Asosiy mavzular
4 noyabr 2022

RTdan va'z: Rossiyaga «otrabotka» qiladigan o‘zbek senati

Rassom Tuz: Aziz og‘a-ini, opa-singil, qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.

Matchon Suqilish: Nichiksizlar! mo‘chchi oybika ham xo‘jik birrila?

RT: Matchonboy aroqning ustiga darajasi yozib qo‘yiladi. 40 daraja yoki 45 daraja. O‘zbekiston hukumati rahbarlarini ham butilka deb bilib ustiga o‘risqullik darajasi yoziladigan bo‘lsa, kimning ustiga qancha foiz yoziladi deb o‘ylaysan?
Matchon Suqilish: Senatni raisi borqu, o‘risni go‘ttini yolob, o‘rdenni olib amjakina qistirib, Putina potxolimlik atgan jilli, tanzilami manzilami? Shu boxti qoro yuz prasent o‘risqul.
RT: Matchonboy o‘zigni bos. Vazifamiz xabar berish. Demak, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norbaeva  bosqinchi Rossiyadagi  hamkasbi Valentina Matvienko qo‘lidan Rossiya Federatsiyasining “Do‘stlik” ordenini qabul qildi.
Norbaevaga Prezident Vladimir Putin tomonidan berilgan mukofot 28 oktyabr kuni Samarqand shahrida MDH Parlamentlararo Assambleyasining 54-sessiyasi chog‘ida topshirildi.
Rossiya Federatsiya kengashi faoliyatini yorituvchi Senatinform.ru xabariga ko‘ra, O‘zbekiston parlamenti yuqori palatasi raisi bu mukofotga sazovor bo‘lish «ulkan sharaf» ekanini aytib, “Rossiya prezidenti Vladimir Putinga samimiy minnatdorlik so‘zlarimni bildirmoqchiman va ushbu ordenni, albatta, oqlaymiz”, degan.
MS: O‘richcha oytdi. «obyazatelno otrabotaem» dadi og‘zingnan qoning galgan. Novvini otrabotka atjak akan bu apika. Har bir yurtni tulkisini shu yurtni tozisi bilan ovlidilo. Tanzila yurtimizni tozi itimi?

O‘risqulning katta-kichigi, urg‘ochi-erkagi bo‘lmaydi

MS: O‘risqul, Tanzila digan «ho‘kimot ana» qonxo‘r bosqinchi, zamonni gitleri Putindan o‘rden og‘ani uchun suvinib suvutlarga chig‘ib ketibdi. Kisa tiktirgan birdom boladin bo‘lib suvinib yotibdi.
RT: Bu kallavaram yuzini plastik amaliyot qilguncha kallasiga aql-farosat in'ektsiya qildirsa bo‘lardi. Tanzila Norboeva Rossiyaning «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlanganini o‘ziga sharaf deb bilishini uyalmay aytib ham o‘tiribdi:
«Bu men uchun katta sharaf. Rossiya prezidenti Vladimir Putinga samimiy minnatdorlik so‘zlarimni bildirmoqchiman va ushbu ordenni, albatta, oqlaymiz», – deydi Norboeva.
MS: Nishatib oqlaysan yuzi qora?!
RT: Tanziladan padarkaga soat olgan blogerlar Tanzila bosqinchidan o‘rden olganida jim turishdi. Soat aslida ularning og‘ziga qopqoq edi.
O‘tayotgan haftada ko‘pchilik aktyor deb, pisand qilmagan janob prezident Zelenskiy dunyo ko‘z o‘ngida millat qahramoniga aylandi.
Turkiyaning «Bayroqdor» droni eng kuchli  va samarali qurol, deya barcha muarrixlar tarafidan tarix zarvaraqlariga oltin harflar bilan yozildi.
Rossiya prezidenti Putin esa  ruhiy kasal, qotil va urush jinoyatchisi sifatida Gaaga sudi tergovchilari qora taxtasidan o‘rin oldi.
Ichiga kerosin to‘ldirilgan shisha bilan rus tankni yoqayotgan oddiy ukrainalik kurrayi zamindagi odamlarning shoyon hayratiga sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston rahbariyati esa, qotil Putinga laganbardorligi, Ukrainlarga nafrati, hamda yelpatak va kaltabinligi bilan elga mashhur bo‘ldi.
Uyat. Ustingizga tosh yog‘sa ham oz, siz nobakorlarning.
Olimidan tortib farroshigacha, shoferidan tortib dehqonigacha, amaldori, qatortoldagi jalabiyu otin oyi va imomberdilarigacha qotil Putinni yoqlab, dumalayotgan qavmga gapirayotgan odamning qo‘lida qamchisi bo‘lishi kerak.
Qamchi bo‘lganda ham eshshaklarning yag‘rinini savalash uchun  pishiq teridan yasalgan, har urganda qon tomadigan qamchi.
MS: Tuz og‘o quri Tanzilani ustinda qamchi aylantirib duribsiz. Ulli yoshulli ham To‘qeav otkaz qilgan o‘rdenni tavarik atib Putinni alinnan oldi.
RT: Matchonboy, to‘g‘ri aytasan. Jirinovskiyni og‘zi burnidan o‘pib kutib olgan Sapoev, Jirinovskiy oyog‘i tagiga qo‘y so‘ygan Barnoev, Putindan o‘rden olgan  katta raxbarlarning hammasi Karimov davrida mustaqillik haqida og‘iz yirtishgan. Aslida ular mustaqillik dushmani o‘risqul ikkiyuzlamachilar xolos. Ko‘cha supuradigan mardikori ham, sovuqda tappi yoqib qarzga borgan qashshog‘i ham, senat raisasidan tortib, ashulachisigacha mustaqillik dushmani o‘risqul bo‘lgan to‘da bor dunyoda. Bu rasmda ashlachi, sobiq ministr va sobiq deputat Farrux Zokirov Ukrainada go‘daklarni o‘ldirayotgan Rossiya davlati elchisiga ta'zim qilmoqda. «Ha endi ashlachi degani shunaqa sotqin bo‘ladi» demang. Gurji qo‘shiqchisi Vaxtang Kikabidze Rossiyaning «Do‘stlik» o‘rdenini olishdan rasman voz kechdi. Moskvalik mashxur qo‘shiqchi Shevchuk esa «Vatan bu Putinning ko‘ti emas» deya bosqinchini qoraladi.

