Asosiy mavzular
6 oktyabr 2023

Egilgan o‘zbek – RTdan va'z

Mana azizlar yana sizlar bilan yuzma yuzman. Sizlarga yaxshi gap aytgim keladi. Ëmon gap aytib kimnidir ko‘ngliga ozor berganimdan ko‘ra, karimov qabrini vayron qilganim ma'qul.

MS: Nichiksizla, xo‘jik brri, mo‘chchi oybikala. Ëshi kichchi, yoshi ullig‘o solom. Shorlovuqdagi kadila nichikizla?

RT: Odam yaxshi gapni unutmaydi. Mana stolim ustida Fariduddin Attorning  “Tazkiratul-avliyo” kitobi turibdi.

MS: Og‘o, o‘qing shu kitopdon. Bizaram ishitib odom bo‘lg‘oymiz, iloyim xudoyim.

RT: Bu kitobdan bir parcha o‘qisam. “Zohirda ko‘ramizki, agar bir kishi senga qarshi nomaqbul, yomon bir so‘z aytsa, undan qasos olmoqchi bo‘lib, o‘sha bir so‘z bois yillar bo‘yi, ichingda kin-adovat saqlaysan. Bir botil so‘zki, sening nafsinga shunchalik ta'sir qilsa, bas, albatta, haq so‘z va yaxshi so‘z undan ming daraja ko‘proq ta'sir qoldirgaydir, garchi o‘zingning bundan xabaring bo‘lmas”.

MS: Og‘o, unchalli chushunmadim.  Yaxshisi o‘lgan qotqonlardan so‘llang…

Osmon musappa nyus

Bekobodda 58 yoshli erkak o‘zini osib o‘ldirdi.

MS: Navchun osibdi. Osil osil dayan kasali bomikan?

RT: O‘g‘li internetda qimor o‘ynab, katta miqdorda pul yutqizib qo‘ygani sabab, ota o‘zini osgani aytilmoqda.

Xodisa 30 sentyabr kuni Bekobod tumani Oltiovul qishlog‘ida sodir bo‘ldi. Toshkentda qurilish firmalardan birida ishlaydigan 34 yashar o‘g‘li qimor o‘ynab pul yutqizganiga chidolmagan ota o‘limni afzal ko‘rdi. Qimorvoz o‘g‘il otasini janozasiga ham kelmadi.

MS: Manglayi tiyrdin qoro vuni. Iloyim qorsildop uchip, gursildab sinsin. 

RT: Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida o‘zi bilan uchrashib yurgan ayolni o‘ldirgan buxorolik 36 yoshli erkak 13 yilga qamaldi. 

MS: Kadisini o‘ldiribmi bu jolotoy. 

RT: Qashqadaryolik 35 yoshli ayol va buxorolik erkak «Yor-yor» ko‘rsatuvida tanishgan. Ular zagsdan o‘tmay  2 yil davomida G‘uzor tumanida uchrashib yurishgan. To‘y qilib, olib ketmayotganidan jahli chiqib, ayol erkak bilan janjallashgan. Erkak esa bu xotinni arqon bilan bo‘g‘ib  o‘ldirib, jasadni hovlisidagi 2,5 metrlik suv hovuziga tashlagan.

MS: Xotin go‘rda, o‘ynash qamoqda. «Ër yor» diyan peredachadan galgan poydo shumi indi. Ha qon toshog‘on, xoroplo!

RT: 1 oktyabr kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan xonadonning xojatxonasidan yoshi taxminan 4-5 yosh bo‘lgan o‘g‘il bolaning o‘ligi  topildi.

Mazkur holat yuzasidan JKning 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

MS: Qorovosti kishini!

Joriy yilning 4 oktyabr kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida 24 yoshli Matiz taksi haydovchisi o‘ldirilib, avtomashinasi  yoqib yuborildi. 

MS: Ibi boxtim qoro. Toshobl gondurasdanam battar qroym zona bo‘libdi. Qo‘ying bi gaplani. Yaxshisi apandi anekdot oyting og‘o. Bir gulishali

Afandi

Bir kuni afandi daryo yonidan o‘tib ketayotsa, suvga cho‘kayotgan bolani ko‘rib qolibdi.

Afandi suvga sakrab, uni qutqarib olib, uyiga olib boribdi.

Bolani tashlab ketayotsa, ota-onasi unga rahmat ham aytmabdi.

Afandi ko‘chaga chiqsa, bir payt bolaning otasi orqasidan yugurib kelayotganmish.

Shunda afandi:

— Mayli, qo‘yavering,  rahmatning hojati yo‘q… Men bolangizga chin dildan yordam berdim, – desa, otasi:

— Bolamni boshida shapkasi bor edi, qani? – dermish.

(Kulgi)

MS: Og‘o siz bir topishmoq oytsom bo‘lami. O‘zi bir qorich odi to‘rt qorich. Bu kim?

RT: Bu o‘zbek kinosining “Kichkina tabib”i — Dilshodbek Kattabekov. U yaqinda  uylandi. To‘yda ko‘plab shou-biznes vakillari mehmon bo‘ldi. Menam o‘sha to‘yda bor edim. Bo‘za ichdim. Bol yedim. 

MS: Nosa kul qo‘shib sotib boyig‘on nospurush to‘y atganda aytganinnin o‘zingizni pilingiz, o‘zingizni kulingiz. 

Bo‘l bo‘l ashullochi bo‘l diyaan zamon. Yulduz xajanaya haykal qo‘ydila Toshkent Sitida.  

RT: Bitta shag‘amdan bo‘lgan arzon manekenga parik kiyg‘azib «Yulduz Usmonovaning haykali» deya xalqqa yedirib o‘tirishibdi. Yulduz xojona tabiatidagi shallaqilik, g‘arangiz satang jilva va tulkiqarashni faqat Rassom Tuz chiza oladi. Har kim o‘z ishini qilsin. O‘likni yuvg‘uchi yuvsin. Qo‘yni qassob so‘ysin.   

Spidga chalingan kasb 

Kimningdir «aybini» aniqlab «agar paloncha bermasang internetga chiqarvoraman» deb qo‘rqitishning nomi taxdid, shantaj va umuman insonga yarashmaydigan yuziqoralik.  

Qayoqqa ontarib, qaysi tarafdan qarasang ham shu!!!  

Bir paytlar Ozodlikning Toshkent byurosida rahbar bo‘lgan Rahmatjon aka ham «jurnalist o‘z qaxramonidan pul olmasligi kerak» degan maslakiy qoidani tushunmay «10 kun aqliy mehnat sarflagani uchun oladida» degan ma'noda o‘ta omi bir gapni aytgan.  

Butun dunyoda jurnalist redaktsiyadan oylik yoki gonorar olib ishlaydi. Gazeta jurnal yoki teleradiokanal esa reklamadan pul topib yoki grant asosida muxbirlarni va o‘z faoliyatini ta'minlaydi. 

Butun dunyoda blogerlar folloverlarining soniga ko‘ra tarmoqdan pul oladi yoki shunchaki xobbi o‘laroq tekin ishlaydi.  

Titanik cho‘kayotganini ko‘rgan muxbir kema kapitaniga qarab «seni cho‘kkaningni yoritishim uchun pul ber» demaydi.  

Milliarderlarni fosh qilgan raxmatli Pol Xlebnikov yiliga 40 ming dollar oylik olardi. (Savodsiz furachining to‘rt oyda oladigan maoshi)  

Xlebnikov fosh qilgani ortidan milliarderlarning aktsiya narxi tushib millionlab zarar ko‘rishardi.  

O‘sha milliarderlar agar Xlebnikov ular haqida yozmasa yiliga bir million berib turishga rozi edi.  

Ammo Xlebnikov redaktsiyadan oylik olib yashashni ma'qul bildi.  

Chunki u maslak odami edi. Uni sotib ola olmagan oligarxlar o‘ldirib qutulishdi.  

Uzun kirishdan so‘ng O‘zbekistondagi matbuot realligiga o‘tsak.  

O‘zbekistondagi barcha nashrlar muxbirlari va bemaza qovun urug‘iday ko‘paygan blogerlar o‘zlari yozmoqchi bo‘lgan voqea qaxramonlaridan pul oladi.  

«Pul bersang problemangni chig‘orib» beraman. deydi.  

Savodsiz bir jinni videoni yoqib pul olgan odami haqida aljirab o‘tiradi.  

Odamlaram matbuot shunaqa bo‘lar ekan deb ko‘inikib ham ketishgan.  

