Ellikqal'alik pedofil hibsga olindi
Ellikqal'alik 44 yashar erkakning yosh bir qizaloqni to‘rtinchi sinfdan boshlab 13 yoshiga qadar zo‘rlab kelgani haqida eltuz va polis uz telegram kanallari video chop etgani ortidan pedofil hibsga olindi.
Bu haqda bugun Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar idoralari rasman bildirdi.
Ellikkal'a tumani “Amirobod” Ovul Fuqarolar Yig‘inida yashovchi fuqaro M.Z. 30.08.2023 yilda tuman IIBga murojaat qilib, 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan nevarasi T.S.ni Ellikkal'a tumani “Amirobod” OFYda yashovchi qo‘shnisi Z.Sh. qo‘rqitish va zo‘rlik ishlatish orqali nomusiga tekkanligi sababli, Z.Sh.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat Respublika prokurori tomonidan joyida o‘rganilib, sud tibbiyot ekspertizasining 2023 yil 5 sentyabrda chiqarilgan hulosasi, tergovga qadar tekshiruvda to‘plangan ish xujjatlari inobatga olinib, gumon qilinuvchi Z.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 118-moddasi 4-qismi, 119-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi.
Rasmiy munosabatda bildirilishicha tergovning har tomonlama to‘la va xolisona o‘tkazilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori tomonidan nazoratga olindi.
Xabardan ma'lum bo‘ladiki, Ichki ishlar idoralari Eltuz va Police_Uz da xabar chiqmaguncha jinoyat ishi ochishni istashmagan. Jabrdiydalar tuman Ichki ishlar bo‘limiga avgust oyida murojaat qilishgan, sud tibbiy ekpertiza va hibsga olish 5 sentyabr kuni ya'ni bugun amalga oshirilgan.
Eltuz oldin xabar qilganidek, 13 yashar qizni ikki yil davomida zo‘rlagani iddao qilinayotgan erkakning uch qizi bir o‘g‘li bor.
Eltuz voqealar jarayonini kuzatishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang.