RTdan va'z: Gap moshda emas boshda
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.
MS: Tuz og‘a, O‘zbekistonda “NIMA QILISh KYeRAK?”
RT: Nima qilmoq kerak «Chto delat?» bu masalaning ruscha qo‘yilishidir. Rus bloggeri Nikolay Gavrilovich Chernыshevskiy «Chto delat?» degan asarini 1863 yili Petropavlovsk qamog‘ida o‘tirib yozgan edi.
Bilgichlar bu qissadan ikki xil hissa chiqaradi. Birinchi xulosa, “Rossiyada boshqa bunday yashab bo‘lmaydi va qutulishimiz uchun nimadir qilishimiz kerak» degan xulosa.
Ikkinchi hulosa esa “Nima ham qilardik, botgan botqog‘imiz shu” degan pessimitik kayfiyat.
Har holda bu qissa Rossiyaliklar zehniyatini o‘zgartirib, ularni 17-yildagi to‘ntarishga eltgan hamirturush o‘laroq ham ko‘rinadi.
1917 yil to‘ntarishi oqibati Rossiya davlatchiligi uchun saodatmand bo‘lmagani ham aniq.
MS: O‘rislarni qo‘ying Tuz og‘a. Botajoq yerina botib bo‘ldi vula. Masalan, amerikaliklar nichik yo‘l tutadi?
MS: Bu masalada amerikaliklarning tutumi boshqa. Amerikaliklar muammoni “NIMA QILMASLIK KYeRAK?” degan tarzda qo‘yib samarali hal qilishadi.
“Erkinlikni cheklamaslik, odamlarni kamsitmaslik, matbuotni nazorat qilmaslik, sudlardan mustaqillikni olib qo‘ymaslik” tarzida qo‘yib, muammoni islohot o‘zaniga burib hal qilishgan.
MS: Balki bizaram O‘zbekistonda “NIMA QILMASLIK KYeRAK?” degan amerikacha savol javobini o‘ylab ko‘rarmiz?
RT: Menimcha boshqaruv elitasi deb atalgan to‘daning quli bo‘lmasligimiz va erkinlikka intilishimiz kerak.
Agar mening bu fikrlarim malol kelgan bo‘lsa uzr. Chernыshevskiyning «Chto delat? deb nomlangan asari finalidagi gapga men ham qo‘shilaman.
«Agar gaplarimiz malol kelsa, indamay ham o‘tira olamiz».
Bu gaplardan 45 yil o‘tib Rossiya podshosi Nikolay va uning oilasi bolsheviklar tarafidan otib o‘ldirildi.
MS: Qadim zamonloda o‘risni yurtinda nadiyan zo‘r yozg‘uvchila bo‘lg‘on. «Ëzg‘uvchilik» haqqinda aytib baring. Navchun bizada yo‘q buyuk yozg‘uvchilar?
QORA FON
RT: Sovet paytida haqiqiy yozg‘uvchilarning shedevr asari «chet elda bosilar» va «chet elda o‘qilib» yozg‘uvchi mashhur bo‘lardi. Ularning mashhur bo‘lishini ikki omil kafolatlardi: birinchidan, Dovlatov, Boris Pasternak kabi «asari chetda bosilgan» yozg‘uvchilar haqiqatan ham favqulloda talantli edi; ikkinchidan, bu talantli odamlarni yarq etib ko‘rgazadigan dahshatli qora fon bor edi. Bu dunyoning oltidan birini egallagan, zambaraklaridagi atomboshlari ana-mana po‘rtillayman deb turgan jaholat imperiyasi – SSSR edi.
Shu ikki omil bois bu yozuvchilarni dunyo o‘qidi. (O‘shandayam o‘zbek nosirlari yozgani To‘ytepadan nariga o‘tmagan. Holbuki, armani, gurji va boltiqbo‘yi yozg‘uvchilari asarlari dunyoga mashhur edi.)
MS: Kitob chiqorip selfi tushganlar kim unda?
RT: Bugun o‘zbek tilini zo‘rg‘a biladigan, na ingliz va na ruscha o‘qimaydigan «mardumi g‘ofil» «binnasalarni yozib», qattiq va (negadir oq rangli) muqovada enasining pensiya puliga 500 dona bostirib, «ol ana ro‘mon jozib tashadim» deb, ko‘krak kerib o‘tiribdi. Bu «yozg‘uvchi»ni bir qora kunda tug‘iliboq o‘lgan deya bemalol atasak bo‘ladi. «Nega yozding?» deb so‘rasam, kafedradagi Sharapat apam «Ëz. Talantni go‘rga obketma» deb aytuvdi, deydi. «Nima haqda yozding?» degan savolga javobi aniq: «Baribir hech kim o‘qimaydi. Qattiq oq muqovasi ochilsa, ichida yaxshi tikilmagan varaqlar to‘kilib ketadi. Enam ko‘ziga surtib, salafanini ham ochmay, tokchaga qo‘yib qo‘ydi. Boshqalar ham shunday. Eng muhimi «kitob chig‘ordi» deb selfiga tushsam bo‘ldi».
