Asosiy mavzular
21 yanvar 2023

RTdan va'z: Hokimlar ham yig‘laydi

Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. Sovuqlarda dirdirayotgan toshkentliklar, siz bilan hamdardman.

MS: Tuz og‘a qishloqdagilar 2016 yildan biyon suvuqda o‘tiribdi amallab. Qo‘yni go‘tti bir marta go‘rinsa hamma gulgan akan. Gechchiniki hammavoqt ochiq. Biravni isham yo‘q. Toshkentdagilar suvuqa chidamsiz akan.

RT: Matchonboy zamonaviy psixologiya fanida rollarni almashtirish degan priyom bor. Masalan rak kasal bo‘lib yotgan odam unga qarab, choy nonidan habar olib turgan xotini bilan o‘rin almashib ko‘radi. Sog‘ xotin kasal bo‘lib yotib ko‘radi. Kasal odam bo‘lsa sog‘ga choy non berib turadi, biror soatcha. Bu kimning ichidan nima o‘tayotganini bilish uchun kerak.

MS: Ichimnan o‘tkanni ishtonim biladi degan gap bu (kulgi)

RT: 2016 yildan beri qishloqlardagi odamlar gaz va svet tanqisligi bilan yashashdi. Toshkentda esa uch kun gaz svet o‘chganida qiyomat qo‘pdi. Aziz toshkentliklar qishloqdagilarning boshidan nima o‘tkanini bildingiz. Buning uchun sobiq hokim Ortiqxo‘jaevga rahmat. U sizni lyuks vip xolatdan chiqarib, butun respublika bilan teng qildi. Kemaga tushganning joni bir.

MS: Duzog‘o, shu Ortiqxo‘jaevni hamma so‘kib yotibdi. Hamma gunoni shuni bo‘ynina ildila. Kak budto qolg‘onlor oy. Bilamizqu boliq boshinnan sosiydi, lekin quyruqinnan boshlab qilchiqini olodilo. Ulli yoshullido guno yo‘qmi. Qo‘yg‘ondo mismillo didi ishdan olg‘ondo astoprillo…

RT: Jaxongir Ortiqxo‘jaev charchadi. Agar Nux ming yil yashab bir to‘fon ko‘rgan bo‘lsa u besh yil xokim bo‘lib ming to‘fon ko‘rdi. Odamlarning yolg‘oni va amaldorlarning nayranglari charchatdi uni. U «Shum bola» kabi ko‘chada o‘sdi. Ko‘chani gapi bilan tili chiqdi. O‘n so‘m o‘g‘irlasa, to‘qqiz so‘mini tepaga berdi. Amaldorlarni pora bilan boqib, evaziga dashnom eshitdi. Uni hamma yomon ko‘radi. Boy bo‘gani va amalda o‘tirgani uchun. Hokim bo‘lganidan beri to‘yib uxlamadi. Prezident yoki Bosh vazirdan qo‘ng‘iroq bo‘lsa cho‘chib tushadigan bo‘ldi. Kuyov va qarindoshlar qilmishlari aferistik sxemalaridan to‘yib ketdi. Bu ochko‘z kuyovlar uni o‘z cho‘ntagiga aylantirishdi. Toshkentni buzdirib yer uchastkalarni olishdi. Aybdor sifatida esa Jaxongir ro‘para qilindi. Matbuotga ham u balogardon bo‘ldi. O‘zim uni kunora tanqid qildim. Karikaturalarini chizdim. Jaxongir Ortiqxo‘jaev xozir o‘lsa jannatga tushadi. Chunki u jahannamni bu dunyoda ko‘rdi. Mirziyoev davrida amaldor bo‘lish bu azob va uqubat. Jaxongir Ortiqxo‘jaev ham odam. Uni ham ona tuqqan. Tadbirkor bo‘lib topgan tutganini bamaylixotir yeya olmay asab kasaliga duchor bo‘ldi. Insonni tushunish kerak. «Men ham odam edimku axir inson farzandi, bu bechora Jaxongirning malomat bandi»

MS: Ko‘nglim buzilib getdi. Ichimni uvishtiripardingiz. Xozir zor zor yig‘liymon. Lekin ina Ortiqxo‘jaeb getdi, lekin svet gaz problemasi cheshilmadiqu. Qoni goz?

