Asosiy mavzular
13 sentyabr 2022

600 SYeKUND: «Ilhom» teatri g‘alabasi, Rossiya talofati va Samarqandda ShHT sammitiga tayyorgarlik

10 sentyabr kuni «Ilxom» teatrida premerasi kutilgan «Yer ostidagi qizlar» spektaklini bekor qilishga urinishlarga chek qo‘yildi.
Bu safar O‘zbekistondagi tolibparast qadimchi amaldorlar Ilhom teatridagi spektaklni bekor qildira olishmadi. Yakshanba kuni spektakl namoyish etildi. Teatrga borishni istaganlar ko‘p bo‘ldi, biletlar esa allaqachon sotilib bo‘lingan edi…
Bundan avval, Eltuz spektaklning  O‘zbekiston teatr arboblari uyushmasi raisi Ëqub Ahmedov donosi ortidan bekor qilinganini xabar qilgan edi.
Spektakl o‘rniga teatr jamoasi matbuot anjumani o‘tkazib  dunyoda taqiqlangan tolibon rejimi ta'siriga tushgan «uyushma» taqiqiga izox berishi aytilgan edi.
Asli Shvetsiyalik AQShda yashab ishlayotgan jurnalist Jenni Nordbergning hujjatli qissasi asosida Jeyms Reyli va Roman  Skrjivaneklar muallifligidagi «Yer ostidagi qizlar» (Underground Girls) spektakli Afg‘onistonda hukumat Tolibkar qo‘liga o‘tkanidan keyin daxshatli ahvolga tushgan ayollar haqida hikoya qiladi.
+++
Toshkentdagi Dream House Stroy shirkati Chilonzor prokurtura oldidagi  58  ulkan daraxtlarni  bir kechada kesib tashladi. Bu daraxtlar kesilishiga goskomekologiya izn bermagan. Shirkat kesilgan daraxtlar o‘rniga archa ekish va'dasini bergan. Ammo, nihollar kislorod manbaiga ega bo‘lib voyaga yetishi uchun yana 50 yil kerak bo‘ladi. Toshkentntdagi daraxtlarni kesgan Dream House Stroy 2017 yil dekabrida «akaxonlar»ko‘magida ochilgan bo‘lib muassisi Kozimjon G‘ulomjon o‘g‘li To‘raboevdir.
+++
Rossiya bosqinchilari tarafida turib Ukrainaga qarshi urushda qatnashgan ikki nafar o‘zbekning ukrain harbiylari tomonidan asirga olingani, ularning tiz cho‘kib yig‘layotgani aks etgan video tasvirlar tarmoqda tarqaldi. Videodagi rus armiyasiga yollangan o‘zbeklardan biri pasportini olib qo‘yishgani, majburlab urushga jo‘natishganini aytadi. Ikkinchisi esa esa Rossiyada student bo‘lgani, urushda esa minometchi bo‘lib qatnashayotganini bildirgan. Rasmda asir olingan 22 yashar Axmedov Muxriddin Soli o‘g‘li Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Moskvada o‘qigan. Ukraina Rossiya urushida qatnashib xozirda ukraina asirlikda qolmoqda.
+++
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 15–16-sentyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ShHT sammiti doirasida rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashmoqchi. Turk matbuotining yozishicha, Erdo‘g‘on mazkur uchrashuvda Putin bilan Ukraina urushini to‘xtatish va g‘alla eksportiga oid masalalarni muhokama qilishni rejalagan.
+++
8 sentyabr kuni Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida MDXga a'zo davlatlar majlisida bloklanadigan internet-resurslarning yagona reestrini yaratish muhokama etildi.
Bu degani, qaror amalga oshsa O‘zbekistonda bloklangan Eltuz sayti, shuningdek Rossiyada bloklangan 1 million 224 ming 967 sayt MDXga a'zo O‘zbekiston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistonda ham bloklanadi degani.
Yig‘ilishda Uzbekistan IIB raxbari Po‘lat Bobojonov ham ishtirok etgan.
+++
Rossiya 12 sentyabrga o‘tar kechasi tunda Xarkovning TETs stantsiyasiga raketa zarbasi berishi oqibatida Ukrainaning bir qancha hududlarida elektr uzilishlari ro‘y berdi.
Ukraina mudofaa kuchlari manbalaoiga ko‘ra, Xarkovdagi elektrostantsiyani izdan chiqarish uchun Rossiya 11 ta raketa otgan. Shundan 9 tasi urib tushirilgan ikkitasi nishonga tekkan.
+++
Prezident Vladimir Zelenskiy Turkiyaning «Boyqor» shirkati Bosh direktori Holiq Bayroqdorni Birinchi darajali «Xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirladi. Ukrain hududlarining ruslardan ozod etilishida aynan shu shirkat yetkazib bergan Bayraktar dronlarining xizmati katta bo‘ldi.
+++
Yevropa Ittifoqi Kengashi nihoyat Rossiya bilan soddalashtirilgan viza rejimini to‘xtatish qarorini to‘liq ma'qulladi. Qaror dushanba kunidan kuchga kirdi.
+++
Estoniya shu yil 19 sentyabridan boshlab Rossiya fuqarolarini mamlakat ichiga qo‘yilmasligini ma'lum qildi. Mazkur cheklov uchinchi davlatlardan Shengen vizasini olgan rossiyaliklar uchun ham taalluqli. Bu haqda Estoniya tashqi ishlar vaziri Urmas Reynsalu ma'lum qildi.
