Asosiy mavzular
30 sentyabr 2022

Putinqul raqqos Ozodbekning tog‘asimi?

Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.
MS. Tuz og‘a, sizam shu tarmoqda dim ko‘p o‘tiripardingiz (Xorazm shevasida gapiradi).

RT: Odam uzoq vaqt amalda o‘tirib, ko‘ti taxtga svarkalansa xato ustiga xato qila boshlaydi. Putin ham shunaqa. Putinning ilk xatosi 2014 yilda Qrimga xujum qilgani bo‘ldi. Keyingi xato 2022 yilning fevralida Ukrainaga agressorlik urushi boshlagani. Uchinchi xatosi esa Yevropaga gaz bermay shantaj qilgani. To‘rtinchi xatosi esa axolini mobilizatsiya qilganida aks etdi. Urush bois Putindan MDXdagi hamkorlar xurkib masofalashdi, dunyo jamiyati tavqi la'natiga va jazo sanktsiyalariga nishon bo‘ldi. Yevropaga gaz bermayman deb jo‘mrak burash ortidan Rossiyaning gazdan keladigan tushumi ham chippakka chiqdi.

MS: Putin Xonqalila aytg‘ondin «to‘mirtqag‘a tiqilgan itdin» bo‘ldi. To‘mirtqa bu xovlidan xovliga o‘tadigan ariqning tor quvuri. Ba'zan shu to‘mirtqag‘a it boshshini diqib chiqolmiy qoladi. Qimirlag‘an sayin battar tiqiladi. Agar Putinni o‘risla haydaparsa, u orqoyin O‘zbekistona galib xukm suravarishi mumkin. Shuncha million Putinparast bor O‘zbekistonda. Putinni bo‘lari bo‘ldi, lekin putinparast o‘risqullar to‘da-to‘da, poda-poda bo‘lib izg‘iydig‘an O‘zbekiston o‘risyurtni mallakina oylondi xorop.

RT: O‘zbekiston Rossiyaning tomorqasiga aylangani haqida yana bir isbot.
25-26 sentyabr kuni Alisher Navoiy nomli opera va balet teatrida rossiya grajdani bo‘lgan , ko‘ksiga qotil Putin tasvirini tatu qilib urdirgan shovinist balet tantsor Sergey Polunin solo raqsi namoyish qilingan. Raqsdan oldin Polunin zalda o‘tirganlarga yuzlanib, «Bu raqs shu kunlarda urushda o‘lgan rus soldatlariga bag‘ishlanadi» deya bosqinchilikni yoqlab propagandonlik qilgan.

MS: Tuz og‘a, sho‘rda savolim bo. O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbeko‘pa. Davay izox bar. Naga davlat tiotri sahnasi rus propagandasi minbarina aylandi? Nega? Kim abkaldi bu yetim raqqosni? Ozodbek, Polunin sening tog‘angmi?

RT: Matchon suqilish, sen bu savolni Ozodbekdan bir kalla balandda turganlarga, masalan Abdulla G‘aripga bersang bo‘ladi. Putin kelganida bukilib ta'zim qilganini ko‘rgandingku.
MS: O‘risparast taviyalar «mani xokim so‘kdi», «Arim urib tashadi», «Xotinim hiyonat atdi», «Uydan haydapardila», «Anovi joyim turmin qoldi», «Ochman, yalang‘ochman» dab Eltuza jaloba yozib yotibdila. Ulara novvi dap juvop barasiz og‘am.

RT: Ularga bitta o‘ptim javob: Battar bo‘ling. Sizlarni urgan kosovni yerga ko‘msa ko‘karib chiqadi. Sizlartni tepgan oyoq barakat topadi. Sizlarni so‘kkan odam o‘n marta xaj qilgan savopni oladi. O‘risparast, putinqul, SSSRparast irkitlarning oti o‘zmaydi, qashshog‘u notavonligicha qoladi. O‘sha o‘ris kemasi cho‘kkan tarafga qarab ketouringlar biomusor paytavaquloqlar.

Paytavaquloqlar

MS: Tuz og‘a, Surxon hokiminam so‘kip tashamiysizmi? Ina yaqinda u jarimaya tortildi¸ xayfsan oldi. Xudo urg‘onni, payg‘ambaram xosasi bilan durtsin-da indi.
RT: Matchonboy suqulish do‘stim. Shiorlarimdan biri sazoyilarga qo‘shilmaslik. Bozordagilar «ur anavini» desa, tosh olib yugurib ketishadi. Lekin, shunday paytda men hammaga qo‘shilib yugurmayman. Bobolovniyam enasi balam degan. Rassom Titsian aytganidek, hamma narsa nisbatga bog‘liq. Qora fonda turgan odam ijobiy ko‘rinadi. Bu rasmda Bobolov o‘zini o‘rab turgan taviyalardan o‘nlarcha marta ijobiy.
MS: Aslindam shundin. Ok ishton, ok yaxtak giygan tirgakchi bachchabozladan Xudo saqlasin. Eltuz karikaturasini chizg‘an Andijon tumani hokimi Egamberdiev ishdan quvildi. Oyni shu rasmdayi o‘tirishi uchun. Xokimiyatdan chiqayotirg‘anda qo‘linnan udostovereniyasini olib, go‘ttina ikki marta aylantirib dapib chiqaripardila. Katapulta deydi buni.

RT: Ba'zan yaxshi odamlar ham katapulta bo‘ladi. O‘zbekiston xalq shoiri, faylasuf va tarjimon Jamol Kamol olamdan o‘tdi. Jamol Kamol bugungi kunda noyob bo‘lgan bilim, saviya va zakovat egasi edi. Jamol Kamol Jaloliddin Rumiyni forsiydan, Aleksandr Pushkinni rus tilidan, Vilyam Shekspirni esa ingliz tilidan tarjima qildi. Jamol aka bu uch tilni mukammal bilardi. U bir tarixiy she'rning ham muallifidir. Jamol Kamol O‘zbekiston mustaqil bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo ham etib qabul qilinganida Nyu Yorkdagi rassom qizining uyida mehmonda edi. Bu qutlug‘ damlarni yaqindan xis qilish uchun shoir og‘amiz BMT binosiga borib, o‘zining mana bu satrlarini yozgan edi.
Kiprik ketar, ko‘z qolar,
Qolar Vatan jonajon.
Jamoldan shu so‘z qolar:
Avval Vatan, keyin jon!
Buxoroning Shofirkonida tug‘ilib, Toshkentning Ko‘kchasida ijod qilgan Jamol Kamol vatansevar vatandosh o‘laroq yodimizda qoldi. Eng muhimi Jamol Kamol umri so‘ngida hukmdorlarga laganbardorlik qilib, o‘z biografiyasini buzmadi. Yaxshi odam edi.
MS: Shu shoir doyi Jamol Kamol Toshkent aeroportina «Karimov nomi barilmasin!» diyan talab bilan chiqqonmi? Karimovni dushmanimi adi u?
RT: Aynan Jamol Kamol Toshkent aeroportidan diktator Karimov nomini olib tashlashni taklif qilgan edi. Aynan u O‘zbekiston davlati tuzuvchisi Fayzulla Xo‘jani ulug‘lash lozimligini uqtirgan edi.
2017 yili O‘zbekiston Xalq shoiri Jamol Kamolning Karimov nomi abadiylashtirilishiga qarshi Prezident Mirziyoevga yo‘llagan maktubi e'lon qilingan edi.
Maktubda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining sobiq raisi bo‘lgan atoqli shoir va jamoat arbobi Mirziyoevdan Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risidagi qarorini qayta ko‘rib chiqishni so‘ragan.
Jamol Kamolning aytishicha, Karimovning faoliyati xolis baholanishi kerak.
«Mening nazarimda, Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish borasidagi qaror bir oz shoshilinch qabul qilinganga o‘xshaydi. Marhumning faoliyati xolis sarhisob etilib, oqi oqqa, qorasi qoraga ajratilib, keyin bir to‘xtamga kelinsa, maqsadga muvofiq bo‘lur edi», deb aytgan edi Jamol Kamol.
Uning fikricha, O‘zbek davlatchiligi «kecha paydo bo‘lgan emas» va hamma narsani marhum prezident nomi bilan bog‘lash to‘g‘ri bo‘lmaydi.
«Muzeylar, bog‘lar, o‘quv yurtlari, ko‘chalar, haykallar, jamg‘armalar… Yigirma besh yil davomida, o‘zingiz haqqoniy e'tirof etib aytganingizdek, adolatli, demokratik jamiyatning atigi poydevorini qura olgan shaxs uchun bu ko‘plik qilmaydimi? Shunchalar saxovat ko‘rsatish joizmikan?», deya mulohaza yuritgan edi Jamol Kamol o‘z maktubida.
U Toshkent aeroportini Amir Temur nomi bilan atashni taklif qilgan.
Shoirning Virtual qabulxonaga yo‘llagan maktubi ko‘rib chiqish uchun Toshkent viloyatining Qibray tuman hokimiyati hamda «O‘zbekiston havo yo‘llari» shirkatiga yo‘llangan va pirovardida inobatga olinmagan.
MS: Aqllila o‘lib, jillila qoldi O‘zbekistonda. Varshavada o‘tyotirg‘on YeXXT konferentsiyasinda o‘zbekistonnan qatnashg‘an «ammamni o‘jaki» to‘yda to‘st aytg‘ondin o‘richchalab «binnasala» dadi, lekin Ukraina haqqinda og‘iz ochmadi.
RT: Majlisda qatnashganlar fikricha, O‘zbekiston va Turkmaniston vakillari «g‘ordan chiqqan jundor yoboniy odamlar»ga o‘xshashgan. Ularning g‘origa dunyoda bo‘layotgan xabarlar yetib bormaydi. Qozog‘iston vakillari ancha faol. Ularning yoshligida to‘yib ovqat yeb, yaxshi ta'lim olgani shundoq bilinib turibdi. Qozog‘iston Ukrainaning to‘rtta hududi Rossiyaga qo‘shilishiga oid referendumlarni tan olmasligini bildirdi.
MS: Xovvo, yuravaringla «qayg‘a borsam boshda do‘ppim g‘oz yurarman kekkayib» dab. Hay, ichi qog‘ozdan bo‘g‘an do‘ppingni olib yera qo‘y. Varshavani yomg‘irinda azilib tiviti chiqib getmasin. Mundin bir o‘yla dab tavsiya qilsamam bo‘lar aadi. Ammo o‘ylash uchun miya garak. Oshkadini ichinda miya elementi yo‘q, kallasi kadi yoshullila.

