UzPoster
1 dekabr 2023

«Ko‘cha» nega kerak? – RTdan va'z

Kuzakning oxirgi oyidamiz. Anomal qish «atmen» Dekabrda havo harorati 22 daraja issiq bo‘ladi.  O‘tkan yildagi kabi sovuqdan qaltirash yo‘q.

MS: Tuto chiqsong choponingni olib chiq. Qish baribir qish. Ëldurdovuqdon, o‘ldim suvuqdan dap  o‘tirmonglo yena. Nichiksizla mo‘chchi oybika, xo‘jik brrilo, yuripsizlami hazzatib.

Havo iliq bo‘lsa ham xabarlar sovuq. Butun mamlakat bo‘ylab bratva blatnoy ovi. Shuxer. Oblava. Baxti Tashkentskiy ham qamag‘da. Milisa moshinlar vyu-vyu qilib, o‘g‘ri blatnoylarning boshiga qop kiygizib pachkalab qamab tashashdi.

Kulgi jingl

MS:  Og‘o, shu Urganchda Huddi Razbor dayan boradi, poplovuq restoraninda reshala adi. Shuni Karimov qamoqda o‘ldirdi. Xotini qon yeg‘lodi.

Matchonboy, jamiyat, xalq, el, elot qonunga ishonsin. Boy otalarga emas.

(Foto: Salimga kavush kiydirish)

Yuqoridagi rasm sizga qo‘yilgan diagnoz!!!

Aksariyat, ayniqsa Toshkent va vodiy ra'iyati «ko‘cha»ni sevadi. «o‘g‘riboshi»ni aziz qiladi. O‘g‘ri o‘z o‘marganidan orttirib, padarka qigan kalishni ko‘ziga surtadi. Bu juda yomon illat. «Ko‘cha» bu sovet davrida bizga yuqtirilgan «o‘ris qabohati».

Mixail Saakashivili rahbar bo‘lib kelishi bilan Gruziyani ko‘chadan tozalagan edi.

Karimov mamlakatni ko‘chadan tozalay olmagan bo‘lsada ularni saroydan uzoq tutdi.

Mirziyoev kelishi bilan bu o‘g‘rilar chechen taviya Ramzan strelkasi bo‘ylab davlat saroyining to‘rini ilonxonaga aylantirib, bilanglab kirib olishdi.

O‘zbek seriallarida ulug‘lab romantiklashtirilgan  «ko‘cha» bir vaqtning o‘zida adliya, boshqaruv, kadrlari siyosati, sohalarga imtiyoz berish, bank kredit soxalarining yagona egasiga aylandi.

Bu davlat va davlatning mavjud bo‘lib turishi uchun arxi jiddiy xatarligini Yangi O‘zbekiston rahbari endi tushungan ko‘rinadi.

Faqat bu 15 sutkalik «quloq cho‘zish» bilan ish bitmaydi. Jiddiy tozalanishi kerak.

O‘zbekiston o‘g‘riboshilardan xoli mamlakatga aylansin. Jazoni ijro etish tizimi o‘g‘rilar nazorati bo‘lmasligi kerak.

Mamlakatga o‘g‘rilar sxodkasi emas, demokratik boshqaruv va shaffof mexanimzlar kerak.

Immuniteti past odamga turli kasallik yuqib yopishgani kabi, O‘zbekistoning aksar  axolisi dunyo tan olgan demokratik liberal boshqaruv tizimi qadriyatlari o‘rniga «mafiyabozlik», «o‘g‘rilar patinkasini yalash», «birinchi rahbarga qulday sig‘inish» kabi eskilik sarqiti bo‘lgan jirkanch kasalga chalingan.

O‘g‘ri qamag‘da o‘tirishi kerak!!!

(Visotskiy filmdan parcha)

MS: Do‘g‘riqudon og‘o. Lekin ho‘kimotni ichindayi o‘g‘riloni kim qomoqo solodi? Biri go‘z, biri qosh. Biri giyav, biri qorindosh.  Madrimxon oytqon akan. Davarakimdayi hammasi o‘g‘ri, vuloni zindono solodo‘n qozini o‘zam o‘g‘ri. Og‘o, qo‘ying bu gaplani kadiladan so‘llang. Turkiyada bir suri ishvalak g‘orloni tutibdilo.

