Asosiy mavzular
3 oktyabr 2023

Narpaylik mahalla raisi dalada qo‘y boqib yurgan 13 yashar bolani ayovsiz kaltakladi 

Narpay tumani turg‘uni 7 sinf o‘quvchisi, Nurmuhammadov Umidjonni mahalla  raisi ayovsiz kaltaklab tashlaganini aytib, yordam so‘rab Eltuzga murojaat qildi.

“Samarqand viloyati Narpay tumani Oq oltin mahallasidan murojaat qilayapmiz mahallamizda vaziyat juda keskin, mahalla rayisimiz hech kimni odam o‘rnida ko‘rmaydi.

Mana kecha u, mehnatkash, mahallamiz fidoyisi bo‘lgan o‘qituvchi Jomonqulovaning 13 ga to‘lmagan farzandi Umidjonni ayovsiz kaltaklab tashladi. Azbaroyi urib do‘pposlanganidan, bolaning ichi to‘kilib bannisada yotibdi” deya bildirdi u Eltuz tahririyatiga.


Narpay turg‘uniga ko‘ra, voqea Nurmuhammedov Umidjon mahalla chekkasida qo‘y boqib yurgan mahalda yuz bergan, uning ikkita qo‘yi mahalla raisiga tegishli dalaga o‘tib ketib qolgan. U qo‘ylarni mayib qilgudek, urib tashlagani yetmay, bolani ham shafqatsiz kaltaklay boshlagan.


Uning tag‘in yozishicha, “Oq oltin” mahallasida yashovchi  o‘qituvchining voyaga yetmagan o‘g‘li hozir kasalxonaga yotqizilgan. Biroq, mahalla raisi bolaning ota onasiga bosim o‘tkazib, bolani  tezroq kasalxonadan chiqarib yuborishga urinmoqda. Narpay turg‘uni bolaning jarohat yetkazilgan badani aks etgan bir nechta fotosuratlarni ham jo‘natdi. Suratda bolaning yelka, qo‘li va oyog‘iga yetkazilgan zarbadan ko‘kargan izlarni ko‘rish mumkin.


Bu xabarni u mahallaning telegram gruppasiga ham tashlagani, biroq mahalla ma'murlari hammani bloklab tashlab, haqiqatni aytishga yo‘l qo‘ymayotganini Eltuzga bildirdi.

“Narpay tuman IIB raxbarlari, tuman hokimligi hammasining og‘zini yopib o‘tiribdi. Bolalar ombudsmeni esa telefonlarga javob bermayapti. Bolaning esa ahvoli juda og‘ir” deya yozdi Narpay turg‘uni Eltuzga.

Tag‘in o‘qing
15 dekabr 2023
Mana xafta aylanib siz bilan yana yuzma yuz, betma betman. Yaxshimisizlar azizlar. Tashqarida qahraton sovuq bo‘lsa ham, diydoringiz issiq. ...
13 dekabr 2016
O‘zbekistonda Karimov o‘rniga prezident bo‘lib Shavkat Mirziyoevning saylanishi, jamiyatdagi oliy mansabdor shaxsini ulug‘lash ritorikasini o‘zgartirmadi. Bu og‘riqli muammoni aks ...
7 yanvar 2025
Muqaddam Gulnora Karimova egalik qilgan, 70 milliard so‘mga baholangan 5,38 gektarlik ob'ekt 2021-2022 yillarda bir necha bor sotuvga qo‘yildi, ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...