Asosiy mavzular
6 fevral 2023

600’30: Qamalgan talaba, 100 ming so‘mlik somsa, Turkiyadagi zilzila…

E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning 6 fevral, 30-sonini taqdim etadi.
+++
O‘zbek senati V'etnamlik mehmonlar dasturxoniga tortgan taomlar smetasi Eltuz tahririyatiga kelib tushdi. Fakturada oshqovoq somsaning bir donasi 100 ming so‘mdan harid qilingani yozilgan. Senatda Vetnam Sotsialistik Respublikasi Vitse Prezidenti Vo Txi An Suan boshchiligidagi delegatsiya dasturxoniga tortilgan bu qovoq somsa haqidagi hujjat rus tilida yozilgan. Senatdagilar bu smetani Rossiya hukumatiga otrabotka qilish uchun yozishdimi degan shubha uyg‘onadi.
+++
Siz ko‘rayotgan ushbu videoda esa xalq dardida kuyib yashaydigan O‘rta Chirchiq hokimining uyi aks etgan. Uy ta'miriga 200 ming dollar ketgani aytilmoqda.
Bundan sal avval tuman hokimi Ixtiyor Kosimovning otasiga yarim milliard so‘mlik yap yangi Hyundai Santa Fe avtomobili sovg‘a qilgani shov shuv bo‘ogan edi.
Bu daromad oylikka kun ko‘radigan tuman hokimining mulk deklaratsiyasida qanday aks etgani Eltuzga noma'lum. Eslatib o‘tamiz, hokimiyat organlarida ishlaydigan shaxslarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi taqiqlangan.
+++
Toshkentda Texnika universitetining 4-kursida o‘qiydigan 21 yashar talaba VKontakte tarmog‘idan ko‘chirib olgan diniy nashidani tarqatganlikda ayblanib sudlandi.
2023 yilning 30 yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining ochiq sud majlisida Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismining “g” bandi bilan ayblangan S. R. ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan berilgan 2022 yil 18 iyuldagi IP-1218-sonli xulosasiga ko‘ra, S. R. tarqatgan diniy qo‘shiq (nashida) aqidaparastlik g‘oyasi bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, bu kabi diniy materialni mamlakatimiz hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlanganligi ko‘rsatilgan.
Sudlanuvchi sud majlisida dastlabki tergov jarayonida qiynoqqa solinganligi haqida ko‘rsatma bermagan va vajlar keltirmagani rasman bildirilgan.
Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlik uchun qonunda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
+++
Toshkent-Olmaota avtoyo‘lining 570 kilometrida kuni kecha ichida 33 nafar o‘zbekistonlik va 18 nafar tojikistonlik bo‘lgan avtobus buzilib, to‘xtab qoldi. Ma'lumotlarga ko‘ra, sovuq jonidan o‘tib ketgan yo‘lovchilarni Qozog‘iston FVV xodimlari qutqarishgan, issiq joy va issiq choy bilan siylashgan. Qish chillasida Ostonaga ketayotgan yo‘lovchilar orasida go‘dak bolalarini ko‘tarib olgan ayollar ham bo‘lgan, keyinroq ular Chimkentdan kelgan boshqa avtobus bilan manziliga eltib qo‘yilgan.
+++
O‘zbekiston bilan savdo aloqalari to‘xtatilgani ortidan Hayraton portida afg‘on savdogarlarining mevalari chirib, nobud bo‘lmoqda.
Afg‘onistonlik savdogarlar yuk mashinasini bo‘shatish uchun Amudaryoga mevalarni tashlab yuborishga majbur bo‘lishayotgani aks etgan videotasvirlar tarmoqda tarqaldi.
+++
Tarmoqda tarqalgan yana bir videoda, bolalar maktabdan qaytaetgan paytida, moshinadagi noma'lum yigitlar olib ketmoqchi bo‘lishgani aks etgan. Lekin bolalardan birining oyisi oynadan ko‘rib qolib, baqirgan. Ota onalari militsiya orqali topishgan bularni. Ularning narkoman bolalar ekani, bolalarni organ donori sifatida sotishni ko‘zlagani iddao qilinmoqda. Hamyurtimiz Madinabonu Ismailova tarqatgan bu xabar qanchalar haqiqatligini bilmaymiz. Huquq-tartibot idoralari fuqarolar xavfsizligiga yanada jiddiyroq e'tibor qaratishadi deb umid qilamiz.
+++
Qozog‘iston poytaxtida kichkina qizcha tungi soat 3 da maktabga borgani tarmoqda shov-shuv bo‘ldi. Hodisaga qizchaning uyidagi buzuq soat sabab bo‘lgani aytilmoqda. Tun yarmida uyg‘ongan qizcha devordagi soat 7 bo‘lganini ko‘rib, kiyinib, maktabga ketavergan. Maktabning oldida ryukzakli qizchani ko‘rgan yo‘lovchilar politsiya  chaqirishgan. O‘quvchining ota-onasiga uning uydan chiqib ketganini politsiyachilar xabar qilishgan. Ular ma'muriy javobgarlikka tortilishgan. Xullas, hech kim qamoqda emas, lekin bundan buyon xushyorroq bo‘lishsa kerak.
+++
Turkiyada dahshatli zilzila ro‘y berdi. Zilzila magnitudasi 7,8 ballni tashkil etgan. Epitsentr G‘oziyontep yaqinida kuzatilgan. Ko‘plab uylar vayron bo‘lgan. Qurbonlar soniga xozircha aniqlik kiritilmoqda. O‘zbekiston qardosh davlatga ta'ziya bildirdi.
+++
Dubaydagi xususiy klinikalardan birida Pokistonning sobiq prezidenti Parvez Musharraf o‘ldi. 2001 yildan 2008 yilgacha Pokistonni boshqargan siyosatchi anchadan beri kasal ekani aytilmoqda. 79 yoshli Musharraf so‘nggi yillarda Birlashgan Arab Amirliklarida qochqinlikda yashab kelayotgan edi.
+++
Eron va Rossiya uchuvchisiz samolyotlar ishlab chiqaradigan qo‘shma zavod qurishni rejalashtirmoqda,  deb xabar berdi The Wall Street Journal nashri.
Zavod Rossiyada joylashadi. Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushi 2014 yilda boshlangan.  O‘sha yili Rossiya Qrimni bosib olgan, Donetsk va Lugansk viloyatlarida esa ayirmachilik urushini boshlagan edi. Biroq, boshi berk ko‘chaga kirgan cho‘zilgan urush va Ukraina armiyasiga mukammal harbiy texnikalar yetkazib berilishi bilan bog‘liq hodisalar Rossiyani Erondan dronlar sotib olishga va hamkorlik yo‘llarini izlashga majbur qilmoqda.
+++
«Verxniy Lars» punktida Rossiyadan Gruziyaga kelayotgan har qanday mashinani o‘tkazish taqiqlab qo‘yildi. Shimoliy Osetiya FVV ma'lumotiga ko‘ra, bunga Gruziya hududida ob-havo sharoitining yomonlashgani sabab bo‘lgani bildirilgan aslida esa buning boisini ko‘pchilik ikkinchi umumiy harbiy safarbarlik kutilayotgani bilan izohlashmoqda.
+++
Rossiyaning Leningrad viloyati Vsevolojsk shahridagi sobiq Ford avtozavodi o‘rnida boshqa bir shirkat ish boshlashi bildirildi. «Kommersant'» nashrining yozishicha, endilikda u yerda yog‘ochga ishlov beradigan korxona faoliyat yuritar ekan. Qayta ochilgan zavodda ishlab chiqarilgan yog‘ochdan kelgusida tayyorlanadigan ilk mahsulot yog‘och tog‘ora bo‘lsa ham ajablanmaymiz. Tog‘oramiz teshikku ahir deb yozgan edi ulug‘ rus shoiri.
+++
Yaponiyaliklarning 94 foizdan ko‘prog‘i shu kunlarda Rossiyani o‘zlariga do‘st mamlakat deb bilishmas ekan. Kyodo axborot agentligining Yaponiya hukumati o‘tkazgan so‘rov natijalariga tayangan holda xabar qilishicha, bu 1978 yildan beri Rossiyani xushlamaslik bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichdir. Xabarda bu yilgi ko‘rsatkich o‘tgan yildagidan ko‘ra 86,4 foizga oshgan.
+++
Litva tashqi ishlar vaziri Gabrielyus Landsbergis o‘z mamlakati Ukraina uchun havoga qarshi mudofaa tizimlarini sotib olishga 6 million yevro yig‘ib berganini bildirdi.
+++
Katta yoshdagi hind kinosi ishqibozlari Jeki Shroffni yaxshi bilishadi. 66 yoshli Bollivud yulduzi «Devdas», «Yolg‘iz qolganingda», «Muhabbatning g‘amgin qissasi» nomli ko‘plab kinolarda bosh rolni ijro etgan. Yaqinda u o‘zi haqida ko‘pchilikka ma'lum bo‘lmagan bir haqiqatni oshkor etdi. Bollivud yulduzining onasi o‘zbek ayoli ekan. Suratda Jeki va uning onasi Rita aks etgan.
+++
Shuningdek, O‘zbekiston manzaralari turkumidan. Metanga navbatda avtomobillar karvoni va Yirik yuk konteynerlari tashishga mo‘ljallagan Furada kelin tushirish marosimi videolari Eltuzga yetib keldi.
+++    
Bu Eltuz kanalidan so‘nggi 600 cekund ichida sizga yetkazmoqchi bo‘lgan xabarlarimiz edi. Kun davomida biz bilan qoling, kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang.

@eltuz

Tag‘in o‘qing
21 fevral 2024
Rossiyaning Voronej shahrida siyosiy arbob Vladimir Anishchev 2018 yilning 21 fevral kuni 82 yoshida o‘ldi. Anishchev 1991 yilgacha O‘zbekistonning ...
3 avgust 2018
Toshkentda Yo‘l harakati xavfsizligi nozirlari yo‘lda ro‘molli haydovchi ayollarni to‘xtatib, ularga chora ko‘rayotgani haqida xabar tarqaldi. Rassom Tuz O‘zbekistondagi ...
23 dekabr 2019
2015-2017 yillarda O‘zbekiston fuqarolarining “buzuqlar maskani” deb e'lon qilingan kvartiralari va uylarini ommaviy ravishda musodara qilish holatlarini o‘rganish muhim ...
25 aprel 2018
«Chegara bilmas muxbirlar» (RSF) tashkiloti 25 aprel kuni e'lon qilgan 2018 yilgi matbuot erkinligi indeksida O‘zbekiston o‘tgan yilgi 169-o‘rindan ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...