Asosiy mavzular
5 oktyabr 2023

Maxsus amaliyot chog‘ida qirg‘izistonlik jinoiy avtoritet Qamchi Qo‘lboev o‘ldirildi

Eltuzga yetib kelgan dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 4 oktyabr kuni Bishkek markazida amalga oshirilgan jinoyatchilarni  qo‘lga amaliyoti chog‘ida Qirg‘izistonlik Qamchibek Asanbek o‘ldirildi.

Bu haqda avvaliga qirg‘iz media nashrlari tasdiqlanmagan xabar tarzida yozdi, biroq oradan ko‘p o‘tmay o‘g‘ri Qamchining ӯldirilgani rasmiylar tomonidan tasdiqlandi.

Kolya Qirg‘iz nomi bilan mashhur Qamchi Qӯlboev Markaziy Osiyodagi jinoyat olamining eng yirik vakillaridan biri edi. Uning ӯldirilishi Qirg‘izistonda katta chayqalishlarga olib kelishi mumkin, demoqda jinoyat olamiga yaqin Eltuz manbalari.

Ularning Eltuzga bildirishicha, o‘g‘rilar olami vakili Qamchi Ko‘lboev – Qirg‘izistoning «smotryashiysi» hisoblangan, unga 2008-yil 23-aprelda Moskvada Yaponchik laqabli V. Ivankov va Ded Xasan tomonidan shaxsan o‘g‘rilik toji kiydirilgan. U Issiqko‘l viloyatidan. Ilgari qamalib ham chiqqan. Biroq sudlarning qarori bilan u butunlay oqlanib, qonun oldida reabilitatsiya qilingan edi.

Eltuz Markaziy osiyo va postsovet hududidagi o‘g‘rilar olamiga oid voqealar jarayonini o‘rganishda davom etadi. Videolarimizga layk bosing, kanalimizga obuna bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
5 noyabr 2018
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi noroziligiga qaramay, 3 noyabr kungi majlisida AIBA – Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi 66 yashar G‘afur Rahimovni ...
31 avgust 2020
Hozirgi yoshlar orasida «kalta paypoq» kiyganlar ko‘p yoki ozligini bilmayman. Lekin hozirga kelib aksari (hammasi emas) yoshlar uylanish jarayonida ...
10 may 2019
Rassom Tuz
8 iyun 2019
Kanadaning fuqarolik jamiyati saytlarini himoya qilish maqsadida tashkil Kanadaning Deflect internet xizmati «Eltuz» saytiga 3 iyun kechasi taxminan 05:00-05:40 ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...