RT: Ey matchonboy. Yaxshisi she'r bilan javob beray.

Sen so‘raysan qachon gaz kelar

Men aytaman gaz emas yoz kelar

Laylak kelar g‘oz kelar

Qanoti qog‘oz kelar

Ëdingdami ey, Matchon,

Ëzda chiqqan edi jon…

MS: Duzog‘a sizam yoshullilara o‘xshab odomni savolina do‘g‘ri juvop barmisiz. Sovet davrindagi O‘zbekiston gimninda bir gap boradi. Daryolar bo‘yida edik suvga zor. 

(muzika yangraydi)

MS: Meni savolim shu nega o‘zimizda chiqqan gaz bizani xalqni o‘yinda yonmiydi? Bu top shu daryolar bo‘yida bo‘ldik suvga zor degan gapni o‘ziqu axir.

RT: Matchonboy, mana ulamolar aytyapti xalqimiz qadim zamonda gazsiz yashagan ekan.

MS: Duz og‘o, Xitoy olimlari O‘zbekistonda topilg‘on skleta qarab qadimg‘i odomni rasmini yasapti. Go‘rdim. Top yonqi blogger Xushnudni o‘zginasi.

(kulgi)

Tanishga o‘xshadi yuzingiz. 

Avval, avval qayda ko‘rishgan edik?!.

 Ha, bu — Siz! Uzingiz, o‘zingiz! 

Sira o‘zgarmabsiz! Qancha vaqt o‘tdi… 

Usha tiyran ko‘zlar. 

Mehr, E'tibor. 

O‘sha kuyinchaklik. Imon. Oqibat. 

O‘sha fidoyilik. O‘sha g‘urur. Or.

Birinchi uchrashuvimiz yodimda yo‘q. 

Unga ko‘p zamonlar bo‘ldi. 

Qirq Asr! 

Men bugun qishloqda uchratdim Sizni; 

Juda, juda tanish yuzingiz. Ismingiz nimaydi, haligi? Attang… 

(Omon Matjon) 

Tszilin universitetining bir guruh paleoantropologlari O‘zbekistondagi Teshik-Tosh g‘oridan topilgan neandertal bolasi ko‘rinishini namoyish etdi. Bu birinchi bor 3D-restavratsiya yordamida toshga aylangan odam bosh suyagini kompyuterda tiklanishidir. 

(Olimlar bu ajdodimizni kiyimsiz tasvirlabdi. Uni ayollar ko‘rib, g‘uluga ketmasin deya Rassom Tuz kiyim kiygizib qo‘ydi. Anjanlik bir aka kiyimini berib turdi) 

Taxminan 300 ming – 400 ming yil oldin yashagan 8-9 yoshli neandertalga tegishli bo‘lgan, toshga aylangan bosh suyagi 1938 yilda topilgan. Bu suyak Osiyoda topilgan birinchi neandertal qoldig‘idir. Uning kashfiyoti neandertallarning sharqqa ko‘chishini isbotlagan. 

Quyidagi matnni esa sal oldinroq yozuvdim. 

