Asosiy mavzular
26 may 2023

Rusga oshiq Ozodbek! – RTdan va'z

RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana hafta aylanib siz bilan birgaman. 

MS: Piterda novvi bo‘ldi og‘o?

RT: Piterdagi ponton po‘rttillagani oqibatida 41 yashar o‘zbek o‘ldi

MS: Minnan biyono o‘lavaradi indi xotorloshib. O‘risni ming maqtasangam go‘zzi go‘k.

RT: O‘zbekiston Madaniyat va Turizm vazirligi 2023 yil olgan «O‘zbek qizi» degan kino Sovet qizil bayrog‘i bilan boshlanadi. Bu saviyasiz film «O‘zbekistonni SSSR bag‘riga qaytarish» degan kreml orzusini parvarishlashga qaratilgan.

MS: O‘risdon jo‘rong bo‘lsa, yoningdo oyboltang bo‘lsin.

RT: Yunusobod tumanidagi, 43 maktab 4 sinf bitiruvchilari ko‘kragiga Rossiya bayrog‘i rangidagi lenta taqvolishdi. Vazir Xilolaxon shunaqa topshiriq berdimi «Rossiyaga otrabotka qilayin» deb? Bundan oldin Toshkentdagi maktablarda 23 fevral Qizil armiya kuniga atab pul yig‘ishuvdi. Yana bir vazir Ozodbek «O‘rislar bilan bir teshikka siyamiz» deb maqtanib chiqdi. Nima bo‘lyapti o‘rtoq boshliq. Agar bizga bildirmay yurtni o‘risga sotvorgan bo‘lsangiz aytib qo‘ying. Kimga ta'zim qilishni bilaylik.

Foto: Ozodbek bilan Abror

MS: Bir o‘risqul bor adi. Indi ikki bo‘ldi.

Kulgi jingl

RT: Toshkent o‘risqul va putin propagandonlarining poytaxtiga aylandi. O‘zbekiston mustaqilligini ko‘tarasiga kremlga sotgan Yangi O‘zbekiston hukumati qo‘llovi bilan Toshkentda «Rus sezoni» ochildi.

MS: O‘zi yeddi yildan barin O‘zbekistonda o‘risni sezoni bo‘lib yotibdi.

RT: Bu sezonni ochib bergan urush jinoyatchisi, sanktsiyaga tushgan propagandon Nikita Mixalkov Toshkentdagi Navoiy teatrini liq to‘ldirgan o‘risqul moxovlarga qarata va'z qildi.«Istaysizmi yoki yo‘qmi sizlar bizning tarkibiy qismimizdirsiz. Biz yagona tanamiz. Men bu yerda turist emasman. Rossiya provoslav dini va islom dini bir biri bilan apoq chapoq bo‘lib ketgan . Rossiya provoslavlari Katolik dindoshlaridan ham ko‘ra O‘zbekiston musulmonlari bilan ashir nashir bo‘lib ketgan» dedi Toshkentda turib Nikita Mixalkov. 

MS: O‘zimni orqa bog‘chamda yuribman diyjak bu tvar! 

RT: Bu propagandonning aljirashini zalni to‘ldirgan yetimak moxovlar to‘dasi olqishladi. Bu moxovlar ichida joriy hukumat a'zolarining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xotinlari va ayol mulozimlarning o‘ynashlari ham bor. 

Ukrainada go‘daklar va xotin qizlar o‘ldirilayotgan bir paytda Toshkentda o‘tayotgan bu «qon yuqili» bazmga mezbonlik qilganlarning bolasi o‘lsin. Uyi yonsin. Qarindosh urug‘lari tuzalmas kasalga chalinsin. Birovning uyiga kulfat keltirganlar tagiga poyi patak bo‘lishning badali og‘ir bo‘lsin. Bu «qon yuqi» bazm bo‘layotgan paytda O‘zbekiston Madaniyat va Turizm vaziri Ozodbek Namanganda «bachcha stilidagi» xonishlarni tovusdek xirom qilib kuylab yotibdi. Bu odam o‘zi uchun aniqlashtirib olsin. U otarchimi yoki davlat mulozimi? Agar davlat mulozimi bo‘lsa bu o‘ris qabohatini O‘zbekistonga olib kelmasin. O‘zbekiston mustaqilligini oyoq osti qilmasin. 

