Xonqa hokimi o‘z qo‘l ostidagilari ketiga shampan shishasi tiqmoqchi
Agar Ginnesning qo‘lostidagilarni nafsoniyatiga tegish, g‘ururini toptash, tahqirlash, so‘kinish va urish singari yo‘nalishlarda ham reytingi bo‘lganida edi, g‘oliblikni yaqin yillarda o‘zbekistonlik amaldorlardan hech kim tortib ololmasdi.
Taniqli sport sharhlovchisi Xayrulla Hamidovning bu borada ajoyib gapi bor: «So‘kinish bu aslida orqadan chiqishi kerak bo‘lgan narsaning og‘izdan chiqishidir».
Ammo navbatdagi so‘kong‘ich qahramonimiz – Xorazm viloyati Xonqa tumani hokimi Murodbek Davlatov – taniqli sport sharhlovchisi iborasining butkul teskarisiga oid.
Murodbek Saparboevich – og‘izdan chiqqan narsani orqaga kiritish orzusidagi tip.
Moliyadan chiqqan bu hokim bolaligida zo‘rlangan bo‘lsa kerakki, qo‘l ostidagilari orqasiga shampan shishasini tiqish bilan tahdid qiladi.
Eltuzga yetib kelgan audio Murodbek Davlatov o‘tkazgan majlisdan bir parcha xolos.
U o‘z so‘zlarining internetda tarqalishidan ham qo‘rqmaydi.
Hokimning aytganlarini so‘zma so‘z keltiramiz:
Audio
Muradbek Saparboevich yana shampan shishasini orqa teshikdan kiritib, boshqa teshikdan chiqarish bilan ham tahdid qiladi:
Audio
Shunday qilib, yilning eng so‘kong‘ich hokimlari nominatsiyasi bo‘yicha ro‘yxatga Xonqa tumani hokimi ham kirdi.
Qoyil yoshulli. Faqat tushunmay qoldik – siz haqorat qilgan shaxsning bo‘yi pastmi yoki siz nazarda tutgan shampan shishasi shunchalar kattami?
Eltuz so‘kong‘ich hokimlar ro‘yhatini tuzishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk bosing.