Asosiy mavzular
22 sentyabr 2023

Mehr oqibat ko‘chasidagi seks jallob

RT: Aziz do‘stim. Ko‘zlari intizor singlim. Mehribon opajonlarim. Duogo‘y onaxonlar. Yuzidan farishta yoqqan otaxonlar, akalar, ukalar mana rassom akangiz va'z aytishi joiz sanalgan muborak juma kuniga ham yetib keldik. Hafta ichi yig‘ilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, demak ko‘pchilikning ovozi bilan Matchon Suqulish o‘zini shevasida gapirishda davom etadi

MS: Nichiksizla, xo‘jik brri! mo‘chchi oybikala. Mayne damen und xerren. Baribir nemischa gaplasam balki ko‘proq odam tushunarmiadi mani diyan gumon qoldi ichimizda. Gurung sizdan bo‘lsin Duz og‘a. Andijondayi mehr oqibatli qo‘shmochi g‘orla hoqqinda gaplang. 

RT: Asaka sudi ikki anjanlik qo‘shmachi xotinni aybdor deb topdi

Bu ikki xotin Turkiyada foxishalik bilan shug‘ullangani va boshqa anjanlik xotinlarni ham mijozga ko‘rsatgan seks xizmatdan keladigan pulning yarmini berish evaziga jalablikka yollab kelgani tergovda aniqlandi.

Andijon tumanida tug‘ilib Xo‘jaobodda yashab kelayotgan 33 yashar Muxlisaxon Egamberdievna Umarova va Andijon tuman “Mehr oqibat” ko‘chasida yashovchi 21 yashar Umarova Mahbubaxon Nazirjon qizi “gurux bo‘lib va oldindan til biriktirib” Bo‘ka tumani “Iftixor” ko‘chasida yashovchi 26 yashar Xulkar Mamadalieva Abdurashid qizini “aldov yo‘li bilan” Turkiyada jalablik uchun Farg‘ona Istanbul yo‘nalishidagi uchoq orqali jo‘natayotgan paytda qo‘lga olingan.

MS: Ibiy xorob, juvonnamakla. Biravni qizini indamin olib getavaramikan ishvalakchilika…

RT: Jabrlanuvchi Xulkar Mamadalieva bu ikki qo‘shmachi xotin ustidan shikoyat yozib bergan.

2023 yilning 18 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Asaka sudi hakami B. Xasanov bu ikki xotin ustidan hukm o‘qib ularni mamlakat jazo qonunining 135-moddasi ya'ni, odam savdosi, odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish jinoyatida to‘la aybdor deb topdi.

Turkiyaga jalab yuborish bilan shug‘ullanib kelgan Muxlisaxon va Maxbubaxonlarga 3 yilga ozodlikdan maxrum qilish jazosi tayinlandi.

Hukmga ko‘ra bu ikki qo‘shmachi xotin jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tashi belgilandi.

Ammo!!!

Bu ikki qo‘shmachi xotinning chin qalbdan pushaymonligi va bittasini sha'riy nikohga olgan eri baqmay tashab ketgani¸ har ikkalasining voyaga yetmagan bolasi borligi va Muxlisaning bo‘g‘ozligini hisobga olib, gumanizm va insoniylik printsiplariga tayangan sud bu ikki aybdor xotinning jazosini bir yilga kechiktirdi.

MS: Dunyoda eng adalatli, gechirimli sud bu o‘zbekiston sudi.  Bir yil ichinda adabli bo‘lib hech kimni hech kima qo‘shmin, o‘zlaram oyimliqa tanaps atib, pista bodomini qisib o‘tirsa umuman gechiribam tashiyvaradi bizani so‘tla.  Romim bo,  na g‘amim bo dab yuriyvarganla bilo Turkiyada.

RT: Lekin Mabodo “ashi ishti” yana qilishsa “jayiga apkirib qo‘yiladig‘on” bo‘ldi.

Bo‘ldi. Sud ocherki shu bilan tugadi.

Finita La komediya

Lekin sud tergov hujjatlarining o‘nlab varaqlarini o‘qish jarayonida yuzaga kelgan savollarning muhokama qilinishi jamiyat uchun foydali.

Buyuk yozuvchi Lev Tolstoyning “Anna Karenina” romanidagi mashxur so‘zlarni yana eslatsam. “Barcha baxtli oilalar bir-biriga o‘xshaydi. Barcha baxtsizlar esa o‘zicha baxtsiz”

Asaka sudiga taqdim qilingan tergov hujjati figurantlari “yo‘qotilgan avlod” deya tamg‘alangan so‘nggi 30 yil mansublari.