Biror tadbirga chaqirilsa baqlajon.uz ham «dogovor yuboradi» pulini to‘lab qo‘ying deb.  

Ilgari odamlar restorandagi mashshoqqa pul berib ashulla aytirishardi.  

Xozir «jurnalistga» pul berib maqola yozdirishadi.  

Bo‘ynidan bog‘langan it ovga yaramaydi. 

U egasi bergan suyak va kulba evaziga vovullaydi. 

Butun boshqa soxalar kabi jurnalistikani ham o‘ldirib ko‘mib qo‘yishdi O‘zbekistonda.  

Bir suruv tilanchi esa jurnalist niqobini kiyib pul evaziga «binnasalar» yozib yotibdi.  

Bittasi xuddi mol bozorda qo‘y sotayotgan kabi «O‘tib berdim. Yetmish emas ellik bering» deb o‘tiribdi. 

Atayin SPID yuqtirgani uchun besh yil «uslovniy» olgan xonim esa o‘z qaxramonlarini nafaqat cho‘ntagini balki chotini orasidagi chig‘ib turgan joyini ham sog‘ib tashagani tergov hujjatlarini o‘qiganlarni yuzini qizartiradi. 

Jurnalistikani gadoylik¸ talonchilik¸ tilanchilik va mol bozoriga aylantirganlarning joyi qamag‘da va nuqta. 

Umuman majoziy ma'noda bu savodsiz g‘urbatillo balogirlar bois o‘zbek jurnalistikasi spid kabi tuzalmas dardga duchor bo‘ldi.  

Bu tujjor shantajchi baxti qarolardan avliyo ota yoki tereza momo yasab, ikona qilib sig‘inayotganlarning ham kasali tuzalmasdir.  

Bir kun kelib olimlar SPIDning davosini topishadi.  

Ammo yalang oyoqlari gadoylik botqog‘ida turgan, ko‘zi och, ta'magir va shantajchi o‘zbek jurnalistikasing kasali tuzalmasdir.  

Kurva kokain. Bilat. Chao mandarin.

Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi 

MS: Og‘o, Moskva ulli xarp bilan yozilami yo kichchi? 

RT: O‘zbek qashshoqlari, ko‘cha supuradigan dangasalari va poraxo‘r rahbariyati moskvaga sig‘inib patinka yalayotgan bir paytda Ukrain tili standartlari bo‘yicha Milliy komissiya “Rossiya”, “Rossiya Federatsiyasi”, “Rossiya imperiyasi”, “Moskva” va bu tushunchalar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa so‘zlarni rasman kichik harflar bilan yozishga ruxsat berdi. 

Komissiya qarorida rossiya so‘zi oldidan bosqinchi degan so‘z qo‘shimcha qilinishi olqishlanadi.

MS: Og‘o qoqittdingizmi?  

RT: Komissiya qarorida aytilishicha, hozircha “rasmiy xarakterga ega bo‘lmagan” matnlarda bu so‘zlarni kichik harflarda yozish mumkin va bu “belgilangan normalardan chekinish” sifatida malakalanmaydi. 

Komissiya ta'kidicha, bunday qaror “ukrain xalqining Ukraina davlatchiligi mustaqilligi uchun qahramonlarcha kurash olib borayotgani” inobatga olingan holda qabul qilingan. 

MS: Buni tushundik. Lekin tushunmagan narsam bo. Navchun O‘zbek qashshoqlari lotina to‘la o‘tmiyn duripti. Kirillda o‘qig‘onla o‘lib getsa o‘tami lotina? 

RT: Bu savolga bakirov telegramm kanalida javob bor 

Shuncha kechikkanimiz kammi? 

Lotin alifbosiga o‘tishni boshlaganimizga 30 yildan oshdi. 1993 yil 1 sentyabrda maktabga kirganlarning va lotin alifbosida xat-savod chiqarganlarning old farzandlari maktabni bitirishdi.  

Yuridik jihatdan lotin alifbosiga o‘tish 2010 yildayoq yakuniga yetgan. Lekin amalda arosat davri davom etmoqda. Lotinda o‘qigan ikkinchi avlod kirilldan yo amalga kirmagan bahsli lotindan foydalanib kelmoqda. Dunyoda alifbo borasida biz kabi arosat (baxtsiz degim kelmadi) millat bo‘lmasa kerak. 

