Asosiy mavzular
5 sentyabr 2022

600 SYeKUND: Advokat Davletov o‘ldi, Ramzan ketmoqchi, Makarevich horijiy agent deb e'lon qilindi…

Qadrli muhlislar, e'tiboringizga Eltuz 600 sekundninig navbatdagi sonini taqdim etadi.
+++
4 sentyabr kuni Qamashining Qo‘shkapasida “Neksiya» haydovchisi velosiped haydab ketayotgan kishini urib yubordi. Namanganda esa Nexia va Damas to‘qnashdi. Avtomobillar bir birining ichiga kirib ketgan.
+++
O‘zbekistonda yiliga 10 mingga yaqin odam avariyada o‘ladi. O‘zbekistonda avariyada o‘lganlar soni, qotillar tomonidan o‘ldirilganlardan besh barobar ko‘pdir.  2020 yilning 7 oyida 1,5 ming nafardan ziyod odamni qotillar o‘ldirgan bo‘lsa ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarida 7,5 mingdan ziyod vatandosh o‘lgan.
+++
Joriy yilning 1 sentyabr kuni qon-tomir xastaligi tufayli vafot etgan 42 yoshli taniqli advokat Umid Davlatov, o‘zi tug‘ilib o‘sgan Xorazmning Xazorasp tumani Karvak qishlog‘ida dafn etildi. O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov huquq faolining o‘limi yuzasidan quyidagilarni ma'lum qildi.
Video:
Umid Davlatov “Simay kom” advokatlik firmasi advokati hamda “Ezgulik” jamiyatining yurist-konsultanti sifatida mamlakatda taniqli huquqshunoslarlardan biri sifatida siyosiy mahkumlar, fuqarolik jamiyati faollari va jurnalistlarga oid shov-shuvli mahkamalarda advokatlik qilgan Umid Davlatov  xalqaro tadbirlarda ham qatnashib kelardi. Umid Davlatov oilali, 2 nafar farzandi bor edi.
+++
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 1961 yilda tug‘ilgan ayolning nomusini poymol qilib  tergov organlaridan yashirinib yurgan erkak qo‘lga olindi.
Tumanning «Havzak» mahallasida yashovchi K.D, Arnasoy tumanida joylashgan ko‘l ortidagi chekka bir hududda yashirinib yurgan vaqtda IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
+++
16 avgustda O‘zbekiston Adliya vazirligi Gulnora Karimovaning 131 million dollar puli Shveytsariya hukumati bilan kelishuv doirasida “darhol” respublikaga qaytarilishini xabar qildi.
Yevropa davlatlari mamlakatning birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi xorijda “yuvgan” pulni birinchi marta qaytarayotgani yo‘q. Ammo bu transh qaytarilayotgan pullarning eng yirigidir.
“Mediazona” bir vaqtlar qudratli bo‘lgan bu biznesmen ayolning xorijda qancha mablag‘i borligi va ularni O‘zbekistonga qaytarish imkoniyatlarini o‘rgandi. Bu yuzadan «Eltuz» navbatdagi ko‘rsatuvda batafsil hikoya qilishni rejalagan.
+++
Samarqanddagi Amir Temur go‘rini ta'mirlash boshlandi. Aytishlaricha, sohibqiron «kim mening tinchimni buzsa, urush boshlanadi», degan. Amir Temur go‘ri oxirgi bor 1941 yilning 21 iyunida ochilgan va ertasiga urush boshlangan edi.
+++
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoev Prezident Mirziyoevning qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan marosimdagi nutqiga Rossiya OAVlarida berilgan bayonotlarga munosabat bildirdi.
Safoev ularni Mustabid tuzum qatag‘on qurbonlari xotirasini yod etgan O‘zbekiston Prezidentining muvozanatli, bosiq va o‘ta samimiy nutqiga mutlaqo noadekvat munosabat deya atadi.
+++
AQShning Bruklin tumani federal sudi 36 yashar o‘zbek Dilshod Xusanovni diniy radikalizm va terrorchilarga moddiy yordam berganlikda ayblab 11 yilga qamadi. O‘tgan yili qamoqqa olingan Xusanov ustidan sud hukmi joriy yilning 10 avgustida chiqarildi. Diniy ekstremizmda aybdor deb topilgan Xusanov AQShning Chikago shahrida yashagan paytida IShID va «Jabhatun-Nusra» tashkilotlariga ko‘mak uchun pul yiqqan va AQShdagi o‘zbeklarni Suriyaga ketishga undagan.  Tergov hujjatlarida uning Bruklinda yashagan o‘zbeklarni Suriyaga jihod uchun ketishini moliyalagani o‘z isbotini topgan. 2021 yil oktyabr oyida Xusanov o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib o‘z hamtovoqlari haqidagi ma'lumotlarni tergovga taqdim qilgan. Sud hukmiga ko‘ra, 11 yil qamoq jazosini o‘tab bo‘lgandan keyin Xusanov O‘zbekistonga deport qilinadi.
+++
Qozog‘istonda bug‘doy bahosi keskin pasayib ketdi. ElDala sayti xabariga ko‘ra, yaqindagina uchinchi nav bug‘doyning bir tonnasi 150 ming tanga edi, hozir esa 115-116 ming tangaga tushdi.
Narx pasayishi mamlakatga urush sanktsiyasi tufayli Rossiyadan arzon bug‘doy olib kirilayotgani bilan ham bog‘lanmoqda.  
