Pol tagida qiyshiq o‘sgan it – RTdan va'z
Yana xafta girr aylandi. Siz bilan yuzma yuz, betma betman.
MS: Nichiksizla, xo‘jik birra oybikalar. Shobbozdayi kadilara salom!
RT: Matchonboy, xotin qizlarni kamsitish odatingni qachon tashaysan?
MS: Novvi, dadim yo!
RT: Qizlarni oshqovoqqa o‘xshatding. Kadi bu oshqovoq
MS: Figurasi o‘xshasa, nishatin oxr og‘o.
RT: O‘zbekiston xotin qizlar uchun do‘zax. Kecha Buxorolik ziyoli qiz bilan gaplashdim. Buxoroda taksiga o‘tirsa taksichi «kvartiram bor, seni o‘shatga oborib dam oldiraymi» degan. Buxorodan Toshkentga kelayotganda taksichi yo‘lda yoshi katta erkakni ovoladi. Erkakning darrov qo‘li o‘sib chiqib qizning sonini silab boshlaydi. Qiz taksichidan talab qilib sho‘prni yonidagi o‘rindiqqa o‘tib oladi. Taksi qizni ippodrom tarafda tashab ketadi. Endi Toshkentdagi kvartiraga borish uchun taksi ushaydi. Taksist yo‘lda ikki qashqadaryolik yigitni oladi. Ular taksichiga qarab, bu qizni pulini biz to‘laymia. Xataga oboroib itaramiz deb taksini ichida qizga hujum qilishadi. Qiz milisa chaqiradi. To‘yib ovqat yemagan o‘z ismini yozsa ellikta xato qiladigan¸ maktabda o‘qish o‘rniga bozorda arava haydagan tug‘ma ovsar milisa kelib, qizning o‘zini aybdor qilmoqchi bo‘ladi. «Bemahalda ochiq sochiq yuribsan. Menam bu bollarning o‘rnida bo‘lsam sani itarardim. Apetitniy nersa ekansan¸ bla bla bla»
Ammo suhbatdosh qiz ziyoli va o‘z haq huquqini bilgani uchun bu IIB xodimi deb atalgan notavon yaratiq arizani rasmiylashtirgan. Yuzta xato bilan albata.
Shu o‘rinda ministr Bobojonov va uning ashnaqa ishlar bo‘yicha zami Nazarmuhammedovga ikki og‘iz gapim bor. Bu eng past bo‘g‘indagi bedapoya pogon milisalarga huquq nima, tartibot nima degan tushunchani o‘rgatadigan kurslar tashkil qilinglar. Ularga sovun va shampun olish uchun oylikka qo‘shimcha beringlar. Milasalarni yoqasi kir, bo‘yni bilan qo‘ltig‘i sasib yotibdi. Agar vazirlikdan kimdir men bilan bog‘lansa buxorolik qizga malomat qilgan milisaning yoqa nomeri va boshqa danniylarini beraman.
MS: Og‘o tozoliqladan oyting. Kim kimni sikishtirib getdi?
Yarmi aprs¸ yarmi lo‘x mamlakat yangiliklari.
Qo‘qon shahridagi banklardan birining mutaxassisi o‘zganing ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari yordamida, uning o‘g‘lini Qo‘qon davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, bu pulni u mazkur oliy ta'lim muassasasida dekan lavozimida ishlovchi shaxsga berishi kerakligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi va u ham pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Boshqa holatda esa Farg‘ona shahridagi xususiy universitet direktorining o‘rinbosari muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan bo‘lsada, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan, aksincha, fuqaroning Qirg‘iz Respublikasi O‘sh davlat pedagogika universitetidagi o‘qishini Chirchiq davlat pedagogika institutiga ko‘chirib berish evaziga 2,5 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Xorazm viloyatida kuzatilgan holatda, Urganch tumanida yashovchi, 1998 yil tug‘ilgan shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari yordamida uni Urganch davlat universitetining Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3,5 ming AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
MS: Nerda bi mongloyi qorolo?
