Asosiy mavzular
1 dekabr 2023

Baxti Tashkentskiy qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin

O‘zbekistonda yagona “vor v zakone” Baxti Tashkentskiy laqabli Baxtiyor Qudratillaevga qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Eltuzning jinoyat olamidagi manbalariga ko‘ra, Baxti Tashkentskiy kecha yaqinlaridan biriga aloqaga chiqib, “Bir ikki yil “uyda” bo‘laman. Zonalarni tartibga solishga to‘g‘ri kelyapti” deb aytgan. 

O‘g‘rilar tilida “Uy” – “Dom”deganda jazoni o‘tash koloniyalari nazarda tutiladi.    

Ayni paytda 52 yashar Baxti Tashkentskiy Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi idorasi yerto‘lasida saqlanmoqda.

Baxti Tashkentskiy 29 noyabr kuni kechki payt Grand Mir mehmonxonasi orqasida joylashgan domdagi kvartirasidan olib ketilgan edi.

Undan avvalroq jinoyat olamining boshqa ko‘zga ko‘ringan vakillari, jumladan “Saidaziz medgorodok” laqabli kriminal avtoritet Saidaziz Saidaliev, “Zavxoz” laqabli jinoiy avtoritet Bahodir Sultonov, Toshkentning eski shahar qismidan bo‘lgan “Ziki eski shahar” laqabli kriminal avtoritetlar hibsga olingan.

Huquq tartibot idoralaridagi Eltuz manbalarining aytishlaricha, oxirgi kunlarda O‘zbekiston bo‘ylab «prestupnыy mir» vakillariga qarshi misli ko‘rilmagan amaliyot davom etmoqda.

Birgina poytaxt Toshkentda hozirning o‘zida “avtoritetlar” va ularning izdoshlari doxil bir necha yuz kishi hibga olingan va ichki ishlar idoralarida so‘roq qilinmoqda.  

To‘plangan ma'lumotlar qama-qamalar ko‘lamining Eltuz dastlab tasvirlaganidan ham kattaroqligini ko‘rsatadi. 

Ikki kun muqaddam jinoyat olamining yana boshqa yirik vakillari – “Kontorskiy” laqabli Abbos Xodjaev, “Snobs” laqabli Jahongir Badalov, va Shukur Yangibazarskiylar ichki ishlar idoralariga olib ketilgan. 

Ichki ishlardagi Eltuz manbasiga ko‘ra, yuzlab odamni tergov qilish uchun O‘zbekistonning turli mintaqalaridan ellikka yaqin tergovchilar kelgan. 

Tergovlar asosan Toshkent shahar IIBB binosida olib borilmoqda. 

“50-60 odamni GUVD hovlisiga olib chiqib, tiz cho‘ktirib qo‘yib, serquyosh (ya'ni O‘zbekiston gimni) ni ayttirishyapti. GUVDning 3-4 etajlarida so‘roq qilinyapti va o‘sha etajdan baqirib serquyosh aytilayotgan ovozlar tashqariga eshitilib turibti,” dedi Eltuzning vaziyatdan ogoh manbasi. 

Eltuzning ichki ishlardagi manbalariga ko‘ra, butun O‘zbekiston bo‘ylab jinoyat olami vakillarining ommaviy ravishda hibsga olinganiga 26 noyabrda olti nafar Milliy Gvardiyachilarning pichoqlangani sabab bo‘lgan.

O‘sha kuni Tashkentda olomon qozog‘istonlik reper Jah Khalibaning Humo Arenasida bo‘lib o‘tgan kontsertiga kira olmagan va orada katta izdihom paydo bo‘lgan edi.

Huquq tartibot organlari vaziyatni nazoratga olishga urinishar ekan, noma'lum shaxslar ulardan olti nafarini pichoqlab ketganlar.

Milliy Gvardiyachilar turli darajada tan jarohati olganlar.

Ichki ishlardagi Eltuz manbalari bergan bu xabarni mustaqil manbalar orqali tasdiqlatib olishning imkoni yo‘q.

Pichoqvozlarning jinoyat olami vakillariga aloqadorligi aytilgan, ammo ularning birortasi ham hozirgacha hisbga olinmagan.

Eltuz manbalarining taxmin qilishlaricha, oxirgi yillarda kuzatilmagan keng ko‘lamli bunday amaliyotni o‘tkazishga O‘zbekiston oliy rahbariyati tomonidan buyruq berilgan bo‘lishi mumkin.

Eltuz voqealar rivojini kuzatishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni, videolarimizga layk bosishni unutmang.

Tag‘in o‘qing
21 avgust 2024
Raqobat qo‘mitasi 40 ga yaqin paxta to‘qimachilik va yog‘-moy klasterlari tomonidan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning narxlari sun'iy oshirilganini ...
9 noyabr 2017
Ma'lum bo‘lishicha, o‘tgan yakshanba kuni Toshkentdagi bir qancha shifoxonayu poliklinikalar xodimlari Sergelida yangi qurilayotgan uylar oldini tozalash, ularni tartibga ...
1 sentyabr 2020
Islom Karimovning qarshiligiga qaramasdan, 1990 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston parlamenti tomonidan Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan edi. Lekin bu ...
22 dekabr 2020
Bosh miyasidan jarohat olgan Qashqadaryo viloyati kosonlik 57 yoshli Mahmud Mamasharipov 12 dekabr kuni olamdan o‘tdi. Uni 22 noyabr kuni o‘zi yashaydigan Paxtazor mahallasidagi ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...