UzPoster
8 dekabr 2023

«Ko‘chamdan Salim o‘tganda…» – RTdan va'z

Taralgay mushk ila anbar,

Ko‘chamdan Salim  o‘tganda,

Izida tuproq o‘lgay zar,

Ko‘chamdan  Baxtiy o‘tganda.

Boshiga soyabon bo‘lmoq

Umidida oshib devor,

Butoqlar ta'zim aylarlar,

Ko‘chamdan  G‘afur o‘tganda.

MS. Yashang og‘o¸ Jup bo‘lsin. Nichiksizla  mo‘chchi oybika yoshulli yoshi kichchi xo‘jik birrila. Razborshik bollo sichonni inina girib gettila.

RT Enamyaxshi qishlog‘idagi milisaga yo‘llari aspalt Toshkondan amr keldi. «Mafiozi bachalardi ushab qamashvor» degan.

Enamyaxshi milisasining boshi qotgan. Yo‘q mafiozini «qag‘dan topaman» deb.

Milisa o‘ylab o‘ylab¸ metangaz zaprapkachining toniropkali moshini bor ulini qomob  qo‘yib Toshkonga raport berdi.

Toshkonam bemalol uxlaydigan bo‘ldi. «Mafiyaning Enamyaxshidagi krestniy otesiyam apkirib qo‘yildi» deb.

(kulgi jingl)

MS: Og‘o shu ko‘cha dayani, vor zakon deyani novvi? Shuni chushintirib baring. Zakon bilan o‘g‘ri oslinda bir biyrina tarsaki gapqu?

«Ko‘cha» bu o‘zbeklarga sovetdan ilashgan illat!!!

Shunaqa deb yozsam, o‘lib ketgan kolxozchi enasining «gugurt bir tiyin edi. tuyalar yong‘oq tezaklardi» degan cho‘pchagini ko‘tarib keladi bugungi qashshoqlar.

 Tarix va ilmdan bexabar o‘qimagan joxillar. Xullas eshit.

«Vorы́ v zakone»  —  bu faqat SSSR uchun  spetsifik bo‘lgan jinoyat olami to‘daboshisidir.

Bu rutba  1930- yillarda formalashgan.

Mutloq yopiq va o‘ta konservativ ponyatkalar bilan ishlab kelayotgan jinoiy tizim.

O‘zbekiston SSR ham SSSRning bir qismi o‘laroq qamoqxonalar orqali shu o‘g‘ri tizimga ilakishgan.

Turkiston¸ Buxoro amirligi va Xiva xonligida «vor v zakone» degan tushuncha bo‘lmagan. O‘g‘rilar bo‘lgan, ammo ular tashkilotlashmagan.

1863 yilda o‘ris bosqinchilari Toshkentni bosib olib, qamoqxonalar qurgani ortidan rus kriminal odatlari maxalliy aholiga yuqa boshlagan.

Rossiyada ilk o‘g‘rilar jamoasi XVIII—XIX asrlarda Saxalin katorgalarida vujudga kelgan.

Vanka xoin ilk o‘g‘riboshi bo‘lgan.

Bu tizim xozirgi xolatga 1930 yili SSSR  turmalarida kelgan.

Qamoqlardagi professional  ugolovniklar  vasek, jigan, urka va  blatarlardan farqlanish uchun yangi kasta  («mast») yasalgan.  Ular o‘zlarini elita deb e'lon qilishgan.

O‘g‘ri degan nomga sazovor bo‘lish uchun doira va ramkalar aniqlangan.

«Do‘konni o‘maradiganlar»  «kvartirniy o‘g‘rilar », «maydanщiklar»,  «medvejatnik» (seyf buzadigan) o‘zlarini yuqori sinf deb e'lon qilishgan. Ular orasidan vor zakonlar saylangan.

«Fortochnik», «golubyatnik», «cherdachnik» (quritishga qo‘yilgan kiyimni o‘maradiganlar)  «vozdushnik» (bozordan sabzavot o‘maradiganlar ) va cho‘ntakesarlar past pog‘ona hisoblanib ulardan vor zakon saylanmagan. 

Vor zakonlar «vorovskoy zakon»,  deb ataladigan  «ponyatkalar asosida hukmronlik qilishgan.

