Asosiy mavzular
16 may 2023

Badiiy akademiya Davlatni 1 milliard 416 million so‘mga «uxlatmoqchi» bo‘ldi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi mulozimlari 1 milliard 416 million so‘mga davlatni uxlatmoqchi bo‘lgani fosh bo‘ldi. Ish Bosh prokuratura nazoratida.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi buyurtmachiligida 2023 yil 8 may kuni  “Alisher Navoiyning bronza haykalini yaratish va Qozog‘iston Respublikasining Ostona shahrida o‘rnatish xizmati” yuzasidan 1 mlrd 416,0 mln so‘mlik davlat xaridi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tarafidan to‘xtatildi.

Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligining o‘rganishlariga ko‘ra, ushbu davlat xaridini amalga oshirish jarayonida buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklov) talablariga amal qilinmagan va boshqa qonunbuzilishi holatlariga ham yo‘l qo‘yilgan.

Xususan, xaridda ishtirok etgan 3 nafar talabgorning hujjatlari xarid komissiyasining raisi va to‘rt nafar a'zolari foydalangan (IP-manzillari bir xil) kompyuter orqali elektron platformaga yuklangan.

Mazkur holatlar bo‘yicha davlat xaridi o‘tkazilgan kunning o‘zida xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentga yuborildi.

Agentlik taqdimnomasiga binoan Akademiya tomonidan 11 may kuni xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.

Aslida haykal bir bahona edi. Maqsad – pul o‘marish deya izohladi voqeani rassom Tuz.

Eltuz o‘z ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Kanalarimizga obuna bo‘lishni v layk bosishni unutmang! Layk sizdan xizmat bizdan.

Tag‘in o‘qing
24 aprel 2017
«Yalla» guruhining sobiq solisti bo‘lgan Nargiz Bayxonova 24 aprel kuni Toshkentning Chig‘atoy qabristoniga dafn etildi. 70-80 yillar o‘zbek estradasi ...
9 yanvar 2018
Mirziyoevning masjidlarda kino ko‘rsatish tashabbusi imomlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini «Eltuz» manbalari tasdiqladi. «Masjidlarda ham buni qo‘ysa bo‘ladi. Rahmat, shu yerga ...
15 iyul 2022
Och kishi nima deydir? Kecha hali zaptrak qimasdan binnasalar yozuvdim¸ yaxshi muhokama bo‘ldi. Bugun ham yugur-yugur bilan bo‘lib ozongi ...
23 dekabr 2020
O‘tgan payshanba, 17 dekabr kuni Telegram kanali orqali O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX)ning qator “loxmach”larini uchratgan joyda jazolash haqida ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...