Asosiy mavzular
10 mart 2023

RTdan va'z: Ikki ko‘prik orasi

Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. 

Matchon Suqilish: Nichiksizlar mo‘chchi oybika ham xo‘jik birrila?

Matchonboy, sen yaxshilik va yomonlikning farqini bilasanmi?

Matchon Suqilish: Ovong og‘o.  Yaxshig‘a qilsang yaxshilik ham oytodi ham qoytodi. Ëmona qilsang yaxshilik na oytodi na qoytodi.  O‘zi bu  manglayi qorolar yoxshiliqo yomonliq atadi. Barmoqingni barsang dirsakina do‘ng yutodi. 

Ikki ko‘prik orasidagi donishmand o‘giti

Bu rivoyatni Qo‘shko‘pirda aytib berishdi. Qo‘shko‘pir bu ikki ko‘prik degan ma'no beradi. Bir kuni keksa donishmand bu ikki ko‘prik o‘rtasida ketib borar edi. Ortidan bir odam kelib «Ey, donishmand sen yaxshilik qilgan kimsa seni haqorat qilyapti» dedi. Donishmand o‘zini eshitmaganga solib, yo‘lida davom etdi. Keyin yana bir odam kelib «Sen qo‘ylaringni ishongan odam aslida qashqir ekan. Sening molingga hiyonat qildi» dedi. Donishmand bu gapni ham eshitmaganga solib, yo‘lida davom etdi. Bir ozdan so‘ng uchinchi odam «bu ikki odam yovuzligiga nega befarqsan» deb so‘radi. Donishmand charchagan edi. Yo‘l chetidagi toshga o‘tirdi. Shu yerda ikki kalamush o‘ligi yotardi. Donishmand xassasi bilan yerni o‘ydi va shu o‘yiqqa kalamush o‘ligini xassasi bilan surib, ustidan tuproq tortib oyog‘i bilan bosib qo‘ydi. 

Odamlar donishmanddan izox kutishdi. 

«Kalamush o‘ligi sasiyotgani sizni hayratga solmaydi. Chunki o‘lik kalamushning chirib sasishini tabiiy deb bilasiz» dedi donishmand. «Sal sabr qilsangiz, bu o‘lik tuproqqa qo‘shilib ketadi. Tuproq bu najosatdan bizni qutaqaradi. Ammo bunga ozroq vaqt ketadi» Odamlar bo‘lsa «Ustoz biz tushunmadik. Sizning yaxshiligingizga yomonlik qilgan tuxmatchi va omonatingizga hiyonat qilgan palidning bu kalamush hikoyasi bilan nima bog‘liqligi bor» deb so‘rashdi.  Damini olib bo‘lgan donishmand o‘rnidan turib ikkinchi ko‘prik tarafga qarab jimgina yurdi. 

Odamlar uning ortidan ergashib mujda kutishdi.

Donishmand yo‘l yo‘lakay gapirib ketardi.»Odatda oldin jinoyat qilinadi, keyin esa jazolanadi. Bu ikki palid butun yomonliklari uchun jazoni oldindan olishgan» 

Odamlar bo‘lsa «tushunmadik, aniqroq gapiring» deyishdi.

Donishmand dedi «Menga tuhmat qilgan odam yetim o‘sdi. Yaratgan uni ota mehridan judo qildi. Yaxshi yemadi, kiymadi, baxil, yolg‘onchi va ichi qora bo‘lib ulg‘aydi. U zoxiran erkak bo‘lib tug‘ilgan bo‘lsa ham erkaklik kuchidan maxrum hezalak edi. U «balki erkaklik yuqar» deya erkaklar bilan ham yotib ko‘rdi. Ammo foydasi bo‘lmadi. Nomiga uylangan xotini undan nafratlandi. To‘shagiga begona erkaklarni olib kelib, shu xo‘jako‘rsin eriga oshkora hiyonat qildi.  Tuhmat qilgan odam shu tariqa jazolandi. Keyin u  xotinimni o‘ldirib bering, deb boshqa erkaklarga iltijo qilish asnosida tahqirlandi. Ëlg‘on gapirish va bu yolg‘oni fosh bo‘lishidan qo‘rqib yashadi. Qashshoqlik uni doim ta'qib qildi. Pul uchun har narsaga tayyor tilanchiga aylandi. U hali qilmagan qilmishlari uchun o‘n karra qattiq jazoni chekdi. U xuddi chiriyotgan kalamush kabi. Sal shoshmay tursang, chirib tuproqqa qo‘shilib ketadi. Bu jarayonga biz aks ta'sir qila olmaymiz. Balki hassamiz bilan ustini ko‘mib qo‘yamiz xolos» dedi donishmand va yo‘lida badar ketdi. Odamlar uning orqasidan yurib «Qo‘ylaringni yegan qashqir haqida nima deysan» deb so‘rashdi. Donishmand «U ham oldindan jazosini olib bo‘lgan» dedi.

Shu yerga kelganda odamlar orasidan biri chiqib donishmandning gapini tasdiqladi. Donishmand moliga hiyonat qilgan odam qamoqda zo‘rlangan va o‘z qizini boshqalarga peshkash qiladigan pastkash edi.

Odamlar donishmand hassasidan qolgan o‘yiqqa ko‘milib chirishda davom etayotgan ikki kalamush o‘ligiga qarashdi. Bu ikki jasad donishmandga yomonlik qilgan ikki paliddan ko‘ra yaxshiroq ko‘rinardi. 

MS Og‘o indi, Qissadan hissa novvi bo‘ldi?

Jazosini oldindan o‘taganlarni jazolashga hojat yo‘q. Ular kalamush o‘ligi kabi bir muddat sasib yo‘q bo‘ladi.

MS: O‘tgan guni 8 mort xotinlani guni bo‘ldi. Bizara kim yoqmoso xotinak dap so‘kamiz. Shu beram navchun garak. Masalan, Gondurasda binnin beram yo‘q.

O‘zbek xotin qizlari qo‘lidagi kishan haqida

Kuni kecha «zanjirimizni uzaytirib bering» deya prezidentga iltijo qilingan iltimosnomaning boshida imzosi turgan takfirchi diniy propagandist Mubashshir 8 mart arafasida xotin qizlarni kamsituvchi iqtibos post qo‘ydi. Bu uning xotin qizlarni kamsituvchi ilk posti emas. Bu xotin dushmani va uning ko‘rmuridlariga shuni eslatib qo‘ymoqchiman. O‘zbekiston konstitutsiyasida xotin qizlar va erkaklar teng huquqli deb o‘qlog‘day qilib yozib qo‘yilgan. Bu nima degani? Bu degani notarius, sud yoki umuman jamiyatda bir xotinning guvohligi bir erkakniki bilan bir xil deganidir. Erkaklar xotin qizlarni kontrol qilib yuruvchi politsiya emas, deganidir. Yuz balki ming yillar davomida erkaklar jamiyati xotin qizlarni kamsitib xo‘rlab keldi. Ular ojiza deya oyoq osti qilindi. Xorazmda xotinni nochor deyishadi. Shovot va Monoqda «tiylik» (taglik yani erkak ostida yotadigan) deyishadi. Qoraqalpoq tilida esa nochor degan so‘z xotin qiz degan ma'noda rasman lug‘atga kirgan.  Kulol, ko‘nchi, temirchi kabilar irimiga ko‘ra ularning do‘koniga xotin qiz oyoq bossa «baraka ketarkan». Avtobuschi yoki taksistlar va tujjorlar kun boshlanishidagi ilk klienti xotin qiz bo‘lishini istashmaydi. Bu diyorlardagi oddiy aholi ham, mafkura, din va davlat ham ming yillar davomida xotin qizlarni kamsitib oshoqlab kelgan. Bu jamiyat zexniyati o‘g‘il bola tug‘ilsa «davlat qushi» qiz bola tug‘ilsa «ko‘ngil hushi» deb qaraydi. Ketma ket qiz bola tug‘ilsa «To‘xta» deb ism qo‘yadi. Turkmanlarda qiz bola ismlarida o‘g‘il bolalar ulug‘lanadi. «O‘g‘iljon», «O‘g‘ilkiyik», «O‘g‘ilbo‘lsin» Menimcha, bu odat boshqa turk ellari hususan qozoq qipchoqlarda ham bor. Bu zehniyat yaratgan maqollar absolyut regressiv. «Qiz saqlaguncha, tuz saqla», «Xotin boshlagan to‘y tarqaydi», «Qizini urmagan tizini (tizzasini) uribdi» va hokazo. To‘qilgan rivoyatu asotirlar ham xotinlarni kamsitishga qaratilgan. Masalan, Amir Temirning xotini Bibixonim haqidagi rivoyatda xotinlar xuddi bo‘yalgan yumurto (tuxum) kabidir. Usti har xil bo‘lsa ichi bir xil degan xulosa beriladi. Bunday rivoyat asotir, maqolu matallardan to‘yingan o‘zbek erkagi kunora xotinini do‘pposlaydi, kamsitadi. O‘roq, ketmon, bolta, pichoq, ketmon, g‘isht, lom bilan urib o‘ldiradi. Keyin esa «erkakman» deb jun bosgan ko‘kragiga shappatlab o‘tiradi. Umuman biror noto‘g‘ri ish qilgan odamga qarab «bu erkakni ishi emas» deb dakki beriladi. Nega? Xotinlar faqat yomon va noma'qul ish qiladigan yaratiq erkaklar esa faqat yaxshi ish qilishi kerak bo‘ladigan ijobiy maxluqmi? Aslo unday emas. 

Bemaza onalar o‘g‘illarni qizlaridan ustun qo‘yishgani bois, millionlab savodsiz, joxil qo‘lidan ish kelmaydigan latta erkaklar suruvi shakllandi. O‘zi uchun o‘l yetim bo‘lib, jamiyat, din, mafkura va davlatdan yordam kutmagan aksar o‘zbek  qizlar esa yaxshi o‘qib, chet tillarni o‘rganib o‘qishlarga kirib o‘zligini topishdi, boy badavlat bo‘lishdi. (Noshud latta qashshoq o‘g‘liga yaxshi ishda katta oylik oladigan qiz aberaman degan ona va sovchilar tizimi shakllangan shu kunda) Erdan ajragan xotinlar bu urod chmo erdan  aliment kutmay, o‘zini o‘tga cho‘qqa urib, pul topib bolasini boqmoqda. Aliment to‘lamaydiganlar armiyasi esa putinparast arabparastga aylanib, ismomutda is chiqsa borib, tekin osh ko‘rsa o‘zini urib yuribdi. O‘zbek xotin qizlari va ularga erkaklar munosabati haqidagi kartina xuddi shunday. 100 yil oldin jadid shoir Xamza aytgan gap bugun ham aktual.

Keldi ochilur chog‘ing o‘zliging namoyon qil

Parchalab kishanlarni har tomon parishon qil

Matchon Suqilish: Do‘g‘ri oytosiz og‘om. 

Xotin haqlari kuni

Said Ahmad hikoyalaridan birining qahramoni mog‘or hidi anqigan yarim qorong‘u ishxonaning tund va badqovoq xo‘jayini 8 mart kuni o‘z kotibasiga atir va qizil gul hadya qiladi.

Doimo nos rang kitel kiyib yuradigan bu rangsiz kimsa o‘z kotibasiga ishxona degan rutubatxonadan yarim soat oldin ketishga ham izn beradi.