Turkiyaning Sakarya shahrida fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotgan 49 o‘zbekistonlik xotin qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, fohishalarning 4 nafarida orttirilgan immunitet tanqisligi virusi (OITS) aniqlangan.

MS: Ëmmon g‘or ko‘paldi yurtdo. Piterdagi ishvalaklarni ko‘pi  Xonqodon.

Uyalganidan SYeKS so‘zini KYeKS deb ishlatadigan 35 million axoli 85 millionlik Turkiyaga  30 yildan beri jalab yetkazib bermoqda. Bir milliarddan ko‘p odam yashaydigan Xindistonda o‘zbek xotin degani jalab degan ma'no kasb qilib ulguribdi.  Tilida uyatchang, amalda esa tormozi yo‘q shahvat. Balki oltin o‘rtaliqni toparsizlar. Seksdan uyalmanglar. Har kuni qilib yurgan ishingiz. Balki maktabda seks tarbiya darslari bo‘lmagani uchun o‘zbek qizlari Istanbul, Dexli, Dubay va Piterda  ayag‘ini anttenna qilib yotibdi.

MS: Og‘o bu g‘orlo, quri ommi qijig‘onnon shyondo yurgani yo‘q. Bechorolo pil topjoqlo. Byondayi kambog‘ol otes, momoylorino pl iyaraip duribtila har oydo. Qo‘shiqdagidin gap yo‘q og‘o.

U qanday qo‘shiq Matchon Suqilish?

MS:

O‘zi bir kichkina qiz gunda ilon o‘ldiradi,

Qosh qoqib, go‘zzini suzib, oltin chirvon o‘ndiradi

Endi Matchonboy hayot faqat pul va oltin bilan to‘kis emas. Erkin Vohidov aytganidek «Bizga oltin ne kerak oltin muhabbat birlamiz.»

(Oltin devordan parcha)

MS: Og‘o, o‘zbek bilan qozoqni porqini bilasizmi. O‘zbekla ilon deydi, qozoqlo jilon. O‘zbeklar kambog‘ol bo‘lsom xotin ustina xotin olovaradi. Qozoq bo‘lso puli yuz ming dollordan oshsa, xotin ustina xotin olodi.

Qozoq boyisa xotin oladi

Nazarboevni ruxiy yolg‘izlikdan qutqarib uning hayotini bolga aylantirgan Toldiqo‘rg‘onlik Asal kim? Nazarboevning qizlarini taniymiz. O‘g‘li bormi? Bu savollarga  Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti Nursulton Nazarboevning o‘zi javob berdi.

Nazarboevning kuni kecha nashrdan chiqqan “Mening hayotim. Mustaqillikdan ozodlik sari” nomli xotiralar kitobida o‘zining kechikkan muhabbat dostonini yozdi.

Kitob Nazarboev nazariga tushgan yakinlarga sovg‘a qilinmoqda.

Kitobda u  ikkinchi xotini  – Asal  bilan qanday tanishgani eslanadi :

“Bir kuni menga Toldiqo‘rg‘onga borish nasib etdi. An'anaga ko‘ra, davlat rahbari hududlarga amaliy tashrifi chog‘ida samolyot trapi oldida gullar bilan kutib olinadi. Ma'lumki, bunday marosimda ishtirok etish uchun eng go‘zal mahalliy qizlar tanlab olinadi. Bu biz uzoq vaqtdan beri o‘rganib qolgan, chiroyli marosim.

Aeroportda menga gul sovg‘a qilgan qiz hayratlanarli darajada go‘zal edi. U uzoq vaqt xotiramdan o‘chmadi va keyin tez-tez uning yorqin yuzida yonib turgan ko‘zlari va nafis, chizilgan qomatini esladim”.

Qozoqning suluvi odamning ichiga o‘t yoqadi, yondiradi, kuydiradi, kul qiladi. Bilamiz. Boshimizdan o‘tgan. Shaprashti urug‘ida tek xotin bilan o‘tkan erkak oz.

Nazarboev  bu suluv  qiz  ishqida yondi.

Kunlarning birida uning suratini gazeta muqovasida ko‘rib, uni sevib qolganini angladi.

«Ësh bir joyni  qoralab, sochga ham oq oralab»  turganida  bir suluv kelib o‘tov ichida chiroq yoqsa bunga nima yetsin.

Kitobni o‘qiymiz.

