazar keyin, aqldan ozib, ko‘chalarda yugurib yuradigan odat chiqardi. Bu endi boshqa mavzu.
MS: Ha, xalqning aksari savodsiz va omi. Telegramda «Pekin o‘ptim» degan e'lon ko‘rdim. Buning ma'nosi – Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan mollarning ulgurji savdosi. Xuddi shunday, «Unitaz o‘ptim», «Shulxa o‘ptim», «Truba o‘ptim» shaklida so‘z yasalishi mumkin. Shundaqa chalasavod yarim o‘rischa e'lonlar davlat qonuniga ko‘ra bo‘lmasligi kerak. Bu gapni aytgan adliya vazirligi mulozimasi Shaxnoza Soatovani o‘risparst manqurtlar duvva taladi.

Til – davlatning umurtqa suyagi

RT: Turkiyaning Adana, Xatay va Mersin viloyatlarida Suriyadan kelganlar ochgan restoran va do‘konlardagi yozuvlar bir muddat  arabcha yozildi. Keyin bu uch viloyat baladiya boshliqlari buni  rasman taqiqladi. Hozir turkcha yoziladi afisha va lavhalar.
O‘zbekistonda peshlavhalarni o‘zbek tilida yoz, deb, dakki bergan Shahnoza haq.
Shu o‘rinda yana bir mulohaza. Toshkentliklar o‘zaro gaplashganida o‘rislarni yomonlashadi. Ammo 500 kishilik majlisda bitta o‘ris o‘tirsa, darrov o‘rischa gapirishadi.
Shu masalada Xorazm o‘rnak. Ular o‘risni yomon demaydi. Ammo Sovet davrida ham, hozir ham Xorazmdagi barcha o‘ris va karis o‘zbekcha gapiradi.
Kimdir Shahnozani millatchilikda ayblabdi. Millatchilikdan o‘lguday qo‘rqadigan Germaniyada ham barcha hujjat va narxnomalar nemis tilida. Frantsiyaniku, aytmay qo‘ya qolay.
Millat – ya'ni nation so‘zi davlat ma'nosini bildiradi.
Til  – davlatning umurtqa suyagi. Til ortida davlat, armiya va flot turishi kerak. Toki urushdan qochib, poyizga osilib kelgan dezirtir relokant o‘rislar  bizga diktovka qimasin.
MS: Oliy Majlis qonunchilik palatasi «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahririni Qonunchilik palatasining bundan buyongi ko‘rib chiqishidan olib tashlash bo‘yicha qaror qabul qilgan. O‘sha siz maqtaydigan Kusherbaev va Gulbaxorlar ham ovoz bergan
Millat xoinlari aslida deputatlar ekan!
O‘zbek tilining dushmanlari aslida deputatu senatorlar ekan!  
Bizga o‘zga dushman kerak emas..
MS: Nega  bo‘lmasa Toshkentday shaharda 53 foiz maktab rus maktabiga aylanib boryapti, buni o‘ylab ko‘rishimiz kerak.

Eski maktab

RT: Mayli o‘ylaylik. Birinchi misol: O‘zbek tili davlat tili bo‘lsin, deb, o‘zini tankaning tagiga tashamoqchi bo‘lgan shoir ukamiz o‘z o‘g‘lini o‘ris maktabiga kiritish uchun dunyodagi bor tankalarni ishga solgan edi. U birinchi yoki oxirgi shunday odam emas. Masalan, shoir Barot Boyqobilovning qizi Niginaxon birorta o‘zbek so‘zini bilmaydi. O‘zbek tili davlat tili bo‘lsin, deb, mujodala qilgan marxum shoira Gulchehra opa Nurillaeva ham nevaralari bilan o‘rischa gaplashardi… (bu ro‘yxatni davom ettirish mumkin).
MS: Tuz og‘a, mana Shaxnoza opaning bollariyam o‘ris makatbga borarkan, sizam o‘risni makabida o‘qigansizku axir. O‘risni ming maqtasayam, go‘zzi go‘k disizlar. Lekin shu o‘ris tufayli sho‘rvani yuzina chiqib, odam bo‘ldingizku axir.