Teshik munchoq

MS: Tuz og‘a, avvallari vazni ichinda ertak oytib barar adingiz.
RT: Matchonboy, men senga bo‘lgan voqeani aytaqolay. 25 sentyabr yarim tunda Uychilik 31 yashar yigit choyxonada oshdi yeb, askiyani aytib dumalab-dumalab kulib, kekirib, sekin uyiga kepti. Kesa, uyidagi karavot jiqir-jiqir qilib sas chiqarayotganmish. Shundoq eshikdi ochsa, xotini o‘ynashi bilan dikir-dikir qilayotgan ekan. Namangondi or nomusli yigiti shartta pichag‘di chig‘orib o‘z xotinini qo‘yniga kirgan ipplas, ma'naviyatsiz o‘ynash erkakdi so‘yvordi. O‘ynash go‘rda, er qamag‘da. Xotin esa bir kunda ham ersiz, ham o‘ynashsiz qoldi. Er kamida 10 yil ashag‘larda balandda ichadi. Teshik munchog‘ yerda qolmas. Bu xotin boshqa xushtor topishiga ishanadi.
MS Bu gapni ishitib qo‘shiq oytosim galdi.
Namanganning olmasi anori borey.
Man yorimni sog‘insam, yo‘lga qarayman,
Sochlarimni avaylab silliq tarayman.
Qoshimga o‘smalar qo‘ysam kelarmu, ey?
Ko‘zimga surmalar sursam kelarmu, ey?
Yalli-yalli-yalola! Yallo demasman, o!
Yalinganing bilan, o, yoningga bormasman!
(Kulgi ovozi)