“Kunlar o‘tdi. Toldiqo‘rg‘on aeroportida meni kutib olgan o‘sha go‘zal qizning siymosi xotiramda qayta-qayta jonlanaverdi. Bir kuni uni topish uchun to‘satdan sabab paydo bo‘ldi. Matbuotni ko‘zdan kechirayotgan edim, bir gazetadagi surat meni “uyg‘otib” yubordi: Ostonada “Miss Qozog‘iston” go‘zallik tanlovi o‘tkazilibdi, unda o‘sha qiz (ismi Asal ekan) Gran-prini qo‘lga kiritibdi. Endi uni topish qiyin emas edi.

Tanishuvimiz o‘zaro iliqlikka, iliqlik esa yaqinlashishga aylandi. Asta-sekin uchrasha boshladik. Asalning tashqi ko‘rinishida ham, fikr-mulohazalarida ham men izlagan ko‘plab fazilatlar bor edi. Va eng muhimi, men yillar davom etgan ruhiy yolg‘izlikdan xalos bo‘ldim”,

Nazarboev  bitta sort mullani chaqirib nikoh o‘qittirib, Asalga uylanadi. 

Asal esa 2005 yilda Tauman, 2008 yilda  Bayken ismli ikki polvon o‘g‘ilni tug‘ib dumalatadi.

“Otalik quvonchi, chaqalog‘imni o‘pish baxti 65 yoshimda yana qaytdi. Chaqaloqlarimning ilk qadamlari, birinchi so‘zlari va bolalarcha ajoyib nutqi, ularni quchog‘imda ko‘tarib yurish, o‘yinchoqlarining sehrli olami, birinchi sinfga borishi, o‘qigan va yozgan ilk harflarining zavqi, ishdan uyga qaytganimda menga qarab qiqirlab yugurishi… – bularning barchasi poytaxt qurilishi davridagi mashaqqatlarni yengillashtirgandek edi.

O‘sha kunlarni, yillarni mehr bilan yodga olaman. Umuman olganda, hayotdagi eng muhim narsa, eng chinakam va abadiy baxt insonga faqat bola tomonidan va faqat ota-ona bo‘lish sharafi bilan berilishi mumkin”, deydi Nazarboev.

Uning yozishicha, Asal  bilan turmush qurganidan birinchi va jamoatchilikka tanish bo‘lgan turmush o‘rtog‘i, uch qizining onasi Soraning ham xabari bor va u erini kechirgan.

“Yoshligimdan suyanchim bo‘lgan, eng og‘ir sinovli damlarda yonimda turgan uch qizim – Darig‘a, Dinara, Aliyaning onasi Soraga umrim davomida shukronalik, g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘lganman. Bu og‘ir hayotda, taqdirimning o‘sha burilish pallasida u meni tushunib, kechirgani bilan ham taskin topdim”, deydi u.

Nazarboev to‘ng‘ich o‘g‘li Tauman tug‘ilganida turmush o‘rtog‘i Soraga kelib, bor gapni aytgan va kechirim so‘ragan. Katta xotini esa “Bola farishta. Bola baxtli bo‘lsin”, deb javob qilgan. Shundan so‘ng qizlari ham uni to‘g‘ri tushungan.

U, o‘g‘illari qatorida qizlarini ham yaxshi ko‘rishini, ulardan tug‘ilgan farzandlari – nabiralarini hamma bobo kabi ardoqlashini bildirarkan, har qaysi oilaning, otaning familiyasi davomchisi o‘g‘illar bo‘lishini qistirib o‘tgan.

Nursulton Nazarboevning Sora Nazarboeva bilan turmushidan 1963 yili Darig‘a, 1967 yili Dinara, 1980 yili Aliya ismli qizlari bor. Bundan tashqari Nazarboev 1996 yili Gulnora Rakisheva degan styuardessa qizga ham uylangan va undan ikki qizi borligi haqida iddaolar bor. Tuxuming toshloqqa to‘kilsin degan duo olgan Nazarboev og‘ay.

“Nasabing uzilmasa, umiding uzilmaydi. Hozir ikki o‘g‘lim katta bo‘ldi. Ular bizni xursand qilyapti, yaxshi yigitlar bo‘lib ulg‘ayishdi. Farzandlarni mehr va g‘amxo‘rlik bilan tarbiyalash inson umrini uzaytiradi.

Bo‘ldi, do‘stlar. Men sizning oldingizda butun haqiqatni aytdim. Bunga nima deyish sizga bog‘liq. Bu hayot!