Demak bu «ponyatka» asosan mana bulardan iborat:

1. Tashqi jamoat normalaridan oshkora hazar qilish hukumat bilan hamkorlik qilmaslik.

2. Tergovchi savol berganda o‘zi qilgan jinoyatni faxr bilan tan olib javob berish.

3. Vorovskoy ustavga rioya qilish.

4. Qo‘lga tushganlarga qiynoqdan qutulish uchun sotqinlikni talab qilmaslik.

5. Ishlamay kun ko‘rish.

6. Qarindosh urug‘ bilan yaqin aloqada bo‘lmaslik.

7. Xotinlardan uzoq turish. Uylanmaslik. Oila qurmaslik.

8. Harbiy xizmatga bormaslik. Hukumat bergan qurolni ishlatmaslik.

9. Davlat manfaatlarini himoya qilish ham vor zakonlarga taqiqlangan.

O‘g‘rilarning baytul moli «obshak» deb aytiladi. 1979 yili Kislovodsk shahrida o‘g‘rilarning podvalda jinsi shimni  noqonunoiy tikadigan  sexoviklar bilan sxodkasi bo‘lib o‘tgan.

Sxodkada sexoviklar o‘z faromadining 10 foizini o‘g‘rilar obshagiga berishga rozi bo‘lishgan edi.

Traditsiyaga ko‘ra, «vor v zakone»  albatta  kamida 5 yil qamalgan odam bo‘lishi kerak.

Ammo, ba'zi paytlarda vor zakon rutbasi «balanda ichmagan»larga pul evaziga berilgani ham o‘rtaga chiqdi.

Bunday o‘g‘rilar  «apelsin» deya mashara qilinadi.

Shu kunlarda sobiq SSSR hududida Semen Mogilevich, Zokir Yangirov, Vaxach Karapetyan kabi o‘g‘rilar «extirom» qilinadi.

MS: Og‘o, baribir chushunmadim. Baxtiyni bir amas ikki xotini bo. Do‘rt bolosi bo. Ë o‘zbek o‘g‘rilari ponyatkaya raoya atmiymi. Niparyodiq. Lekin, bir narsani bildim. Ishing orqog‘o getsa, yor do‘st sannan yuz o‘giradi. Sho‘rvani yuzinda yurganingda, molli, pilli bo‘lg‘oningda atropingda potxolim porozit ko‘payadi. Noningni yep duzingni ichib keyin senga hiyonat atadi, bi qontoshog‘onlo.

Eltuzga elak tutma

Eltuzning kriminal yangiliklar berayotganiga qarshi «maqola» nashr qilishibdi. Grammatik xatolarga liq to‘la » anonim maqola» hali Salim qamoqqa olinishidan oldin yozilgani bilinib turibdi.

Anonim avtor  «Eltuz»ni krimnal dunyo, xususan o‘g‘ri Baxtiyga «mehr qo‘yganlikda ayblashga urinadi.

Bu o‘ta absurd ayblov.

Eltuzning oxirgi juma va'zi va undan oldingi yuzlab maqolayu videolavhalarda «ko‘chaga mehr qo‘ygan avom tragediyasi tanqid, hajv qilinadi.

Eltuz ilm taraqqiyot rivojlangan 21 asrda bizga sovetlardan ilashgan «ko‘cha» va jinoiy «ponyatka»larning mavjud bo‘lishini qoloqlikning eng tuban shakli deb hisoblaydi.

Eltuzga qarshi chiqarilgan ikkinchi ayblov «Davlat ichidagi dunyoviylik tarafdorlari bo‘lgan «daxriy» mulozimlar bilan Eltuz hamkorlik qiladi degan absurd gap.

2023 yili qabul qilingan konstitutsiyada O‘zbekistonning dunyoviy davlat ekani va yagona mafkura yo‘qligi aniq yozib qo‘yilgan.

Maqolani yozgan tug‘ma ovsarlarning konstitutsiyani o‘qish darajasida yetarli  savodi yo‘qligi ayon.

Ikkinchidan, har bir jurnalist davlat ichida o‘z axborot manbasi bo‘lishini istaydi. Bu dunyo tajribasi.

Endi so‘nggi uch kunda Eltuzning » kraym nyus» ga aylangani bu Toshkentdagi hibsga olishlar ko‘lami, miqyosi va chastotasi ko‘paygani bilan bog‘liq.

Qozondagi cho‘michga chiqmoqda.

O‘nta mashxur o‘g‘ri qamoqqa olinsa, o‘nta maqola yozyapmiz.

Minbarsizga minbar berish va axborot makonidagi oq dog‘ni to‘ldirish boshidan vazifamiz edi.