RT: Pora bilan qo‘lga tushganlar qamag‘da.
Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan 29 yoshli G‘.O. Janubiy Koreyaga borib, u yerda «Imom al-Buxoriy katibasi» terrorchilik tashkiloti yetakchilari bilan aloqa o‘rnatgan. Ularning noqonuniy faoliyatini moliyalashtirib kelgani aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 155−3 (Terrorizmni moliyalashtirish), 244−2-moddasi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
MS: Og‘o ishtidingizmi. Tormoziy domla Munisani oqo‘ris arini musulmon atip baribdi. Tormoziyni svejiy xotini yorim guvohliqa o‘tkan.
RT: Mulla degani musibat joyidan oladigan parazit ta'magir. Mullalarni masjid ichiga qamash va ularning mamlakat boshqaruvi¸ iqtisod va madaniyatiga aralashuvini keskin cheklash kerak. Ishoqjon domla Begmatov ismli «do‘mla» soliqdan qochishni targ‘ib qilib amru ma'ruf qilibdi. AQSh va G‘arb davlatlarida soliq to‘lashdan qochish¸ kirimni berkitish katta jinoyat hisoblanadi. Shu bilan birga soliqdan qochishni targ‘ib qilish ham jinoyat. Ishoqjon domla Begmatov «Keshbekni talab qilayotgan xaridor zulm qilmyapti, balki har bir sotilgan mahsulotni keshbekka urish kerak, kassa apparatga urish kerak deb qonun chiqargan zulm qilyapti!» degan mazmunda ma'ruza qilibdi. Bundan kelib chiqilsa qonuniy savdoni talab qilish «zulm» ekan.
Ma'lumot uchun: Prezident qaroriga muvofiq, 2022 yilning 1 yanvaridan O‘zbekiston fuqarolari xarid summasining 1 foizini keshbek shaklida qaytarib olishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra: xarid cheki — xarid qilingan tovarlar yoki xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilganda onlayn-NKM yoki virtual kassada amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq shakllantirilgan va elektron shaklda yoki qog‘ozda chop etilgan, hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat.
Ginekolog domla deya tanilgan va umuman men xurmat qiladigan Rahmatillo qori matbuot va OAV roli haqida tasavvuri o‘ta zaif ekanligini o‘z spitchida bildirdi. Qoriga ko‘ra¸ matbuot salbiy xabar tarqatmasligi kerak ekan. Demak Titanik cho‘ksa ham, Karimov o‘lsa va Sardoba to‘g‘oni yorilib mamlakatni suv bossa ham aytmaslik kerak ekan. Domlaning bu gaplaridan keyin dunyo matbuoti ishini to‘xtatsa ham bo‘vurarkan. Boshqa tarafdan domla indirekt (o‘zi sezmagan xolda) OAVni rashk qilmoqda. «Nega menga emas tarmoq yoki TVga odamlar quloq solmoqda» deya. «Nega sotsium miyasini men emas, tarmoq yoki OAV shakllantirmoqda» deya. Bu xolatni skandinaviyalik olim Stig Xyarvard taxlil qilib 2008 yili kitob chiqargan. Bu kitob xulosasiga ko‘ra, diniy idoralar OAVni konkurent deb ko‘rishadi.
1) Zamonaviy dunyoda inson ongini cherkov, sinagog yoki masjiddagi va'z emas balki OAV shakllantirmoqda.
2) Shu paytgacha din bajarib kelgan ijtimoiy funktsiyalarni asta sekin OAV bajarib boshladi.
3) Diniy voizlar OAV ularning ta'sir richaglari va mantiqdan mosuvo qilganini tushunib yetib havotirlanmoqda. (Hjarvard, 2008)
Ammo mullalar nima desa ham xozirda inson miyasiga ta'sir qilishda tarmoq va OAV asosiy o‘yinchi bo‘lib qolmoqda.
Ukraina mustaqilligi
MS: Shu gunlada Ukrainani mustaqilliq bayrami akan. Bizani rossiyadagi dangasalara qarasang, o‘risa qul bo‘lmasak ro‘zg‘orni nishatib boqomiz dap yotibdila!
RT: 1991 yil Belovej o‘tlog‘ida Ukraina prezidenti Kravchukning siyosiy irodasi bois SSSR tarqaldi va boshqalar qatori O‘zbekiston ham mustaqil bo‘ldi. Bugun Putin va uning istonlaridagi yugurdak vassallari Rossiya imperiyasiga qul bo‘lish uchun yelpatak bo‘lib yotgan bir paytda yana Ukraina o‘zining va bizning mustaqilligimizni qon to‘kib himoya qilmoqda. Yashasin Ukraina. Botirlarga sharaf. O‘risqullar qashshoqlik, ochlik, ichburg‘idan o‘lsin.
MS: Og‘o ishitdingizmi. Ulli yoshullli bizani poxto quliqinnon qutoribdi. Tunin yomon moxtondi
video
Xokim va bosh vazirlar Karimov davrida paxta qulligini oybolta bilan joriy qilgan bir paytda bu qullikka qarshi izchil kurashgan tashkilot nomini esdan chig‘ormang. Berlindagi o‘zbek forum tashkiloti o‘n yil kurashdi. Har yili rangli jurnal shaklida hisobotlar tayyorladi. Bu hisobot AQSh prezidentidan tortib Mongoliya Bosh vazirigacha yetib bordi. O‘zbek paxtasini boykot qilish uchun tashkilot rahbari Umida Niyozova AQSh, Yaqin sharq, Qatar va G‘arbiy yevropadagi yuzlab shirkat rahbarlari bilan uchrashdi. AQSh mehnat vazirligi va Yevropa Ittifoqining MO bilan shug‘ullanadigan mulozimlarini paxta qulligini qoralashga chaqirdi. Bu mashaqqatli mehnat natijasida o‘zbek paxtasi misli ko‘rilmagan boykotga uchrab, yakkamoxov bo‘ldi. O‘zbekiston paxta sanoati astronomik zararga uchradi. Mirziyoev iqdidorga kelgach, paxtadagi majburiy mehnatni bekor qilish bo‘yicha xalqaro hamjamiyat talabini bajarishga majbur bo‘ldi. O‘tin yorgan bolta ko‘chada qolib o‘tin issig‘idan orom olayotganlarni qaxramon qilmanglar. Bu kechagi tarix. Uzoq o‘tmish emas. Barcha ham xotiradan mosuvo bo‘lgani yo‘q!
To‘yxat
MS: Og‘o prgiglasitelniy galdi, Munisa ara boryotir. Ari kal akan.
RT: O‘zbek xalq ertaklarida kal obrazi bor. Odatda jamiyat sevmagan kal poshshoning qiziga uylanib, alfons muxa bo‘lib jit qiladi. O‘zi kal bo‘lsayam ko‘ngli nozuk ularning.
MS: Og‘o yurt buzildi. Ko‘pirni tiyinnan o‘tmakam qo‘rqosan.
RT: Men uchun aziz elliqqal'alik ayol bola-chaqasi bilan Toshkentga poezdda kelayotgan edi. Men Xovos bekatiga borib: «Bekat boshlig‘i qaerda?» deb so‘radim.
Bekat boshlig‘i bolalar kuni munosabati bilan yetimlarga padarka berishga ketganicha hali qaytmabdi.
«Relslarni cho‘kich bilan urib nazorat qiladigan odam qani?» deb so‘radim.
U do‘mbirachilar maktabi uchun yotoqxona qurilishiga jo‘natilibdi. Surxondaryoga.
Hali-veri kelmaydi, deyishdi.
Poezd o‘tayotganda semafor chiroqlari yonishini nazorat qiladigan elektrik esa bir yil oldin Shovvozsoyga ketib, qaytib kelmabdi.
«Siz kimsiz bo‘lmasa?» dedim men Xovost bekatida o‘tirgan odamga.
«Men asli elektrosettda ishlayman, baribir tumanda elektr yo‘q¸ borib o‘shatda nardi o‘ynab tur, deb yuborishdi.»