Inkor etib bo‘lmaydigan bir haqiqat bor. Haqiqat shundaki, siz yuragingizga buyruq bera olmaysiz”, deb yozdi  Nazarboev.

Shunaqa sort boyisa tom soladi¸ qozoq boyisa xotin oladi.

MS: Hammayam mindoychikin boxt nasib atsin. Bol tutg‘on bormoqini yalasin. Nazarboev molodes, do‘g‘risini oytdi qo‘ydi. Yaqinda o‘lib hamma izinnan yeg‘lag‘an artist doyi o‘zini o‘g‘li Botirni tan olmin, garak bo‘lsa so‘kib, xo‘rlop oshoqlop o‘lib getdi. Qozoq bilan sortni porqi shu.

Matchonboy qo‘shiqchilarni barchaga namuna qilib ko‘rsatish samarasiz ish.

Mashshoqlarni krapiva supurgi bilan  urib minbardan tushiraylik.

Kallasidan ko‘ra ovozi

O‘zbek yozuvchisi  Nurali Qobil jo‘yali bir gap aytdi. Ovozi yoqimli bo‘lib elga tanilgan qo‘shiqchi «kallam ham ovozim kabi zo‘r» deb xato o‘ylarkan. Qo‘shiqchining qolgan xatolari ana shu ulug‘ xato ustiga qurilarkan. Nurali Qobil bu gapni Sherali Jo‘raev haqidagi savolga javoban aytdi. (Nurali aka o‘z vaqtida Sheralini zapretdan qutqargan va nima desa haqqi bor)

Men Sherali Jo‘raevdan ham Yulduz Usmonovadan ham va boshqa o‘nlab qo‘shiqchilardan intervyu olganman (TV ALS da berilgan). Bo‘libam ular zapretga tushgan paytida.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda 1980 yildan boshlab, qo‘shiq aytib unvon olgan kim bo‘lsa deyarli hammasi bilan tanish bo‘lganman (Madaniyat tizimida 4 yil rahbar bo‘lib ishlaganman)

Men ko‘rgan qo‘shiqchilarning birortasi donishmand emas edi.

Ular falsafa va tarixdan bexabar odamlardir. Qishloqdagi adabiyot o‘qituvchisi ulardan ko‘ra adabiyotni yuz marta ko‘proq biladi.

Aykyu darajasi svarshik bilan piyoz sotuvchi o‘rtasidagi saviyasiz nuqtada.

Ayni paytda o‘ta jizzaki, kalondimog‘, yumor xissi yo‘q, tanqidga chidamsiz  va o‘ta qo‘rqoq yaratiq.

Ochko‘zlik, hasislik, baxillik va boy otalarga laganbardorlikda ulardan o‘tadigani yo‘q.

Mushtum jurnalida o‘z karikaturasini ko‘rgan Komiljon Otaniyozov insult bo‘lib qolgandi.

Masalan Mushtumda xuddi shunday karikaturasi chiqqan Ergash Karimov shunchaki kulib qo‘ya qolgandi.

«Perestroyka» paytida «Ësh Leninchi» gazetasining peredovoy muxbiri bo‘lgan Ro‘zimboy og‘a Hasanov  o‘z maqolasida qo‘shiqchi (xozir marxum) Rahmatjon og‘a Qurbonov ijro etayotgan matnga e'tiroz bildirdi.

O‘shanda Rahmatjon og‘a bu maqoladagi jumlani xuddi uni otishga hukm qilgan amrday maksimum havotirli shuxer  bilan qabul qilgan edi.

O‘rtaga «Xuddi razbor»dan tortib Ëzuvchilar uyushmasi kotibigacha aralashtirib Ro‘zimboyni yoqasidan oldirgandi xofiz birat.

(Ro‘zimboy aka FBda bor. Ana tasdiqlab  qo‘ysin.)

ALS TVda ishlaganimizda «Komiljon Otaniyozov izidan» degan ko‘rsatuv qilmoqchi bo‘ldik.

Komiljon og‘ani o‘sha paytda tirik bo‘lgan xotini bilan, raqqosasi  Gavhar apika va boshqalar bilan gaplashdik.

Xofiz tug‘ilgan Shovotga borib qari chol va momoylar bilan gaplashdik. Toshkentning Beshyog‘ochida xofiz yashagan mahalla chollari bilan ham gaplashdik.