Xo‘sh, 8 mart ayollarga isli suv va qirmizi chechak hadya qiladigan kunmi.

8 mart ayollarning haq-huquqlar bayrami emasmi.

Ayollar nafaqat teng, balki ko‘proq huquqga ega bo‘lsin, deyishadi G‘arbdagi feministlar.

Feminist kalimasini hali bilmagan paytimda bu so‘zning mazmunini anglaganman.

Birinchi feminist

Olloh rahmatiga qovushgan buvim Maryamjon bibi men uchun birinchi feminist edi.

Bobom Matnazar buva urushdan yarimjon bo‘lib kelib, qazo qilganidan keyin buvim birgina qiz (mening onam) bilan beva qoldi.

Qiz bo‘yiga yetib, turmushga berilganida buvim elga osh qilib beradi.

Urushdan keyingi muhtojlik yillarida to‘y-ma'rakalarda osh avaliga erkaklarga tortilar, erkaklar oldidan qaytib chiqqan sirqindi osh esa ayollarga berilar edi.

Bu holat buvimning nafsoniyatiga tegar va bu holatni mutlaq kamsitilish hisoblar edi.

Bosmaxonada ishlab yaxshigina oylik oladigan buvim onamning to‘yida ikki qozon osadi.

Bir qozon faqat ayollar uchun edi.

Oshpaz amaki palovni damlab kapkirni ayollar qo‘liga beradi. «Mana osh ham, kapkir ham sizga!» deydi.

Qozondan hozirgina suzilgan osh nasib bo‘lgan xotinlar bu tadbirning qadrini bilib, buvimga rahmatlar aytishgan. Bizni ham odam hisoblashar ekan, bizni-da qadrimiz bor ekan deb…

Hozirgi til bilan aytilganida, buvim qilgan ish xotin-qizlar haqlarini himoya qilishga qaratilgan tadbir edi.

 8 mart xotin-qizlar haqlarini himoya qiladigan kun esimga tushgani qadim turkiy maqol bo‘ldi. O‘ksiz o‘z kindigini o‘zi kesadi. Xotin qizlar o‘z huquqini o‘zlari tanisa, keyin boshqalar taniydi.

MS: Og‘o, ishitdingizmi bir suri yosh bolloni tutib qomob toshbdilo!

RT: Toshkent so‘nggi 100 yil ichida eng o‘rislashgan shahar bo‘lib qolmoqda. Hatto dunyodagi barcha shovinist sovetparast o‘rislarga o‘lat tegib o‘lsayu faqat Toshkentdagi o‘ris tilli aholi qolsa, o‘ris illatini qayta tiriltirishga yetadi. Toshkentdagi yejkovu chernogaevlarda rus qabohatining butun illati kontsentratsiya bo‘lgan. Rus bosqinchisiga butxona qurgan shahardan nimayam kutiladi. Sal sho‘rva yuziga chiqqan toshkanlik birinchi imkoniyat bo‘lishi bilan o‘z bachasini o‘ris maktabga tiqadi. 1991 yili Rossiya Lenin g‘oyalaridan voz kechganida ham toshkentlik rusiyzabonlar  lenin, pioner va oktyabryat g‘oyalariga ashaddiy sodiq qolishgan. Xoziram shunaqa. Toshkent viloyatidagi xovlida bir opoqi Stalin haykalini o‘rnatibam qo‘yibdi. Bu kirish so‘zi edi. Asosiy gapga o‘tsam. Xabarlarda Amir Temur haykali yonida «anime» uslubida kiyingan bolalar parad qilgani va ular olib ketilgani aytildi. Birinchidan, o‘ris maktabdagi putinparast mallimlar propagandasidan zaxarlangan bolalar bu. Ikkinchidan, ular anime emas, balki rus fashist RYeDAN ChVK guruxiga sig‘inadigan to‘da. Milisaning qo‘li dard ko‘rmasin, bularni qamab tashagani uchun.  Bu yoshlar sevadigan yapon subkulturasi anime emas. Bu rossiyskiy ChVK redan. Ukrainada go‘daklarni o‘ldirayotgan chvk Vagnerning pioner tashkiloti. 

