Zarbdorlik jurnalist tuman hokimiga qarshi
Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi “Zarbdor” gazetasining bosh muharriri G‘ulomjon Hamzaev Eltuzga maktub yo‘llab, mamlakat rahbariyatidan tuman hokimi Zafar Ro‘ziev faoliyati “faoliyatini to‘liq o‘rganishni” talab qildi.
G‘ulomjon Hamzaev ayni o‘rganishda shaxsan o‘zi ishtirok etish niyatida ekanini bildirdi.
G‘ulomjon Hamzaev iddaosiga ko‘ra, u yashayotgan Zarbdor tumanining Ravot mahallasida ijtimoiy soha ob'ektlariga ajratilgan “milliardlab byudjet mablag‘lari” o‘zlashtirilayotgan ekan.
U byudjet mablag‘ining o‘zlashtirilishida shaxsan tuman hokimi Zafar Ro‘ziev qo‘li borligiga ishora qildi.
“Zarbdor” gazetasi bosh muharriri, shuningdek, o‘zi yashab turgan mahalla ko‘chalarini asfaltlashda “amaliy yordam berish”ni so‘radi.
G‘ulomjon Hamzaev ayni masala bo‘yicha tuman hokimi Zafar Ro‘zievga “ancha vaqtdan buyon murojaat etishimga qaramasdan natija bo‘lmayapti” deya ta'kidladi.
Muassisi tuman hokimligi bo‘lgan “Zarbor” gazetasi 43 yildan buyon nashr etiladi.
G‘ulomjon Hamzaev ushbu gazetaga 7 yildan buyon muharrirlik qiladi.
Zafar Ro‘ziev Zarbdor tumaniga hokim etib to‘rt yil oldin tayinlangan edi.
Ungacha olti yil davomida Qashqadaryo viloyatiga hokimlik qilgan.