Bosqinchining shapkasiga sig‘inish

MS: Avvalam shundin bo‘lg‘on. Madrimxonam diz cho‘kib oqposhshodan o‘rden olib, maqtanib yurgan.
RT: Yaqin yuz yillik tarix  sizlar ota degan kaslarning  sotqinliklari bilan to‘la. Chimkent? Toshkent va Xiva darvozalarini o‘risga ochib bergan sotqinlar bugungi o‘risqullarning ota buvasi.  Istilochi Chor podshosi nomini xutbaga qo‘shib o‘qigan, qilichga ilingan istilochi general Kaufman shapkasiga sig‘inganlar ham, Turkiston muxtoriyatining ichida tafrikchilik qilib, uni zaiflashtirganlar ham bugungi Putinparastlarning katta bobolari edi.
Behbudiyni «kofir» deya Qarshida bo‘g‘izlagan, Qodiriyning ustidan donos yozganlarning urug‘-aymog‘i bugun «Putin» deya tomoq yirtmoqda.
Darvoqe, shu sotqinlar avlodlaridan biri bo‘lgan taviya  Eltuzning avtobus hajviy seriali ustidan chaquv yozib, idoraga topshirgan edi.
Toshkentni bosib olgan o‘rislar butxonasini ta'mirlagan madaniyat vaziri Ozodbek kal kallasiga Chustning eng qirol do‘ppisini kiysa ham, vatansevar bo‘lib qolmaydi.