Yangi O‘zbekistonning eng katta yupiteridan to zarrasiga qadar amaldorlari. Bilib qo‘ying. Ko‘r emasmiz. Kar ham emasmiz. Qilgan ishlaringiz tarix zarvaraqlariga Rassom Tuzning oltin qalami bilan yozib borilmoqda. Ertaga bolalaringiz «ota enam sotqin bo‘gan ekan. Kreml quli bo‘lishgan» deya iyalmasin desangiz qadamni o‘ylab bosing. O‘zbekiston mustaqilligi uchun frontlarda qon to‘kib kurashayotgan Ukrainaga shon sharaflar. 

MS: Toshkentni o‘risqullani poytaxtina aylantirg‘an mulozimloni yer yutsin!

RT: Matchonboy, bularni yer yutsa o‘zbekistonda rahbar zoti qolmaydi.

MS: O‘zbek ho‘kumatini Putinnan «eb qo‘yg‘on» joyi bo‘lsa bilali. Navchun xalqaro sanktsiya ro‘yxatina girgan urush jinoyatchilarini Toshkenta olib galib kreml adikina patak bo‘lib yotibdilo?

RT: Antiutopiya uchun mavzu: Ukrainlar Rossiyani mag‘lub qiladi. Putin Toshkentga qochib kelib, O‘zbekistonda SSSR davlatini tiklaydi. O‘zbekiston nomi Staliniston bo‘ladi. Toshkentning nomini Moskva deb o‘zgartiradi. Mustaqillik maydonida kreml qurib ichida o‘lgunicha podshoxlik qiladi. 35 million aholi duo qiladi Putinni ertadan kechgacha.

Poraxo‘rlar maskami

RT: O‘zbekistondagi oliy ta'lim maskanlari tomog‘igacha poraxo‘rlikka botib ketgan.

MS: Misol gatiring og‘o. Quri gap bo‘lmasin. Isbot dalil!

RT: Namangan davlat universiteti o‘qituvchisi o‘zganing ishonchiga kirib, uning qarindoshini tanishlari orqali Qirg‘iz Respublikasidagi oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kiritib, so‘ngra O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasasiga ko‘chirib berish evaziga 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

MS: qorsildop uchib gursildap sinsin!

RT: Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanidagi umumta'lim maktabining ingliz tili o‘qituvchisi tanishlari yordamida Tayloq tumanida yashovchi fuqaroni xorijiy oliy ta'lim muassasasi talabasi ekanligi to‘g‘risida soxta hujjat tayyorlab, Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6000 AQSh dollari, hamda uning qarindoshiga ingliz tili bo‘yicha milliy sertifikat olib berish uchun 1200 AQSh dollari, jami 7200 AQSh dollari olgan vaqtida DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi.

MS: Ibiy boxti qoro.

RT: Guliston shahrida yashovchi, 1997 yil tug‘ilgan shaxs Yangier shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni Guliston davlat universitetining sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 6 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 5100 AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi.

Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u mazkur pul mablag‘ining 4600 AQSh dollarini viloyat Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi o‘qituvchisiga berishi kerakligi ma'lum bo‘lib, ushbu shaxs ham 200 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

MS Bo‘lg‘oni 200 olibdimi itizg‘o…

RT: Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

MS: Bo‘lg‘onimi shu. Boshqolo oymi?

Yana bir mulozim pora olayotib qo‘lga tushdi

O‘zbekiston mulozimlarning pora olish chastotasi bo‘yicha bemalol Ginnes rekord kitobiga kira oladi. Aytaylik, hokimiyatning bitta kabinetidagi mulozim pora bilan qo‘lga tushgan bir vaqtda, narigi 8 ta kabinetdagi boshqa amaldorlar pora olayotgan bo‘ladi. Bitta eksprement qilsa bo‘ladi. Masalan uy joy qurilishi va yer ajratish bilan bog‘liq idoradagi hammani birdan qamaysiz. Qamalganlarga «kamida bir marta pora olganingni bo‘yningga olsang qamamaymiz» deb jiddiy kafolat bersangiz. Hammasi bog‘boni bilan farroshigacha pora olgan bo‘lib chiqadi. 

Bu bir arava gap kirish qismi edi matnning. Manavi esa svejiy ma'lumot. Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining Yunusobod tuman qurilish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Yu. fuqaro O.A.ga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali qurilishi tugallangan bino inshootini foydalanishga qabul qilish uchun ruxsatnoma olib berishi evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi. 

