Asosiy mavzular
26 iyun 2023

Namanganda imom yordamchisi namozxonada yosh bolaning og‘ziga jinsiy aloqa qildi

To‘raev Abdusamad Abdulhamidovich 13.01.1959 yilda Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma'lumoti o‘rta, oilali, 4 nafar farzandi bor, yoshga doir nafaqada. Avtomashinalarni ta'mirlash ustaxonasida ishchi, muqaddam diniy-ekstremistik harakatlarni sodir etgani uchun O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan sudlanib qamalib chiqqan. Uchqo‘rg‘on tumani Sholdirama MFY, Yangi hayot ko‘chasi 127-uyda yashab kelgan. 

2017 yilda unga nisbatan bag‘rikenglik qilinib, yashayotgan mahallasi bergan tavsiyanomaga asosan MAXSUS RUYXATdan chiqarilgan va nazorat ostida bo‘lishdan ozod etilgan. 

Joriy yilning 16-iyun kuni Namanganda “Imom yordamchisi voyaga yetmagan 10 yoshli o‘g‘il bola bilan jinsiy aloqa qilayotganda qo‘lga olindi” degan mudhish xabar,  barchaning  ko‘nglini xira qilib, odamlarni tushkun kayfiyatga solib quydi. 

Voqeaga keng jamoatchilik va ichki ishlar organlari tomonidan nihoyatda jiddiy qaraldi. Ota-onalar hamda ta'lim xodimlari shokka tushishib, ushbu qabih jinoyatni sodir etgan dindor qiyofadagi qariyani tezroq qonuniy jazoga tortilishini talab qilish boshlandi. 

Jinoyat sodir etilgan kunda 10 yoshli Bilolxo‘ja (jabrlanuvchining ism sharifi o‘zgartirildi) velosipedchasiga dam urish maqsadida, Sholdirama MFYda joylashgan vulkanizatsiyaga boradi. Shu ustaxonada oddiy ishchi bo‘lib yurgan namozni kanda qilmaydigan Abdusamad dedaga uchrashib, velosipedchasiga dam urib berishini so‘raydi. Nomidan inson hazar qiladigan Abdusamad To‘raev, Bilolxo‘jaga Velosipediga dam urgani uchun pul olmasligini kerak bo‘lsa muzqaymoq uchun ham pul berishini aytib, uni vulkanizatsiya ichkarirog‘ida joylashgan namoz o‘qiladigan xonaga aldab olib kiradi. 

Bilolxo‘janing voyaga yetmagan murg‘ak go‘dakligi ham ko‘ziga ko‘rinmagan bu maraz, bolachaning og‘ziga jinsiy aloqa qilishga ko‘ndiradi. Shunday qilsa undan hech qachon velosipedi uchun pul olmasligini kerak bo‘lsa yangi velosiped olib berishini aytib majburlaydi. Sobiq mahbus, jirkanch mutaasib, o‘zining jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda hayvonlarcha qondiradi. Nima bo‘lib o‘tganini anglolmagan Bilolxo‘ja ko‘chaga otilib chiqib, atrofdagi odamlarga bo‘lgan voqeani aytib beradi. Qonunga ma'suliyatli fuqarolarimiz va hududiy ichki ishlar xodimlari tomonidan mudhish jinoyat “issiq” izlari yo‘qotilmasdan fosh etiladi. Aniqlangan dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, vulkanizatsiya ichidagi namoz o‘qiladigan xonadagi bir dona ko‘k rangli joynamoz va 2 dona qizil ko‘rpachalar, jabrlanuvchi bolaning ustidagi yashil rangli futbolka, oq rangli shortikda inson jinsiy spermasi yopishib qolganligi, Bilolxo‘jaga tegishli plastmassa uyinchoq ashyoviy dalillar sifatida tergovchi tomonidan hujjatlashtirib olingan. 

Ayni paytda inson shaklidagi bu jirkanch maxluqqa nisbatan Uchqo‘rg‘on tuman IIB tomonidan jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-bandi Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish ya'ni 18 yoshga yetmagan shaxsga zo‘rlik ishlatib, qo‘rqitib yoki jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan holati buyicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatchi qamoqqa olingan.

Tag‘in o‘qing
14 aprel 2024
2016 yili Rioda, 2020 yil Tokioda bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Nozimaxon Kayumova Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi tomonidan disfilifikatsiya qilindi. ...
31 mart 2017
Amnesty International tashkiloti 31 mart kuni «Qayda bo‘lma biz seni topamiz» deya nomlangan hisobotini chop qildi. Ayni hisobotida, inson ...
9 mart 2021
«Eltuz»ga qashqadaryolik fuqaro jo‘natgan videoda G‘uzor tumani Qovchin qishlog‘i tibbiyot punkti binosining xarob ahvoli aks etgan. Qishloq tibbiyot punkti ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...