Vatanni sevish amal bilan durustdur

Putinparast o‘zbeklarning astronomik darajadagi aqlsizligi va ularning erk va mustaqillikdan qanchalik hazar qilishi bugun bashar avlodiga ayon bo‘ldi.
Barcha ko‘zi o‘rnida qoziq o‘rni bo‘lmaganlar bu ayanch holatni bilib bo‘ldi.
Keyingi 7 kun aqli hushi joyida, esini tanigan  o‘zbek oydinlari bu putinparast biomusorlarni la'natlab chiqdi.
Ammo bu biomusorlar bugun paydo bo‘lmadi. Ular atom portlaganida ham tirik qoladigan mog‘or zambrug‘lari kabi yashovchan. Bu axlat uyumi haqida kamina Rassom Tuz mana 8 yildan beri gapiraman.
Umumlashtirmang, guruch kurmaksiz bo‘lmaydi, deyishadi. Qani guruch?
Bir tovoq kurmak ichida loaqal to‘rtta guruch bormi?
Qonida sotqin ota-bovolarining viruslarini tashigan bu primatlar galasi dars o‘rniga Karimov kitobini o‘qigani, darsdan keyin esa muttaasib mullalar tarafidan miyasi zaharlangani va yaxshi ovqatlanmagani bois to‘qimalari rivojlanmay qolgani uchun ham hozirgi kosmik tanazzul nuqtasiga yetib keldi.
Bu yo‘qotilgan avlod arosat davrida pul topish uchun tariqday sochilgan ota-enalarning baxti qaro bolalaridir.  
Ular ona mexri va ota tarbiyasidan mosuvo qolaroq, kallavaram qarindoshlar qo‘lida qarovsiz ajriq misol o‘sdi.
Haqiqiy hayotda bo‘yni qisiq, paqir panada bo‘lib yuradigan, kamida o‘risdan o‘ttiz, chechendan  qirq marta kaltak yeb, ozariy prorab nazorati ostida qul kabi ishlaydigan, yilda bir marta borib Karimov haykalini yalab keladigan bu poda internetda izoh yozganida barcha odob chegaralarini unutib «botirga» aylanadi.
Lo‘lidan botir chiqsa, o‘z kapasiga o‘t qo‘yar ekan. O‘zini kaltaklagan o‘ris taqirboshlardan eshitgan so‘kishlarni chala takrorlab, ukrainlarni va ularning muzaffar yo‘lboshchisi  Voladimir Zelenskiyni, mustaqillik va erkinlikni so‘kadi.
Putin va umrida ko‘rmagan SSSRni maqtaydi.
Ey notavon! Sen  izoh yozishdan oldin o‘qish yozishni, o‘ngacha sanashni o‘rgan. Butun tanangga yoyilgan kasallaringni davolat, doridan pul qizg‘onmay. Umringda bir marta to‘yib ovqat ye. Hammomga bor. Tuzukroq kiyim kiy. Keyin internetga kirib, izoh yozsammikan, deb, o‘ylab ko‘r. Yaxshisi, hech narsa yozma. O‘ylab mushohada qil. Bilsang, dengiz karamida ozgina miya elementi bo‘ladi. Senda shu karamchalik miya yo‘q.
Qaysidir muttaasib cho‘pchakchidan eshitib yod olgan gaplarni takrorlayverib, zerikmadingmi galvars? «Millatchi ukrainlar Donbassda o‘rislarni ezdi», «Putin 8 yil sabr qildi», «Urushni Amerika boshladi», «NATOga kirmaslik kerak edi», «Yevrey  masqaraboz Zelinsiiyni o‘ldirish joiz», «Nega Suriyani emas, Ukrainani himoya qilasan?»
Bu gaplarni yozgan notavon qaerdandir jasorat topib, «Tuz og‘a neytral bo‘l. Nega tarapkashlik qilasan», deydi.
Tasavvur qiling, bu taviyaning uyiga kirib xotinini zo‘rlashyapti. Bu so‘tak esa, «neytral» maqomni yoqib olib, turibdi bez bo‘lib. O‘zini oqlaydi. «Baribir ular xotinimni zo‘rlaydi. Aralashsam, meni mayib qilishadi. Nima qipti zo‘rlashsa. Qolaversa, xotinim ham chujoy asbob ta'mini totib ko‘rsin. Menam leviyga boraman-ku,» deya o‘zini ovutadi. Xuddi shunday. Boshqacha emas. Putin bosqinchilari birovning uyiga kirib, zo‘ravonlik qilishmoqda. O‘zbek dangasalardan farqli, fikrlaydigan ukrainlar zolimning boshini lom bilan urib yorishdi. Tanklarini molotov kokteyl bilan yoqishdi. Uchoqlariini urib tushirishdi. Xarkovdagi oshpazlar bo‘lsa, ular yeydigan ovqatga tupurib ham qo‘yishdi. Videosi bor.
Bu normal. Zulmga va zolimlikka munosabat butun dunyoda ana shunday bo‘lib kelgan ming yillardan beri.
MS: Agilgan boshni qilich kasmas, otongni o‘ldirgana anangni bar, bir yuzingga ursa, ikkinchi yuzingni tut, seni dosh bilan ursa, san yumurtobarak go‘mma bilan ur…
RT: Kerak emas egilgan bosh. Unaqa egiladigan boshni qilich kessin.
MS: Indi Tuz og‘a, ulli-ulli yoshullila o‘risni nonini yeb odom bo‘ldiq, dap potiyani urib o‘tiribdi. Undan tashqari ko‘pchilikni qozoni o‘risdan galgan pul bilan qoyniydi.
RT: Mutelik va siniqlik g‘oyasi yoshi kattadan chiqsa, yoki aksar ko‘pchilik shunday yakdil fikrga kelsa ham, uning narxi sariq chaqa.