Prigojin SNG yoshlari miyasini zabt qilmoqchi. (O‘ris maktablarda Prigojinchi mallimlar tiqilib ketgan)  

O‘zbek maktablariga sizib kirgan Rossiya fashistlari bilan kurashish kerak. 

Rossiyu BMT tarafidan terrorchi davlat deb e'lon qilingan.  Kreml va Putinni sevib, ko‘yida konchat qimoqchi va kelajakda otrabotka qimoqchi bo‘gan o‘zbek rahbarlari million marta o‘ylab ko‘rsin. Spid va sifilisga chalinishi xolva bo‘ladi ularga. 

Biz terrorizm va Rus fashizmi bilan kurashishimiz kerak. 

Shonli Valeriya Novodvorskaya opa aytganidek, bugun rus tili va har qanday rus g‘oyasida xatar bor.

MS: Og‘o ishitdingizmi Madturvazirlik yoshullisi o‘ris artislani chog‘irib galibdi O‘zbekistono.

Putinqullarning «Jara» kontserti Yangi O‘zbekistonda?

Putinqullarning «Jara» konserti Yangi O‘zbekistonda?

Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston mustaqilligi dushmanimi?  Aynan shu kimsa «SSSRni tiklayman degan o‘siroqlarning Putin propagandon kontserti»ni Toshkentda o‘tkazishga izn berdi.  Oldin bu kontsertni Qozog‘istinda o‘tkazishmoqchi edi ammo qozoqning azamat vazirlari ruxsat bermadi. Bizning umurtqasi qamag‘da sindirilgan chinovniklar o‘risni og‘a deb allada aziz to‘rvada mayiz qilib olib kelishyapti. Kelayotgan artslar ichida Leps degani bor. Bu shumg‘iyaga Yevropa Ittifoqi tarafidan sanktsiya joriiy qilingan. 

Vatan xoinlari va sotqinlar hukumatga in qurib olib O‘zbekiston mustaqilligiga real xavf solmoqda.

MS: Bularni o‘lchamaka lineyka garak

Lineyka

Lineyka degani ustiga santimetrlar yozilgan chizg‘ich. O‘lchov olati. Bu chizg‘ich o‘zbek o‘qituvchisi uchun jazolash quroli vazifasini ham o‘taydi. Ikkichi bollarning qovoq kallasiga lineyka bilan solish joiz qilingan. Gitler davrida lineyka bilan odamlarning burnini o‘lchashgan. «Oriy irqmi, xo‘jami, sayidmi» ekanligini aniqlash uchun. Bu lineyka bilan toliblar erkaklarning soqol uzunligini o‘lchashadi. Erondagi inqilob posbonlari bu lineyka bilan avrat, ahloq va ma'naviyat uzunligini  o‘lchashadi. Qatortoldagi g‘arlar o‘z o‘ynashi olatini lineyka bilan o‘lchagani ham videoga chiqib ketgan. O‘zbekiston Xalq ta'lim tizimi ichiga sizgan va o‘zlarini avratu ma'naviyat posbonlari deb bilgan taviyalar shu Erondagi posbonlardan ilxom olsa kerak. Toshkentdagi 181-maktab o‘quvchilari «Za dengi, da» qo‘shig‘iga klip olishdi. Qo‘shiq mazmunidan kelib chiqib print qilingan soxta dollarlarni videoda sochishdi. Shundan so‘ng, qo‘liga adab cho‘pi ushlagan poytaxt XTBB ularning ota-onalari jarimaga tortilishini aytdi. Nega? Masalan o‘quvchi qizlar maktab spektaklida alvasti rolini o‘ynasa, ular alvasti sifatida jazolanadimi?  Xalq ta'lim tizimiga sizgan tolibonbasharalarning sariq chaqalik ayblovi inobat bo‘lmadi. O‘quvchi qizlarning TikTok`dagi videosida huquqbuzarlik aniqlanmadi. XTBB bayonoti asossiz bo‘lib chiqdi.

MS: Shu lineykani bir metrligini topib, kraetiv o‘quvchi qiyzloni ijodina meshayt qilgan XTBB dagi eshshaklarni savalash garak.

RT: Joriy yilning yanvar, fevral oyida O‘zbekiston Madaniyat va Turizm vazirligidan litsenziya olib ishlayotgan bir nechta san'atkorlar ustidan ikkita jinoiy va to‘rtta ma'muriy ish ochilgan. «San'atkor»lar diniy radikalizm va ekstremizmda ayblanishgan. O‘zbek san'atkorlaridan beshtasi o‘z bolasini noqonuniy diniy xujraga  bergan. Misr Arab Respublikasidagi ekstremizm markazlariga ham o‘z farzandlarini joylashtirgan «san'atkor»lar nazoratga olingan. Eltuz tasarrufida birgina Uchtepa tumanidan o‘nlab o‘quvchilarning noqonuniy kanallar orqali Misrdagi radikal ekstremistik xujralarga olib ketilgani haqida hujjat va ro‘yxatlar bor.  Toshkentdagi maktab direktorlari esa  pul evaziga bu  o‘lik jon o‘quvchilar «davomatini» yuritib, go‘yo O‘zbekistonda o‘qiyotanday qilib qo‘yishgan. (Direktorlar shu kunda nazoratga olindi) Misr davlati istixborat xizmati O‘zbekistonga bu noqonuniy hujralar haqida bilgi bergani ortidan keng ko‘lamda tekshiruv ishlari boshlandi. Ota onalar «o‘lsam janozamda qiroat qilsin» deya bolalarini Misrga yuborishgan. Oralarida qizchalar ham bo‘lgan bu go‘daklarning jinsiy tajovuz nishoni bo‘lgani haqidagi ma'lumotlar ham tekshirilmoqda.

MS: Og‘o lekin shu negativ koment yozib, ikki gapni birinda go‘tla haqqinda so‘riydonlo ko‘paydi

Sublimatsiya haqida

Odam ichiga yashiringan istakning o‘zga shakldagi ifodasi psixologik sublimatsiyaga misol. Masalan bachchavozlikka moyil yoki yashirin besoqolboz bo‘lgan odam qanday shaklda bo‘lsa ham bu haqda fikr bildirishni istaydi. Kosmik kema yoki kibernetika haqidagi maqola tagiga ham bachchavozlik yoki hamjinsbozlik haqida (qoralab bo‘lsa ham) yozib qo‘yaadi. Shu tariqa u o‘zini fosh qiladi. Oldinlari bu toifa odamlar tualet devorlariga yozishardi. Internet kashf qilinganidan keyin maqolaning izoxlar qismi ular uchun «ifoda maydoni»ga aylandi. O‘z istaklarini yashirmay, ochiq yuradigan g‘arb jamiyatida bu xolat deyarli ko‘zga tashlanmaydi. Ammo istaklarini yashirishga majbur qolinadigan O‘zbekiston kabi jamiyatdagi «ozchilik» o‘zlarini ifoda qilish uchun tualet devori bo‘lsa ham sevinadi. Odatda geylarni so‘kadigan gomofoblarning o‘zlari, agar yaxshilab tekshirilsa, ayni jinsiy ozchilik vakili bo‘lib chiqadi. Sublimatsiya an'anaviy tarzda askiyada o‘z ifodasini topadi. Askiya paytida «Gulmisiz, rayxonmisiz» degan mavhum shaklda kap katta erkaklar o‘zlarining besoqolbozlik yoki bachavozlik orzu istaklarini ifoda qilishadi. Har gapining ikkinchi jumlasiga «geylar» haqida qistirib ketadigan gomofob diniy ulamolarnig bachchavozlikka moyilligi yoki yashirin gey ekanligini «shahar katta bo‘lsa ham» bilishadi. Umuman bular ochiqqa chiqib o‘z istaklarini erkin bayon qilishsa, maqolalar ostidagi oftopik komentlar ancha kamaygan bo‘lardi. Sublimatsiya (nemischa. Sublimierung) ifodasini aniqlab uni yozgan odam orintatsiyasi haqida tashxis qo‘yishni Zigmund Freyd tadqiq qilgan. Qissadan xissa shu. Kim agar traktor yoki kosmik kema haqidagi maqola ostida «geylar» haqida koment qoldirsa bilinchki bu odamning yashirin istagi bor.

