Asosiy mavzular
19 dekabr 2023

Bekobod tumani hokimi va Namangan viloyat zamhokimlari qamaldi

O‘zbekistonda qama-qamalar davom etmoqda. Ayni paytda Toshkentning Bekobod tumani hokimi va Namangan viloyati zamhokimlari, shuningdek Farg‘ona viloyati soliq idorasi mulozimlari qamoqqa olingan. Bundan avval Eltuz sobiq Qishloq xo‘jalik vaziri va Buxoro tuman sobiq hokimi va uning ikki mulozimining qamalgani haqida xabar bergan edi.  

Korruptsiyaga qarshi kurashish tadbiri doirasida byudjet pullarini o‘zlashtirganlikda ayblanib, Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi Shuhrat Mirzaev qo‘lga olingan. Bir paytlar Shuhrat Mirzaev sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning muovini edi. Bundan avval Eltuz Aziz Voitovning qamoqqa olingani haqida xabar bergan edi.

«U iqtisodiy jinoyatlar bilan bog‘liq ish yuzasidan tergov qilinmoqda». Aziz Voitov ishdan olib tashlangan prezident administratsiyasining so‘nggi rahbari Sardor Umurzoqovning eng yaqin hamkori va sherigi sifatida tanilgan edi.

Ayni paytda Namangan viloyatida ham qama qamalari avjida.

Eltuzning Namangandagi insayderlariga ko‘ra, Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Saidahmad Sultonov xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘lga olingan.

Ayni paytda Viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Jamoliddin Aloyiddinov ham ichkariga obkirilgan.

Bundan avval Eltuz Buxoro tumani hokimi Xayrillo Jo‘raev hibsga olingani haqida xabar bergan edi. Manbalarga ko‘ra, u mansab vakolatini suiiste'mol qilish, mansabga sovuqqonlik bilan qarash hamda yer berish tartibini buzish moddalari bilan ayblanmoqda.

Shuningdek Farg‘ona viloyati Soliq boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i hamda, katta inspektori Jinoyat kodeksining soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash hamda hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish moddalari bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, hibsga olingan.

Shuningdek, Farg‘ona shahar soliq inspektsiyasi sayyor soliq tekshiruvlari sho‘basi bosh inspektori ham pora olishda gumonlanib qamalgan.

Eltuz O‘zbekistonda avj olayotgan davlat amaldorlarining qamalishi bilan bog‘liq jarayonlarni yoritishda davom etadi. Ko‘rsatuvlarimizni kuzatib boring, videolarimizga layk bosing, kanalimizga obuna bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
15 dekabr 2016
O‘zbek faollari bu pullarni korruptsiya jabrdiydalari bo‘lgan O‘zbekiston xalqiga qaytarilishini istashmoqda. Elektron petitsiyani shu yerda imzolashingiz mumkin. O‘zbekiston telekommunikatsiya ...
26 noyabr 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
1 avgust 2023
So‘nggi o‘quv yili davomida umumta'lim maktablarining pedagoglariga 50 foiz ustama imtiyozi beradigan APTIS (British Council Aptis) imtihonlarining 1 avgustdan ...
2 iyun 2016
«Avval bizga uch nafar nomzod ko‘rsatiladi, deyishgandi», – deydi Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanidagi saylovda ishtirok etgan mahallalarda yashovchi mo‘ysafid. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...