Istixborat mamlakat umurtqasi

RT: Keyingi 30 yilda shakllangan stereotipga ko‘ra, O‘zbekiston xavfsizlik xizmati «asosan xalqqa zulm qiladigan Nodir To‘raqulovga o‘xshash o‘g‘ri va seriyali qotillardan iborat yarim jinoiy tuzilma»dir. O‘zbekiston SNBsi keyingi 30 yil ichida o‘g‘ri, talonchi, dvoynoy agent va savodsiz avantyurist taviyalar to‘lib toshgan shubhali idora bo‘lgani ham to‘g‘ri gap.
MS: Garakmi shu idora. Ëdingizda bo‘lsa 1990 yilda Karimov shu vaqtdagi KGB yoshullisini o‘rninnan turizib nechta shpion tutding deb mazax qilgandi.
RT: Istixborat kerakligini Karimov tezda tushunib yetdi, ammo u bu tizimdan o‘z rejimini saqlash uchun foydalandi. Bugungi putinparast va shariatchilarning mo‘r malaxday yurgani ham, o‘sha davrda yaxshi samarali istixborat bo‘lmaganidan darak.
Davlat uchun istixborat idorasi zarur. Davlat o‘z xafsizligini ta'minlashi zarur. Isroilda Mossad, AQShda TsRU qanday muxim rol o‘ynasa O‘zbekistonda ham bu idoraga extiyoj o‘ta katta. Faqat bu idora xodimlarining hatti-harakati o‘ta qat'iy nazoratga olinishi, hamda milliy xavfsizlik xizmati vazifa doirasi aniq belgilab qo‘yilishi kerak. Umuman olganda, Nukusdagi separatchilar g‘alayoni va Qoraqalpog‘istondagi rahbar xodimlar va «ziyoli» qatlamining yillar davomida ayirmachilik g‘oyasi bilan to‘yingani. O‘zbekistonni rak kasali kabi chirmab olayotgan diniy radikalizm, miyasi diniy ekstrimizm bilan zaxarlanganlarning davlat tizimlariga sizib sabotaj qilayotgani. Rossiyaparastlarning SSSRni qaytarish «orzu»sida O‘zbekiston mustaqilligiga qarshi ochiq va yashirin harakatlari. O‘g‘ri korruptsionoerlarning bezbetlarcha talonchiligi oqibatida hukumat va davlat imidjining yer bilan bir bo‘lishi. Aholi orasida davlat va qonunlarga nigilistik munosabat. Bularning hammasi O‘zbekiston davlatchiligi belini sindirishi mumkin bo‘lgan jiddiy xatarlardir. Bu xatarlar yomon xolatga kelmasidan oldin, eskalatsiya bo‘lmay turib jiddiy bartaraf qilinishi kerak. Bu vazifani esa davlat xavfsizligi idorasi amalga oshirishi zarur. Agar bu vazifa amalga oshmasa O‘zbekiston dunyo xaritasidan mustaqil davlat sifatida o‘chib ketish extimoli o‘ta katta. O‘zbekiston davlat xavfsizlik tizimi ichiga joylashgan FSB agentlaridan jiddiy tozalanishi kerak. (Buni qanday amalga oshirish mumkinligini Boltiq bo‘yi va Ukraina misolida ko‘rish mumkin)

Idealda bu tizim mana bu vazifalarni amalga oshirishi kerak.

O‘zbekiston davlat uchun xatar uyg‘otadigan diniy ekstremist, kremlparastlar, separatchi va iqtisodiy talonchilar haqidagi barcha informatsiyalarni yashirin tarzda yig‘ib sistemaga solish.

O‘zbekiston konstitutsiyasi va dunyoviy davlatchiligiga qarshi terrorchilik, separatchilik va kremlparastlik faoliyatining oldini olishga qaratilgan ishlar. Bu ishlar doirasida chet elda faoliyat olib boradigan diniy, separatist va o‘risparast markazlar faoliyati nazoratga olinishi kerak.