MS: Bu «yozg‘uvchi»ning kitobini nafaqat chet elda, balki To‘ytepada ham hech kim o‘qimaydi. Chunki «yozg‘uvchi nol» o‘qig‘uvchi esa «harp tanimaydi»
RT: Achchiq haqiqat shuki, bugun dunyoi dunda hech bir o‘zbek yozg‘uvchisi asari o‘qilmayapti. Tolstoy o‘qilyapti, Dovlatov, Kafka, Pomuq, Xaruki Murakamini o‘qishyapti. Kitoblari sotilib turibdi. Ishonmasangiz – mabodo xorijga yo‘lingiz tushsa, yoki hoziroq Seul, Istanbul, Moskva, Stokxolm va boshqa xolmlarda bo‘lsang‘iz – shahar markazidagi kitob do‘konig‘a kiring. Agar bitta o‘zbek yozg‘uvchisi kitobi sotilayottanini ko‘rsangiz, kuyovligimda qaynanam ustimga yopgan paxtali to‘nimni yechib, sizga padarka qilaman.
O‘zbekistondagi sharapat opalar, iltimos, hech bir mardumga «yoz» deb aytmanglar. Daraxtlarga achininglar…
MS: Neujeli hech kim yo‘q? Kim aniqlaydi kim zo‘rligini?
RT: Professional proza dunyosining o‘z tosh tarozisi bor. 1901 yildan beri adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti berib kelinadi. Ramber mukofoti bilan 1898 yildan beri nosirlar siylanadi. Gonkur sovrini (1903) «Femina» (1904), Shiller mukofoti (1905), Ispaniyadagi Fastenrata (1909), Pulittser mukofoti. AQSh (1903)- yilda ta'sis qilingan. Buker va Kafka mukofotlari ham bor. Bularni olgan o‘zbek yozg‘uvchisi bormi?
MS: «O‘tkir Xoshimov yozgan «Baxor qaytmaydi»da Alimardon anuv qizni ezg‘ilagan jayi zo‘r chig‘gan» «Said Ahmadning «Ufq» asarini o‘qib jiladim.
RT: Ey, barakatopkur! «jilab jilab» o‘qiganing har bir matn yuksak proza namunasi bo‘la olmaydi. Roman yozish uchun hissiyot va diddan tashqari kuchli bilim va zakovat lozim. 1918 yildan 1986 yilgacha SSSRda 312 marta 36,085 million tirajda chiqarilgan «Urush va tinchlik» romanini yozgan Lev Tolstoy frantsuz tilidan tashqari nemis va inglizchani ham mukammal bilardi. Asar Norvegiya kitob klubi tarafidan dunyo kutubxonasi durdonasi deya e'lon qilingan. Barcha davrlarning 10 ta buyuk kitoblari ro‘yxatida uchinchi o‘ringa qo‘yilgan. The 10 Greatest Books of All Time), Bi-bi-si tuzgan dunyoning 200 kitobi ro‘yxatida yigirmanchi o‘rinda turibdi. (ingl. The Big Read)
Menga «palon o‘zbek yozg‘uvchisi kitobini o‘qig‘aningizda bundaychikin gapdi qilmasding‘iz» deb ta'na qilishdi. O‘zbek prozasi degan g‘arib kulbada nima musor bo‘lsa hammasini o‘qiganman. O‘qiganim uchun ham muqoyasa qila olaman. «O‘zbek adabiyoti zo‘r bo‘lsa nega o‘lik» deb ham aytmayman. O‘lish uchun tug‘ilish kerak oldin. Tirik narsa o‘ladi. Ëzuvchi yozishdan oldin laoqal o‘zi yozmoqchi bo‘lgan tilni bilishi kerak. Saviya bo‘lishi kerak. Ëstiqday kitob chiqargan toshkentlik yoshi katta yozg‘uvchi men bilan suhbatda «moshkichiri yemaganlarga achinaman» devdi. Ëzg‘uvchi O‘zbekistondan boshqa yerda mosh yo‘q deb o‘ylaydi. Xolbuki mosh tiqilib yotibdi. Ammo gap moshda emas. Gap boshda. O‘sha boshida aytganim gap. Proza dunyosining o‘z tosh tarozisi bor.