Bundan tashqari, Eltuz ilk ochilgan kundan boshlab O‘zbekiston siyosiy kayfiyati haqida ma'lumot berishni o‘z missiyasi deb bilgan. Eltuz nashri Karimov davrida, 2015 yili ochilgan.

«Ko‘cha» haqidagi xabarlarimizdan bezovta bo‘layotganlarga aytadigan gapim shu.

«Mafiya bo‘lgan joyda davlat yo‘qqa chiqadi» Eltuz esa davlatchi shuuriga ega oydin o‘laroq, ota bobolardan meros davlatning bir suri o‘g‘rilar qo‘lida xomtalash bo‘lishini istamaydi.

Davlatchilikning sobit  tarafdorimiz.

Eltuzni tashkil qilgan jurnalistlar hali SSSR bor paytida maydonga chiqib O‘zbekiston mustaqilligini talab qilganini bilmaganlar bo‘lsa eslatib qo‘yamiz.

Kriminal avtoritet Salim Abduvalievning Toshkentdagi uyi rus bosqnchiligini qo‘llaydigan Rossiya bomontining dam olish bazasi va rezidentsiyasiga aylangani o‘g‘rilarning mustaqillik va davlat dushmani ekanligidan ochiq dalolat.

Eltuz kriminal dunyo va bratvani Gruziyaga rahbar bo‘lgan paytida Saakashivili qanday tozalagan bo‘lsa  O‘zbekistonda ham shunday tozalash tarafodori.

Zotan bu gapni biz 8 yildan beri aytib kelamiz.

Dersu Uzala haqidagi 4 kun oldingi maqola messedjini endi tushundingiz deb o‘ylayman.

Chao pompidu. Kurva kokain.  Avuf vi der zeyn…

Shumer ko‘zasi

Yaqinda topilgan qadimiy shumer ko‘zasi girdiga chizilgan rasm e'tiborimni tortdi.

Ikki arslon o‘layapti. Arslondan zaif bo‘lgan kalxat bu ikki o‘layotgan arslonni panjasi bilan ushlab turibdi.

3 ming yil oldin ichida tuz saqlangan bu ko‘za girdidagi rasm ostida shumer tilida mana bu she'r yozilgan. Lu-lu-lu, lu-dili-dili, lu-didli, udu… (Ma'nosi har qanday kuchli jonivor bir kun o‘zidan kuchsizga yem bo‘ladi)

Qiziq, uch ming yil oldin ham ishi orqaga ketganlardan yaqinlari yuz o‘girgan. Uch ming yil oldin ham boy va qudratli paytingda sening kavushingni ushab turganlarning ishing ortga ketgach boshingga kavush bilan urish odati bor ekan.

Inson harakterida keyingi 3 ming yil ichida evolyutsiya  deyarli yo‘q.

Shamol ko‘tarilarkan

MS: Og‘o, shu G‘opirmi, Arslonmi, Reyimop haqqinda so‘llasangiza. Jummi shiyxni sozinnin yo bir vyono getadi, yo bir biyono. Shu kishiya qarshi informatsion urush boshlandimi?

RT: Dengizda shamol ko‘tarilarkan, bu shamol kimningdir yelkanini shishirib manziliga eltadi. Kimningdir kemasi esa shamolga chiday olmay g‘arq bo‘ladi.

G‘afur Rahimov 2012 yildan buyon “jinoiy avtoritetlar tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlagani” uchun AQSh moliya vazirligi sanktsiyalari ro‘yxatida turibdi. Uning AQSh yurisdiktsiyasidagi mulklari muzlatilgan. Kriminal dunyoda G‘afur Rahimov “G‘ofir qora” va “Graf” laqablari bilan tanilgan.

Hujjatlarga ko‘ra, Mirziyoev iqtidorga kelganidan keyin  G‘afur Rahimov O‘zbekiston Interpoli qidiruvidagi shaxslar ro‘yxatidan cirli tarzda olib tashlangan.

“Eltuz” manbalarining ishonishicha, Rahimov 2016 yili Toshkentga kelgan va Mirziyoev oila biznesiga yaqin shaxslar bilan aloqada bo‘lgan.

O‘sha paytda Raximov Toshkentda “Sport arenasi va maktab qurib berishni, uni qutqargan Mirziyoev oilasiga va'da bergan”

“Eltuz” suhbatlashgan manbalarning ishonishicha, Prezidentning yaqin do‘stlaridan biri, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Qudratulla Rafiqov G‘afur Raximovdan “Sport arenasi va maktab qurish va'dasini olgan.»