Ëshlari 30ning nari berisida bo‘lgan bu xotinlar deyarli maktabda o‘qimagan.

Kasb xunari yo‘q. Ishsiz. Ota enasi qashshoq.

Sal yetilishi bilan “egasi chiqdi” deya eshik qoqib kelgan birinchi rijolga imom nikohi qilib “tepvorilgan”.

Zags pags yo‘q. Bu rijol er bir oy xotin tarafdan kelgan mazarni qarindoshlari bilan yeb, ayshini surib “bor endi buvingnikiga kirib ket” deb haydavorgan.

(Men bilgan bitta anjanlik X ismli rijol xuddi shu uslubda 5 marta uylanib, besh marta taloq qilgan)

Tergov hujjatlarida Muxlisa Umarova 2009 yilning iyul oyida Andijon shahar Oxunobod MFYdagi S. Umarovga erga tekkani, ammo zagsdan o‘tmay faqat imomga nikoh o‘qitib qo‘yishganini aytgan. “Sha'riy er” S. Umarov pul topolmay, xotin boqa olmay qashshoq bo‘lib qolgani va muntazam kelishmovchilik ortidan 2012 yilda “xotinini taloq qiladi”

ZAGS bo‘magandan keyin ajralish va aliment masalasi ham nolligicha qoladi. Muxlisa rijol eri ko‘kartirgan ko‘zi va bir talay qarzlari bilan enasining uyiga qaytib keladi.

2015 yili Namongonlik I. Abdumajidov bilan tanishadi va yana ZAGSdan o‘tmay “sha'riy xotin” bo‘lib “bittani tug‘ib dumalatadi”

Ammo bu rijol er, Muxlisaning aytishicha, “xotinni moddiy va jismoniy ta'minlashga yaramay ramaqijon kasal bo‘lib qoladi” Bonusiga qaynona ham ko‘tiga tuvak tutiladigan o‘lasi kasal. Xullas «Finita la komedia»

Xuddi o‘sha sxema bo‘yicha rijol er Muxlisani taloq qilib “bortini beradi”.

ZAGS bo‘magani uchun rasman ajralish, nafaqa va bolaga aliment masalasi ko‘rilmaydi.

Muxlisa Namongonlik rijoldan orttirgan bachasi bilan ena uyiga qaytadi.

“Tor qornimga siqqansan, lekin tor xovlimga sig‘maysan” degan gaplardan keyin Muxlisa o‘z dislokatsiyasini Xo‘jaobodga ko‘chiradi.

Eltuz tanishgan delodagi barcha figurantlar “ishsiz” va “ma'lum bir kasb egasi emas”

Muxlisaning sudda aytishicha “bolasi va o‘zini boqish uchun 2021 yilda Turkiyaning Istanbul shaxriga borib seks tirikchilik qiladi.

Muxlisa Istanbulda jalablik bilan shug‘ullanib o‘zi bilan seks qilgan erkaklardan “bir martasiga ming liradan pul olib kelgan”.

“Har kuni uch nafar erkak bilan jinsiy aloqa qilardim” deya ko‘rsatma beradi Muxlisa.

Muxlisaning sudda aytishicha¸ “opasining qizi Mahbubaxon Umarova ham turk erkak bilan yashab baxtini topgan” “xolasining qizi Barnoxon ham Turkiyada fohishalik qilib” biri ikki bo‘lgan.

Dunyoni zabt etayotgan o‘zbeklar

Istanbulda ellik marta taksiga chiqqan bo‘lsam barcha taksist «o‘zbek bilan seks qilgani» haqida maqtanib aytib berardi.

80 millionlik Turkiya erkaklari to‘qsonlarda Natashalarni itargan bo‘lishsa, 21 asrda o‘zbek qizlarini ezg‘ilashmoqda. O‘zbek qizi degan ism fohishaning sinonimiga aylandi Turkiyada.

Manita, o‘ruspu deb tamg‘alangan o‘zbek qizlar to‘dasi Lolalidan tortib Boshoqshahargacha uzaygan.

Aksar fohishalar yoshi o‘tinqirab bozori kasod bo‘la boshlagandan keyin “mama Roza”ga aylanishadi.

Ya'ni yoshroq¸ chiroyliroq “takoooy” qizlardi topib turk erkakning qo‘yniga solib qo‘shmachilik qilishadi.