MS: O‘qimag‘an bila. Ilimi bilimi yo‘q. Prezident farmonlarini o‘qimog‘an. 

RT: O‘zbekiston soxta olimlar eng ko‘p yashaydigan mamlakatga aylandi. Dissertatsiyalarni «ilm negrlari» pulga yozib berishadi. 70 foiz plagiat chiqsa ham pora berib yo‘lini qilishadi. Sobiq Yugoslaviyadagi shubhali ilmiy jurnallarda o‘zbek «olim»larining «ilmiy» maqolalari pul evaziga «chop» qilinadi. Xullas daxshatli manzara.

MS: Nishatish garak indi og‘a?

RT: Ishni anovi Sardoba ontarilganda dissertatsiyasi g‘arq bo‘lgan degan ertak to‘qib olim bo‘lgan xotinning doktorlik martabasini bekor qilishdan boshlash kerak. Bir vaqtlar KPSS haqida dissertatsiya yoqlab, xozir xadis o‘qitadigan xojakalarni ham olimlik maqomidan mosuvo qilish kerak. Huddi bir davlat podshosi nashavandlardan qutilgani kabi.

MS: Avvalam ishitvadim bu ertakni yana ayting og‘o.

RT: Bir do‘latni poshshosi vazirlik tuzishga ishqiboz ekan. Shunday vazirliklardan birini oti ko‘knori vazirligi ekan. Buni yoniga nasha¸ geroin¸ lirika¸ tramadol¸ kokain¸morfin kabi o‘nlab vazirliklar qo‘shilibdi. Qoidaga ko‘ra¸ eng uchiga chiqqan bangilar vazir bo‘lar ekan. Bir kuni Moliya vaziri bilan Hazina vaziri ularni ortidan iqtisod ¸ qog‘oz pul va chaqa vazirlari poshshoni oldiga kelib shu narkotik sektordagi o‘nta vazir yaxshi ishlamayapti. Shuni tarqatib bitta qisak deyishibdi. Poshsho rozi bo‘lib bittasini qoldiringlar debdi. Vazirlar qaysi birisini deb so‘rashibdi. Poshsho ularga qarab «Hammasini bir xonaga yig‘ing. Kayf qilib o‘tirishsin. Keyin o‘t qo‘yib yuboring. Kim qochmasa o‘sha vazir bo‘ladi» debdi

Narkotik sektoridagi 10 ta vazir uzun qisqa bo‘lib kelishibdi. Bittasi tomiriga urdi. Bitasi xidladi. Bittasi chilim chekdi. Xullas o‘tirishibdi vazirlar qiyshayib kayf taraq. Qo‘lllarida bloknot. Shu payt shotirlar kelib xonaga o‘t qo‘yvordi. Vazirlarning kayfi tarqab qochib keta boshladi. Bittasi bo‘lsa suzilganicha o‘tiraverdi. Dunyoni suv bossa to‘pig‘iga chiqmaydigan xilidan edi. Shotirlar ko‘pik sepib o‘tni o‘chirishdi. 9 ta vazir ishdan olinib barcha narkotik vazirlari birlashtirilib bitta vazir bo‘ldi. 

Qog‘oz pul¸ bankomat¸ chaqa va sariq chaqa vazirliklari xursan bo‘lishdi. Iqtisod¸ moliya¸ cho‘ntak va poshsho oilasi cho‘ntagi vazirlari ham sevindi.

Ishsizlik¸ qashshoqlik¸ sovuq uy¸ chiroqsiz ko‘cha¸ uyquszilik va uysizlik vazirlari xafa bo‘ldi. Chunki ishsiz qolgan bu 9 bangi ularni ixtiyoriga o‘tgan edi.

Kulgi jingli

Master klass

MS: Og‘o yigitman dayanni baxti yotmosin. Yigitni qaddini dik tutodo‘n narsa pil. Pil ishlashni toza usullarini o‘rgatsangiz.