+++
Ukraina o‘tgan uch oy ichida HIMARS tizimlari yordamida Rossiyaga oid 400 dan ziyod nishonni yo‘q qilgan. Bu haqda AQSh Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Mark Milli Ramshtayndagi uchrashuvda ma'lum qildi. AQSh Ukraina Qurolli kuchlariga HIMARS tizimlarini shu yil iyunidan taqdim eta boshlagan. Ochiq manbalardagi ma'lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Kiev kuchlari ixtiyorida kamida 16 ta HIMARS tizimi mavjud.
+++
Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni rus okkupatsiyasidan ozod qilingan hududlardan olingan videolavhalarni tarmoqda e'lon qildi.
Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabining bildirishicha, o‘tgan kecha-kunduzda harbiylar 20 dan ortiq aholi punktini rossiyalik bosqinchilardan ozod qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda ukrainaliklar ishg‘ol etilgan hududlardan 3000 kvadrat kilometrini dushmandan tozalashgan.
+++
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va mudofaa vaziri Aleksey Reznikov xalqaro miqyosda tan olingan chegara ichidagi hudud, jumladan Qrim yarimoroli, to‘la ozod qilinmagunicha Kiev Moskva bilan muzokaraga bormasligini bildirishdi. Bu bayonot Kievda o‘tgan xalqaro forumda berilgan.
+++
Britaniya razvedkasi ma'lumotlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari Izyum yaqinidagi rus bo‘linmalarini tor-mor qilgan va Rossiyani Donbas yo‘nalishidagi ta'minot liniyalaridan mahrum qilishga kirishgan.
Ukraina armiyasi Xarkov viloyati janubida qarshi hujum boshladi. Ular ilgari rus qo‘shinlari joylashgan 50 kilometrlik maydonni egallashgan.
Bundan tashqari Ukraina harbiy bo‘linmalari bir nechta shaharlar nazoratini qo‘lga kiritdi, ayrim hududlarni esa qurshovga oldi.
Xerson yo‘nalishida davom etayotgan hujum amaliyotlari Rossiya mudofaa frontini ham shimoliy, ham janubiy qanotlarini bosim ostida qoldirdi.
+++
Rossiyada so‘nggi uch kun davom etgan saylovlardan keyin, Markaziy saylov komissiyasining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, Putin bosh bo‘lgan “Yedinaya Rossiya” vakillari oldinda borayotgani bildirildi. Gubernatorlar saylovida ham eski amaldorlar g‘olib chiqayotgani aytilmoqda. 14 ta hududdagi gubernator saylovidan faqat ikkitasidagina hozircha Putin qo‘ymagan nomzodlar peshqadamlik qilyapti. “OVD-Info” xabariga ko‘ra, saylov kunlari 30 kishi tutib ketilgan.
+++
Ayni kunlarda esa  O‘zbekistonda 15−16 sentyabr kunlari Samarqandda o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammitiga hozirlik ko‘rilmoqda.
ShHTga O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Hindiston, Pokiston va Eron a'zo davlatdir. Afg‘oniston, Mongoliya va Belarus tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.
Sammit doirasida O‘zbekistonga Putinning tashrifi va ShHT hududidagi davlatlar o‘rtasida iqtisodiy, moliyaviy va investitsiyaviy hamkorlikni kuchaytirishni ko‘zlovchi bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
Ammo eng xavotirli tomoni – Ukrainaga bosqini ortidan og‘ir sanktsiyalar ostida qolgan Rossiya banklari va moliyaviy institutlari bilan hamkorlikg ortidan Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan O‘zbekistonga ikkilamchi sanktsiyalar qo‘llanishi ehtimoli juda yuqoridir.

Video: https://youtu.be/yw0gkMfmB_E

Tag‘in o‘qing
14 aprel 2018
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 13 aprel kuni Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumanida o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ko‘cha supurishga chiqarilgani ortidan «Kamaz» ...
10 iyun 2019
“Hoziroq bergan savolimga javob bering, bo‘lmasa boshingiz izolyatordan chiqmay qoladi. Tushuntiroldimmi, okam? – Qaysi savolingizga javob beray, o‘rtoq boshliq? – Muhammad ...
29 noyabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 14-qismi yosh shoirlarga tavsiyalariga bag‘ishlanadi.
17 fevral 2021
Curxondaryolik tadbirkor H.Olimov 17 fevral kuni prezident Mirziyoevga videomurojaat yo‘lladi. Murojaatida u Muzrabot tumani hokimi Erkin Olimov uni yo‘q ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...