Kecha lotin alifbosiga asoslangan alifboga to‘rtta o‘zgartirish kiritish yana yangi bahs munozaralar sandig‘ini ochib yubordi. Baraka topgurlar, narigi epoxani qo‘ya turaylik, alifbo borasida 2018 yildan beri bir to‘xtamga kela olmaymiz.  

Biz alifboni o‘zgartirish to‘g‘risida Qonun qabul qilganimizdan beri turkmanlar va ozarlar alifbosini o‘zgartirib bo‘ldi. Yangi epoxada oxiri tugamaydigan bahslar boshlaganimizdan beri qozoqlar alifbosini o‘zgartirishini e'lon qilishdi, tez orada tugallashadi. Qirg‘iz do‘stlar harakatini boshlashdi, lekin shimoldagi og‘a bosimi bilan ortga qaytishga majbur bo‘lishdi (xudo ko‘rsatmasin, shu holga tushmaylik).  

Hozir nega undoq, nega tepasida chiziq, ikkita nuqta emas, C ts yo ch bo‘p qoladimi, CH ni qoldiraylik kabi tortishuvlarga yana yillar sarflashga haqqimiz yo‘q. Bahslarimiz hammamizga, bir birimizga ziyon bera boshlamoqda. Uzr-kuya, bo‘ldi-da endi. 

Birinchidan, ming afsuski, kechadan buyon endi byudjetga yuklama, iqtisodiy xarajat degan safsatalar bolalashni boshladi. E, baraka topgurlar, 30 yildagi arosat alifbodan, ikki alifboda ish yuritishdan yutqazig‘imizni birov hisoblab ko‘rdimi? 

Ikkinchidan, aqlli millatlar agar xohish bo‘lsa, oson va arzon yo‘lini doim topishadi. O‘sha hujjatlar, belgilar, pullarni boshqatdan chop etish aslo shart emas. Belgilangan muddati kelguncha yo umri tugaguncha yashayveradi. Mana o‘zi yo‘q sovet davlatining metrikasi bilan yashayapmizku. Sog‘lom aqlga murojaat qilaylik. 

Uchinchidan, kecha shu o‘zgarishlar e'lon qilinishi bilan do‘stlarimizdan biri Hamza Foziljonov Isajon Sultonning «Genetik» romanini taklif etilayotgan qolipga solib ko‘rdi. 100 betlik roman 95 betga jo bo‘lgan. Ko‘rayapsizmi, 5 foiz iqtisod qilinmoqda. Bu nafaqat qog‘oz, eng qimmat narsa vaqt ham. Shu emasmi iqtisod qilish? Apostroflarga to‘lgan hozirgi variantda o‘qish tezligi ham, yozish tezligi ham past bo‘ladi. Buni o‘zimning misolimda aytayapman. Ishonmasangiz, tajriba qilib ko‘ring. 

To‘rtinchidan, adabiyotchi, tilchi, tarixchilarning fikri munosabati ko‘p eshitildi. Yangi davrdayam, eski davrdayam. Shunday bo‘lishi ham kerak edi. Endi qaror qabul qilish vaqti keldi. Ishni qaror qabul qiluvchi siesatchilarga qoldiraylik. Bundan buyon endi mas'uliyat va javobgarlik ularda. O‘zi alifbo borasida qaror qabul qilish doimo siyosiy bo‘lib kelgan. 1926 yildayam, 1939 yildayam, 1992 yildayam. Shaxsan men Davlat va hukumat rahbarlaridan uzil-kesil va yakuniy qaror kutaman. 

@bakiroo 

MS: Og‘o ozariylarda fikr, anangni sikir degan maqol bor. Buni ma'nosi o‘ychi o‘ylanguncha tentak yopdan o‘tadi.  

RT: Xalq bu oppoq qog‘oz. Hukmdor elita nima yozsa yozaveradi. Ijtimoiy fikr degani bu bir cho‘pchak. Tasavvur qiling «O‘lim jazosini bekor qilish» masalasida xalqning fikri qanday bo‘lishini. Ëki o‘zbekistonda toliboncha diniy format o‘rnatish kerak deb so‘rasangiz javob qanday bo‘ladi. 1953 yildan keyin Stalin shaxsiga sig‘inish stop qilinganida ham hech kim o‘zbek xalqidan so‘ramagan. Mabodo so‘raganda G‘afur G‘ulomidan boshlab Sharof Rashidovigacha Stalin patinkasini yalash joiz der edi. Miyasi o‘smay rivojlanmay qolib ko‘rmuridlikka moyil to‘da bu.