Halimaning ong osti istagi
MS: Telegram kanali foydalanuvchilarinnan biri qiziqchi Halimani so‘kingan audiosini chiqarib, uni o‘zbek ayolina xos bo‘lmag‘an shallaqi dab ayblabdi.
RT: Tuzning bunga javobi shu: Eltuz politsiya de moralo emas. O‘zim oddiy hayotda Halimadan o‘n marta ko‘p so‘kinaman.
O‘rtacha statistik o‘zbek erkagi bir sutkada 30 marta «onangni…» deb so‘kar ekan. (regioniga qarab oyingni, opangni, buvingni, enangni, chechangni va achangni deya ishlatiladi)
Masalan, bitta yigit mix qoqayotib bolg‘a toyilib ketsa ham, «onangni binnasa qilay…» deydi.
Selektor majlislari, prorab budkalari va har qanday korxona yig‘ilishida rahbar erkak (ba'zan xotinlar ham) o‘z qo‘li ostidagilarni bir-bir onasini so‘kib chiqadi.
Ba'zan qari onaning o‘lgan bo‘lishi inobatga olinib, «onangning go‘riga jinsiy aloqa qilay…» deb ishlatiladi.
Qurilish bo‘layotgan joyda prorabning budkasi bo‘ladi. Bitta konteyner uy. O‘sha joyda ertalab «staff miting» bo‘ladi. O‘sha joyda yommon so‘kiladi lekin. Bu shunday jarayon. Boshqasini o‘ylab topishmagan. Polshadagi qurilish maydonidagi budkaga kirib, telefon zaryad qildim. Yarim soatda prorab 50 marta «kurva», deb baqirdi. (Jalap degani bu kurva)
MS: Yo‘qay! Amerikalarni budkasindam shu gapmi?
RT: Nemisning budkasiyam shu.
Bugun o‘zidan «farishta» yasab olganlar qiziqchi Halima so‘kindi deb turib o‘zlariyam so‘kinib qo‘yishmoqda.
Halimani ayblayotgan so‘zamol, aqlli taqsirlarning izohlaridagi uyat so‘zlar son-sanoqsiz.
Bu so‘kishlarni doimo ishlatadigan artist ayol Halimaning navbatdagi haqoratli monologi tarmoqqa tarqab idorada muhokama qilinganida bu xonim «so‘kish bu so‘z yasovchi qo‘shimcha» deb o‘zini oqlagan edi.
Psixolog Freyd nazariyasiga ko‘ra bu holat «ong osti istagi» deb ataladi.
NYeGA HAMMA ChOH QAZIYDI?
Ishi, kasbi bor va pul topayotgan odamning qiziqchi Halimaga xat yozishga vaqti ham, ishtiyoqi ham bo‘lmaydi. Pul topmaydigan bekorchi, yaxshi ovqatlanmaganidan raxit bo‘lib qolgan pajmurdalar tarmoqda o‘tirib, «mashhurlarga» yozadi.
Mashhurlar ham, «bor yo‘qol» deb, bir aytadi¸ ikki aytadi. «Dovodit qilinsa», keyin so‘kib beradi. Xuddi shu so‘kishni yozib olib, o‘zidan «avrat qorovuli» yasagan irkitlar bu audiioni elga tarqatadi.
O‘zbekistonning bugungi kuni haqida bir-biriga potentsial dushman bo‘lgan va bir-birini shantaj qilishga tayyor o‘n millionlar degim keladi. O‘zini do‘st deb atagan kimsa ham, siz bilan telefonda gaplashsa, albatta yozib oladi. Mesenjer yozishmalari va SMSlarni skrin qilib qo‘yadi. Agar mabodo telefoningiz birovning qo‘liga tushib qolsa, o‘sha birov jigaringiz bo‘lsa ham, ichidagi sizga qarshi ishlatish ehtimoli bo‘lgan rasm va infolarni kopiya qilib, o‘ziga o‘tkazib qo‘yadi. Aka ukaga. Kelin qaynanaga. Er o‘z xotiniga va do‘st do‘stga qarshi donos yig‘adi. Maktab bolasi ham o‘qituvchi koyiganini telefonga yozib oladi. Uchrashuvga chiqqan qiz ham sovchilikka borgan xolalar ham tinimsiz bir-birini «zapis» qiladi.
Ba'zi xotinlar esa to‘shakda eriga berganini telefonga olib qo‘yadi. «skrinlarni yuboraymi?» deb shantaj ohangida gapirish bularning qon-qoniga singib ketgan.
