600 CYeKUND: Lavrov tuyoqlari dupuri, Toshkentda o‘chirilgan rasm, itni o‘ldirgan xitoylik,
Salom qadrli muxlislari. Bugun 21 noyabr. E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning navbatdagi sonini taqdim etadi.
+++
Kattaqo‘rg‘onda itni temir bilan urib o‘ldirgan Xitoy qashshog‘i shtraf to‘lab qutuldi
Xitoy xalq Respublikasi fuqarosi HAO SIHUA Kattaqo‘rg‘on ko‘chasida yayrab yurgan itning ortidan quvib borib temir quvur bilan urib o‘ldirdi.
Voqea joyiga yetib kelgan IIB xodimlari itni o‘ldirgan Xitoy qashshog‘iga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 111-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ushbu modda bilan bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida (900.000 (to‘qqiz yuz ming) so‘m) jarima jazosi tayinlashdi. It xitoylik oshqozonida emas, go‘rda.
+++
O‘zbek benksi Inkuzart Abdurahmonning Toshkent ko‘chasida chizgan rasmini «ma'naviyatchi» degan shampatrullar o‘chirib tashladi.
«Varvarlar hukmron bu O‘zbekistonda,
San'atning qadrini anglamas hech kim…
Haq so‘zin aytganni bo‘g‘zidan tutib,
Gulxanga otarlar, qutqarmas hech kim… deya she'r bilan ifoda etdi bu xolatni o‘zbekistonlik shoir G‘ayrat Omon.
+++
O‘zbekiston sanktsiyaga tushgan Kreml oligarxi Alisher Usmonovga lobbichilik qilgani bois Germaniya bilan nizoli holatga tushdi. Germaniya hukumati milliarder Alisher Usmonovga nisbatan pul yuvish va soliqdan qochish ayblovlari bo‘yicha tergov harakatlarini boshlagani O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlarni keskinlashtirgan, deb yozmoqda Germaniyaning Spiegel nashri.
Nashrning yozishicha, Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, dashnom qilingan.
Diplomatik sovuqlashuv 21-sentabr kuni Germaniya janubidagi Tegerenze ko‘li bo‘yida Usmonovga nomiga ro‘yxatdan o‘tgan ko‘chmas mulklarda o‘tkazilgan tintuv ortidan kuzatilmoqda.
Oradan bir hafta o‘tib Germaniya politsiyasi tergov doirasida Germaniya shimolidagi yaxtada ham tintuv o‘tkazdi.
O‘zbekistonning Berlindagi elchisi Germaniya Federal jinoyat politsiyasi boshqarmasi bilan uchrashuv uyushtirishni so‘rab Germaniya Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilgan, ammo bu urinish natija bermagan, deb yozadi Spiegel.
+++
Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Angren shahri bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda fuqaro U.N. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, unga Mustaqillik ko‘chasida joylashgan 20 sotix zaxiradagi yer maydonini 18 ming dollar evaziga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 9 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Yersotar qamoqda.
+++
Urgutning «Chag‘izmon» qishlog‘ida 26 yashar kelin 45 yashar qaynonasi boshini g‘isht bilan majaqlab tashadi. Qaynana go‘rda, kelin qamoqda.
+++
Toshkentlik ona o‘zining ikki yashar bolasini 35 ming dollarga sotayotganda qo‘lga olindi. Bolasotar o‘zbek ona 5 yilga qamaldi. Erim tug‘dirib ketvordi, men bu bolani boqishga qurbim yetmadi, shunga sotib binnasali bo‘lmoqchi edim, dedi ona. Eslatib o‘tamiz, nolegal bola savdosi, asosan donor sifatida uni so‘yib organlarini sotish maqsadida amalga oshiriladi.
+++
O‘zbekiston hukumati elektr energiyasi iste'molchilari oldiga energiya resurslarini tejash vazifasini qo‘ydi. O‘zbekistonning ko‘plab shaharlarida ko‘cha yoritish tarmoqlari tungi iste'molni cheklash tartibiga o‘tmoqda.
+++
O‘zbekistonning Nukus shahridagi to‘polonlarga aloqador deb bilingan separatchi Tilo‘vbike Yo‘ldosheva Qozog‘istonning Oqto‘ba viloyatida qo‘lga olindi. Separatchi Rossiyaga chiqib ketayotgan paytdida qozoq chegarachilari tarafidan ushlangan. Separatchi qamoqda.
+++
Ukrainada “Turon” bataloni tuzildi.
Ukrainada chet ellik ko‘ngillilarning yangi bo‘linmasi — turkiy xalqlar mansublaridan iborat “Turon” bataloni tuzildi. Qozoq muxolifatchisi Aydos Sadiqovga qarashli BASE telegram-kanalining yozishicha, batalonga Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida tug‘ilgan Almaz Qudabek o‘g‘li boshchilik qilmoqda.