Muxlisa va opasining qizi Mahbuba shu yo‘lni tanlab O‘zbekistondagi “erdan ajrab moddiy qiynalib” o‘tirgan “takkoy” qizlarni izlay boshlashdi.

“O‘ziga qarab¸ yaxshi kiyinib, seksi bo‘lib yurgan o‘zbek jalabi bilan bir kecha yotgan turk shartta ikki yuz dollar chiqarib berishi” haqidagi targ‘ibot hikoyalari bilan qizlarning “suvini oqizishdi”.

Bu instruktsiya davomida “yo‘br bilan yotgan jalab olgan pulining yarmini qo‘shmachiga berishi” joizligi ham uqtirildi.

Tergov hujjatlarida toshkentlik Sevara degan potentsial jalab ham figurant sifatida o‘tadi.

Navbatdagi nishon, bo‘kalik Xulkar Mamadalieva edi. Hammasi kelishilib, “ashi ishni qilishlik uchun” fifti-fiftilarga rozi bo‘lindi. Bilet olindi. Ammo nimadir bo‘ldiyu, Xulkar “jabrlanuvchi o‘laroq milisaga xabar berdi”

Ikkita anjanlik qo‘shmachi Maxbuba va Muxlisalar qo‘liga kishan solindi. Sud ham ularni odam savdosida aybdor deb topdi va jazoni kechiktirdi.

Baxti qaro jalablar

Bu gaplarni yozayotib o‘zimni kolumbiyalik buyuk yozar Gabriel Markes kabi his qildim.

Markesning “Baxti qaro jalablarim haqida xotira ” (ispancha Memoria de mis putas tristes) kitobida yo‘qsil va ishsiz xotinlarning borar yo‘li jalabxona to‘shagi ekanligi haqida yozadi.

Ispanchadagi “Putana” kalimasi birga-bir “jalab” degan ma'noni beradi.

MS: Xorazmchasi g‘or, ishvalak, go‘ydirgi bo‘lsa garak.

RT: Uni odobi oshib ketgan o‘zbek tilmochlari chuchmal qilib “ma'shuqalarim” deb xato tarjima qilishgan.

Yo‘qotilgan avlod

Ëzganim matnda so‘nggi 30 yildagi “yo‘qotilgan avlod” haqida esladim.

1991 yil mustaqil bo‘lganimizdan keyin mamlakat yovvoyi jungliga do‘ndi.

Kimda nima bo‘lsa sota boshladi. Xokimlar yer, qo‘shmachilar er, zooparkdagilar sher sotdi.

Xotinlar esa chotini orasidagi bermud uchburchagini tijorat mashinasiga aylantirishdi. Tug‘ib bola sotishdi. “Ashi joyini berib” institutda sessiya yopishdi¸ kandidatlik yoqlashdi, ishga joylashishdi.

Dunyo fohisha bozorida o‘zbek segmenti paydo bo‘ldi.

Dubay, Hindiston, Turkiya¸ Birlashgn Arab Amirligi va hatto jimitday Gruziyada ham o‘zbek jalablari dominant bo‘ldi.

O‘zbekistonni 1989 yildan to o‘lgunigacha boshqargan Islom Karimovning xozir qamag‘da jazo o‘tayotgan qizi Gulnoraning ilk bizneslaridan biri Dubayga, Roz Treyding shirkati orqali o‘zbek jalablarini jo‘natish bo‘lgan edi.

Baliq boshidan sasiydi¸ lekin dumidan tozalanadi.

Shu yerda Matchon Suqulish aytganday tormozga bosib “Anjanning baxti qaro fohishalari” haqidagi qissamni tugatsam.

MS: Oching alingizni, uring potyani!

RT: Assalom O‘zbekiston, Juma muborak! 

Tag‘in o‘qing
3 dekabr 2021
Uylarim isirmikin o‘tin yorib, Go‘ng-tezak yoqsammi yo tappi qorib. Arzi-hol aytsam dedi hokim borib, Bor, o‘chog‘ing yoq, mani va'dam ...
12 iyul 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
22 fevral 2021
Bosh vazirligida Qorasuv-1 mavzesi tomondagi kamtargina hovlida istiqomat qilgan prezident Shavkat Mirziyoev ayni paytda hashamatli qarorgohlarda yashashni afzal bilmoqda. ...
20 aprel 2024
Farg‘ona viloyatidagi va umuman vodiydagi barcha professional jurnalist va ziyolilarga ikki og‘iz gapim bor. Vodiy azaldan mehmondo‘stligi bilan tanilgan. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...