NYeANDYeRTAL MULOZIM

Bir antropolog olim bitta o‘zbek mulozimini chet davlatga chaqirib berish bo‘yicha o‘rtaga tushishimni iltimos qildi. Bu mulozim Xaydelberg shahrida o‘tadigan ilmiy anjumanga kelishi istalgan edi. Meni ajablantirgan narsa – bu mulozimning ilm-fanga mutlaqo aloqasi yo‘qligi bo‘ldi. Pastdan olib tepaga uzatadigan, o‘zini ham unutmaydigan umumiy, savod darajasi past, tipik korruptsioner, johil mulozim edi. Xaydelbergdagi ilmiy anjuman genlar tadqiqodiga oid edi. Iltimos qilgan olim nega o‘zbek mulozimi bu anjumanga kelishi boisini aytmadi. «Etik sabablarga ko‘ra ayta olmayman», dedi. Mulozimni ba'zi qudratli qarindoshlarim tanirkan. Telegram nomerini oberishdi. Muomalani joyiga qo‘ydi bu mulozim. Bir-ikki gaplashgandan keyin nega anjumanga chaqirilganini aytib berdi. Xullas, bu mulozim yoshligidan «identifikatsiya» bilan bog‘liq kompleksga yo‘liqqan. Uning familiyasi Soatov bo‘lgani uchun maktabdoshlari ustidan kulishgan. Asnoda u nega Soatov bo‘lganini o‘rgana boshlagan. Urush vaqtida katta bobosi bedarak yo‘qolgani haqida qora xat kelgan. Beva buvisi esa Sag‘atbay degan qoplonbeklik qozoqni o‘ziga boyfrend-sponsor qilib olgan. O‘sha paytda nimadir bo‘lib buvisi voenkomatga borgan. Voenkomatdagi odam unga familiyangni o‘zgartirmasang, seni Aljirga yuvorishadi, deb qo‘rqitgan. 

MS: Aljir degani bu Afrikadagi do‘latmasmi. Issi. Palmalar xurmolar o‘sip yotqon.

RT: Aljir – bu Qozog‘istondagi xotinlar qamag‘i. ALJIR degani qisqartma bo‘lib, Akmolinskiy Lager Jyon Izmennikov Rodinы, o‘zbekchasi esa – Vatan Xoinlari Xotinlarining Oqmo‘lladagi lageri (A. L. J. I. R.) degan ma'noni bergan. Gapning qisqasi, mulozimning katta bovosi Saidto‘raxo‘ja urushda Vlasov armiyasida bo‘lgan. Vlasov Gitler tarafiga o‘tib ketgani uchun barcha askarlar sotqin maqomini olgandi. Xullas, Saidto‘raxo‘jaev degan pamila o‘rniga Sagatova degan pamila olingan. 1987 yili esa savodli zags xodimasi buni to‘g‘irlab, buvining nabiralari hujjatiga Soatov deb yozgan. Bularni o‘rgangan mulozim Soatov degan familiyani o‘zgartirib, Saidto‘raxodjaev qilib olgan. Bu familiyani ogandan keyin surishtirsa, ota-bovosi Buxoro xonligida jondor vazifasida ishlagan ekan. Bu paytga kelib, barcha o‘zbek mulozimlari o‘zlarining Sovet paytida semichkachi va tramvay haydovchi bo‘lgan ota-onalari aslzodalar bo‘lgani haqida pulga ertak to‘qittirib shajaranoma kitoblar chiqarish epidemiyasiga chalingan edi. Qahramonimiz bo‘lgan mulozim ham o‘zining aslzodaligini aniqlashga kirishadi. Kimdir unga Buxoro xonligidagi barcha amir jondorlar Chingiz avlodi bo‘lgani haqida aytib, mulozimga o‘z genini tekshirish uchun bir kubik qon, soch va boshqa biometrial topshirishga undaydi. Mulozim o‘z DNKsida Chingiz geni borligidan astoydil xursand edi. Ammo mulozim genini o‘rgangan institut xulosasiga ko‘ra, bu mulozim DNKsida Chingiz genlari yo‘q edi. Olmaotadagi DNK institutining rahbari bo‘lgan fan doktorining o‘zi xulosa solingan konvertni olib kelib, toshkentlik bu mulozim bilan uchrashib suhbatlashgan. Chunki, bu mulozim DNKsida dunyoda o‘ta oz sonli bo‘lgan neandertal genomlari bor edi. Hozir Afrikadan tashqarida yashovchi odamlarning taxminan 2 foizi neandertal genlarini olib yuradi. 600 ming yil oldin neandertallar hozirgi O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlarida yashashgan. Albatta, bu xulosa o‘z sulolasi haqida yaxshi fikrda bo‘lgan mulozimga yoqmagan edi. Men bilan suhbatda bu mulozim uning genlarini aniqlagan olimlarni «dolboyoblar» deb atadi va Haydelbergingga palonimni qo‘ydim deb, ilmiy anjumanga tajriba quyoni o‘laroq borishdan bosh tortdi. Men esa ko‘pdan beri meni qiynagan savollarga javob topganday edim. O‘zbek mulozimlari – xomo-sapiens ya'ni fikrlaydigan yaratiq emas. Ular tomirlarida faqat ko‘ringan narsani tutib olib yeydigan neandertal yovvoyilar qoni oqmoqda.