RT: Endi kamina Rassom Tuz ham ikki maktabga borganman.
Oldin o‘zbek maktabiga berishdi. Uyda erka o‘sgan men kabi bola uchun o‘qituvchiniing shallaqilarcha qarg‘agani og‘ir botdi.
Gigant mamalari orasida pul qopchig‘ini saqlaydigan guldor jersi kuylak kiygan o‘qituvchi Jamila opa sinf jurnali bilan boshimga soldi.
Men unga qarab, palon joyinga s…y, dedim. O‘qituvchi xola meni urib o‘ldirib qo‘yish uchun stulni ko‘tarib men tarafga qarab yurdi. Men qochdim. Butun maktabdagi o‘qituvchilar jamoasi hamjihatlik bilan meni quvlashdi. Meni tutib olib, voenniy delo kabinatiga olib kirib urib tashash operatsiyasiga fizika o‘qituvchisi Absalom aka boshchilik qildi. Ammo men qochib, uygacha bordim. Uyning oldidagi baland  tut daraxti ustiga chiqib yashirindim. O‘qituvchilar to‘dasi, meni uyimga kelishdi. Qarab turdim. Gigant mamali o‘qituvchi xotin Jamila opa otamga shikoyat qilib: «O‘g‘lingiz meni palon qilaman, dedi», deya shikoyat qildi.
Otam bo‘lsa hazil qilib, «o‘g‘lim senga o‘xshash taviya bilan shu ishni qilmoqchi bo‘lganini ma'qullamayman», dedi.
Ishi bitmagan o‘qituvchilar galasi javrab, sannab qaytib ketdi.
Fizika o‘qituvchisi Absalom aka menga qarab kesak otdi.
Ammo bu savodsiz o‘qituvchi traektoriya hisobini olmagani uchun kesak menga tegmadi.
Otam kelib, menga yaxshi muomala qilib tutdan tushirib oldi.
Ertasiga otam mening qo‘limdan ushab, o‘ris maktabiga oborib berdi.
Nadya opa, Zoya opa va Halima opa degan mehribon o‘qituvchilar meni tabassum bilan kutib olishdi.
Keyinchalik men, kontrolnыy vыstrel qilib, ularniyam so‘kib ko‘rdim.
Ular bunga e'tibor ham qilmay «bola-ku bu», deb, kulib qo‘ya qolishdi.
Manam uyalib, boshqa so‘kmadim ularni.
Ximiyani laboratoriyada, biologiyani parnikda o‘rgatishdi.
Foto tushirish va rasm chizish krujoklari ham bor edi…
Inglizcha chuldirash va dunyo san'ati tarixini ham o‘ris maktabda o‘rgandim.
Nima demoqchiman? Men Sadriddin Ayniyning «Eski maktab» degan hikoyasini o‘qiganman. Bu eski maktab tizimi bolalarni o‘qitishga emas, balki do‘pposlashga asoslangan edi.
Hozirgi o‘zbek maktabi ham shu eski maktab.
Bu eski Eski maktabdan qul, manqurt, savodsiz va johillar yetishib chiqadi.
MS: Unda nima qilash kerak, Tuz og‘a?
RT: Maktabni o‘zgartirish kerak. Eng kamida Finlandiyaning maktab tizimini joriy qilish kerak
MS: Balkim, o‘sha maktabi yaxshi bo‘lgan mamlakatlarga, masalan Amerikaga ko‘chib ketsak bo‘lmaydimi. Chunki tabiatan o‘g‘ri bo‘lgan mulozimlardan iborat O‘zbekkston o‘zgarmaydi. Yaxshisi, suraylik bu yerdan. Mana bu xatni sizga bervorishibdi. O‘qib ko‘ring.

Rassom Tuzga maktub

«Salom Tuz og‘a. Men yoshi ellikdan oshgan o‘zbek ayoliman. Taqdirmi yoki nasibmi bo‘lib 15 yil oldin Amerikaga kelib, yashab boshlagandim. Bankda ishlayman. Ishim, uy joyim bakamu ko‘st. Bir emas uchta mashina turibdi xovlim oldida. Bir oilaga nima kerak bo‘lsa ortig‘i bilan bor. Shu kunlarda O‘zbekistonga qari onamni ko‘rishga keluvdim. Ammo bezor qilib yuborishdi. Bitta qarindoshim umuman men tanimaydigan bir ayolni boshlab kelibdi. «Shuni Amerikaga borishiga priglasitelniy qiber» deb yoqamdan olyapti. Yo‘q, desam ham xira pashshaday yopishib olyapti. Bu bir marta bo‘lsa mayli edi. 20 kun ichida sakkizta shunday xira pashshalar hujumiga uchradim. Men amerika grajdani bo‘sam, bu degani hammani ergashtirib olib keta olaman degani emasku. Oldin ertaklarda o‘qigandim. Bir dev bitta qishloq aholisini yer tagidagi g‘orga qamab qo‘yadi. U yerdan «meni qutqaring, meni olib keting» degan ovozlar chiqarkan. O‘zbekistonam shunday bo‘libdi. Kimni ko‘rsam meniyam olib ket, deydi. Boshqa tarafdan butun bir xalqning kattadan kichigi Amerikaga bunday ixlos qo‘yganidan sevindim. Darhaqiqat, Amerika yaxshi ko‘rishga arzirli davlat. Amerika o‘z konstitutsiyasida insonga baxtli hayot va'da qilgan yagona davlat.
MS: Baxt nimaligini shoirlar biladi. Dang‘aralik shoir Rahimjon Rahmatdan eshitaylik. Mana maktubi.
Jiyanimning paxtasiga kim qaraydi?
Bugun fermer jiyanim Qo‘ldoshev Barhayotni 10 sutkaga qamab qo‘yishdi.
Aybi  – majlisga bormagani.
Shunday.
Fermer jiyanimni militsiya xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmadi,  mayda bezorilik sodir etdi deb 10 sutkaga qamab qo‘yishdi.

Endi paxtaga kim qaraydi?

Voqea o‘n kunlar ilgari bo‘lgandi.
Jiyanim paxtaga o‘g‘it solayotgan payti fermerlar majlisiga chaqirilgan.U esa bormagan.Chunki paxtaga o‘g‘it solishga boshqa odam bo‘lmagan. Shundan so‘ng, milisiya xodimi kelib jiyanimni majlisga olib ketmoqchi bo‘lgan. Jiyan esa ishni chala tashlab ketolmasligini aytgan. Shunda militsiya xodimi jiyanimga kuch ishlataman deb oyog‘i siyqonib ariqqa tushib ketishiga bir bahya qolgan. Oyog‘i siyqonib ketganidan alami kilgan milisioner (ikki kishi) jiyanimni IIBga olib ketgan.
Mana, bugun sud bo‘lib, jiyanim o‘n sutkaga qamalib o‘tiribdi.
Yuqoridagi savolni yana takrorlayman:  yo‘q joydan ayb topib fermerni qamabsizlar, ho‘sh, uning paxtasiga kim qaraydi.
Hosil barbod bo‘ladimi?
Bilamizki, yaqinda  Prezident tomonidan «zarbdor  o‘ttiz kunlik» e'lon etilgandi. Bu degani g‘o‘zaga har qachongidan e'tiborni, qarovni kuchaytirish degani. Zarbdor o‘ttiz kunlikda fermer kechayu kunduz paxta dalasi ichida bo‘lishi kerak, uni majlis deb chalg‘itish Prezident topshirig‘ini sabotaj qilish hisoblanadi.
Mantiq shundayki, zarbdor o‘ttiz kunlikda paxtaga o‘g‘it solayotgan fermer haq, uni majlisga chaqirganlar esa nohaqdir.
Iyul oyi va avgust boshlari g‘o‘za parvarishida muhim davr hisoblanadi. Aynan shu davrda g‘o‘za zararkunandalari avj oladi, shuningdek, paxtaning o‘g‘itga, suvga talabi benihoya oshib ketadi.
Dehqonchilikni tushinmaydigan yoki shaxsiy ambitsiyasini xalq va davlat manfaatidan ustun ko‘rgan rahbar g‘o‘za parvarishi uchun muhim pallada fermerlarning vaqtini olib majlis o‘tkazadi.
Asli majlisda fermerga foydasi tegadigan gap gapirilmaydi. Odatda rahbarlar go‘yo yaxshi ishlayotganini ko‘rsatish maqsadida fermerlarni  bir joyga to‘plab majlis o‘tkazadi.
Hokim fermer faoliyatiga aralashar  ekan, bilib qo‘yinglar, O‘zbekiston Qishloq ho‘jaligi rivojlanmaydi.
Militsiya xodimining fermerni kuch ishlatib majlisga  olib ketishi qanchalik qonuniy?
Milisiya xodimida fermerni majburan majlisga olib borish vakolati bormi?
Hokim Ichki Ishlar vakiliga falon fermerni kuch ishlatib majlisga olib kel deb bo‘yruq bera oladimi?
Xullas,  savollar ko‘p.
Javob esa jaholatdir, ko‘r-ko‘rona kuch ishlatishdir, adolatsiz hukmdir.
Davlat berib qo‘ygan vakolatni  o‘z foydasiga ishlatishdir.
Abduvoxid Yakubov, sizdan fermer jiyanimning o‘n sutkaga qamalishiga  sharx berishingizni so‘ragan bo‘lardim.
Fermer jiyanimga adolatsizlik qilindi.
Nihoyat shaxsan o‘zim jamiyatimizning  adolatsizligiga duch keldim.
Birodarlar, fikrim o‘zgardi.
Adolat bor degan ozgina umidim bor edi, o‘ldi o‘sha umid.
+++
MS: Nega qamashibdi bu fermerni? O‘zida ham bir teshalik ish bo‘lsa kerak.
RT: Shoir Rahimjon Rahmatning fermer jiyanini  uchaska noziri mayor Mardonqulov Nodir va uning xududiy boshlig‘i mayor  Haydarov Axrorlar qasddan qamatgan ekan.
MS: Atay qasddan qamatgan ekan. Nega?
RT: Mayor Mardonqulov Nodir bug‘doy o‘rimi payti Raximjon Rahmatning jiyanidan  bepul somon so‘ragan,  Haydarov Axror bo‘lsa «traktoring makkamni tekin kultivatsiya qilib bersin» deb bosim o‘tkazgan. Rahimjon Rahmatning jiyani esa bu ikki ta'magir mirshabni rus kemasi ketgan tomonga yo‘llab «Idi noxiya» degan. Har xolda «Idi» degan, yoki parxonacha andisha bilan, «Oka somon o‘zimdi mollardan ortmaydi» degan. Xullas  ikkisining ham gapini rad qilgan. Oxirida esa ular fermerni qasddan qamatgan.
O‘rtoq Bobojonov, lutfan o‘z mirshablaringizni somon bilan ta'minlang. Aks xolda ular fermerlar somoniga suqlanib, jamiyat uchun xatar manbaiga aylanishadi.
MS: Tuz og‘a, shuni qo‘shiqqa solib aytsangiz tushunadi general Bobojonov. Xorazmda qo‘shiqqa solinmasa bo‘lmaydi.
Bermasang tekin somon
Milisa qilar yomon
Davom etar bu hamon
Mirshab otli zo‘rovon
Kelar fermerga tomon
Ëmon bo‘ldi bu zamon
Otilar chertmak kamon
Mirshabga bersak somon
Mollarga yetmas somon
Mirshablar pora istar
Fermerlar chora istar
Sudyalar davno sotqin
Mentlar qo‘ynida yotg‘in
Hokim bovo ham yomon
Bo‘lar zo‘ravon tomon
Tekin tomoq so‘loqmon
Bermasang tekin somon
Milisa qilar yomon
Buni yozdi Rassom Tuz
Adolatdan umid uz
Yaxshisi zanjirni uz.