MS: Og‘o ina bir suri odomlo prezidenta yozib, biza indi ulloydiq qapasimizni ulliroq atib baring dab yolvorip yoqoripti…

Erkinlik nima o‘zi?

Menimcha erkinlik birov beradigan narsa emas. Balki sendan hech kim tortib ololmaydigan narsa.

 Jamoat bosimi va rejimlardan erkin bo‘lish – bu doimiy faollikdir. 

Hamma qirol kiyimini maqatayotgan paytda uning yalang‘och ekanligini ayta olish uchun odam erkin bo‘lishi kerak. 

Erk so‘zi va erkak so‘zi  orasida o‘xshashlik bor. 

Salomlashganda Assalomu alaykum deydigan no‘xcha (chechen)lar xayrlashganda «Erkin bo‘l» deydi.

 So‘z erkinligi. Ifoda erkinligi. Sayoxat erkinligi. Yurish-turish erkinligi.

Erkinlik nimaligini shoir Paxlavon Maxmud bir jumlaga joylagan. 

«Kim agar ozoddir-ul shoddir» Paxlavon Maxmud erkinlikni sevgan va minglab odamlarga eriknlik  bergan filosof edi. 

Paxlavon Maxmud Xindistonda qullikda bo‘lgan minglab xorazmliklarini ozod qilgan juvonmarddir.

Erkinlikka qovushgan bu odamlar minnatdorlik ramzi sifatida  Xiva shaxrini kesib o‘tadigan kanal qazib berishdi. 

Kanal  Paxlavon Maxmud nomiga qo‘yilgan. 

«Polvon yop» deb ataladi. Bugun ham shu kanaldan suv oqib turibdi.

Davronda ko‘p ko‘zni men giryon ko‘rdim,

Neki balo bo‘lsa, beomon ko‘rdim.

Nuh-ku ming yil yashab ko‘rdi bir to‘fon,

Men Nuh bo‘lmasam ham ming to‘fon ko‘rdim.

MS Sho‘rda to‘xtab yonqi gapni oyting

Assalom O‘zbekiston juma muborak. 

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
31 may 2023
29 may kuni Toshkentdagi Grand Mir mehmonxonasida O‘zbekiston “jinoyat olami” vakillarining “sxodka”si bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistondagi yagona “vor v zakone” ...
30 noyabr 2023
Turkiyaning Sakarya shahrida fohishalik bilan shug‘ullangan 49 nafar o‘zbekistonlik xotin qo‘lga olindi. Qayd etilishicha, Sakarya viloyat politsiya boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash bo‘limi Axloq byurosi guruhlari, Sakarya Bosh prokuraturasi boshchiligida joriy yilning 25 noyabr kuni kechqurun Sakaryaning Qorasu tumanida 10 ga yaqin manzilda reyd o‘tkazgan.   Operatsiya davomida jami 61 nafar ...
14 iyul 2016
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan parlamentga saylangan deputatlar o‘n kuncha o‘z saylov okruglarida bo‘lib, saylovchilari bilan uchrashgan. Bu uchrashuvlarda ular ...
13 iyul 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...