IKKI MANTIQ

Ikki mantiqni eslatsam.
Birinchidan ahmoq odamning yoshi kattaysa, aqlli bo‘lib qolmaydi. Qaytangga, qarilik bilan bog‘liq kasalliklar qo‘shilib, marazmatikka aylanadi.  Ëshligida komsorg, partorg bo‘lib, SSSRni  ulug‘lagan odam, qaysi lavozimga chiqsayam, eski aqidasidan voz kechmaydi. Ko‘r tutganini qo‘ymaydi, deganday gap.  Kecha Putinparast otasi bilan kelishmagan o‘g‘il uni qariyalar uyiga topshirmoqchi bo‘lgani haqida o‘qidim. To‘g‘ri qiladi. Bu sovetparast chollarni bitta lagerga qamab qo‘yish joiz. Quloq tinchiydi.
Ikkinchi mantiq. Mingta ahmoq bir joyga yig‘ilsa, mingta ahmoq bo‘ladi. 35 million qo‘rqoq bir joyga yig‘ilsa, 35 milllion qo‘rqoq bo‘ladi. Son sifatga aylanmaydi.
Men saylovdan keyin ham gapiruvdim. Endi «ishim yurishmadi», «uchta tug‘dirdim malibu bermadi», «sovuqdan kasal bo‘ldim» deya shikoyat qilmang, degandim.
Chunki siz bu formatni yoqlab ovoz berdingiz. Shu bois siz bu azoblarga loppa loyiqsiz.
Xalqaro jamiyat Rossiyani moxovxona kabi izolyatsiya qilar ekan, eng avvalo, siz zarar ko‘rasiz. Ukrainadan Rossiyaga haydab kelingan o‘rislar sizning qo‘lingizdan ishingizni oladi. Rubl qadrsizlangani uchun topish tutishingizdan baraka ketadi. «Men Putinni maqtovdim», desangiz, birov qayrilib ham qaramaydi.
Ho‘lu quruq baravar yonadi. Kemaga tushganning joni bir.
Bu tavqi la'nat, fikri va kelib chiqishidan qat'i nazar, barcha o‘zbekistonliklar ustiga bir vagon qora balchiqday tushadi.
O‘zbekiston degan mamlakatni 2016 yildan boshlab Rossiyaning jar tomon ketayotgan eski kizil parovoziga boylab qo‘ygan iqtidor ham, Rossiya ko‘chalarini supuradigan gastarbayter ham¸ kunora vazirlik ochib yurtni vaziristonga aylantirib, byudjetni kalamushday kemirayotgan mulozimlar ham birday zarar ko‘radi.
Darvoqe, yangi O‘zbekiston me'mori tagi namanganlik o‘ris oligarx Alisher Usmonov G‘arb sanktsiyalari ro‘yxatiga kirib sarvatidan ayrildi.
Ayni paytda millionlab o‘zbeklar ham sarvatidan ayrilib, ishsiz kuchsiz qoladi. Pulning barakasi uchadi.
Cherchill aytganidek: «kollektiv aqlsizlik uchun kollektiv jazo lozim»
Cherchill bu gapni 1945 yili Drezdenni bo‘mbalaganida aytuvdi. O‘shanda «hamma nemis ham aybdor emas. Gilam qilib bombalasak, begunohlar ham o‘ladi» deb e'tiroz bildirishuvdi. Ammo, birovning yurtiga bosib borgan Gitlerni yoshu qari maqtaganini Cherchill bilardi. Bugun o‘zbekning yoshi qarisi Putinni maqtaganini Rassom Tuz  yaxshi biladi. Putin mafkurachisi Jirinovskiyning oyog‘i tagiga qo‘y so‘yib kutib olgan, tolibon terrorchilarga bahmal ishton tikib beradigan jamiyat – majburiy davolashga mahkum.
Anjanliklar aytganday «battar bo‘lish»

