Calimboyga o‘xshashni orzu qilayotgan vazir
Hukumatdagi Eltuz manbalarga ko‘ra, sobiq AKT vaziri Shuhrat Sodiqov Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlanishi kutilmoqda.
Shuhrat Sodiqov shu yilning fevral oyida Bosh vazir kotibiyati rahbari o‘rinbosari etib tayinlangan edi. U 2018 yilning avgustidan 2021 yilning noyabrigacha Axborot va Kommunikatsiya Texnologiyalari vaziri lavozimida ishlagan.
O‘zbekistonda Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, «Odnoklassniki» kabi tarmoqlar vaqtincha cheklanishi ortidan prezident farmoni bilan lavozimidan ozod etilgandi.
Ayrim manbalarga ko‘ra, Sodiqov lavozimdan olingan kuni kabinetidan uni DXX xodimlari to‘g‘ri «Gvardeyskiy»ga olib borishgan. Sodiqovni 10 kun davomida so‘roq qilishgan, biroq oraga Bosh vazir tushib uni javobgarlikdan olib qolgan.
O‘sha vaqtda prezident videoselektorlardan birida uni «xoin va sotqin» deb atagan edi.
Shuhrat Sodiqovni yaxshi tanigan Eltuz insayderiga ko‘ra, u AKT vaziri bo‘lib ishlagan davrda o‘z yordamchisini UCELL kompaniyasiga soxta hujjatlar bilan ishga joylashtirib, uning nomiga “oltin” kartochka ochtirgan.
Bu katrochkaga ish haqi sifatida har oy 100 mln so‘m pul mablag‘lari o‘tkazib turilgan.
Yordamchisi esa ushbu pul mablag‘larini naqdlashtirib, Sodiqovning ayoliga har oy berib turgan.
Ushbu masala DXX tergovchilari tomonidan o‘rganilgan, biroq Sodiqov “afv” etilgani bois «o‘yindan chiqarilgan».
Yordamchisi va boshqa shotirlariga nisbatan ochilgan jinoyat ishi Toshkent shahar IIBBga yuborilgan. Bu ish hozirga qadar yopilmay turilgani ishoniladi.
Shuhrat Sodiqov o‘tgan oyning boshida o‘g‘li Ulug‘bek Muhammadjonovni uylantirdi.
To‘y Poytaxdagi Osiyo Grand to‘yxonasida, (Prezidentni dabdabali to‘ylar o‘tkazishni to‘xtatishga chaqiriqlariga qaramay) dabdaba bilan o‘tkazilgani aytiladi.
To‘yda Muhammadziyo degan hofiz “Qorasuvda ham pul ko‘payib ketdi” va Shuhrat Sodiqovning oilasiga qarab “sizlarda ham pul ko‘payib ketdi” deya qo‘shiq kuylab berdi. (Eslatish joiz Qorasuv – Shuhrat Sodiqov istiqomat qiluvchi mahalla)
Shuhrat Sodiqovni yaqindan bilganlar haqiqatan ham unda pul ko‘payib ketganligini tasdiqlashadi.
AKT vaziri bo‘lib ishlagan davrida Toshkentning Qorasuvida uchta dang‘illama uchastka qurdi, ayoli va farzadlariga qo‘sha-qo‘sha mashinalar podarka qildi.
Oila a'zolari Salimboyga havas qilib, barcha mashinalariga 010 davlat raqamini taqib olishgan, deya iddao qiladi Eltuzning hukumat tizimidagi manbasi.
Ayni iddaolarning ayrimlarini mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlash imkoniyati Eltuzda yo‘q.