Rahimov Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, Shavkat Mirziyoev «iltimosi»ga ko‘ra, sport majmualari va shuningdek prezident maktablari qurishi  kerak bo‘lgan.

Uzleaks.com  nashri G‘afur Rahimovni “sog‘ish” jarayonida Rustam Inoyatov ham ishtirok etgani haqida yozadi.

«Shavkat Mirziyoevning prezidentlik maktablari va sport majmualarini qurish “talabi”ni G‘afur Qoraga O‘zbekiston prezidentining eng yaqin odamlaridan biri, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi Qudratilla Rafiqov yetkazgan va ilgari u “Jizzax akkumulyator zavodi” Aktsiyadorlik Jamiyati direktori bo‘lib ishlagan edi.

AQShning Around the Rings nashriga bergan intervyusida Rahimov uning jinoyat olamiga aloqadorligi haqidagi “noto‘g‘ri ayblovlarni Gulnora Karimova va uning guruhi” 2010 yili tarqatishga kirishgani haqida bildirdi.

2018 yilning sentyabrida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ochilboy Ramatov imzosi ostida AIBA ijroqo‘miga xat jo‘natildi.

Unda “G‘afur Rahimovning jinoiy o‘tmishi haqidagi har qanday iddao asossiz ekani” bildirildi.

“Biz bu zaif chiranishlarga ancha batafsilroq izoh bergan bo‘lardik, ammo ba'zan bitta fotosurat mingta so‘zdan ko‘ra ko‘proq ifoda beradi”, deya bildirdi G‘afur Rahimov jinoyat olamining o‘nta yetakchisi bilan tushgan rasmni e'lon qilgan Asiaterra-info mustaqil nashri.

Curatda: Qonundagi o‘g‘rilar Vladimir Tyurin (Tyurik), Aslan Usoyan (Ded Xasan), G‘afur Rahimov, «Sochi smotryashiysi» Guseyn Guseynov (Kolya Guseyn), qonundagi o‘g‘ri Emil Sarkisyan, qonundagi o‘g‘ri Giya Dangadze; pastda: qonundagi o‘g‘ri Vaxtang Kardava (Vaxo Suxumskiy), qonundagi o‘g‘ri Alik Minalyan (Alik Sochinskiy), “Leninskiy” guruhi atalmish to‘da ishtirokchisi Sergey Kozubenko (Serega Omich), qonundagi o‘g‘ri Artyom Demurov (Artyusha)lar aks etgan.

Fotosurat dastlab, Rossiya o‘g‘rilari dunyosiga bag‘ishlangan «Praym Kraym» saytida chop etilgandi.

MS: Ibiyay. Ëmon o‘g‘ri ko‘p akan dunyoda. O‘zi qoro meynat bilan ishlap boyig‘on odom bomi bi dunyodo. Ina so‘tloni oyliqi oz, lekin million dollarliq saroyda yoshiydilo.

Oliy so‘t pora istar

Har yerda razolat, safolat, rushvat, shahvat..

O‘zbekiston Oliy sudi katta konsultanti Umid Faxriddinov o‘n ming ko‘kidan pora olayotgan paytda qo‘liga DXX kishan soldi.

Faxriddinov bitta aprsni jazodan qutqarish uchun ogandi ashi puldi. Avaz O‘tar yozganidan battar vaziyat!

Oliy so‘t pora istar,

Mo‘llo ijora istar,

Xokim tijora istar,

Molim kunjora istar,

Bir chora zamon bormu?

Eltuzning «Oltin vasvasasi» haqida qilgan videolarini sinchiklab o‘rganib chiqqan kattalar  ruda qazib oluvchilarga atay yengil jazo tayinlagan Navoiy viloyat sudi raisi Hamidulla Qudratov hamda uning zami Abdumannon Shaydoev ishdan olindi.

Hamidulla Qudratov 2021 yilning yanvarida Navoiy viloyati hokimligida o‘tkazilgan tashkiliy yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy Kengashi raisi Yodgorov tavsiyasi bilan  Navoiy viloyat sudining raisi etib tayinlangan edi.

«Atay yengil jazo beradigan (pora evaziga albatta) sudya Qudratov tizimdagi «shonli» faoliyatini 1987 yilda Toshkent shahri Olmazor tumani sudi raisi sifatida boshlagan  edi.

Bu yoshulli o‘tgan davr mobaynida Toshkent shahar sudi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy hamda Oliy sudlari sudyasi, Toshkent harbiy okrug harbiy sudining sudyasi lavozimlarida ishlab «qimmat so‘t» degan nom qozondi.