Kelayotir axir kuz
Bo‘lamizku yuzma yuz
Ëvg‘on sho‘rvangni suzgin
Yirtiq tuzumni buzgin
Tuzum desa men o‘zim
Ta'magir ochko‘z  tizim
Tupurgin. O‘gir yuzing.
O‘ssin ishkomda uzum
Xazonsiz ko‘klam kuzing
Bo‘lsang yigit bo‘lsang hamki chol
Poraxo‘rning kallasiga sol.
Bu o‘lkada bir umrga qol!!!
Yashang shoir. Shig‘irdi bopladingiz. Endi  general bobojonov to‘chniy tushundi. Ammo men tushunmay turibman. Bu she'rning janri qanday. Ujasmi, boevikmi yoki komediya?
Shoirlar ikki xil bo‘ladi
Zamonaviy G‘arb liberal taraqqiyot tutumini ma'qulaydigan modernist (jadid) va o‘qimagan, o‘z ko‘lmagini dengiz deb o‘ylab, moda, zamonaviy texnologiyadan hurkadigan qadimchilar. O‘tkan asrning yetmishlaridagi shoir Omon Matjon AQShga borganida sotib olgan jinsi shim va kurtkani faxr bilan kiyar va Elvis Presli  hamda The Beatles, xususan, Jon Lennon qo‘shiqlariga shaydo edi.  
Shoir she'rlarida shitob bilan qum ichidan ketib borayotgan temir yo‘l qatorlariga qadim tuyalar muqoyasa qilinadi. Umuman, texnik taraqqiyot va modern yashamni qo‘llagan shoirlar boshida Furqat turadi. Uning eski aravalarni tanqid qilib, prujinali kolyaska  va simfonik orkestrni ulug‘lagan asarlari bor. Bu modern shoirlar alayhinda etnik va diniy mahdudlikni qadriyat deb o‘ylab, texnika taraqqiyoti va zamonaviy musiqani dushman biladigan ruhan kolxozchi shoirlar to‘dasi bor. Ularning ruhiy padari Demyan Bedniy degan shoir edi. Shunday shoirlarning bizgacha yetib kelgan vakilasi Zulfiya Mo‘minova dunyo globalizmining eng ulug‘ kashfiyoti bo‘lgan internetni qarg‘ab shig‘ir yozgan.
«Internet degan ajdar, simidan tomar zahar»  
O‘tkan asrda men ko‘rgan Zulfiya «paxtaga ketgan avtobuslarga havas qilgan tramvay va trolleybus» muloqotini she'r qilgan talantli va aslo qadimchilikka moyil bo‘lmagan shoira edi. Uning qadimchiga evrilish metamorfozasidan bexabar qolibman.
Darvoqe, men shu qadar eski odammanki, 50 kilo tosh bosadigan Zulfiya Mo‘minovani Tosh asrida «Ilhom» teatridagi adabiyot krujogida ko‘rgandim.
Assalom O‘zbekiston, juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
26 sentyabr 2024
Toshkent shahrida obod qilingan Chasovnya (Butxona) haqida ko‘plarning xabari bor. Butxona 1865 yil Toshkent shahrini ishg‘ol qilish jarayonlarida o‘ldirilgan ...
18 noyabr 2015
Bugun Toshkentda Oliy majlis va Oqsaroy binosiga IShIDning qora bayrog‘i osib ketilgani habari tarqaldi. Bundan oldin Toshkentda IShIDga a'zolik ...
16 dekabr 2015
Ulug‘bek Ashur Eltuz.com Taniqli xonanda Yulduz Usmonova 12 dekabr kuni o‘z tavallud kunida prezident Islom Karimovga bag‘ishlab qo‘shiq yaratgani ...
6 mart 2020
O‘zbekiston Aralash jang san'atlari assotsiatsiyasi (MMA) Andijon viloyati bo‘limining navbatdagi konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi.  Konferentsiyada assotsiatsiyaning Andijon viloyati bo‘limi rahbari ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...