Almaz komandir o‘z murojaatida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni turkiy xalqlariga qarshi genotsid uyushtirganlikda ayblagan, hamda islom niqobi ostida “jihod” e'lon qilgan Ramzan Qodirovning “shaytoniy rejimi” va Putlerning imperiya rejimi yo‘q qilinishi lozimligi haqida gapirgan.
+++
Qozog‘istonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
Davlat rahbari yetti yilga ikkinchi muddatga saylanish huquqisiz saylanadi.
Mutaxassislarning fikricha, siyosiy elita qo‘llab-quvvatlashiga erishgan amaldagi davlat rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qaev yirik g‘alabaga erishadi.
Avvalroq u prezident vakolatlarini cheklovchi qonunni imzolagan edi.
Qozog‘istonda viloyat va shaharlar rahbarlari endilikda faqat mahalliy deputatlar roziligi bilan tayinlanadi.
Qarindoshlikka qarshi kurash doirasida esa prezidentning yaqinlariga siyosiy lavozimlarni egallash taqiqlanadi.
Bu tuzatishlar To‘qaev tomonidan yil boshidagi ommaviy norozilik namoyishlaridan keyin kiritilgan edi.
+++
Prigojin tashriflaridan keyin Rossiya qamoqxonalaridan bir oy ichida 13 mingdan ko‘proq zek “yo‘qolib qolgani” ma'lum bo‘ldi
Rossiya qamoqxonalarida o‘tirganlar soni oktyabr oyi ichida 13 ming kishiga kamaygan. Bu haqda “Agentstvo” nashri Rossiya Jazoni o‘tash federal xizmati ma'lumotiga tayangan holda xabar qildi. Urush boshlanganidan beri o‘tgan 9 oy ichida ham taqriban shuncha odam koloniyalarni tark etgan.
Bu ko‘rsatkich “Vagner” xususiy harbiy shirkati zeklarni Ukrainadagi urushga yollashni hali boshlamagan yil boshidagi ko‘rsatkichlardan keskin farq qiladi. Masalan, yanvar oyida qamoqxonadagi sudlanganlar soni bor-yo‘g‘i 1086 kishiga, fevralda 814 kishiga, martda 887 kishiga kamaygan. Aprelda esa qamoqxonada o‘tirganlar soni aksincha 453 kishiga ko‘paygan.
Yevgeniy Prigojinning “Vagner” shirkati qamalganlarni urushga yollay boshlagani jamoatchilikka 2022 yilning yoziga kelib ma'lum bo‘lgan edi.
Noyabr oyida Putin mobilizatsiyaga oid qonunga tuzatishlarni imzolagan, unga muvofiq, zeklarni urushga safarbar qilish imkoni paydo bo‘lgan edi.
+++
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Dneprga berilgan zarba videosini e'lon qildi. Hujum natijasida 14 kishi yaralangani aytilmoqda, ular orasida 15 yashar qiz ham bor.
+++
Rossiyadan Ukrainaga safarbar qilingan jangchilar urushga 1891-1930 yillarda ishlab chiqarilgan Mosin miltiqlari va 1968 yilda chiqqan kaskalar bilan ketishayotgani aks etgan videolar tarmoqda tarqaldi. Ilgari o‘tgan asr boshlariga oid to‘plarni sudragan harbiy rossiya harbiy karvoni videosi tarqagan edi. Tarmoqda dunyoning ikkinchi armiyasi uchu zamonaviy kurol aslaha tanqisligi sezilmoqdami, yoki bu askarlar zambarak yemi bo‘lish uchun ketmoqdami degan savollar ko‘paymoqda.
+++
Satirik she'rlari bilan rus bocqinchilarini hajv qilgan Ukrain shoiri Leonard Kapitsa o‘z ciyosiy she'rlar to‘plamini chop etdi. Kitobning elektron versiyasini bu yerdan Eltuz telegram kanalidagi linkdan ko‘chirib olish mumkin. «Eltuz obunachilariga tekin», dedi vatanparvar shoir. Kitob askarlar cho‘ntagiga mos V6 formatida bosilgan 80 sahifadan iborat. Kapitsa noma'lum shoir sifatida oldin ham bir muddat Eltuzga she'rlarini jo‘natib turgan, ularning bir qanchasini rassom Tuz o‘zbekchaga o‘girgan edi.
Chaqirildi yotoqqa
ko‘rpa bitlari.
Rossiya natsizmining
irkit itlari.
Kelar yolg‘onlar
sasi ufurib
Fors gilamlari uzra
Qirchang‘i Lavrovning
tuyoq dupuri!
Eritreya, Tolibon,
Chuchxe olqishi,
Kreml to‘zoni
uzra xoyda-xoy!
…lekin xoli voy
Do‘stlarning kulgilari ostida
ruslar taslim bo‘lishar,
va majbur bo‘lishar
bosaroq
qaytishga
o‘tmishga –
zang bosgan sovet
muzeylariga…
+++
Bu Eltuz kanalidan so‘nggi 600 cekund ichida sizga yetkazmoqchi bo‘lgan xabarlarimiz edi. Kun davomida biz bilan qoling, kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang.