600 CYeKUND: Qrim ko‘prigi portladi, taniqli xonanda Davron G‘oyipov Urganchda dafn etildi
Eltuz «600 sekund» xabarlar tasmasini taqdim etadi.
+++
Toshkent shahrida fojiali avtomobil to‘qnashuvi ro‘y berdi. Maxtumquli ko‘chasida BMW yo‘lni ajratuvchi to‘siqdan oshib o‘tib, Nexia-3 ustiga tushdi. Oqibatda Nexia-3 haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi.
+++
«Finlyandiya ta'lim standarti bo‘yicha boshlang‘ich sinflar uchun darslik tayyorlandi» — deya bildirdi mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoev. Finlyandiya o‘quv tizimiga o‘tish ma'qulligi haqida bundan avval rassom Tuz Eltuz kanalidagi o‘z ma'ruzalarida aytgan, so‘nggi bor 7 sentyabr kuni gapirgan edi.
«Bu aytgan gaplaringdan nima foyda», deyishgandi nigilistlar. Ular nazarida Rassom Tuz beton devorga gapirmoqda xolos. Bu Karimov davri uchun to‘g‘ri edi. Chunki, Karimov internetga kirmay, qog‘ozdan bo‘lgan «Komsomolskaya pravda» gazetini o‘qirdi. Ammo Mirziyoev qo‘lida Aypad bor. Aypadda esa Rassom Tuz¸ Eltuz tirjayib o‘tiribdi» – deya izohladi rassom Tuz prezident bayonotini.
+++
2022-yil sentabr uchun Asiavision ABU mukofoti O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga berildi, deya xabar berdi MTRK boshlig‘i Alisher Xodjaev. MTRKga mukofot O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitini namunali yoritgani uchun berilibdi. Mukofotingiz o‘zingizga siylov Alisher aka. Osh bo‘sin hech kim tanimaydigan bu mukofot. Faqat mamlakatimiz nomi O‘zbekistondir O‘kbekiston emas. To‘g‘irlab qo‘yarsiz yesli chto.
+++
O‘zbeklarni «plantatsiyadagi negrlar» – deya haqorat qilgan Olmaliqlik ayol, O‘zbekistonning o‘ris fuqarosi Lyubov Krupenina shaxsini aniqlash va tegishli chora ko‘rish maqsadida rahbariyat nazoratiga olindi, deya xabar berdi «Milliy tiklanish» partiyasi deputati Qobul Do‘sov.
+++
Qrim yarim orolini Rossiya bilan bog‘lovchi Kerch ko‘prigi portlatilgach, 9 oktyabr kuni ilk sinov poezdi harakatlandi. Portlash asosan temir yo‘lga yondosh avtomobil yo‘lida yuz bergan, ko‘prikning ikkita bo‘lagi yakson bo‘lgan edi.
Ukraina Prezidenti devoni maslahatchisi Podolyak Ukraina Qrim ko‘prigidagi portlash uchun javobgarligini tan oldi
«Qrim, ko‘prik — bu boshlanishi. Noqonuniy hamma narsani yo‘q qilish, o‘g‘irlangan narsalarni Ukrainaga qaytarish, Rossiya tomonidan bosib olingan hamma narsani yo‘q qilish kerak”, — deb yozdi Podolyak Twitter’dagi sahifasida.
+++
Istanbulda gaz balloni portlashi oqibatida uch qavatli uy yonib kul bo‘ldi. Uch kishi o‘ldi. Portlash Istanbulning osiyo qismi Qadiko‘yning Fikrtepa mahallasida yuz berdi.
Portlashga terrorchilik sabab bo‘lmagani va havolar sovib, gaz ishlatish boshlangani bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning boshlang‘ichi ekani aytildi. O‘zbekistonda ham qo‘lbola isitish uskunalari¸ is gazi va gaz sizishi oqibatida yiliga o‘nlab odamlar o‘ladi.
+++
Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Rossiya bosh bo‘lgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining (KXShT) “Buzilmas birodarlik – 2022” deb nomlangan harbiy mashqlarini o‘tkazishdan bosh tortdi.
Mamlakat mudofaa vazirlari oktyabr oyining o‘rtalarida Rossiya bilan hamkorlikda o‘tkazilishi mo‘ljallangan mashqlarni bekor qilishganini ta'kidlashdi.
10 oktyabrdan 14 oktyabrgacha bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan mashqlar bekor qilingani haqida Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi ma'lum qilgan, biroq buning sababini ochiqlagan emas.
Shu yil 26 sentyabridan 8 oktyabrigacha KXShT “tinchlikparvar” qo‘shinlari Qozog‘istonda “Hamkorlik-2022”, “Qidiruv-2022” va “Eshelon-2022” deb nomlangan mashqlarni o‘tkazishgan. Rossiya va Belorussiya harbiylari doxil askarlar bu mashqlardan keyin Qirg‘izistonga yo‘l olishlari kerak edi, biroq endilikda ular uylariga qaytayotganlari aytilgan.