MS: Duzog‘o, xolqni ham peli getgan. Ol birini ur ongirqisini deyan gapni o‘zi. Yurt bizildi. Jillixona bo‘ldi.

Bugungi o‘zbekistondagi millionlarning miyasi cho‘pchak va nafrat bilan to‘la. Ammo u yerda aslo ilm¸ fahm va farosat yo‘q. Oldin aytganimdek Ili Ilf va  Yevgeniy Petrovning «12 stul» romani qaxramoni Ellochka-lyudoedka lug‘ati 30 so‘zdan iborat bo‘lsa, oddiy cho‘pchakxo‘r o‘zbek lug‘ati 15 so‘zga ham bormaydi. Bu so‘zlarning yarmisini o‘ziyam tushunmaydi. Masalan, o‘sha mo‘'min yo mo‘'mina eng ko‘p ishlatadigan «zaybal» so‘zini ma'nosiniyam tushunmaydi. Bu biomassa ertaga bugundan ham battar savodsiz bo‘ladi va oxirida ikki ko‘zli, og‘zi bor ammo tili yo‘q, yeb ichib tualetga boradig‘on maxluqqa aylanadi. Ba'zilari aylanib ham bo‘ldi. Izox qoldirishdan oldin maktabda 8 yil o‘qib ega nima, kesim nima, ergashgan qo‘shma gap nimaligini bilib olinglar,

MS:  OM qonuni bilan puankare gipotezasini bilmasak gechirasizmi?

RT: Kechiramanu, lekin har bir vatandosh OM qonunini bilgani yaxshi. Sen masalan shu kunda nima bilan bandsan?

MS: Sher yozib o‘tiribmon, o‘yda o‘din yonib durg‘on pesha suyanib. O‘qib barinmi?

RT: O‘qi qani

MS 

Uchak uchaka boqadi,

Trubadan gazlar oqodi

Gaz idoroni yoshullisi 

Boy boy jonimni yoqodi.

RT: Matchonboy, shu gaz svet temasining ham siyqasi chiqib ketdi. Gapiraversang, maymun ham tilga kirar ekan. Yillar davomida «yashasin musappo osmon» deb yurgan ashlachilar ham, svet va gaz yo‘qligidan jilab boshladi. 

Eng katta katastrofa to‘ylarda svet o‘chib qolgani bo‘ldi. Chunki butun qo‘shiq taraq-turug‘i bilan birga faylga yozilib, «svetomuzikachi» laptopida turuvdi. Ashlachi faqat og‘iz ochib yumib turadi. Ko‘p ashulachilar duduq yoki soqov. Sal-pal sasi chiqadiganlari ham sovuqda tomog‘ini shamollatgan. 

Nilupar Usmonova degan ashlachi (hojonani qizi) «uyim sovuq» deb, gastinsaga borib yotvolibdi. 

Xalq orasida Sharapat deb oti chiqqan Yildz hojona bo‘lsa Ortiqxo‘jaev rasmiga barmog‘ini niqtab «Men mashi odamdi davrida ezildim», debdi. 