RT: Ëshi 30 bilan 60 orasidagi erkaklar bemalol qila oladigan ishni o‘rgatsam. Uch g‘ildirakli velosiped sotib olasiz. Uning orqasiga «Xaj» deb yozib qo‘yasiz. Oq do‘ppini kiyib, yarim metrcha soqol qo‘yasiz. Navoiy viloyatidan Nukusga ketadigan yo‘l bor, ikki tarafi qumlik. O‘sha yo‘l chetida qaysidir tomonga qarata harakatlanib turasiz. Taksichi, avtobus va fura sho‘pirlari to‘xtab siz bilan albatta selfiga tushadi Siz esa ularga ustiga oyat yozilgan yashil qutichani tutasiz. Pul tashab sponsor bo‘lishadi. Kech bo‘lganda Qiziltepa yaqinidagi kapada uxlaysiz. Bir oyda 3 ming dollar topish garantiya. O‘tmishda bu aferani tuya bilan qilganlar bo‘ldi. Ammo darrov aytay tuya effektniy ko‘ringani bilan qimmat. Yana unga yantoq ham sotvolish kerak. Velosiped eng yaxshi variant.

MS: Og‘o inobini go‘rdingizmi?

RT: Mana bu feyk suvratni rost deb yuzlab odamlar ulashib yotibdi. Ma'lumot uchun Xadiycha bint Xuvaylid ibn Asad ibn ‘Abdul’uzza ibn Kilyab al-Kurashiya al-Asadiya 556 yili Makkada tug‘ilib 619 yili Makkada o‘lgan. Ilk tikuv mashinasi esa ming yildan ko‘p vaqt o‘tib 1755 yilda injener Charlz Fredrik Vizental tarafidan Angliyada yaratildi. Rasmdagi mashina esa 1850 yili Zinger shirkatida seriyali ishlab chiqarilgan. 

Odamga aql o‘ylash uchun berilgan. Ko‘rmuridlar millatning fojiasiga aylanib ulgurdi.

MS: Og‘o andijonda na gap.

RT: Andijon haqida negativ ma'lumot ko‘payib ketdi tarmoqda. Xolbuki bu viloyatda juda ko‘p yaxshi, hamda boshqa viloyatlarga o‘rnak bo‘ladigan ishlar ham qilinmoqda. Shunday ishlardan biri buyuk jadid yozuvchi Xamza Hakimzoda Niyoziyning «Boy ila xizmatchi» spektakli saxnalashtirildi. Jamiyatdagi tabaqalanish¸ tengsizlik¸ ko‘p xotinlilik va mullalar riyosi hajv qilingan bu o‘lmas asar «Ma'naviyat oyligi» doirasida Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari hamda IIV Andijon akademik litseyi o‘quvchilari e'tiboriga havola qilindi.

«Boy ila xizmatchi» asari asosida sahnalashtirilgan spektakl bugungi jamiyatimiz yuziga tutilgan ko‘zgudir.

Video

Alifbo saboqlari

«Yalang‘och turgan bu Dovud amaki¸ aslida haykal. Uni Mikelanjelo yasagan. Manov xolani ati «Mona Liza». «Yerni xo‘kiz ko‘tarib turmaydi. U yumaloq. Yerning tortish kuchi bor. Bu olabula baliqning elgebetega aloqasi yo‘q. Bu esa «Qora kvadrat» 20 million dollar turadi. Xalq dumsiz bo‘ladi. Halqum esa dumli. 

Bu va boshqa bilimlar o‘zbek amaldorlariga o‘rgatiladi. O‘zbekistonda davlat organlarining rahbarlari Davlat boshqaruv akademiyasida maxsus kurslarda kelasi oydan boshlab o‘qitiladi. Koshki bu ikkichilar bir narsani o‘rgana olsa…

Seks kommuna

Beshta radikal rijolni ichkariga apkirib qo‘yishibdi. Ulardan birining xosiyati bilan taloq qilingan xotinlar armiyasi paydo bo‘lgan. Uylanvolib, nikoxdi o‘qitib, bol oyida shimishib¸ keyin taloqdi berourarkan. Bu rijol urchitgan bachalariga aliment puli ham to‘lamagan. 