Hatto Sheralidan ham intervyu oldik Komiljon aka haqida.

Oxirida ko‘rsatuvni efirga bermaslikka o‘zimiz qaror qildik.

Chunki bu ko‘rsatuv xofiz haqida yaratilgan ertakni chippakka chiqarar edi. Xalq o‘z xofizini ikonaga aylantirib bo‘lgan edi. Bu ikonastasdagi tasvir xiralashmasin dedik.

Bizdagi hikoyalarda esa «pul taqsimlanganda sozandalar bilan janjal», «Tushgan pullar ichidan qizil chervonlarni terib olishi», «Xotinini qizg‘angan erkakdan qochgan sostavning sholipoyaga yashiringani. Oldindan kelishilgan to‘ylarga bormagani uchun alamzada bo‘lganlar va hokazo. Hatto Sherali Jo‘raevning K. Otaniyozov haqidagi yagona xotirasi Komiljon ustozning o‘z sozandalarini so‘kkani haqida edi….

Biz bu realizmni ko‘mib qo‘ya oldik.

Xofiz xalq xotirasida ertakday yashasin.

Nega yozyapman shuncha gapni. Sal oldin Sherali Jo‘raev o‘lganida yozuvchi Ulug‘bek aka uni «Millat tayanchi» deyishgacha bordi.

Mayli oddiy odamlar u kuylagan qo‘shiq matnlari Sheraliga oid deb o‘ylar.

Ammo uni mashxur qilgan misralarni Oripov, Vohidov, Azimov va Matchonovlar yozganini Ulug‘bek aka biladiku.

Melodiya va vokal jihatdan mi notasidan nariga o‘tmaydigan folk pop janri edi xolos.

Ovozi yoqimliyu o‘zi mashxur bo‘lsa kallasi ham yaxshi ishlaydi, degan stereotip bois  bir o‘rtamiyana otarchi avvaliga TV boshlig‘i keyin esa madvazir qilib tayinlandi va soxani botqoqqa cho‘ktirdi.

Sevimli telekanalidagi «Ilk uchrashuv» ko‘rsatuvida  ikki arts xola o‘tirvolib jaxolat¸ qadimchilik, seksizm, qoloq urf odatlar va xotin qizlarni kamsitishni  targ‘ib qiladi.

Artslarning «millat tayanchi» ham » fikr bobosi» bo‘la olmaydi.

Ular o‘ta saviyasiz, savodsiz, joxil, maskaraboz to‘tilar xolos.

Rahmatli rejisser Bahodir aka Yo‘ldoshev bu artslarning haddini bildiradigan Karabas-Barabas edi.

Xamza teatrining  nomidan ot xurkadigan artslarga qarata «sen ham, saxnadagi rekvizit stul ham bir xil» deganida artslarning ko‘zi moshday ochilgandi.

Millatga aql bobolari kerak. O‘z vaqtida Brext nemislar uchun, Sartr frantsuzlar uchun zakovat  mash'ali bo‘lgani kabi.

Yuliy Yusupov kabi itisodchilar, Alisher Ilxomov kabi taxlilchilar, Umida Haqnazar kabi oydinlarni to‘rga chiqarib so‘ziga quloq solaylik.

Masqarabozlar hukumat ichida ham yetarli. Nima degan edi Navoiy bobomiz.

tizer

MS: Og‘o siz bir orqoli odomsiz. Shu bratvani qomolishi, Sardorni, Selxoz ministrini ishdan olinishini hammadan birin oytdingiz. Ina bir oydon keyin tozo yil galyotir. Shu tozo yilda na gaplar bo‘ladi?

Ko‘r bashoratchi Vanga: Putin 2024 yilda otib o‘ldiriladi

Matchonboy men hukumat va organlar ichidagi manbalar menga ishonib aytgan habarlarni fakt cheking qilib tarqataman xolos. Polbin yoki Po‘rxon emasman. Bir vaqtlar Bolgariyada Vanga degan ko‘r kampir yashagan. Shu kampir ko‘p narsani oldindan aytardi. Masalan, Indira Gandining o‘limiga uning kiyim almashtirgani sabab bo‘lishini aytgan edi. Haqiqatda, Gandi sari kiyaman deb bronojiletni yechishi bilan terrorchilar uni otib tashagan. Vanga kampir Gorbachev kelib  SSSRni ontarishi va boshqalar qatori O‘zbekiston ham mustaqil bo‘lishini bashorat qilgan.