O‘zbek mulozimlarining Rossiya, Eron, Saudiya, Afg‘oniston va boshqa nizoli davlat amaldorlari, biznesmenlari va xavfsizlik xizmati zobitlari bilan aloqalari yashirin tarzda sinchiklab tekshirilishi kerak.

O‘zbekiston va o‘zbekiston bilan bog‘liq kriminal guruh, bratva va xalqalar faoliyati nazoratga olinib, ularning har bir qadami va o‘zbek mulozimlari bilan aloqasi nazoratga olinishi kerak.

O‘zbekiston rahbariyati qarindoshlarining lavozim egasiga yaqinligini su'iste'mol qilib, katta miqdorda o‘g‘irlik talonchilik qilishi, mini jangari gruppalarni tashkil qilishi kabi xolatlar borasida sistemali ma'lumot to‘plashi lozim.
Agar shu ishlar qilinmasa, davlat o‘laroq saqlanib qolishimiz muammoga aylanishi aniq. Bu matn O‘zbekiston DXX 31 yilligi munosabati bilan yozildi. Bayram tabrigi bahonasida bir oz tahlil qildik.

NORIM-NORIM

MS: Tuz og‘a, qo‘ying bi seryozniy gaplani. Ëshullini xotini pishirgan norinnan gaplang. Xivada norin-norin diyaan o‘yin bo‘lg‘an. Go‘to‘yinchila o‘ynagan.
RT: Norin-norin emas, Norim bilan Norinning farqi bor. Siyosat boshqa, gastronomiya boshqa.
Prezident Parkent somsasi bilan shashligini maqtagani ortidan, axli baytning norin shou qilgani menga Frantsiya qirolichasi Mariya-Antuanetta gapini eslatdi. «Xalqning yeyishga noni bo‘lmasa pirojniy yesin.» degandi qirolicha. Bu gapdan sal o‘tib qirolichaning boshi tanasidan judo qilingandi. Voqea 1793 yili bo‘lib o‘tgan edi. 1931 yili Yeravda turmasidan Londondagi bukengem seroyiga borib, Angliya qirolichasi bilan uchrashgan Maxatma Gandi o‘zi to‘qigan bo‘zdan ishton kiyib, egniga bo‘z belbog‘ tashavogan edi. Oyog‘ida esa sandal. Gandi «toki xalqim och yalang‘och yurar ekan, men bashang kiyinsam uyat bo‘ladi» derdi. Muxbirning «Qirolicha xuzuriiga kirish uchun tuzukroq kiyimingiz yo‘qmidi?» degan savoliga Gandi «Qirolichaning kiygan kiyimi ikkalamizga ham yetadi» deya javob bergandi. Bugun yegan ovqatini, kiygan kiyimi va ko‘tini tortadigan aravasini maqtab, tarmoqqa qo‘yadigan maqtanchoq olomon mundoq tarix kitoblarini varaqlab o‘qib ko‘rsa bo‘lardi. Kamtarlik hali bekor qilinmadi.

Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Rassom Tuz

Video: https://youtu.be/ydW1_ajrZ-A

Tag‘in o‘qing
21 noyabr 2021
Siyosatchi bo‘lish¸ siyosatga kirish bugungi O‘zbekistonda boshni kundaga qo‘yish bilan barobar. Bu haqda Jahongirga yozuvdim sal oldin. «Senga gul ...
20 fevral 2017
O‘zbekiston chorak asr marhum Islom Karimovning besh tamoyili asosida yashab keldi. Bu besh tamoyil aslida bir tiyinga qimmatligi, qog‘ozdagi ...
25 avgust 2018
14 avgust kuni Xonqa tumanining Qoraqosh qishlog‘idagi Yangiariq tumaniga o‘tuvchi ko‘prikning bir qismi qulab tushgan. Yuk mashinasi haydovchisi shifoxonada. ...
15 noyabr 2016
O‘zbekistonda 4 dekabrda o‘tadigan saylov har galgidek cho‘ntak partiyalarning o‘zaro kelishuvi natijasida o‘tishi aytilmoqda. Birorta partiya hokimiyat tepasiga kelishni ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...