Asosiy mavzular
1 fevral 2023

600 CYeKUND: Senat raisi iste'fosini so‘ragan bloger qamaldi, separatchi ayol yengil jazo oldi…

E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning  navbatdagi 1 fevral 29-sonini taqdim etadi.

***

Yakkabog‘lik bloger, «Ezgulik» inson huquqlari tashkilotining a'zosi, bloger Odil Elmurod 15 sutkaga qamaldi.  

Bloger kecha, bir necha soat ichida sud qilinib, qamalgan. Yaqinlariga ham xabar qilinmagan.  

Odil Elmurodning nima sababdan qamalgani ma'lum emas.  

Bir muddat avval Odil Elmurod, O‘zbekiston senati raisi Tanzila Norboevaning iste'fosini talab qilgan edi. 

Rossiya ordenini olarkan «otrabotaem» deya minnatdorchilik bildirgan Tanzila Norboeva O‘zbekiston senatiga rahbarlik qilishga loyiq emas, deb aytgandi Odil Elmurod. Bloger qamoqda.

***

Bo‘lginchi Lolagul Kallixanova esa yengil jazo bilan qutuldi,  u 8 yil zodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, JKning 62-moddasiga asosan, dastlabki qamoqda o‘tirgan 6 oy 24 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 7 yil 5 oy 6 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoldirilib, JKning 72-moddasi qo‘llanilib, jazo 3 yil sinov muddati bilan shartli deb belgilanib, sud zalida qamoqdan ozod qilindi.  

***

Toshkentning Yangixayot tumanida bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qiz uyidan 20 metr uzoqlikda o‘lik holda topildi. Bu haqda UzNews.uz’ga vaziyatdan xabardor manba ma'lum qildi. Hozircha bu jinoyat yuzasidan huquqni muhoafaza qiluvchi organ tomonidan rasmiy izoh berilmadi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 31 yanvar kuni soat 16:30 atrofida 2010 yilda tug‘ilgan R.M. maktabdan chiqib, uyiga qaytmagan. 

Maktab yaqinidagi xususiy korxonalar hududida o‘rnatilgan kuzatuv kameralari qizning uyiga piyoda ketayotganini qayd etgan. 

Dastlabki taxminga ko‘ra, qiz uy hovlisiga kirib kelganida, uni muqaddam sudlangan 30 yoshli fuqaro A. ko‘rib qolgan va aldov yo‘li bilan uni hovlilar orqali olib o‘tgan. So‘ng qizni zo‘rlab, bo‘g‘ib o‘ldirgan, jasadini ariqga tashlab, unga tosh otgan. 

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi «v,z» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur moddada 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi belgilangan.

***

Qo‘shrobotda ovqatdan zaharlangan besh kishidan biri, 24 yashar erkak E.Sh. 26 yanvar kuni o‘ldi. Bundan oldin 14 yanvar kuni 25 yashar xotin o‘lgan edi. 

Rasmiy ma'lumotga ko‘ra, 2023 yil 6 yanvar kuni Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida 5 nafar qashshoq ovqatdan zaharlanish (botulizm) tashxisi bilan  bannisaga yotqizilgan edi. O‘zbekiston ichak oshqozon kasalliklaridan o‘lim xodisalari bo‘yicha dunyoda eng oldingi o‘rinlardan birini egallab keladi. Yangi yilda ortib, aynib qolgan ovqatlarni isrof bo‘lmasain deb yeyishgan harholda bu ochopatlar.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordam bois zaharlanganlarning hammasi o‘lmadi. Mazkur holat yuzasidan  Qo‘shrabot tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

***

Eronda bloger yigit bilan qiz jamoat joyida (Tehronning Ozodiy maydoni yaqinidagi ko‘chada) raqs tushgani uchun 10 yilu 6 oyga qamaldi. Bu haqda Al Arabiya telekanali HRANA guruhi huquq faollaridan olingan ma'lumot asosida xabar qildi. 21 yoshli Amir va uning sevgilisi Astiaj Xagigiy sud tomonidan «mas'iyatni tashviq qilish», «milliy xavfsizlikka putur yetkazish maqsadida til biriktirish» hamda mavjud rejimni badnom qilishga qaratilgan axborotni tarqatishda aybdor deb topilgan.

***

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Xalqaro tank koalitsiyasiga kirgan 12 ta davlat Kievga 120 tadan 140 tagacha tank berishga qaror qilganini bildirdi. Vazirning aytishicha, Ukraina g‘arb mamlakatlaridan Leopard 2 (Germaniya), Challenger 2 (Britaniya) va M1 Abrams (AQSh) tanklaridan tashqari Frantsiyada ishlab chiqarilgan Leclerc tanklarini ham olishga umid qilmoqda.

AQSh esa Ukrainaga Bradley BMPlarining ilk partiyasini yo‘lladi. Birinchi partiyada 60 ta piyodalar mashinasini yetkazib berish ko‘zda tutilgan.