MS: Bu kampir 2024 yil uchunam sipsa dikib o‘tiribmi?

Matchonboy Vanga 1996 yili qaytish bo‘ldi.

* * *

2024 yil uchun Vanga yettita bashorat qilgan.

1) Putinning o‘limi?

Vanga kelasi yili Rossiya Prezidenti Putinni vatandoshlaridan biri o‘ldirishini bashorat qilgan. Putinga yaqin bir odam uni shartta peshonasidan otib tashaydi.

2) terroristik va biologik hujumlar

Vanga Yevropada teraktlar sonining ko‘payishi haqida ogohlantirdi, shuningdek, 2024 yilda «katta mamlakat» biologik qurol yordamida sinovlar yoki hujumlar o‘tkazishini bashorat qildi.

3) 2024 yilda keng ko‘lamli iqtisodiy inqiroz

Bu kelgusi yilda global  iqtisodiyotga ta'sir qilishi mumkin, Asosiy omillar qarzning o‘sib borayotgan darajasi va geosiyosiy keskinlikning kuchayishi.

4) ob-havo ofatlari

Vanga  kelgusi yilda dahshatli ob-havo hodisalari va tabiiy ofatlar sodir bo‘lishini bashorat qildi.

5) kiberhujumlar sonining ko‘payishi

Marhum bashoratchining so‘zlariga ko‘ra, kiberhujumlar soni ortadi. Ilg‘or xakerlar elektr tarmoqlari va suv tozalash inshootlari kabi muhim infratuzilmaga hujum qilib, milliy xavfsizlikka tahdid soladi.

6) Tibbiyotdagi yutuqlar

Hamma narsa unchalik yomon va ma'yus emas. Vanganing so‘zlariga ko‘ra, davolab bo‘lmaydigan kasalliklar, jumladan Altsgeymer kasalligi va saraton kasalligini davolashning yangi usullari 2024 yilda paydo bo‘ladi.

7) Texnologik yutuq

Shuningdek, u kvant hisoblash sohasida katta yutuq bo‘lishini bashorat qilgan.

Bu hammasi.

Sizningcha, bu bashoratlarning qaysi biri amalga oshishi mumkin?

Ma'lumot uchun, o‘limidan oldin Vanga 2025 yildan 2028 yilgacha bo‘lgan davrda dunyo ochligi muammosini hal qilishni, 2076 yilga kelib kommunizmning qaytishini va 2304 yilda insoniyat tomonidan vaqt sayohatiga erishishni bashorat qilgan.

Shunday qilib, bizni hali ham juda ko‘p qiziqarli narsalar kutmoqda.

Va dunyoning oxiri ya'ni qiyomat  Vangaga ko‘ra, 5079 yilga rejalashtirilgan.

Vangeliya Paandeva Gushteerova 1911 yili Usmonli davlatida tug‘ilgan bo‘lib   Vánga yoki bashoratchi baba Vanga deya tanilgan ko‘r kampir.  U 1996 yilning 11 avgustida Sofiyada o‘ldi.

MS: O‘lganlara dayravarsin. Qolg‘onloro o‘mr varsin. Qani oching oyoni. Uring potyani.

Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Tag‘in o‘qing
17 dekabr 2019
10 dekabr kuni toshkentlik 35 yoshli Amir Sharifullin ikki noma'lum shaxs tomonidan mashinada o‘g‘irlab ketilgan va qandaydir qo‘riqlanadigan joyga ...
10 iyul 2017
6 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoevning mamlakat sud-huquq tizimini keskin tanqid qilishi ortidan O‘zbekiston sudyalari xalqqa murojaat bilan chiqdi. ...
26 aprel 2022
Toshkentdagi Korruptsiyaga qarshi kurash agentligi binosi hovlisi devorida 26 aprel kuni O‘zbekistondagi korruptsiya hajv qilingan yangi rasm paydo bo‘ldi. ...
21 sentyabr 2018
“Integral Invest” shirkati rahbari, 18 oy hibsda qolgan yirik tadbirkor 51 yoshli Jahongir Umarov kassatsiya shikoyatidan so‘ng 15 sentyabrda ...
Bloglar
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...
10 oktyabr 2024
Yuksalish maktabining gender ayirmachilikka asoslangan boshqaruvi haqidagi maqolaga o‘quvchilar ikki xil munosabat bildirdi. Bir suruv ...