Asosiy mavzular
9 may 2023

Mirziyoev paradda qatnashish uchun sanktsiyalar ostidagi Moskvaga bordi – 600’44

Salom qadrli muxlislar, bugun 9 may e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning navbatdagi sonini taqdim etadi.

Putin Markaziy Osiyoda o‘z ta'sirini ko‘rsatish uchun paraddan foydalanmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi G‘alaba bayrami paradidan Rossiyaning Markaziy Osiyodagi davomiy ta'sirini ko‘rsatish uchun foydalanishga harakat qilmoqda, deb yozadi Amerika urushni o‘rganish instituti. 

9 may kuni Moskvada o‘tgan harbiy paradda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ishtirok etdi. 

“Vedomosti” gazetasi 23 aprel kuni Japarovning Moskvaga tashrifi haqida xabar bergan bo‘lsa,  Tokaev,  Mirziyoev va Rahmonning kelgani haqida Rossiya matbuoti faqat 8-may kuni, paraddan bir kun oldin xabar berdi. 

TASS xabariga ko‘ra,  Putin Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovni ham taklif qilgan, biroq u ishtirokini tasdiqlamagan. Seshanbaga o‘tar kechasi agentlik manbasi Berdimuhamedov ham Moskvaga kelishini aytdi. 

Germaniyaga tashrifi va O‘zbekistondagi referendum va muddatidan oldin o‘tkazilishi belgilangan prezident saylovi shovqini ostida O‘zbekiston prezidenti Mirziyovning Moskva rejasi ham 9 may kuniga qadar o‘zbek matbuoti uchun sirligicha qoldi.

2022-yilda Moskvadagi G‘alaba kuni bayramiga hech bir xorijiy davlat rahbari tashrif buyurmagan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston esa 2022-yilda koronavirus cheklovlari sabab paradlar o‘tkazmagan edi.

O‘zbekistonda Karimov davrida ko‘proq siyosiy mustaqillikka urg‘u berilgan,  mamlakatning Rossiya mustamlakasi bo‘lganini eslatuvchi g‘alaba paradi kabi bayramlarga chek qo‘yilgan edi. 

Germaniyadagi tashrifi chog‘ida texnologik sanoat uskunalar olish yuzasidan bir qancha bitimlar imzolashga erishgan Mirziyoevning ertasigayoq Moskvaga uchishi va uning u yerda Putin bilan uchrashuvi juda yumshoq qilib aytganda ajablanarlidir.

Chunki Ukrainaga bosqinchilik urushi ochgani uchun iqtisodiy sanktsiyalarga yuz tutgan Rossiyaning O‘zbekiston orqali bu sanktsiyalarni aylanib o‘tish, masalan O‘zbekistonning imtiyozlaridan foydalanish, uning Germaniyadan import qilishni ko‘zlagan strategik maxsulotlarini o‘zlashtirishga katta ehtiyoji bor.  

Yevropa Ittifoqining yangi sanktsiyalar paketi bu gal O‘zbekistondagi shirkatlarni chetlab o‘tmaydi. Bu haqda Blumberg nashri yozmoqda. 

Navbatdagi sanktsiyalar paketi O‘zbekistondan tashqari Eron, Xitoy, BAA, va Armanistonning 35 dan ortiq kompaniyalariga Rossiya harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlaganliklari sababli sanksiyalar joriy etishni nazarda tutadi. 

@eltuz

Tag‘in o‘qing
16 may 2020
Aziz asrimizning aziz onlari aziz odamlardan so‘raydi qadrin. Fursat g‘animatdir shox satrlarla bezamoq paytidir umr daftarin. Mana, hafta aylanib, ...
24 yanvar 2019
Markaziy bank Navro‘z arafasida yuz ming so‘mlik banknotlarni muomalaga kiritishi haqida bildirib, bundan qulayliklar yaratish, pullarni tashish xarajatlarini kamaytirish, ...
1 oktyabr 2020
Tanasining 90 foizi kuygan 35 yoshar Gulandom 30 sentyabr kuni Namangan viloyati tibbiyot markazida olamdan o‘tdi. Namangan shahrining Bog‘i ...
13 noyabr 2020
Hazratim, ochlikdan o‘ldim, yegani non ber menga, Kofir o‘lg‘ayman agar desamki, bahmon ber menga. Moshu bug‘doyu guruch berkim, shular ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...