Shuningdek, Qozog‘iston 10 sentyabrdan boshlab don va un eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishini bildirgan.
+++
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Roza Otunbaeva Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg‘onistondagi maxsus vakili lavozimiga tayinlandi.
72 yoshli Otunbaeva shu yil iyun oyi o‘rtasida iste'foga ketgan Debora Layons o‘rniga keladi, deyiladi BMT bayonotida.
Otunbaeva 2021 yilning avgustida Afg‘onistonda toliblar hokimiyatni egallab olgani ortidan mamlakatda ayollarning haq-huquqlari keskin cheklana boshlagan bir paytda maxsus vakil lavozimiga kirishmoqda.
Davlatning qator yuqori lavozimlarida ishlagan Otunbaeva 2010-2011 yillarda Qirg‘izistonda prezident vazifasini ham bajargan. Xususan, u iqtidorga kelgan 2010 yil iyunida O‘sh va Jalolobodda o‘zbeklarga qarshi etnik nizo yuz bergan edi.
+++
Ashxobod Anqaradan Turkiyaga kelayotgan turkmanistonliklar uchun vaqtinchalik viza cheklovi joriy etishni so‘radi. Shu kunlarda Turkiyada turkmanistonlik emigrantlar ota-bola Berdimuxammedovlar diktaturasiga qarshi to‘xtovsiz norozilik aktsiyalari uyushtirayotgani ma'lum.
+++
Hindistonda odam to‘la attraktsion 15 metr balandlikdan quladi. Hodisa natijasida ellikka yaqin odam jabrlangani aytilmoqda. Ulardan 16 nafari kasalxonaga olib ketildi.
+++
3 sentyabr kuni Gorbachev jasadi tuproqqa berilgan paytda Germaniya poytaxti Berlin shahrida bayroqlar tushirilib motam e'lon qilindi. Aynan buyuk siyosatchi Gorbachev sharofati bilan Berlin devori qulatilgan edi.
+++
Ukraina kuchlari mamlakat janubi va sharqida uchta aholi punktini rus bosqinchilaridan ozod qilishga muvaffaq bo‘ldi, deya ma'lum qildi prezident Zelenskiy yakshanba oqshomidagi murojaatida. Zelenskiy Ukraina janubidagi ikki va sharqidagi bir aholi punktidan bosqinchilarni quvib chiqargani uchun o‘z qo‘shinlariga minnatdorlik bildirdi.
+++
Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyning aytishicha, uch kun ichida «Bayroqdor»lar rus bosqinchilarining umumiy qiymati qariyb 26,5 million dollarlik ko‘plab texnikasini yo‘q qilgan.
+++
Checheniston raxbari Ramzan Qodirov «iste'fo berish» niyatida ekanini bildirdi:
«Mana 15 yilki, men respublikani boshqaraman.  Biz kavkazliklarda va  chechenlarda maqol bor. «Mehmon o‘z izzatini bilib ketgani yaxshi degan» Shundan kelib chiqib meniyam ketish vaqtim yetdi. Meni haydab yuborishmasidan oldin o‘zim ketsam devdim. Menam qarib qoldim. Qachondir yosh va tajribasiz edim. Xozir ham tajribasizman. Ammo yoshlik ham qaygadir yo‘qoldi. Bo‘ldi shuncha ishlaganim esim borida etagimni yopa qolay» dedi tg kanali orqali Qodirov.
+++
Rossiya urushi tufayli Ukraina zooparkidagi yo‘lbars qochib Slovakiyagacha yetib borgani telegram tarmog‘idagi kanallar ma'lum qilindi. Urush tugagunicha slovaklar qochqin yo‘lbarsni yuvib tarab boqib turishadigan bo‘lishdi.
+++
Rossiya mashhur bastakor va qӯshiqchi Andrey Makarevichni xorijiy agent deb e'lon qildi. Ukrainaga qarshi urush ochilganidan beri o‘nlab media nashrlari va shaxslar Rossiya hukumati tomonidan horijiy agent deya e'lon qilingan. Makarevich bunga navbatdagi qo‘shig‘i bilan javob qaytardi
+++
Bu 600 sekund ichida Eltuz sizga yetkazmoqchi bo‘lgan xabarlar edi. Kun davomida biz bilan qoling. Mamlakat mustaqilligini nishonlashni va Eltuz kanaliga obuna bo‘lib qo‘ng‘iroqchani bosishni unutmang.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
31 iyul 2018
O‘zbekistondagi «Toshturma», Ukrainadagi «Obolon» turmasidan har bir kamerada «loxmach»lari va «kozyollari» borligi bilan farq qiladi, deya eslaydi Muhammad Bekjon ...
17 may 2017
Andijon viloyati Shahrixon shahri va tumanida 15 may kuni yuzlab bemorlar zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ozodlik radiosi ma'lumotiga ...
25 oktyabr 2019
«Otangni onangga bepardoz ko‘rsatma. Yaxshisini oshir – yomonini yashir. Otangni o‘ldirganga onangni ber. Egilgan boshni qilich kesmaydi». Bu o‘zbek ...
28 mart 2019
Ushbu video «Eltuz» muxbiri Ayub Mingboevning bir-birini tanimaydigan qator toshkentlik tadbirkorlar bilan suhbatlari negiziga qurilgan «Shantajni asosiy qurolga aylantirgan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...