Catira
14 noyabr 2016

«Siz MXX loyixasimisiz?» Ketmonov: «Yolg‘on va tuhmat!»

Bugunga kelib, barcha nomzodlar ichida o‘z feyk akkauntlariga ega bo‘lgan Xotamovning Tvitterdagi falloverlari soni 957 taga, tvitlari soni esa 4563 taga yetdi.

Haqiqiy Ketmonovning o‘zi bilan bog‘lanish imkoni yo‘qligindan kelib chiqib, o‘zbek faoli Umida Niyozova ham unga bir qancha jiddiy savollar berdi:

rasm1988
Franker «Ketmonov»ning Umida Niyozova bilan tvitterdagi yozishmasi

Umida Niyozova: 2013 yilgacha siz Andijonda Hokim o‘rinbosari bo‘lgansiz, 2005 yilgi qo‘zg‘olan boshlangan payt qaerda edingiz?

Xotamjon Ketmonov: Men Andijonda Zokirjon Almatov yonida edim.
Umida Niyozova: Agar siz prezident bo‘lsangiz, tanqidchilaringizni nima qilasiz?

Xotamjon Ketmonov: Haqiqiy lider – jonli, normal, jiddiy muxolifatni istaydigan shaxsdir. O‘zbekiston liderlarining zaifligi, buni bilmasligidandir. Muxolifat chet elda bo‘lmasligi kerak, Muxolifat xalq bilan birga bo‘lishi kerak!

Umida Niyozova: O‘zbekistonga chiqish vizasi nima uchun kerak?

Xotamjon Ketmonov: Bu boshqaruv va nazorat usullaridan biridir. O‘zbekistonda hamma bosim ostida, har bir mahallada, kim qanday yashayotganini MXXga yetkazib turadigan odamlar bor.

Umida Niyozova: Islom Karimov boshqaruvini qanday baholaysiz?

Xotamjon Ketmonov: Islam Abdug‘anievich, bizning otamiz. Ulug‘ siyosatchi va iqtisodchi. Mamlakatning ikkinchi prezidenti bo‘lish qiyin, yangi liderdan ham hamma ayni natijalarni kutadi. Ayni damda, I.A.K. o‘limidan so‘ng katta muammolar boshlandi. Bizning Qirg‘izistondagi va Tojikistondagi qo‘shnilarimiz GES qura boshlashdi, bu bizning mamlakatiz uchun kasofatdir.

Umida Niyozova: Mirziyoevga virtual qabulxonaning nima keragi bor?

Xotamjon Ketmonov: Mirziyoev uzoq yillar bosh vazir bo‘lgan. Virtual qabulxona – xalqning muammolari juda ko‘pligini ko‘rsatadi. Agar siz uzoq vaqt shirinlik yemagan bo‘lsangiz va sizga muddati o‘tib ketgan shokolad berishsa, uni yeysiz va bunga e'tibor bermaysiz.

Umida Niyozova: Siz MXX loyixasimisiz?

Xotamjon Ketmonov: Yolg‘on va tuhmat!

Umida Niyozova: Obid Asomov raxbarligida kulgu va satira vazirligi yaratish kerakmi?

Xotamjon Ketmonov: Ajoyib g‘oya. Biz o‘z kamchiliklarimiz ustidan kula olishimiz va ularni xal qilishimiz lozim. Komiklarni sahnadan mahrum qilmaslik kerak, ular chiqib turishi kerak.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 iyul 2016
30 yashar O‘zbekiston vatandoshi Munisa Oyxo‘jaeva Turkiyaga kelguniga qadar 128 kilo tosh bosgan edi. Semizlikni hastalik deb bilgan Munisa ...
4 mart 2020
Milliylik bilan assotsiatsiya uyg‘otadigan yana bir atribut — paxta guli tushirilgan choynak-piyola. Bu choynak-piyola dizayni o‘tgan asrning 60-yillarida ishlab ...
20 aprel 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solih audiokitobining davomi. Boshi “Eltuz”ning “Imperativ” ruknida. Davomi bor.) Sotsialistik hayot mening yosh yuragim uchun ...
7 dekabr 2018
Osiyo tennis federatsiyasining 1 dekabr kuni Filippin poytaxti Manilada o‘tgan yillik kongressida O‘zbekiston maxsus xizmatining sobiq raisi Rustam Inoyatov ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...