NAZORATSIZ HOKIMLAR

«Hokimlar qamalmaydigan kasta» deya 2016 yili aytilgan doktrina o‘zini mutlaqo oqlamadi. Nazoratsiz qolgan hokimlar katta yo‘ldagi qaroqchilarga aylandi.  Muzrabot tumanining sobiq hokimi Erkin Alimov qamoqda. Uning shu qadar ko‘p jinoyati borki, agar har bir jinoyati uchun osadigan bo‘lsak, mamlakatdagi simyog‘ochlar yetmaydi.
Bu o‘g‘ri muttaham Erkin Alimovni sentyabr oyida  ishdan olishgandi. Asnoda Jinoyat kodeksining 167, 205 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Dastlabki tergov harakatlari davomida ma'lum bo‘lishicha, u mazkur tumandagi umumiy qiymati 1,7 mlrd. so‘m bo‘lgan 4,2 gektar yer maydonini auktsion savdolarisiz o‘zining yaqin qarindoshlariga rasmiylashtirib bergan.  
Shuningdek, tumandagi banklar uning yaqin qarindoshlari nomlariga turli maqsadlarda 166 mlrd. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratgan bo‘lib, ularning katta qismi muammoli kreditga aylangan. Hozirda bank muassasalari tomonidan o‘z vaqtida to‘lovlari amalga oshirilmagan 121 mlrd. 406 mln. so‘mlik kredit mablag‘larini undirish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.  
Bundan tashqari, “Surxondaryodonmahsulotlari” AJda olib borilayotgan taftish davomida aniqlanishicha, Erkin Alimov ishtirokida qiymati 35 mlrd. so‘mlik 9,6 ming tonna don talon-toroj qilingan. Ta'kidlash lozimki, Erkin Alimov 2010-2017 yillarda ushbu Jamiyat rahbari lavozimida faoliyat olib borgan.
Hozirning o‘zida yuzlab mulozim va hodimlar   Erkin Alimovga qarshi ko‘rsatma berishga ulgurdi.  
Ammo O‘zbekistondagi BARChA xokimlarni tekshirsangiz Erkin Alimovdan ming battar o‘g‘ri ekani o‘rtaga chiqadi. Bu hokimlar¸ mulozimlarni tarillatib otib tashasa adolat opa sevinib irg‘ishlab ketardi. Ammo avtomat tepkisini bosadigan o‘g‘irlik qilmagan odamning o‘zi yo‘q.
+++
MS: Tuz og‘o, navchun bizani yoshullila o‘rissiz yoshob bilmiydi. O‘ris bilan kindiki birmi vulorni?
RT: 1873 yilning iyul oyida o‘lim to‘shagida yotgan buyuk rus shoiri Fedor Tyutchev «rus askarlari Xivani oldimi?» deb so‘ragan edi. O‘layotgan shoir uchun birovning yurtini bosib olish «sharafi» hamma narsadan muhim bo‘lgan. Ulug‘ rassom Vereshchagin esa rus bosqinchi armiyasi safida Turkistonga kelib yosh go‘daklarni o‘ldirganini o‘z esdaliklarida faxrlanib yozadi. Dissident yozuvchi Aleksandr Isaevich Soljenitsыn esa «Qozog‘iston yerlarining yarmisini Rossiyaga qo‘shib olish kerak» deya yozgan edi.  Yaxshi ijodkor  degani, hali yaxshi odam degani emas. Bugun Ukrainadagi rus yozuvchilari sharafiga qo‘yilgan  ko‘cha nomlari olib tashlanayotgani fonida ayrim o‘zbeklar » Dostoevskiy, Chexov va boshqalarda ayb yo‘q, ular tirik bo‘lsa bosqinchilikni qoralardi» deya yozishmoqda. Bir narsa yozishdan oldin tarix va tarixiy faktlarni o‘rganaylik. Bugun qamoqdan turib, Putinni tanqid qilayotgan mazlum Navalniy ham Qrimni bosib olishni ma'qullagan edi. Moskva Qrimni okkupatsiya qilganidan bir necha oy o‘tgach, «Exo Moskvы» radiostantsiyasiga bergan intervyularidan birida, boshlovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Qrim kimga tegishli ekanini muxolifatchidan so‘radi, unga Navalniy  mana bunday javob bergan edi:
«Qrim Rossiyaning bir qismi bo‘lib qoladi va yaqin kelajakda hech qachon Ukraina tarkibiga kirmaydi. Qrim – Qrimda yashovchi odamlarniki, ya'ni ruslarnikidir»
Ruslar genidagi shovinizm illati yo‘qolishi uchun asrlar lozim. Ëzuvchi Ivan Turgenov «Rossiya bizlarsiz ham yashayveradi, ammo bizlarning hech birimiz Rossiyasiz yashay olmaymiz» deganida O‘zbekistondagi o‘risqullarni  nazarda tutgan.
MS: O‘zbeklar uchun o‘ris yurtdan boshqo eng yaxshi mamlakat bormi o‘zi? Borib hazzatib pil topib oyoq uzotodo‘g‘in.
RT: O‘zbekistonda o‘n yilda ishlab topa olmaydigan pulni bir oyda oladigan davlatning nomi Amerika qo‘shma shtatlari. Amerikada endi ish boshlagan trak sho‘pr bir oyda yetti ming ko‘kidan sanavoladi. Sal tajribasi borlar 12 ming olib yotibdi. Uyga to‘lash kerakmas. Trak kabinasi arnasoydagi boyning kvartirasidan ham yaxshi.Ikki kishilik yotoq. Dush bor, mikrovolnovka, internet, gaz plita. Yo‘lda chizburger osangiz, kola tekin. Istasangiz 10 litr iching. Xullas jirg‘al. Amerika barcha o‘zbeklar ich-ichidan sevadigan mamlakat. Lyuboy bachchavoz mulla tilida AQShni qarg‘asa ham, ichida amerikaga borishga joooon deydi. Ko‘rmuridlar amerikadayam bisyor. Xullas amerika oshiqlaridan birisi. A ismli O‘zbekiston qashshog‘i AQShga viza olgisi keldi. J. O ismli O‘zbekiston qashshog‘i esa elchixonadagi tanishi orqali 30 ming AQSh dollari evaziga «viza urdirip» berishni va'da qildi. A ismli qashshoq J. O ismli qashshoqqa 10 ming dollarni endi berayotgan paytda ularni «prokuratura bosdi» Aprs qamag‘da. A ismli qashshoq esa Amerikani tushida ko‘rayapti. Tushida trak haydab yurganmish Arizona cho‘llarida. Moshin bardachogida esa pachka-pachka do‘llorlar turganmish. «Baxt puldamas» deb endi o‘ylay boshlaganida uyg‘onib ketibdi zang‘ar.
MS: Tuz og‘a, quri amerikani maqtiysiz. Bizani Xonqani sarapoyoni amerikadan ming marta zo‘r!