Odatda urush bo‘layotgan paytda shunaqaga yaqin holatlar kuzatilgan. O‘zbekistonda urush bo‘layotgani yo‘q-ku. Nega hamma bir biroviga choh qaziydi?
MS: Bir ertak oytib baring indi.
Erte
Bir do‘latti poshshosi vazirlik tuzishga ishqivoz ekan. Shunday vazirliklardan birining oti «ko‘knori vazirligi» ekan. Buning yoniga nasha, geroin, lirika, tramadol, kokain, morfin kabi o‘nlab vazirliklar qo‘shilibdi. Qoidaga ko‘ra, eng uchiga chiqqan bangilar vazir bo‘lar ekan. Bir kuni Moliya vaziri bilan Hazina vaziri ularning ortidan iqtisod¸ qog‘oz pul va chaqa vazirlari poshshoning oldiga kelib shu narkotik sektordagi o‘nta vazir yaxshi ishlamayapti. Shuni tarqatib bitta qisak deyishibdi. Poshsho rozi bo‘lib bittasini qoldiringlar debdi. Vazirlar qaysi birisini deb so‘rashibdi. Poshsho ularga qarab “Hammasini bir xonaga yig‘ing. Kayf qilib o‘tirishsin. Keyin o‘t qo‘yib yuboring. Kim qochmasa o‘sha vazir bo‘ladi” debdi.
Narkotik sektoridagi 10 ta vazir uzun qisqa bo‘lib kelishibdi. Bittasi tomiriga urdi. Bitasi xidladi. Bittasi chilim chekdi. Xullas o‘tirishibdi vazirlar qiyshayib kayf taraq. Qo‘lllarida bloknot. Shu payt shotirlar kelib, xonaga o‘t qo‘yvoribdi. Vazirlarning kayfi tarqab qochib keta boshlabdi. Bittasi bo‘lsa suzilganicha o‘tiraveribdi. Dunyoni suv bossa to‘pig‘iga chiqmaydigan xilidan edi. Shotirlar ko‘pik sepib o‘tni o‘chirishibdi. 9 ta vazir ishdan olinib, barcha narkotik vazirlari birlashtirilib bitta vazir bo‘libdi.
Qog‘oz pul, bankomat, chaqa va sariq chaqa vazirliklari xursand bo‘lishibdi. Iqtisod, moliya, cho‘ntak va poshsho oilasi cho‘ntagi vazirlari bundan sevinibdi.
Ammo ishsizlik, qashshoqlik, sovuq uy, chiroqsiz ko‘cha, uyqusizlik va uysizlik vazirlari esa xafa bo‘lishibdi. Chunki ishsiz qolgan bu 9 bangi ularning ixtiyoriga o‘tgan edi.
+++
Erte tugadi. Endi siyib kelib, ishi borlar ishiga, o‘qishi bor o‘qishiga borursin. 120 vazir soyasidagi do‘latda bugunam, ertagayam tinchlik bo‘ladi.
Jaholat, xabarsizlik va bilimsizlikdan esa qo‘rqoqlik kelib chiqadi. Bularning nikohidan esa mutelik tug‘iladi.
Mutening tomirida faqat qullik qoni oqadi.
MS: Kanaldagi komentlarimizni rassom Tuz navchun o‘chiradi, bizani chyorniyga diqisha na haqqi bor uni, demokratiya qani dab yozibdila odamla. Shu gaplara na diysiz?
RT: Keyingi bir hafta ichida men blok qilganlar joxil, qo‘rqoq va mutelar edi.
Ular yozgan aji-buji kalaka–malyakalarani o‘chirib tashlasam, “Demokratiya bu bizning ham so‘z erkinligimi bor” deb haq talab qilishdi.
Javob shu. Sizlarda hech qanday haq huquq yo‘q.
Quturgan itda qopish huquqi bo‘lmagani kabi.
Sizlarning eng so‘zamol eng biyroningiz ham militsiyaning oddiy serjanti oldida tili tutilib yonidagilarni sotishni boshlab yuboradi.
Millionta isbotimiz bor.
Eng kattangizdan tortib, eng maydangizgacha bir-biringizga qarshi ko‘rsatma yozgansiz.
Bu ko‘rsatmalar turibdi joyida. Bulgakov aytgandek qo‘lyozmalar yonmaydi.
Bularga qarab, Rauf Parfi aytgan satrlar mana bu:
Oqni qora deysan tillani temir
Nohaqsan sarqitni osh deb urasan
Karmisan? Ko‘rmisan? Nimasan axir.
Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!
Rassom Tuz