Egilgan o‘zbek

MS: Og‘o Toshkentdagi Xilton otelida durg‘on haykala taxyo giygizvadila vog‘irdini ullisi bo‘ldi.

Etnomillatchi avom Xilton mehmonxonasidagi haykalni urkaltak sazoyi qilib yotibdi. 

Sababi: Haykaldagi o‘zbek egilib turibdi ekan. Iddao: O‘zbek egilmasmish! 

Bu gapni  Kaufman etigini o‘pgan, Stalinga sig‘inib Karimov mozorini yalab yulqab yotgan to‘da vakillari aytyapti.

«Egilgan boshni qilich kesmas» degan maqol mansubi bo‘lganlar aytayapti.

To‘ylarda kelinlarga «Egilib bukilib salom» berdiradigan demode urodlar aytmoqda.

Salimboy kavushini tozalab egilib turishni sharaf deb biladiganlar aytmoqda.

Ularga haykalga «do‘ppi» kiydirilgani yoqmabdi. Birinchidan bunday do‘ppini tojiklar ham kiyadi. Chust axolisi aksar tojik. 

Millatga nomi berilgan qo‘ng‘irot, mang‘it yoki boshqa o‘zbeklar gulli gilam do‘ppi kiygan. 

Bu joxillar haykaltaroshlik san'ati nimaligidan behabar. Dunyo ilmidan mosuvo qolib maktabda inshodan besh olgan soxta ziyolilar.

Jimish!!!

Tek o‘tirish!!! 

San'at asariga osilishma. 

Basharang qiyshiq bo‘lsa ko‘zgudan o‘pkalashma ipirisqilar.

Dunyoga qul yetkazib berishni rekord qilganlarning  surati egilgan odam shaklida bo‘ladi.

Yaqinda bir kelin ajrashib qaytib keldi. Umraga borib kelgan qaynona har kuni oyog‘ini o‘ptirganidan bezor bo‘lib qaytib keldi.

Oyoq o‘pish, etak o‘pish, patinka yalash, tiz cho‘kish, to‘nqayishdan boshqa bir ishga keyingi 200 yilda yaramagan to‘daga jim turish yarashadi.

Narxing shu! Boring, koring shu!!! O‘zim kal ko‘nglim nozik deganing bilan majruxlik kompleksidan tuzalib ketishmaysan.

MS: O‘zi novvi bo‘lvadi og‘o. Konkret.

RT: Dilpuzning aytishicha, Xilton mehmonxonasida kimdir egilib turgan dekorativ haykalga prikol uchun do‘ppi kiydirib, rasmga olib, do‘stlariga jo‘natgan.

Keyin esa Bobojonovning mirshablari kosmik tezlikda harakat qilib  «jinoyatchi hazilkash»ni topib, 15 sutkaga qamashibdi.

Bu «jazo» sudlov tizimida ishlaydigan vaqtida pora bilan o‘qishga kirgan huquqiy savodsiz jinni sudyalar uchun diganoz.

Tarmoq shovqinidan qo‘rqib, talmovsirab qolgan Ichki ishlar tizimi uchun esa sharmandalik. 

Yangi O‘zbekiston peshtoqiga «jinnixona» deb yozsa biram yarashib turadi.

MS Sho‘rda tormozo bosib uring potyani

RT: Assalam O‘zbekiston, Juma Muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
21 mart 2022
O‘zbekistonning «DXR» va «LXR» mustaqilligini tan olmagani Toshkentning pozitsiyasi ko‘p qutbli ekanini ko‘rsatishga qaratilgan, biroq bu siyosatni aksil-Rossiya siyosati ...
25 iyun 2020
Farg‘ona viloyatining Buvayda va Uchko‘prik tumanlarida ipak qurti boqqan kam ta'minlangan oilalar Mehnat vazirligi va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan va'da ...
29 iyun 2017
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Sudya och ekan, prokuror to‘q ekan. Sudyaning alvasti kabi xotini, yiqilay deb turgan ...
3 dekabr 2019
Rassom KirpiEltuz.com
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...