Catira
15 fevral 2023

Rassom Tuz: ShUBA

O‘rusiya shaharlaridan birinda bir qizaloq yashardi. Sochi sariq, ko‘zi ko‘m-ko‘k qizgina. Bir kuni shu qizning otasiga voenkomatdan povestka keldi. Otaning povestkaga ko‘zi o‘tmadi:
— Jin ursin! Meni ko‘zim minus sakkiz, tug‘ma porok serdtsaman, qichitma kasalim bor. Boz ustiga ploskostopie – yassioyoqman! Bu qandaydir oshibka!

Otaxon hujjatlarni olib, hassasiga tayanib, voenkomatga qarab yo‘rtdi.

O‘sha kuni otaxon uyiga qaytmadi. Ertasi kuniyam. Uch kun o‘tibam daragi chiqmadi.

Eridan xavotir ogan xotin bo‘lsa politsiyaga zayava yozdi: Bu qanday gap¸ qachondan boshlab ho‘kizday odam katta ko‘chada yo‘qoladigan bo‘ldi! Mana ariza, darhol qidiruv e'lon qiling!

«Alomatlari: Bo‘yi bir metr qirq santimetr. Hassaga tayanib yuradi. Lupaga o‘xshagan ko‘zoynagi bor. Qulog‘i kar, kal boshida yag‘ir shlyapasi bor. Jigarrang shlyapa».

Politsiyadagilar xotinning bu gapini eshitib, qog‘ozlarni titkilab, mana bu gapni aytishdi:

«Ey xotin ko‘p vaqillama. Manavi hujjatlarga ko‘ra, ering minoborona bilan dogovor qilib spetsialniy voenniy operatsiyaga ketgan. Menga unaqa baqrayma¸ urushga ketgan g‘alcha ukrop o‘rishga. Janjal qilsang, Rossiya qurolli kuchlarini obro‘sizlantirdi deb, qamab qo‘yamiz.

Xotin taqdirga tan berib, uyiga sho‘lpayib qaytdi.

Bir oydan keyin bu xotinni voenkomatga chaqirishdi :
— Xolajan gap bunday. Sizning shovvoz eringiz o‘rusiyat vatanimizni natsistlardan himoya qilaman deb, qahramonlarcha o‘ldi. Bo‘mba tushib tilka-pora bo‘libdi o‘ziyam. Manavi xalta ichida uning murda qoldiqlari. Tezda ko‘mivoring, sasimasin. Ammo xolaginam yaxshi xabar ham bor siz uchun – eringiz o‘lib, qayg‘urib ich etingizni yemasligingiz uchun syurpriz bor sizga — mana sizga shuba podarka. Issiqqina po‘stin. To‘rsiq terisidan bo‘lgan. Oldin bu shubani Xerson shahrida fashistlar kiygan. Keyin bizning qo‘shmachi o‘ris soldatlar borib, Ukrainani ozod qilib, Xersonni Rossiyaga qo‘shib tashadi. Bu shubani esa aziz o‘ris xotinlari uchun ukrainkalardan tortib olishdi. Po‘stinga ko‘z olaytirmasligi uchun Ukrainkalarni shtiknoj tiqib o‘ldirishdi. Endi bu shubaning egasi o‘ris xotin o‘laroq siz. Yaxshi kunlarda kiying.

Xotin lorsillagancha shubani uyiga obkeldi. Ko‘zguni oldida turib, shubani kiyib, o‘zini aynakka soldi. Butun kecha shubani kiyib, rasmlarga tushib, «Odnoklassniki» va «V kontakte»ga qo‘yib maqtandi. Balki qimmat shuba kiygan bu xotinni erkaklar ko‘rib xovos qilib uylanar degan ma'noda qosh qoqib, ko‘z suzdi.

Kech kirdi. Ona va qiz uyquga yotishdi. Birdan yarim oqshomda qiz dahshatli qichqiriq va faryodni eshitdi:

— Slava Ukraine! Geroyam Slava! Ukrainaga shon sharaflar bo‘lsin!!

Qiz qarasa shuba onasini bo‘g‘ayotganmish. Buni dahshatli tush deb o‘ylagan qiz ortiga ontarilib uyquga ketdi.
Ertalab qarasa, onasi o‘lib yotibdi. Qiz politsiyaga telefon qildi. Bir pasda mentlar yetib keldi :

— Qizaloq sen onangni kim o‘ldirganini bilasanmi. Ko‘rdingmi ?

Qiz ko‘zlarini katta katta ochib :
— Ha ko‘rdim. Onamni ukrainskaya shuba o‘ldirdi. Bu shubani voenkomatdan berishuvdi Ukrainada o‘lgan otam uchun.

Politsiya qizga ishonmadi va qizni jinixonaga topshirvorishdi.

Shuba bo‘lsa kvartirani sotib pulini Ukraina armiyasiga perechislit qilib o‘tkazvordi. Keyin esa shinel kiyib Chelyabinskdagi voennыy zavodni po‘rtillatish uchun ketdi. Xabarlarda ko‘rgan bo‘lsangiz, ashi zovutni po‘rtillaganini. Tak chto‘ buni shuba qildi.

Xullas: O‘ris opa va o‘risqullar, o‘g‘irlangan shubalarni tekinga berishsa ham omang. Kechqurun bu shuba sizni bo‘g‘ib o‘ldiradi. Mendan oytish!

@rassomtuz

Tag‘in o‘qing
15 noyabr 2016
O‘zbekistonda 4 dekabrda o‘tadigan saylov har galgidek cho‘ntak partiyalarning o‘zaro kelishuvi natijasida o‘tishi aytilmoqda. Birorta partiya hokimiyat tepasiga kelishni ...
24 oktyabr 2022
Olmaotadagi tumanlararo tergov sudi 7 oktyabr kuni O‘zbekistonda separatizmda gumonlangan qoraqalpog‘istonlik Ziuar Mirmanbetovani hibsga olish haqida qaror chiqardi.Bundan oldin ...
16 fevral 2017
Rossiya matbuoti, 14 fevral kuni Kaliningrad aeroportida yonida 15 kg quruti bo‘lgan O‘zbekiston vatandoshi ushlangani haqida xabar berdi. Ma'lum ...
29 yanvar 2016
O‘zini “Millat peshvosi”, xotinini “Islom ayollari peshvosi”, o‘g‘lini korruptsiyachilar peshvosi qilib belgilagan Imomali Rahmon qizi Ozodani prezident ma'muriyati rahbari ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...