Asosiy mavzular
8 noyabr 2023

Boyovut IIB mulozimi o‘z xodimini eshak va cho‘chqa deb so‘kdi

Boyovut Ichki ishlar idorasi boshlig‘i o‘rinbosari profilaktika inspektorini noinsof, iflos, eshshak, cho‘chqa deya haqorat qildi.

Qadrli muhlislar bugun 8 noyabr Eltuz o‘zining kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi.

Sirdaryo viloyati Boyovut tumani IIB ma'naviy va ma'rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Aziz Saidovning 7 noyabr kuni o‘z xodimiga qilgan muomala madaniyati aks etgan videosi Eltuzga yetib keldi.

Unda o‘z Aziz Saidov o‘z qo‘li ostidagi profilaktika inspektori Qarshiboevni eshak, cho‘chqa deya ataydi. Bu iboralarini Saidov tumanning Anorzor mahallasida turib, hokim yordamchisi guvohligida ifoda etadi. U shuningdek, telefon orqali profilaktika inspektoriga murojaat etib, ayni mahallada xizmatni boshladim deb yolg‘on gapirgani, uning bu yerda arvohiniyam ko‘rmaganini pisanda qiladi.

Ayni paytda profilaktika inspektori Qarshiboevning yaqinlari buni tarmoqda Aziz Saidovning «Iftixor» MFYning Obloqul boboning fermer xo‘jaligidagi yer maydonida yetishtirgan mosh o‘rimida qatnashmagani uchun qasd olishi deya hisoblamoqda.

“Bunaqangi jirkanch muomila qilib profilaktika ispektori Qarshiboevdan yana 2 qop makka jo‘xori olish umididami? Tovuqlariga don kerak bo‘lganmi yoki uyida kartoshka va piyoz tugaganmi?  Xodimlarni so‘kib, jerkib, sha'niga tegib xaqorat qilishlarga kim vakolat bergan?” deya yozishmoqda profilaktika noziri yaqinlari tarmoqda.

Eltuz Sirdaryo viloyati Boyovut tumani IIB ma'naviy va ma'rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Aziz Saidov va ayni idoradagi profilaktika inspektori Qarshiboev o‘rtasida yuz bergan ziddiyatlar tafsilotlarini o‘rganishga harakat qiladi. Kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk bosing.  

Tag‘in o‘qing
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan Germaniya prezidenti «Anavini ishdan ...
1 aprel 2021
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiev 30 mart kuni O‘sh viloyatining O‘zgan tumani aholisi bilan uchrashuvda “O‘zbekiston ...
23 oktyabr 2015
U paytlardagi katta krizis qarshisida hukumat ojiz edi. Migrantlarning kelib ishlashlari tugul, hatto mahalliy xalq ham ishsiz, pulsiz yurardi. ...
29 yanvar 2018
Yaqinda viloyatga borib, bir tanishimnikiga kirdim. Darvozaxonasida bir qop to‘la o‘rik daraxti o‘tini turgan ekan. O‘tin biror kasallikka chalinmagan, ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...