Asosiy mavzular
24 mart 2023

RTdan va'z: Rus qanday arqonlandi

Mana xafta charxpalagi aylanib yana siz qora ko‘zlar bilan birgaman. Tog‘ tog‘ bilan uchrashmaydi.  

MS: Odom odom bilan uchrashadi. Lekin hamma odamgarchilikdan chiqib it ashaka oylonib getgan yurtda kim bilan uchrashasiz. Oynog‘o qorob juk disizmi yoshulli.  

RT: Matchonboy, sen bilan ro‘za oyida o‘tiribmiz. Ramazon oyining birinchi jumasi bugun. Bu oy shaytonlar arqonlanadigan, odamlar nafsini tiyasidan oy.   

MS: Og‘o, inoshu oyda mongloyi qoro o‘risni orqonlash garak. Haddinnan oshdi, Xonasinda oqsin.   

RT: Matchonboy, 15 asrda yashagan Turkiston rassomi “Rusning arqonlanishi” degan rasmni chizgan. Bu miniatyura rasmda soch soqoli o‘sib atrof jonibga xatar solayotgan o‘risni jumbul jamoat bir bo‘lib arqonlab turgani aks etgan.

Rossiyaning Ukrainaga bosqinchilik urushi ochganiga ham mana bir yil oshdi. 2022 yil 24 fevrali ko‘pchilik uchun unutilmas kun bo‘lib qoldi.  

Bir yil o‘tdi, ammo urush tugashini ko‘rsatadigan biror nishon yo‘q. Shu bois butun dunyo rus qabohatini arqonlashi lozim. Xuddi quturgan itni zararsizlantirgan kabi.  

MS: Ovong og‘o. O‘risni ming moxtosangom go‘zzi go‘k.

Qoqilish

RT: Xorazmda bir maqol bor «qoqilishda qozoq o‘libdi» degan. «Qoqilish» bu bozordagi tiqilinch to‘polon. Odatda Xiva bozorida qozoq deyarli bo‘lmaydi. Adashib bitta qozoq adashib kelib qolgan bo‘lsa, aynan u bozordagi to‘polonda oyoq tagida qolib o‘lgani haqidagi rivoyat bu. Bu rivoyatdan kelib chiqadigan xulosa o‘risda  ishlab yurgan o‘zbek yurtdoshlariga asqotadi. 

O‘ris TBni ko‘rib zombiga aylangan o‘zbeklar voenkomatlarga ariza yozib borib «Ukrainada odam o‘ldirsak, bir ikki tangalik bo‘lamiz» deb xomtama bo‘lib yurishibdi. 

Urush Rossiya mag‘lubiyati tomon davom etmoqda. G‘arb davlatlari keyingi davrda Ukrainani qo‘llashga bel bog‘lagan. Ukraina yaqin 12 oy ichida tag‘in 1 million snaryad oladi. Bu degani Rossiya Ukrainaga bir million askar jo‘natgan taqdirda ham jon boshiga bittadan snaryad yog‘iladi deganidir. Bu haqda Yevropa diplomatiyasi tashkiloti rahbari Xosep Borrel tomonidan bildirdi. Tegishli reja Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tomonidan tasdiqlangan. 

Shuningdek, AQSh Ukrainaga HIMARS aslahalari, HARM raketalari, tankka qarshi qurol aslahalar va o‘q-dorilar hamda daryo katerlarini o‘z ichiga olgan yangi 350 million dollarlik harbiy yordam paketini berdi. Shvetsiya Ukrainaga yana sakkizta Archer artilleriya moslamalarini jo‘natadi, – Bu haqda Shvetsiya mudofaa vaziri bayonot berdi. Shvetsiya Archer ya'ni nomi kamonchi deya tarjima qilinadigan eng mukammal artilleriya tizimini ilgari ham Ukrainaga yetkazib bergan.

Shimoliy Makedoniya esa Ukrainaga to‘rtta Su-25 hujumchi uchog‘ini berishga qaror qildi. Bundan tashqari, Kievga 12 ta Mi-24 vertolyotini taqdim etish masalasi ham ko‘rilmoqda. Bu haqda  Defence Express nashri xabar bermoqda.

Shuningdek lend liz asosidan Amerikaning Abrams, Germaniyaning Leopard tanklari kolonnasi yo‘lga chiqdi.

Bu yoqda esa yuzlab orsiz o‘zbeklar Rossiyadan Ukrainaga bosqinchilar safida borib it o‘limida o‘ldi. Tirik qolganlari esa sharmandalarcha asir olindi.

Yurtdoshlar sizlar qizishib razborkaga aralashib ketmang. Erta indin  Putin ontarilib urush jinoyatchilari so‘t qilinib xarbiy jinoyatchi sifatida oyog‘idan dorga osilib tagidan o‘t qo‘yiladi  Sizlar bilib bilmay biror tarafda bo‘lib qolsangiz oyoq tagida qolib o‘lmang deymanda. 

MS: O‘zbekni joni qotti bo‘ladi. Ina amdollivilon xotinlarimiz uchdan do‘rtdan do‘g‘ib duribdi. Bir ikkisi o‘lgani bilan kamalib qolmiydi xalqimiz.

RT: To‘g‘ri ko‘p sonli elmiz. Yaqinda 40 million bo‘lamiz. Lekin baribir jigarimsiz. O‘lmay turing. Bollaringiz yetim, xotiningiz tul qolmasin. Aziz mamlakatning aziz farzandi bilib qo‘yki seni vatan kutadi!!! 

Bu gaplarni yozib tursam xabar keldi. Rossiyaning Saratov  viloyatida  moshinlar qoqilishganda hamma yarador bo‘lgan, ammo bitta o‘zbek til tortmay o‘lgan. Rasmda esa Ukrainaga yollanib borib it o‘limida o‘lgan samarqandlik Bobur va Shaxriyor. 

Xissiyotlarni jilovlash

Ramazon oyining juma kuni pasportiga qashshoq deya yozilgan ulus oldiga chiqib gapirarkan, aynan ro‘za oyi bo‘lgani uchun ham hissiyotlarimni jilovlashga urinaman. Bu hissiyotlar millionlagan o‘zbeklarning o‘risqulga aylanib, mustamlakachi Rossiya va bosqinchi Putinni olqishlaganidan kelib chiqdi.

Ikkinchidan esa, rus propagandonlari Toshkentda o‘zlarining orqa xovlisida yurgan kabi ishtonsiz sayr qilmoqda.

Matchon Suqilish: Tuz og‘a, siz doim negativ ko‘rasiz. Yoqasi gulli go‘ynak giyadon ukrainlo tarafindasiz. Mo‘htaram prezidentimizam top sizdin Ukraina tarafinda.

RT: Xo‘sh, O‘zbekiston prezidenti tomonidan Ukrainadagi vaziyat yuzasidan biror ijobiy ish qilindimi?

Matchon Suqilish: Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov tili bilan, Ukrainaning hududiy yaxlitligi tan olindi va bo‘lginchi respublikalar – DPR va LPR tan olinmasligi haqida aytildi.

RT: Ammo Matchonboy, O‘zbekiston BMT Bosh Assambleyasining Ukrainaga Rossiyaning bostirib kirishi to‘g‘risidagi rezolyutsiyasiga ovoz bermadi. O‘zbekiston Rossiyaning BMT inson huquqlari Kengashidan chetlatilishiga qarshi ovoz berdi.

Matchon Suqilish: Mana Mirziyov halq tarafindaman deb aytdi. Lekin u O‘zbekiston rus qo‘shinlari tomonidan bosib olinishidan cho‘chiydi va inson huquqlari buzilishi fakti yuzasidan tergov o‘tkazish, Putin galsa qamash garakligini ham ichinda o‘ylayotir Tuz og‘a.

RT: Ichida o‘ylaganidan nefoyda bo‘tam. Mana bir qadam oldinga, ikki qadam ortga.

Minus va plyus oxir-oqibat nolga bo‘ladi.  Toshkent tashqi siyosatida nol natija. Shuni ham qo‘shimcha qilish mumkinki, mahalliy aholi ongiga yot g‘oyalar suqilgan va boshqa davlatlarga nisbatan salbiy munosabat shakllanayotgan Rossiya targ‘ibot kanallarining O‘zbekistonga retranslyatsiyasi bekor qilinmagan. Shuning uchun ham ayrim o‘zbeklar Ukrainaga qarshi urushni qo‘llab-quvvatlab, Sovet zamoniga qaytishni istaydi. Masalan, FB dagi muhokamalarda, Agar O‘zbekistonni ruslar egallasa  o‘zbeklar ularni qutlashdan xursand bo‘lishadi, degan gaplarni tez-tez uchrataman.

Matchon Suqilish: Men Shavkat Mirziyoevni novvidan qo‘rqishini bilaman: uch million o‘zbekistonli migrant ishchi Rossiyada ishliydi. Oy sayin O‘zbekistona 3-5 milliard dollar pul o‘tkazadi. Agar Miromonich Moskvaga qarshi gapiradigan bo‘lsa, Putler tog‘a ularni hammasini bola chog‘asi bilan Rossiya Federatsiyasi hududinna chiqariparadi. 

Bu shuni anglatadiki, Rosspropaganda miyasini yuvg‘on va boshqarish oson bo‘lg‘an million odam yurtina qaytadi. Ulani osonlikcha do‘g‘ri yo‘lo boshlash qiyin bo‘ladi. Bir gunda ham ish, ham daromad manbalarinnan mahrum bo‘lgan olomon, inqilob qilib  ho‘ko‘matni ontarishi mumkin. Ontarmasa ham  ko‘p muammolarni boshlashadi, qon oqadi, mamlakatda tartibsizliklar yuzaga galadi.

RT: Eh, Matchonboy vaziyat murakkab. Ammo baribir eng  to‘g‘risi,  Moskvadan uzoqlashish va O‘zbekiston o‘z yo‘lidan borishi kerak. G‘arb va NATO bilan yaqinlashish lozim. Bosqinchi  davlat  bo‘lgan Rossiya bilan «strategik sheriklik» dan voz kechish kerak, bu davlat Ukraina misolida ko‘rilgandek o‘z majburiyatlarini osonlikcha buzadi, hududlarni bosib oladi va urushlarni boshlaydi.

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiya qo‘shinlari tomonidan Ukrainada tinch aholiga qarshi amalga oshirilgan jinoyatlarni genotsid deya atadi.

“Men buni genotsid deb atadim, chunki Putin ukrain bo‘lish imkoniyatining o‘zini yo‘q qilishga urinayotgani tobora ayonu ravshan bo‘lib boryapti. Bunga dalil-isbot tobora ko‘paymoqda”, deya bildirdi Bayden.

Bugunga kelib, Putin harbiy jinoyatchi, Rossiya esa bosqinchi davlat sifatida xalqaro hamjamiyat yuz o‘girgan davlat. Rasmiy Toshkentning Rossiya bilan og‘iz burun o‘pishib oshiq moshiq bo‘lganidan tug‘iladigan bola esa O‘zbekiston kelajagini yo‘qlikka eltadigan dajjoldir.

Jadidlarning 100 yil oldin orzu qilgan taraqqiyot haqidagi gaplar oshqozon instinktidan nari o‘tmaydigan qavm tarafidan chetga surib qo‘yildi.  

MS Sho‘rda to‘xtop qo‘lni ochip urig potyani. Keyin yonqqi gapni oyting  

Assalom O‘zbeiston Juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
27 mart 2019
27 mart kuni o‘zbekistonlik aralash janglar ustasi Murod Xonto‘raev uchinchi bor pichoqlandi. Sportchining jarohati jiddiy emasligi bildirildi. Xonto‘raev dastlab ...
26 sentyabr 2020
O‘zbek estradasi xonandasi va kinolardagi turli rollari bilan aktrisa sifatida tanilgan 34 yashar Munisa Rizaeva ochiq kiyinganligi sababli ijtimoiy tarmoqlarning radikal dindor va muhofazakor ...
20 iyun 2017
15 iyun kungi selektor yig‘ilishida Prezident Mirziyoev qo‘sh xotinlik muammosini tilga oldi. «ZAGS hujjati bo‘lmagan shaxslarga nikoh o‘qigan har ...
27 iyul 2016
Bugun Markaziy Osiyoda ishlab chiqarilayotgan “xontaxta” filmlarining chuchmal qaxramonlari odamni zada qilar ekan, o‘tgan asr kinoekranlarini to‘ldirgan jiddiy san'atkorlar ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...