Men unga qarab: «Siz relslarni darz ketganini tekshira olasizmi?» dedim, «ha» dedi.
«Semaforni doimiy ishlashini ta'minlay olasizmi?» dedim, «qo‘ldan kelgancha» dedi.
Men uning qo‘liga 20 dollar tutqazib: «aka, harakat qiling» desam, «yana 10 qo‘shsangiz Yutubdan poezdni bekatdan qanday o‘tkazishni ko‘rib, hamma aytganizni qilaman aka» dedi.
Men yana 10 berdim.
Xullas, taksi ushab uyga ketdim.
Taksichi aslida o‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan ekan.
Taksi qilgan paytida maktab qorovuli bollarga qarab turarkan.
Yo‘lda GAI to‘xtatdi. Aslida u agronom, lekin pensiyaga chiqqan tog‘asini milisa kiyimini kiyib «ishga chiqib turadi».
Kechqurun Xovos bekatiga telefon qilsam, hech kim olmadi.
Pul berganim elektrchining ham telefoni o‘chgan.
Internetga kirsam, shok xabar:
«Xovosda poezd to‘xtab qoldi. O‘lganlar yo‘q. Odamlar shpal bo‘ylab yurib shaharga kelyapti» deb yozilgan edi.
Yana Xovosga telefon qilsam: «Aka, uzr, noto‘g‘ri tugmani bosvoripman. Pulni yarmini qaytaraman. Qolganini qiyomatda olasiz,» dedi.
Dindor ekan, Xudoga shukr, dedim.
Rostdan ham shukr.
Hech kim go‘rda emas.
Do‘mbirachilarga yotoqxona qurayotgan aybdor strelkachini Termizdan obkelib, sud qilib, jarimaga tortishdi.
Eng muhimi kasbni bilish emas¸ eng muhimi odalat.
MS Og‘o go‘rdingizmi, afg‘onda soqqoli bir metr yoshulli bir go‘tni atib yotibdi. Navchun Afg‘onistonda bachchabozla toshbo‘ron atilmiydi?
RT: Agar toshbo‘ron qilinsa, bittayam tolibon qolmaydi.
MS: Og‘o yozuvchilarni yoshullisi Sirojiddin Sayid patxalim kitob yozibdi yetmak.
RT: Bir vaqtlar o‘zbek shoirlari Stalin millat otasi¸ xalqlar doxiysi deb she'r yozib SSSRdagi shaxsga sig‘inish va maddoxlik bo‘yicha rekord qo‘yishgandi. SSSR tugashiga bir necha oy qolgan, 1991 yil 22 aprelda Sovet O‘zbekistonidagi gazetalar o‘zbek shoirlarining Leninga sig‘inib yozgan she'rlari bilan liq to‘la. Chollar bilan bir qatorda Erkin Vohidov¸ Abdulla Oripovlar ham Lenin haqida yozaverib qo‘l qavartirishgan. 1991 yili Omon Matchon «Zamon bir Leninga qaytsaydi, barchangiz erkin deb aytsaydi» deb yozadi. Bundan oldin Rauf Parfi «Yigirmanchi va undan keyingi asrlarni Leninga beraylik¸ o‘zimizga ishonmasak Leninga ishonaylik» deb yozgan edi. Mustaqillikdan keyin bu to‘da she'r qalamin oxista yo‘nib Islom Karimovga madxlar bitdi. Sinmasni kulol¸ o‘lmasni xudo yaratmas. Karimov ham o‘ldi. Senatur shair Iqbol Mirzo ko‘z yosh to‘kib «o‘lmadi u. Qurultoyga ketdi deb yozdi» Dunyodagi eng xudo qarg‘agan to‘da bo‘lgan o‘zbek parazit shoirlari Karimov o‘ligi sovumasdan uning o‘rniga tayinlangan Mirziyoevni ulug‘lashni boshlab yuborishdi. 2016 yil dekabrida shair Tohir Muhammad «Shu go‘zal yurt sultoni» degan shig‘ir bitdi. 2018 yili Murod Rahmon prezident Mirziyoevga atab «Quyoshdek buyuk yurt podshohi» deb she'r yozdi. Sal o‘tmay maddox shoir Murod Rahmon o‘ldi. Lekin laganbardor o‘zbek she'riyati o‘lmadi. Mana Sirojiddin Sayid degan shair Mirziyoevni millat otasi deb kitob chig‘oribdi. Bu kitobni maktablardagi bola baqraga majburan o‘tkazib yotishibdi ekan aqli zaip mallimlar.
MS: Og‘o bizani yozuvchiladanam nobel olg‘on chiqormikana?
RT: Katta extimolda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzodlarning 2023 yilgi spiskasida o‘zbek yozuvchisi bo‘ladi. O‘zbekiston tashqarisida tug‘ilgan bo‘lsa ham¸ Britaniya vatandoshi bo‘lsa ham bu odam g‘irt o‘zbek. Agar dunyoda barcha o‘zbek ichburg‘idan o‘lsayu shu odam tirik qolsa unga qarab o‘zbek yasab olsa bo‘ladi. Shoir, romanist, jurnalist va amaldor Hamid Ismoil. Bu kishi Nobelgacha bo‘lgan barcha mukofotlarni etagi to‘lguncha oldi. Endi o‘chirit nobelga. Qani qo‘ldi ochib duodi bo‘mbasini qip turaylik. Shu qorako‘z¸ qoraqosh o‘zbekdi urpog‘i nobelni oliblar tashasin. Ovmin.
MS: Duzog‘o navchun biza kinog‘o borsoq o‘richcha qo‘yib baradi?
RT: Latviyaning aholisi Namangan viloyatidan ham oz. Ammo barcha Hollivud filmlari latishchaga tarjima qilinadi. Xolbuki, Latviya aholisining 58 foizi o‘ris. Aholisi 10 miliondan sal ko‘p bo‘lgan Chexiyada ham filmlar chex tiliga dublyaj qilinadi. Nega? Latishlar o‘rischa¸ chexlar inglizcha ko‘ravermaydi. Yo‘q!! Bu milliy o‘zlik masalasi. Rossiyadagi distribyutor O‘zbekiston aholisini «mening koloniyam bu, umumiy tomoshabin» deya kontent egasiga sotadi. Bu aynan koloniial tuzum davomi. Millatning oydin qizi Umida Haqnaazar aytmoqchi bo‘lgan gap shu. 60 yil chor tagida 70 yil sovet tagida yotib umurqasiz bo‘lib qolish oqibati haqida gapirilyapti. O‘ris aytgandek BMTda ovoz berish¸ Haiti, Hanofer kabi joy nomlarini o‘ris aytganday qilib yozish.
O‘risqullikning daxshati haqida gapirish kerak. Ëshligimizda ko‘cha bollari daydi bir itni kaltaklashdi, it bechora qochib bizning xovliga kirdi. Odam ko‘rsa qo‘rqadigan bo‘lib qolgan it ayvondagi bo‘yi 30 santimetr pol tagiga kirib ketdi va chiqmadi. Toviqda suv, yemak qo‘ysak odam yo‘q vaqtda yerdi. Biror uch yil bu it pol tagida yashadi. Bir kun sabri chidamay pol tagidan chiqib ko‘chaga qochdi. It tarvaqaylab kattayib ketgan bo‘lsa ham bo‘yi 30 sm ya'ni pol tagi bilan bir xil edi. Oyoqlari qiyshayib tanasi yassi bo‘yni bukuk mavjudotga aylangan edi.
Bugun «kino o‘rischa bo‘lsa nima qilibdi» deydigan «shifokorlar»ning o‘zlari shu pol tagida qisilgan it kabi mahluqqa aylanib qolishgan. Afsus bundaylar millionlarni tashkil qiladi.
MS: Sho‘rda to‘xtab yonqi gapni oyting
Assalom O‘zbekiston Juma Muborak!