chorshanba,
13 noyabr 2024
31 oktyabr 2023
Xonobodlik 30 yashar yigit ko‘prikka osilgan holda topildi
Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani Xonobod shaharchasida yashovchi yigit jasadi Qo‘rg‘ontepa tuman Sultonobod shaharchasidagi temir yo‘l o‘tish joyi atrofidagi ko‘prikka osilgan holda topilgan. Voqea bundan uch kun oldin 28 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Xabarlarda yigitning o‘zini osgani aytilmoqda. Marhum Xonobod shahrida yashovchi, 30 yoshli, oilali bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, marhumning ruhiy holatida o‘zgarishlar kuzatilgan. Hozircha yigitning o‘limi sabablariga Eltuz mustaqil manbalar tomonidan aniqlik kiritishga muvaffaq bo‘lgani yo‘q.