Uch o‘spirin o‘zbek Cankt Peterburgdagi “mangu olov”ni o‘chirishdi
Cankt Peterburgning «Krasnoe Selo» tumanida uch nafar O‘zbekistonlik bola Lenin ko‘chasidagi «Mangu olov»ni o‘chirib qo‘yishdi, deya yozmoqda Rossiya nashrlari.
Kameraga tushgan tasvirlarda yigitlarning olovga qor to‘plarini uloqtirayotgani aks etgan. Voqea 10 dekabr kuni sodir bo‘lgan.
Mahalliy aholi vakillaridan biri bu haqda navbatchilik punktiga qo‘ng‘iroq qilgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari, Lenin shohko‘chasidagi 112-uyga o‘rnatilgan kuzatuv kameralariga tushgan videotasvirlar orqali «o‘t o‘chiruvchilar»ni aniqlagan.
Videoda bolalarning o‘lgan o‘ris askarlari sharafiga yoqib qo‘yilgan «Mangu olov»ga qor irg‘itib uni o‘chirishgani aks etgan edi.
«Mangu olov» o‘chirilganidan bir necha soat o‘tib politsiya xodimlari bolalar yashaydigan uyni qidirib topib bosishgan. Ikki aka-uka so‘roqqa olib ketilgan. Uchinchi yigit haqida esa hozircha hech narsa ma'lum emas, deya xabar bermoqda rus matbuoti.
Ayni paytda voqea tafsilotlariga oydinlik kiritilmoqda. Sankt-Peterburgning «Krasnoe selo» tumani prokuraturasi tergov olib bormoqda.
Eltuz voqea tafsilotlarini o‘rganishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Videolarimizga layk bosing.