***

Rossiyalik oligarx Roman Abramovich «Chelsi» futbol klubi sotuvidan tushgan 2,3 milliard funt sterling (2,8 milliard AQSh dollariga yaqin) mablag‘ni Ukrainaga berishga qaror qilgan. Bu haqda The Telegraph nashri xabar qildi. Milliarder Abramovich «Chelsi»ni sotish haqida sanktsiya ro‘yxatiga tushishdan avval e'lon qilgan va o‘tgan yil bahorida klubning sotilishidan tushgan pulni Ukrainadagi urushda jabr ko‘rganlar uchun tuzilgan fondga o‘tkazib berishni va'da qilgan edi.

***

Xalqaro jurnalistlar federatsiyasi «Rossiya Federatsiyasi jurnalistlar uyushmasi»ni o‘z tarkibidan chiqarishga qaror qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

***

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili ahvoli og‘irlashgani sababli jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilibdi. Bu haqda «Mtavari» telekanali muxolifatdagi «Yagona milliy harakat» partiyasi vakili Georgiy Chaladzedan olingan ma'lumotga tayanib xabar qildi. Olti yillik qamoq jazosini o‘tayotgan Saakashvili avvalroq sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli Tbilisidagi Vivamedi klinikasiga yotqizilgandi. 

***

Vengriya Tashqi ishlar vazirligi Ukraina bo‘yicha vositachilik ishlari uchun Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogan nomzodini Nobel tinchlik mukofotiga ko‘rsatish taklifi bilan chiqdi.

***

Turkiya 2022 yilda turizmdan 46 milliard dollar daromad ko‘rgan. Bu 2021 yildagi ko‘rsatkichdan 53,4% ga ko‘pdir. Bu haqda Turkiya statistika idorasi xabar bermoqda. Xabarga ko‘ra. O‘tgan yili Turkiyaga kelgan 44,6 million nafar xorijlik turistlar orasida birinchi o‘rinni germaniyaliklar (5,67 mln turist), ikkinchi o‘rinda rossiyaliklar (5,2 mln turist), uchinchi o‘rinni esa britaniyaliklar egallagan (3,37 mln turist) 

***

O‘zbekistonliklarga 27 yanvardan boshlab Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan bir oy yurishga ruxsat berildi. Oldin bu muddat 5 kunni tashkil qilgae. Xullas, qozoqdagi migrantlarimizga napas olish ozgina yengillashdi, gazini bosovrasan, Matqovul! Lekin qattiq berilib ketma, Visa Run tartibi o‘zbekistonliklarga nisbatan ham amal qiladi, ya'ni qo‘shni davlatda 6 oy ichida 3 oydan ko‘p bo‘lish mumkin emas.

***

11 oylik ayiq bolasi anomal sovuqdan qiynalib qolganida “Uzun” davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida topildi.  

“Qizil kitobi” ga kirgan ayiq vaqtincha Toshkent hayvonot bog‘iga olib kelinib issiqqina yerga joylashtirildi. Ayni damda ayiq bolasining ahvoli yaxshi.  

Anomal sovuqda ayiqlar uyquga ketadi. Bu ayiq bolasining ham onasi qattiq uyquda bo‘lgan, u esa  och qoliob onasidan nariga ketib adashib sovqotib qiynalib qolgan. Shuning uchun ham hozir uning vazni 18 kilogrammga teng, aslida esa u 35-40 kg bo‘lishi kerak edi.  

Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov tashabbusi bilan ayiq bolasiga nom qo‘yish uchun tanlov e'lon qilindi. Tanlov g‘olibi yil davomida Toshkent hayvonot bog‘iga bepul kirish huquqini beruvchi sertifikat bilan taqdirlanadi. 

Ayiqcha ko‘klamda  Uzun tumanidagi ochiq tabiat bag‘riga qo‘yib yuboriladi. Erkinlikni faqat ukrainlar emas ayiqlar ham sevadi.

Eltuz muxbirlari bu ayiq nomini tuzalboy bo‘lsin deb taklif bildirishdi. Tuzalib ketsin degan ma'noda.  

***

Bu Eltuz kanalidan so‘nggi 600 cekund ichida sizga yetkazmoqchi bo‘lgan xabarlarimiz edi. Kun davomida biz bilan qoling, kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
5 iyun 2020
Oh yoz, qanday soz! Mana, o‘lmagan qul siz bilan yana bir yozning boshida gaplashib turibmiz. Ëzni yaxshi ko‘raman. Shu ...
22 may 2018
Prezident kelib ketgach, andijonliklar yengil nafas olishdi. Bugun menimcha rahbarlar ham to‘yib uxlashgan bo‘lishsa kerak. Xalqimiz mehmondo‘st, mehmon kutib ...
16 oktyabr 2019
Qo‘shiqchi Jahongir Otajonovning ikki kun oldin olib qo‘yilgan ijodiy faoliyat uchun litsenziyasini «O‘zbekkontsert» 16 oktyabr kuni qaytarib berdi, lekin ...
12 may 2023
RT: Siz bilan  yana gurunglashish nasib etganidan ichimga sig‘may sevinib o‘tiribman.  MS: Nichiksizlar jollimisizlar mo‘chchi bika ham xo‘jik birrilar Bormisiz, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...