Hamidulla Qudratov 2011 yildan 2021 yilga qadar  Jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudining raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Ammo, har qanday kinoning ham oxiri bor. Har qanday o‘g‘ri bir kuni qo‘lga tushadi. Ular shoxida yursa bargida yurganlar nazariga tushadi.

Shu kunlarda so‘tlarninng poraxo‘rlik darajasi rekord ko‘rsatkichda. Bratvalarni qomob bo‘lgandan keyin navbat so‘tlarga keladi.

Poraga shaydo bo‘lgan so‘tlarning tagiga o‘t ketadi. Mendan oytsh. Esing borida etakni ko‘tar.

MS: Og‘o, bila maktapda yaxshi o‘qimin, yurfakni poro bilan bitirgan nimkalolar. Ina Singapurda yo‘q binnin monloyi qorolo.

Dunyodagi eng yaxshi o‘rta maktab tizimi Singapurda.

PISA xalqaro  tashkiloti tekshiruvchilari 15 yoshgacha bolalar o‘qiydigan dunyodagi 81 mamlakatdagi maktablarni o‘rganib, birinchi o‘rinni Singapurga berishdi.

Sobiq SSSR mamlakatlaridan Estoniyadagi maktab Yevropa maktablari ichida eng yaxshisi deb topildi.

Tekshiruvda  O‘zbekiston oxirgi 81 o‘rinni olib, eng yomon maktab tizimi bor mamlakat bo‘ldi.

Undan balandda Marokash – 80 o‘rin.

PISA OECD ning xalqaro talabalarni baholash dasturidir. PISA 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini hayotdagi qiyinchiliklarga dosh berish qobiliyatini o‘lchaydi.

MS: O‘zbekistonni maktapi oxiyrqi o‘rindami. Issop. Bla utsin dap, cho‘nr mo‘llollo yosin o‘qimopdidon.

RT: Braziliyaning San Paolo shahrida 2020 yilda bir eksperiment o‘tkazildi. Kovidga chalingan 200 ta bemor 100 kishidan ikki guruhga bo‘linib davolandi. Bitta guruh davolash davomida qo‘shimcha 4 soatdan katolik ruhoniylari tarafidan duo qilib turildi. Ikkinchi guruh duosiz, faqat tibbiy muolaja oldi. To‘rt oydan keyin ikki guruh tekshirib ko‘rilganida davolanish, sog‘ayish jarayonida hech qanday farq bo‘lmagan. Duoning kasalni davolashga hech qanday ta'siri yo‘q, degan xulosaga kelindi.

Matchon suqilish duo kasalni tuzatsa, musulmonlar idorasi rahbari Germaniyada davolanmas edi.

Devorga jon ato etgay,

Vale toshlar erib ketgay,

Agar bir bor nigoh aylar

Ko‘chamdan Salim o‘tganda.

G‘opirni tamosho qilg‘ali

Chiqib, devor aro o‘lsam,

Kular holimga majnunlar,

Ko‘chamdan Salim o‘tganda.

Boshimg‘a yog‘sa ham g‘avgo,

Ishim yo‘l poylamoq, ammo

Nigoh solmay etar battar

Ko‘chamdan Salim o‘tganda.

Tikibsan yo‘lida jonni,

Bas Eltuz, noumid bo‘lma,

Tun ortidan kelur kunlar,

Ko‘chamdan Salim ketganda.

MS: Og‘o, sho‘rda tormozo bosib, alni ochib uring potyani.

Assalom O‘zbekiston, Juma muborak!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
25 fevral 2019
Joriy yilning 8 fevralida ishdan olinib, ustidan jinoyat ishi ochilgan DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullaevning qarindoshlari va hamtovoqlari nazoratga ...
18 mart 2022
Ijtimoiy tarmoqlarda «Asalxoney» nomi bilan tanilgan 30 yashar bloger Asal Xo‘jaeva o‘z uyida o‘ldirib ketilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu ...
14 mart 2016
Maxbuslar hech qachon oziq ovqatni to‘liq olmaydi. Albatta olib qolishadi. Masalan, kiritgan choy, shakar-qand, sigaretlaringizni yarmini maxbusga beradi. 159 ...
2 avgust 2018
Albatta, bu Tuz degan rassomning xayol mahsuli, xolos. Aslida o‘zbekistonlik hojilarning shaytonga tosh otgani mana bunday kechdi. Shu yil ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...