U odam nega ezdi? O‘zing xohlab ezdirdingmi? Qachon ezdi? Bu savollarga javob beradigan tilni sovuq urib ketgan allaqachon. 

Lekin Aktyor Muhammadiso Abdulxairov tilga kirib, «gaz, svet yo‘q» dedi. 

MS: Dedimi? 

RT: «Ha, dedi u». Xullas, ashlachilar yomonam sovqotibdi. 

Ortiqxo‘jaev ketishi bilan minus 20 bo‘lgan sovuq o‘z o‘rnini plyus ikkiga almashtirdi. 

Yaqinda yoz kelib ko‘rmaganday bo‘p ketaslar. 

MS: Bu kunlar o‘tar ketar, artslar ayag‘di ko‘tar. Tuz og‘a, anovi ertakni yana aytib bering.

RT: Qaysi ertakni?

MS: Trubani yeyman degan dev haqidagini.

RT: Uni aytib berganman. Esingdan chiqibdi. Dev trubani bermasang, devorni yeyman deydi.

MS: Ovong shuni aytib baring. 

Bir mamlakatning atrofi ulkan tosh devor bilan o‘rab olingan ekan. Maqsad ichkaridagilar tashqariga chiqmasin va dushmanlar kelib mamlakatni izdan chiqarmasligi uchun. Shu mamlakatning yaqin chegarasida bir dev yashar ekan. U mamlakat devori yoniga kelib ultimatum qo‘yibdi: «Menga mamlakatning butun oltin, valyuta va uglevodorodli yonilg‘i zahirasi va gaz o‘tadigan trubalarni bermasangiz shu devorni yeb tashlayman» 

Bu ultimatumni eshitgan prezident selektor o‘tkazib, mashvarat qilibdi. 

Agar dev mamlakat devorini yeb qo‘ysa, butun mamlakatdagi qo‘rqoqlar ketib, tashqaridan botirlar kelib, saylov qilib prezidentni ag‘darishi mumkin.

«Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi» debdi tepakal vazir. «Devor bo‘lmasa chiqish ruxsatidan keladigan puldan  mosuvo bo‘laman» debdi qorni katta vazir.

Shu payt prezident qo‘lidagi sabzi to‘g‘raydigan taxta kabi yassi oypodini barmoq bilan silab gugul qoridan maslaxat so‘rabdi.

Gugul qori  maslahat beribdi:

«Oldin dev shu hajmdagi tosh devorni yeb bitira oladimi, yo‘qmi shuni aniqlaylik» debdi oypod ichindagi gugul qori.

Buni qanday bilamiz debdi prezident.

«Matematika va fizikani  biladiganlardan so‘rang» debdi gugul qori.

Prezident atrofiga qarasa, nuqul shig‘ir to‘qiydigan va almisoqdan qolgan diniy cho‘pchak aytadigan sharlatan mullalar  qolganmish atrof jonibda.

– Palonchi matematik qani?

– Amerikada.

– Narigi men moshin berganimchi?

– Germaniyada.

– Arnasoylik bolachi?

– U matematik emas, u faqat Navoiydan g‘azal aytadi. 

Prezident g‘ussaga botib o‘ylay boshlabdi.

– Komsorg bo‘lishimdan 4 yil oldin birinchi kursda men ham amaliy matematika o‘qigandima. Anuvi Amerikaga ketib qolgan matematik propessor aytuvdi. Oldin qattiq  massaning bir qismi qanday qilib yo‘q bo‘lganini xisoblaysiz. Natijani umum massaga ko‘paytirasiz.

Prezident xuddi jakuzi ichida yotib, sig‘im qonunini kashf qilgan Arximed doyi singari «Evrika» deb baqiribdi.

Atrofdagi daptar ushlagan shotirlar «Evrika» deb yozib qo‘yishibdi avtomatik bir tarzda.