NIMA BIZGA AMYeRIKA!

Nima bizga,
Amerika?
Nima bizga,
Uning sur'ati.
Uning tezlikligi,
Kuchi,
Quvvati.
Uning shijoati,
Uning g‘ayrati.
Mana biz
Shu qisqa muddat ichida
Shunday tezlik bilan
Pastga sho‘ng‘idik.
Shunday illatlarga
Yetdik-ki,
Hatto,
O‘ylay olmas
Uning fordlari;
Uning rahbarlari,
Uning lordlari.
Bulutlarga
Bosh chiqargan
Amerika qara!!
Mana!
O‘zbek mulozimi
Oybolta tutgan
Oltmishdan oshib
O‘ris o‘rdenini olib
Xursandlikdan
Qilar tantana
Bukun shunday:
Mana bu esa o‘zbek
Bechora fermer.
Hokim kaltagidan
O‘zini osgan.
Bechora o‘zbek.
Ertangi
Qora kun
Tushin
Ko‘radi
Ertangi
Ishsizlik
Ashulasini
Oqshomgi uyqudan
yodlab turadi.
Rangi so‘lg‘un uning,
Dilida — alam
Yuragini
Ezayotir
Juda og‘ir
G‘am.
Kecha
Farg‘onada
Bir shov-shuv bo‘ldi.
O‘zini o‘ldirdi fermer.
Qorni och,
yalang‘och
Uning bolalari.
Bir parcha
Non so‘rab
Haryon chopadi.
Tarqalsa
Bir joydan
Bir ovqat isi,
Ezilib,
Qo‘zg‘olgach
Orzu
Havasi,
Bolasi,
Xotini,
Qizi, singlisi,— och bari.
Ovqatni
Kimlardan,
Qaydan topadi?
Kechasi
U shirin
Xayolga botib,
Kuchini
Kimlarga,
Nimaga
Sotib,
Yurgan kunlariga
Afsus qiladi.
Balki, u
Ertangi
Zabastovkada
Eng oldin
Yiqilib
O‘qdan o‘ladi.
Balki, ertaga-da
Bir parcha nonning
Havas,
Ishqi bilan kuladi.
Nima bizga amerika
Uning katta oyligi
Traklari Man va Fordlari

MS: Ëmon zo‘r yozibsiz. Tuz og‘a bizlarni yaxshi rivojlangan yerimizni ham oyting oxir. Masalan dasturxonda xozir gurvakni o‘nnina banan duribti cho‘nqayib.

