Asosiy mavzular
9 dekabr 2023

Jizzaxda «ko‘chinskiy»larga qarshi «maski-shou» o‘tkazildi

Jizzax viloyatida ham «Dolzarb – 40 kunlik» maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoiy guruhlarga a'zo bo‘lgan, ijtimoiy muhitga salbiy ta'sirini o‘tkazishga urinayotgan shaxslarni qo‘lga olish va ularning jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida bir qator tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda. 

Xususan, maxsus xizmat va huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida ijtimoiy muhitga salbiy ta'sirini o‘tkazishga urinayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi doirasida 3 nafar shaxslar qo‘lga olinib, 12 nafar shaxslarga jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi tomonidan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Shuningdek, jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashiringan 17 nafar shaxslar ushlandi.
Xuddi shunday, viloyat hududida tezkor vaziyatga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi, jinoyat sodir etishga moyil 20 nafar shaxslarning yashash manzillarida maxsus profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Natijada noqonuniy buyum va ashyolarni saqlab kelgan 10 nafar shaxslar aniqlandi.

Qissadan hissa shuki, davlat qilich bilan bu Robin Gudlarni yo‘q qilishi mumkin. Ammo faqat qilichni ustida uzoq o‘tirib bo‘lmaydi. IIV va sud tizimi mazlumni himoya qilsagina ko‘cha o‘z o‘zidan yo‘qoladi. Eltuz esa voqealar rivojini yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk bosing.

Tag‘in o‘qing
3 dekabr 2024
Ha aynan shunday! Xuddi o‘rta asr feodal sultoni kabi xokim “qama” dedi. O‘zbekyaistonda sud va ijro hokimiyati mavjudligidan behabar ...
29 iyun 2017
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Sudya och ekan, prokuror to‘q ekan. Sudyaning alvasti kabi xotini, yiqilay deb turgan ...
18 may 2016
«Milliy tiklanish» gazetasi shu nomdagi partiya «yoshlarni yot g‘oyalar, buzg‘unchi kuchlar, mafkuraviy tahdidlardan avaylab-asrash»ga qaratilgan sa'y-harakatlarini tobora avj oldirayotgani ...
17 iyun 2020
Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani turg‘uni 40 yashar Saydullo So‘fiev IIBning ikki xodimi 16 iyun kuni qo‘lini qayirib, mashinaga bosib, ...
Bloglar
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...
12 yanvar 2025
Turli mavzularga o‘z qarashi bilan farqlanadigan bloger Kirpi Prezidentning 380-sonli qarori asosida 1000ta kitobning o‘zbek ...