Endi minday gap. Rijol erga diniy asosda «dindi bilib», «pora pora xatmlardi» qig‘an qoriyalar tegyapti o‘ptim. Birinchidan ko‘p xotinlilik bu shariatda bor narsa. Zamonaviy tilda bu seks kommuna deyiladi. Rijollar seks kommuna tashkil qilmoqda. Kommunaga kirish ixtiyoriy. Shu bois tek o‘tirish chuvillamay. Yig‘lanilmasin. Ikkinchidan shariatda aliment degan tushuncha yo‘q. Senga talog‘ingdi berdimi¸ maxrdi qo‘lingga tutqazdimi. Vse togda. Toshingni ter, Iddang chiqqanidan keyin «qoriyani» yoqib qo‘ysang¸ yana bir rijol olib kamida ikki oy shimadi seni. Faqat boshida kattaroq maxr so‘ra, isqirt. Eng muxim mesedj bu «shukur qilishlik», «risqni yaratgan beradi», «sen so‘ra», senga albatta bu xezalak ering bera olmagan alimentdanam kattasini beradi. Umuman qashshoqlikdan faxrlan. Faqirligim faxrim deb yasha. Portalma portal kabinetma kabinet yurishaverma. Rijollardan orttirgan bola baqrangni ergashtirib, lo‘liga o‘xshab. Davlat Suriyadan qaytarilgan seks jixodchilardi ta'minlayman deb ko‘ti o‘prilib ketdi. O‘tirish uyda. Xotin ostona xatlasa ko‘kdagi malaklar bezovta bo‘ladi.

MS: Og‘o, Internetdan xotin topib o‘ylansam na diysiz.

Shu paytgacha uylanishning bir necha turi mavjud. 1. Enasi aberadi. 2. O‘ldim kuydim deb o‘zi yaxshi ko‘rib uylanadi. 3. Olib qochadi. 4. O‘ris xotin obkeladi. 5 Internetdan topadi. 

Bu aytgan variantlarning aksari ajralish bilan tugaydi. «Xuyi to‘g‘ri kemabdi» deyishadi. 

MS: Siza bir savol: ojroship getmaslik uchun qoysi metod yoxshi? Sovchini o‘rtag‘a solib ota anasi apparganimi yo telegromda yozishib, o‘ldim kuydim dab sevishib yalashib o‘ylanganimi? 

RT: Sun'iy intelektdan so‘rab uylansangiz 90 foiz xolatda ajrashmaysiz. Demak, xotin yoki bo‘lg‘usi erning ma'lumotlarini aplikatsiyaga yuklaysiz. Sun'iy intellekt analiz qilib sizga javobini aytadi. Javob 100 foiz to‘g‘ri bo‘ladi. Lekin ajrashish riski baribir 10 foiz qoladi. Robotniyam aqli yetmaydi kimning xuyi kimga aniq to‘g‘ri kelishiga. 

Robot siz haqingizda enangiz bilmagan narsalarni biladi. Masalan, kecha Chilonzordagi aptekadan kondom sotib oldingiz plastik bilan to‘lab. Buni robot albatta biladi. Ëki bo‘lg‘usi kelin bola chevar duxtrga borib yamatib keldi. Buniyam biladi. Er «soppa sog‘man» deydi, ammo uning insulin sotib olishini robot davno biladi. Er uylanmaganman deydi, ammo robot doyi uning alimentdan qarzdorlar ro‘yxatida turganini biladi. Eng muhim info esa drakon qaynonalarning kelinni qanday eza olishi haqida. Xullas sun'iy intellekt sizga er yoki xotinni tovup beradi. Garantiya 90 poyiz.

MS: Og‘o. Go‘taring alni. Uring potiyani.

Assalom O‘zbekiston, Juma Muborak! 

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
25 noyabr 2021
“Nuroniy” jamg‘armasi shahar kengashi raisi Rustam Kalonovning 23 noyabr kuni prezident Mirziyoev bilan faollar uchrashuvi chog‘ida “Mahallada duv-duv gap”, ...
13 yanvar 2016
Arman ombudsmani K. Andreasyan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Ombudsmani Ulug‘bek Muhammadievga O‘zbekistonda IShIDga aloqadorlikda ayblanayotgan armani millatiga mansub sudlanuvchi ...
25 dekabr 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 18-qismidan 90-yillarda taniqli adabiyotshunos Ibrohim G‘afurovlarning «She'ringizni tushuntirib bering» ...
29 noyabr 2021
Shvetsiya bosh vaziri o‘z mamlakatida xizmat mashinasiga ega yagona siyosatchi. Qolgan mulozimlar ishga o‘z mashinasi, velosipedi yoki tramvayda boradi. ...
Bloglar
28 may 2024
Men millatchi emasman! Lekin qaytadan ta'mirlatilgan va Toshkent shahrining sobiq hokimi J. Ortiqxo‘jaev tomonidan Pasxaga ...
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...