Asosiy mavzular
31 yanvar 2023

Co‘nggi Turkiston jadidining o‘g‘li bilan Germaniyadagi uchrashuv

O‘zbekistonni tuzgan oila mansubi¸ olim va Turkistonning so‘nggi jadidi professor Temur Xo‘ja Germaniyaning Myunxen shahrida g‘arbiy yevropadagi o‘zbek diplomatlari va yevropada yashayotgan millat oydinlari bilan uchrashib suhbatlashdi. O‘zbek madaniyati rivojiga ko‘maklashuvchi Germaniyadagi Yuzuk tashkiloti tashabbusi va O‘zbekistonning Frankfurtdagi Bosh konsulligi sa'yi harakatlari bilan o‘tkazilgan bu uchrashuvda mamlakat taraqqiyoti uchun jadidlik g‘oyasini yosh o‘zbek liberal liderlari qo‘llab quvvatlayotgani olqishlandi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning Frankfurtdagi Bosh konsuli Olimjon Abdullaev. Yuzuk tashkiloti ijrochi direktori Dilbar G‘afforova Chexiyadagi Bohemiya universiteti o‘qituvchisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xolnazar Omonov va boshqa diplomat va ziyolilar qatnashdi.

O‘zbekistonni qurgan oila vakiliga xurmat yuzasidan rassom Shuhrat Bobojon o‘z asarini Temir Xo‘jaga sovg‘a o‘laroq topshirdi. Asar Temir Xo‘janing ota yurti Buxoro miniayutrasi va zamonaviy ekspressionizm omuxtasidir. Chexiyadagi Bohemiya professor Xolnazar Omonov esa Temir Xo‘ja tug‘ilib o‘sgan Istanbuldagi oltinga ishlov beruvchi ustalar oltin simlardan to‘qib yasagan manzara lavhani sovg‘a qilarkan «asl oltin bu sizning g‘oyalaringizdir» dedi. Germaniyadagi Yuzuk tashkiloti ijrochi direktori Dilbar G‘afforova esa tut daraxtidan xozirlangan Samarqand qog‘oziga zarb qilingan unikal so‘zonani taqdim qildi.O‘zbekistonning Frankfurtdagi Bosh konsuli Olimjon Abdullaev esa o‘z navbatida professor Temir Xo‘jaga zarbop to‘n kiygizib esdalik uchun suratga tushdi. O‘zbek diplomatlari Temir Xo‘janing ota yurti bo‘lgan O‘zbekistondan kelgan sovg‘a salomlar bilan mehmonni siylashdi.

Eltuz muxbiriga bergan suhbatida Temir Xo‘ja bu uchrashuv jadid g‘oyasini tanishtirish yo‘lida muhim qadam bo‘lganini ta'kidladi.

Turkistonning madaniy va siyosiy tarixiga bag‘ishlangan yuzdan ziyod maqola va o‘nlab kitoblar avtori professor Temir Xo‘ja o‘zbek diplomatlari bilan suhbatda Rossiya bosqinchilik siyosatining mamlakat mustaqilligi uchun doimiy xavf ekanligini tarixiy kontekst asosida tushuntirib berdi.

Jadid g‘oyalari haqida Turkiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Germaniya , Hindiston¸Yaponiya va qozog‘istonda chop qilingan maqola va kitoblar muallifi Temir Xo‘ja Yuzuk tashkiloti faollari va o‘zbek diplomatlari bilan suhbatda komunizm yoki islom emas balki aynan jadid g‘oyasi mamlakat rafoqi uchun birlamchi ekanligini ta'kidladi.

