Catira
17 may 2017

Shahrixonda ommaviy zaharlanish. Voqea guvohining sharhi

Andijon viloyati Shahrixon shahri va tumanida 15 may kuni yuzlab bemorlar zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ozodlik radiosi ma'lumotiga ko‘ra, seshanba kuni 182 kishi muzqaymoqdan zaharlanib klinikaga keltirilgan.

Eltuzga o‘z maqolasini yuborgan Nargiza Oripova tahallusi bilan maqolalar yozadigan shahrixonlik blogger muzqaymoqdan zaharlanganlar soni kamida 550 nafar ekanini va ommaviy zaharlanish ikki kun mobaynida sodir bo‘lganligini aytadi.

Unga ko‘ra, o‘z vaqtida bartaraf qilinishi mumkin bo‘lgan intsident yuqumli kasalliklar shifoxonasida navbatchi vrach bo‘lmagani bois keng ko‘lam kasb qilgan.

Eltuz tahririyati shahrixonlik blogger maqolasiga rassom tuz karikaturasini ilova qilgan holda e'lon qiladi.

Shahrixondagi zaharlanish navbatchi shifokor yo‘qligi uchun ommaviy tus oldi

Shahrixon kabi bor yo‘g‘i 70 ming odam yashaydigan shaharchada nega 500 dan ziyod kishi muzqaymoqdan zaharlandi? Nega zaharlanish alomati ma'lum bo‘lgan ilk soatdayoq buning oldi olinmadi?

Bu savollarga oddiy shahrixonlik sifatida javob izlayman. Bu javobimni Shahrixon kasalxonasida o‘lim bilan olishayotgan 550 bemor kutmoqda. Bemorlar orasida ayollar va norasida go‘daklar ancha.

Albatta birinchi aybdor bu aynigan muzqaymoq sotgan tujjor. U qaysi amaldor soyasida bo‘lsa ham javob berishi kerak.

Ikkinchi aybdor esa kasallik tarqalishiga yo‘l qo‘yib bergan tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Shuxrat Aminjonov deb hisoblayman. Yaqinda Sog‘liqni saqlash vaziri tarafidan emas, balki mavjud qoidaga zid tarzda viloyat hokimi tarafidan tayinlangan Aminjonov tuman yuqumli kasalliklar bo‘limidagi navbatchi vrach shtatini qisqartirdi.

Mening fikrimcha, kasallik tarqalishiga asosiy sabablardan biri ham shu.

Chunki navbatchi shifokor bo‘lganida u birinchi bemor murojat qilishi bilanoq tezkor bildirish berib kasallik manbai bo‘lgan muzkaymok tarqalishini to‘xtatardi, lekin shifokor yo‘qligi sababli shanba kuni soat 15:00 dan dushanba kuni 8:00 gacha tumanda epidemiologik vaziyat umuman nazoratsiz kolib ketgan.

Agar shifokor bo‘lganda 6 ta yoki 10 bemor zaharlanardi holos.

Hozir esa deyarli 2 sutka kasallik nazoratsiz qolib juda ko‘p tarqalib ketdi. Ikki sutka davomida Shahrixonda zaharli muzqaymoq sotildi.
Ëng‘indan so‘ng, nasos falonimga kerakmi deydilarku. Hozir MChS kelganidan ko‘ra, kasallikning vaqtida oldini olgan ma'qul edi.

Shaxsan men Shuhrat Aminjonov voqeaga panja orasidan qarab Shahrixon xalqining salomatligini xatar ostiga qo‘ydi deb o‘ylayman.

Bundan tashqari statistik ma'lumotni kamaytirib ko‘rsatish maqsadida Shuhrat Aminjonov, shifoxonaga murojaat qilganlarni tezroq uyga ketkazinglar, deb topshiriq berdi.

Shu sabab bitta bemor qayta-qayta shifoxonaga kelaverdi va aksincha murojaatlar soni ko‘payib ketdi va xalq qiynaldi to‘liq davolana olmay.
Ba'zi mulozimlar aytganidek, muzqaymoqdan zaharlanganlar soni kamayayotgani yo‘q.

Xozirgacha murojaatlar davom etmoqda. Viloyat markazidan kelgan shifokorlar shu yerda va toshkentlik mehmonlar ham shu yerda, tomoshabin bo‘lib o‘tirishibti hech narsa qilmay.

Bosh vrach Shuhrat Aminjonov bemorlarga qarash o‘rniga choyxonama-choyxona mehmondorchilikdan boshi chiqmayabti mehmon kuzatib.

Shu kunlarda vrachlarni tanqid qilish urf bo‘lgan. Ammo men shaxsan vrachlarni hurmat qilaman. Ammo Aminjonov kabi so‘nggi 15 yil ichida faqat tadbirkor bo‘lib ishlagan “shifokor”ga el salomatligini ishonish maymunning qo‘liga granata bergan kabi xatarli.

Nargiza Oripova
Shahrixonlik bloggerning tahallusi

Tag‘in o‘qing
9 may 2016
GM Uzbekistan shirkatiga aloqador yuqori mulozimlar uzoqlikka yugurish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatmoqda. Avtosanoat ishi bilan bog‘liq ikki MXX mulozimi ...
16 mart 2020
Joriy yilning 16 martiga kelib O‘zbekistonda rasman qayd etilgan koronavirus (COVID-19)ni yuqtirganlar soni, kunning birinchi yarmida olingan ma'lumotga ko‘ra, ...
30 iyun 2021
Shovot tumani hokimligi 28 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “G‘alla rejasini bajargan fermerlardan qo‘shimcha g‘alla talab qilinmoqda” mazmunidagi xabar ...
18 dekabr 2015
New York Times gazetasi O‘zbekiston prezidentining qizi Lola Tillaeva Karimova Los Anjelosda to‘rtta qasr sotib olganligini yozdi. Eltuz.com
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...