Asosiy mavzular
6 sentyabr 2016

Yulduz Usmonova: «Yurtboshi o‘lgani bilan qurilgan sistema o‘lgani yo‘q!»

Yulduz Usmonova 5 sentyabr kuni yutub kanaliga qo‘ygan yangi videomurojaatida Karimovning janozasi haqida gap boshlab, unga dunyoning butun podsholar o‘tirib havas qilganini aytdi.

«Shogirdlariyam juda chiroyli janazalar qilishdi», dedi u. Ammo shu gapining o‘zida uni tashqaridagilar ham ko‘rib o‘tirishganiga sha'ma qilib «hadeb ko‘zyoshini reklama qilish shartmi, yonu verimdagilar buni ko‘rayapti» dedi.

2012 yili Shimoliy Koreya xalqining dodasi, «mangu prezidenti», diktator Kim Chen Ir vafot etganida mamlakatda uch kun emas uch yil motam e'lon qilingan, ommaviy motam miqyosi solishtirganda O‘zbekistondagi ohu-vohlar arzimas darajada bo‘lganini sezish qiyin emasdi.

«Ahir biz Shimoliy Koreyada yashayotganimiz yo‘g‘u» dedi Yulduz Usmonova.

Usmonova e'tirozlari

Butun murojaat davomida Yulduz Usmonovaning muxolifatga bo‘lgan ochiq dag‘dag‘asi sezilib turadi.

Turkiyadaligida yashaganida uni muxolifat tarafga og‘dirish uchun izidan quvlab yurishgani, xatlar yozishganini eslaydi.

Biroq, kimlarni nazarda tutayotganini ochiqlamaydi.

Muxolifat bugungi davrda turli taraflar pozitsiyasini aks ettirishini, o‘zbek jamiyatida ham dunyoviy, ham diniy muxolifat borligi, ular orasida ham ancha oqimlar borligini unutadi.

Karimov janozasiga tahorat olib Qur'on tilovat qilganini aytarkan, ayni vaqtning o‘zida «yolg‘ondakam ro‘mol o‘rab, namoz o‘qish» g‘oyasini qoralab o‘tadi.

Yulduz Usmonovaga ko‘ra Karimovning ma'rakasi haqiqiy musulmonchasiga o‘tdi, muxolifatning g‘oyalari esa yolg‘ondakam…

Nomsiz muxolifatni «kursi uchun», «pul uchun» harakat qilayotgan g‘oyasiz, xalqdan uzoqlashgan deya ayblarkan, «Hadeb 200 ming odam o‘lgan deyishni bas qiling!» deya stolni mushtlaydi. Uningcha, 8 million odam baxtli yashamoqda. Faqat tag‘in mavhum qoidaga amal qilib, bu raqamlarni qaerdan olganini aytmaydi.

«Kerak bo‘lsa, sahnayam ochiladi»

Yulduz Usmonova hech narsani bilmaydigan go‘l va nodon trollardan emas.

Masalan, diktator uchun ommaviy sahna ko‘rinishlari qanday yaratilishidan u yaxshi xabardor.

Tirikligida aytgan qo‘shiqlaridan divident ololmadiki, o‘lganidan keyin bir foyda topishi dargumonligini ham u yaxshi biladi.

Shuningdek, o‘zini arazlardan ustun ekanini ko‘rsatish uchun, san'atkorlarni hukumatdan «arazlab» intervyu bermaslikka chaqiradi, o‘zini fabrikada ishlayotgan qilib, sahnadan chetlatilganini eslata turib, asosiy muddaoga o‘tadi, mavjud sistemadan umidvor ekaniga ochiq sha'ma qiladi:

«Kerak bo‘lsa sahnayam ochiladi! Yurtboshi o‘lgani bilan, sistema o‘lgani yo‘q. Demak, xudo xohlasa davomidayam yashaymiz…»

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 aprel 2018
Nukus ko‘chasiga burilishdagi, oldingi vinzavod ro‘parasidagi oziq-ovqat do‘koniga qarab ketyapman. Qarasam, bayramona kiyingan militsionerlar, bayroqcha ushlagan talabalar saflanib turishibdi. ...
21 yanvar 2021
Andijonlik 31 yoshli tadbirkor Alisher Ne'matullaev tortib olingan mulkini himoya qilib, sudga 1089 marta murojaat qildi. 252 ta sud ...
15 mart 2021
Rassom Kirpi
4 iyul 2018
Militsiya kapitani, Kattaqo‘rg‘on shahri ichki ishlar bo‘limi tergovchisi San'at Umarov ikkita o‘zbek ayolini videokamera oldida yechintirib tahqirladi. Voqea aks ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...