Banan respublikasi

RT: So‘nggi 9 oy ichida O‘zbekiston aholisi  104,4 ming tonna import bananni yeb yutgan. Bu o‘tkan yil 9 oy ichida yeyilganidan 56,6 ming tonna ko‘p degani. Bir o‘rtacha o‘zbek yiliga 7 kilo banan yeydi. Bu ko‘pmi yoki oz?  Ekvadordagi aborigen bir yilda 74 kilo banan yesa, Burundilik ochopoat bir yilda 190 kilo bananni yeb tashaydi. Dunyoda yiliga 100 million tonna banan yetishtiriladi. Bu sanoat miqyosida yetishtirligan banan. Bundan tashqari odamlar o‘z tomorqalari atrofiga ham banan ekib qo‘yishadi. Suriyaning IShID nazoratida bo‘lgan hududi va Afg‘onistonning ba'zi hududlarida ayollarning do‘kondan banan va baqlajon sotib olishiga taqiq qo‘yilgan edi..
MS: Tuz og‘o, banan respublikasi nichik bo‘ladi?
RT: Banan respublikasi  (ingl. Banana republic, isp. República bananera) — bu Lotin amerikasidagi axmoq prezident va korruptsioner kuyovlari boshqaradigan davlatga aytiladi. Banan respublikasining asosiy xususiyati prezident oilasi yaxshi yashaydi va boshqa hamma qashshoq. Prezident oqni qora, qorani oq desa hamma qo‘liga bloknot olib yozib olib ma'qullaydi. Tashqi qarzlarning ko‘pligi, prezidentning «katta og‘adan»  tili qisiqligi, mamlakat asosan tashqariga qul va fohisha yetkazib berishi ham banan respublikasi xususiyati.
Inflyatsiya, davlat byudjetini prezident kuyovlari yemirishi va ministrlarning o‘ta ko‘p va poraxo‘rligi ham bu davlat qirrasidir.
 «Banan respublikasi» degan terminni ilk marta yozuvchi O. Genri o‘zining 1904 yili e'lon qilgan «Qirol va karam« qissasida ishlatgan.
Zamonaviy terminologiyada «banan respublikasi»  deb qarzga botgan, ammo maqtanib usti yaltiroq saroylar quradigan, asosiy aholisi kambag‘al  boshqaruv esa nepotizm ya'ni prezidentning amma xola kuyovlaridan tashkil topgan davlatga aytiladi. Bu davlatdagi barcha amaldor poraxo‘r sotqin va qo‘shni davlatga josuslik qilib ikki stolda o‘tirishadi. Banan respublikasi senatori bosqinchidan o‘rden olib otrabotka qiladi.
MS: Sho‘rda to‘xtab yonqi gapni oyting!
RT: Assalom O‘zbekiston juma muborak. 

Rassom Tuz

Video: https://youtu.be/JcHcUQgsaPM

Tag‘in o‘qing
28 dekabr 2019
Kelayotgan yilning fevral oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Rossiyaga kutilayotgan tashrifi chog‘ida mamlakat uchun hayotiy masalalar muhokama qilinadi.  Bu ...
8 sentyabr 2018
Stokgolm sudida Telia shirkati va Gulnora Karimova o‘rtasidagi korruptsiya ishini kuzatayotgan SVT telekanali jurnalisti Elin Yonnsson «Eltuz» muxbiri bilan ...
9 avgust 2016
Davlat tadbirlarida tor chalinmasligi lozimligi to‘g‘risida tavsiyalar berilganini aytgan Ozodlik radiosiga ko‘ra, O‘zbekistonda tor chalish bo‘yicha maxsus ta'lim to‘xtatilgan ...
24 iyul 2017
Xalq orasida yirik ishbilarmondan ko‘ra ko‘proq kriminal avtoritet sifatida tanilgan G‘ofir Rahimovning tug‘ilgan kuni munosabati bilan internetda u haqda ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...