-Ey kalamushlar, sizlar shu qadar kallavarangsizlar. Nima yozganingni ma'nosini ham bilmaysizlar. Ey tepakal, «Evrika» degan nima degan, debdi prezident.

Tepakal javob bera olmabdi. Chunki u birinchi kursda ham lektsiya eshitmagan. Shahar hokimi ham matbuot vaziri ham boshqalar ham umuman maktab o‘qimagan, boy otalarga choy tashib «o‘sgan kadrlar» edi.

– O‘sha dev sizlarni yeyman desa, jon deb berardim. Bira to‘la qutulardim g‘o‘ddayganlardan.

Mulozimlar uning bu gapini ham daptarlariga yozib qo‘yishibdi.

– Dev katta bilan yoziladimi yoki kichik xarf bilanmi?  deb so‘rabdi qorinboy vazir.

– Albatta Dev akaning ismini katta xarf bilan yozish kerak debdi Buxoro hokimi barno yuzli bachchalarga o‘xshab noz bilan.

Mulozimlardan hafsalasi pir bo‘lgan Prezident katta kuyovini chegaraga yuboribdi.

– Bor, devga ayt, devorni yeb tashiyvursin.

Katta kuyov zing‘illaganicha dev yoniga ketibdi.

Prezident kichkina kuyoviga yuzlanibdi

– Sen borib dev qanaqa qilib devorni yeganini videoga olib kel. Lekin video kopiyasini Ramzanga bersang itaraman sen pakanani.

Xullas, dev mamlakat devorini yeb turgani videosini kichik kuyov vatsapdan tashabdi qaynotaga.

Dev bolg‘asi bilan devorning kichik bo‘lagini sekin ushatib, xovonchada tuyib, suvga qo‘shib icharkan. Keyin dam olib yana bir parcha devorni yer ekan.

Prezident oypodidagi kalkulyatorda hisoblab ko‘rsa, dev mamlakat devorini teoretik jixatdan yeb bitirish ehtimoli yuzda to‘qson foiz chiqibdi.

– Agar dev shoshib pishib devorni yeganida tiqilib o‘lardi. Sekin texnichna yeb o‘tiribdi. Demak devorni yeb bitiradi bu borishda. Devorsiz qolamiz oxirida. Yaxshisi aytgan trubasini  berib yuboringlar deya buyruq beribdi prezident.

Shu tariqa mamlakatning butun oltin valyuta va uglevodli yonilg‘i zahirasi va gaz o‘tadigan trubasini  devga berib yuborishibdi.

«Dev akaga» deya to‘g‘irlab qo‘yibdi Buxoroning barno yuzli hokimi.

«Zato devor bor» deya xursand bo‘libdi qorinboy vazir.

Mamlakat ichidagi boylikni o‘g‘ri urib ketgan bo‘m bo‘sh temir sondiq kabi yetim bo‘lib qolibdi. Gaz, uglevod va eng muhimi truba kishi qo‘lli bo‘lgani uchun mamlakat qishda katta bir xolodilnikka aylanibdi

Qissadan hissani siz chiqaring, azizlar.

MS: Ana indi yonqi gapni oyting.

Assalom O‘zbekiston juma muborak!

@rassomtuz

Tag‘in o‘qing
9 oktyabr 2019
Aksariyat o‘zbekistonliklar orasida Salimboy deya sig‘iniladigan, boshqa manbalarda «kriminal avtoritet» atalgan Salim Abduvaliev «Qizil kitob»ga kirgan ayiq, bo‘ri va ...
8 sentyabr 2022
Eltuz «600 sekund»ning 8 sentyabr 12-sonini taqdim etadi. +++ Farg‘ona viloyati sudida Andijon shahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarov va ...
5 avgust 2017
Karikaturadagi absurd holat 2015 yilning oktyabridagi voqeani aks ettirgan. O‘shanda odamlarning majburiy mehnatga jalb etilgani haqidagi xabardan keyin, Xalq ...
2 noyabr 2023
Rassom Tuz
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...