+++
Ukraina qurolli kuchlari Lugansk oblastidagi yettita aholi punktini ozod qildi.
Lugansk viloyati harbiy ma'muriyati rahbari Sergey Gaydayning ma'lum qilishicha, Novelyubivka, Nevske, Grekivka, Novoegorivka, Nadiya, Andriyivka aholi punktlari ustidan Ukraina nazorati o‘rnatilgan.
+++
Putinning shaxsiy oshpazi sifatida tanilgan Prigojin cho‘loq zeklarni urushga qaytishga da'vat qilayotgani aks etgan video tarmoqda tarqadi.
Ayni paytda “Vagner xususiy harbiy shirkati” ta'sischisi Yevgeniy Prigojin Ukraina urushida qo‘l-oyog‘idan ajralgan sobiq mahkumlarni protez taqib, yana jangga qaytishga undadi.
“Vagner XHSh”dan yo qarib, pensiya yoshiga yetgandan keyin ayrilish mumkin yoki temir tobutda. Hozir protezlarni taqib, urushga qaytamiz”, – deya “tasalli” berdi Prigojin “qisman sog‘ qolgan” sobiq zeklarga.
+++
Moldova Tashqi ishlar vazirligi Rossiya raketalari mamlakat havo hududini buzganini da'vo qildi
«Qora dengizdagi Rossiya harbiy kemalaridan uchirilgan uchta qanotli raketa mamlakatimiz ustidan Kolbasna qishlog‘i va Soroka shahri hududidan o‘tdi. Milliy havo hududining buzilishini mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi», deyiladi vazirlik bayonotida.
+++
Ukrainaga mukammal rejasiz raketalar uchirish ortidan Rossiyadagi yirik kompaniyalarning aktsiyalari narxi keskin tushib ketdi.
+++
Tarmoqda Kiev metrosida raketa zarbalaridan yashirinib o‘tirgan ukrainalik ayollarning vatanparvarlik qo‘shiqlarini kuylashayotgani aks etgan videolar tarqaldi.
+++
Rossiya Ukraina shaharlarini tinimsiz bombalashga tushdi. Bibisi jonli efiri paytida ham shaharga raketalar otilgani aks etdi. Ukraina rasmiylari 10 oktyabr kuni ertalab Rossiya qo‘shinlari tomonidan poytaxt Kievga bir nechta raketa otilganini, tinch aholi vakillari orasida jabrlanganlar borligini aytishmoqda. Raketa zarbalari natijasida poytaxt Kievdagi bolalar maydonchasi vayronaga aylandi. Kiev meri Vitaliy Klichko so‘zlariga ko‘ra, portlashlar poytaxtning Shevchenko tumanida kuzatilgan. Shuningdek, Dnepr, Krivoy Rog shahriga, Jitomir, Lvov va Ternopol viloyatlariga ham zarbalar berilgani haqida xabarlar bor.
+++
«Ertalabdan beri Ukrainaga 75 ta raketa uchirildi, ulardan 41 tasi Ukraina tomonidan urib tushirildi» — deya bayonot berdi Ukraina Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni 10 oktyabr kuni.
+++
Slovakiya “Putinning tavallud kuni munosabati bilan Ukrainaga “Zuzana 2” rusumli yana ikkita gaubitsa sovg‘a qildi. 2023 yili Kievga yana 16 ta gaubitsa yasab, topshirish rejalashtirilgan. Avvalroq Daniya, Slovakiya, Norvegiya va Germaniya Ukraina Qurolli kuchlariga berilajak “Zuzana 2” gaubitsalarini birgalikda moliyalashtirishga kelishib olishgandi.
+++
Amir Temurning hayoti va faoliyati haqida o‘zbek tilida bitilgan eng eski qo‘lyozma topildi.
Kitobning xotimasida qo‘lyozma hijriy 1027 yil rajab oyi sanasi qayd etilgan. Bu 1618 yilning iyun-iyul oylariga to‘g‘ri keladi. Hozircha qo‘lyozma kimning qalamiga mansub ekani, kim tomonidan, qaerda ko‘chirilgani ma'lum emas.
+++
O‘zbek roki asoschisi Davron G‘oipov 61 yoshida, o‘zining tug‘ilgan kunida olamdan o‘tdi. U 10 oktyabr kuni o‘zi tug‘ilib o‘sgan Urganch shahrida dafn etildi. Yoshligidan iste'dodli bo‘lgan G‘oyipov avvaliga ikki yil Yalla ansamblida bas gitarist sifatida faoliyat ko‘rsatan, ikki yil o‘tiyu 1980 yili afsonaviy «Original» guruhiga asos solgan edi.