Temir Xo‘ja jadidchilik harakatining Stalin qatag‘onidan omon qolgan namoyandasi Buxoro Respublikasi prezidenti Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jaevning o‘g‘lidir. Bundan oldin O‘zbek madaniyati rivojiga ko‘maklashuvchi Germaniyadagi Yuzuk tashkiloti Buxoro Respublikasi prezidenti Usmon Xo‘ja Po‘latxo‘jaev (1878 -1968) yashagan Buxorodagi uyni “Jadidlar muzeyiga” aylantirish borasida taklif bilan chiqqan edi. Temir Xo‘janing aytishicha O‘zbekistonning ilg‘or fikrli rahbarlari harakati bilan Buxoroda u yashagan uyning muzeyga aylantirilishi bo‘yicha siyosiy qaror qabul qilingan. Bu men umriy orzumning amalga oshishidir deydi professor Temir Xo‘ja.

Buxoro jumhuriyatining birinchi raisi Usmon Xo‘janing o‘g‘li Temur Xo‘ja 1947-yil Istanbulda tug‘ilgan va uning nomi SSSRda istalmaganlarning qora ro‘yxatida edi. Ammo tarixga Gorbachev hurriyati deya kirgan 1990 yil oxirida O‘zbekiston mustaqil bo‘lishidan sal oldin Temir Xo‘ja o‘z ota yurtiga ilk marta safar qildi. O‘sha paytda davlat rahbari bo‘lgan Karimov Temir Xo‘jani qabul qilib suhbatlashgan bo‘lsa ham jadid g‘oyalari mustaqil O‘zbekiston uchun tushunarsiz edi. O‘zbekistonda rahbar almashgani ortidan 2018 yilga kelib Temir Xo‘ja yana O‘zbekistonga bordi. Yangi O‘zbekistonning yangi tushunchali rahbarlari jadid g‘oyalarini olqishladi. Yoshlar ishlari agentligi direktori, Oliy Majlis Senati a'zosi Alisher Sa'dullaev yaqinda Turkiya Respublikasida bo‘lib turgan vaqtida «Uskudar» mahallasidagi «O‘zbeklar takyasi»da bo‘ldi va Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jaevning qabrini ziyorat qilgan ilk mulozim bo‘ldi. (foto) Buning ortidan O‘zbekiston prezident adminstratsiya mulozmilari Saida Mirziyoeva va Komil Allamjonovlar ham Temir Xo‘ja bilan uchrashib samimiy suhbat qilishdi. Myunxendagi uchrashuvda Temir Xo‘ja jadid bayrog‘i O‘zbekistonning ilg‘or fikrli yoshlari qo‘lida xilpirayotganidan qoniqish bildirdi.

AQShdagi Michigan universiteti professori Temur Xo‘ja o‘z shaxsiy kutubxonasidagi ja'mi kitoblarni muzeyga qo‘yish uchun uchun O‘zbekiston davlatiga berishga tayyor ekanligini aytdi.
Germaniyadagi Yuzuk tashkiloti ijrochi direktori Dilbar G‘afforovaga ko‘ra O‘zbekistonda jadid muzeyi tashkil qilinishi zamon taqozosidir.

Temir Xo‘ja joriy yil 9 fevralida Navoiy va 14 fevralda Bobur yubileyida qatnashish uchun O‘zbekistonga boradi.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
17 iyun 2020
Menga berilgan qamoq jazosining tugashiga sanoqli kunlar qolganida, ya'ni yanvar oyi o‘rtalarida yonimga Antonenkoning chopari keldi va SPP Antonenko ...
15 iyul 2022
Och kishi nima deydir? Kecha hali zaptrak qimasdan binnasalar yozuvdim¸ yaxshi muhokama bo‘ldi. Bugun ham yugur-yugur bilan bo‘lib ozongi ...
14 sentyabr 2023
O‘zbekistondan Rossiyaga uchib kelgan 22 yashar Hasanboy Muhammadjonov bir kunda ikkita odamnining kallasini olishga ulgurdi. 12 sentyabr kuni u Moskvada hibsga olindi. Biroq ...
26 iyun 2023
To‘raev Abdusamad Abdulhamidovich 13.01.1959 yilda Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma'lumoti o‘rta, oilali, 4 nafar farzandi bor, yoshga doir ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...