Asosiy mavzular
21 dekabr 2023

Calim Mixas yo‘llagan advokatlardan voz kechdi

Eltuzning bir biridan mustaqil ikki manbasining ma'lum qilishicha, xalq orasida Salimboyvachcha nomi bilan tanilgan taniqli tadbirkor Salim Abduvaliev Rossiya “jinoyat olami”ning eng nufuzli vakillaridan biri “Mixas” laqabi bilan mashhur Sergey Mixaylov yollagan uch advokat xizmatidan voz kechgan.

Salim Abduvaliev va Sergey Mixaylovni uzoq yillik do‘stlik rishtalari bog‘lab turishi ko‘pchilikka yaxshi ma'lum.

Eltuz manbalariga ko‘ra, do‘stiga yordam berish maqsadida Mixas o‘z hisobidan advokatlar yollagan, ammo Salim Abduvaliev uchrashuv chog‘ida ularning xizmati kerak emasligini aytgan.

Eltuz manbalari Salim Abduvaliev advokatlar xizmatidan o‘z ixtiyoriga qarshi voz kechgan bo‘lishi mumkinligini aytishadi.

Ayni paytda Salim Abduvaliev xizmatida bo‘lgan tadbirkorlar uni qamoqdan chiqarib olish uchun barcha choralarni ishga solishayotgani aytiladi.

Eltuz suhbatlashgan tahlilchilar fikriga ko‘ra, Mixasning Salimga avdokat xizmatini taklif qilgani ramziy bo‘lib, rus mafiya bobosining o‘zbek mafiya bobosiga bo‘lgan do‘stligini ko‘rsatadi.

O‘zbekistonda jinoiy avtoritet sifatida bilingan Salim Abduvalievning 1 dekabr oqshomida o‘z uyida “Maski shou” amaliyotida hibsga olingani haqida o‘zbek ommaviy axborot vositalari ichida birinchi bo‘lib Eltuz xabar bergan edi. Ushbu xabar oradan uch kun o‘tib, 5 dekabrda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi tarqatgan ma'lumotnomada tasdiqlandi.

Rasmiy ma'lumotda aytilishicha, 73 yashar Salim Qirg‘izboevich Abduvaliev (248-modda 1-qismi, o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash)da gumon qilinuvchi tarzida jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan.

Salim Abduvaliev ko‘p yillardan beri O‘zbekistondagi jinoyat olamining eng ko‘zga ko‘ringan vakili sifatida tanilgan.

65 yoshli «Mixas» esa Rossiyada, shuningdek, Yevropa va AQShda jinoyat olamining eng nufuzli vakillaridan biri hisoblanadi.

Biroq Sergey Mixaylovning mafiya bilan aloqalari hech qachon sudda isbotlanmagan. 

1980-yillarning oxiridan beri «Mixas» boshchiligidagi «Solntsevskaya» uyushgan jinoiy guruhi sobiq Sovet Ittifoqidagi eng nufuzli jinoiy guruhlardan biri bo‘lib, ko‘plab qotilliklar, talonchilik va reket uchun javobgar ko‘riladi.

Tag‘in o‘qing
16 fevral 2021
Qiziq, men o‘zimni «Sen kimsan?» deb taftish qilar ekanman, boshqalar ham bu savolni menga bera boshladilar: «Sen kimsan?» Tabiiy, ...
8 yanvar 2017
Shavkat Mirziyoev ikki kuyovini hayotlaridagi eng yirik yangi yil sovg‘asi bilan siyladi. Katta kuyov Oybek Tursunov prezident ma'muriyati rahbari ...
17 may 2023
Meksika AQSh chegarasidagi ko‘lda baliqchilar to‘riga yarim chirigan jasad ilindi. Tekshirilsa, bu jasad O‘zbekistonning Chelak tumanida yashagan qashshoq bo‘lib ...
11 may 2018
Davlat soliq qo‘mitasi rahbari 71 yoshli Botir Parpiev 11 may kuni raislikdan bo‘shatildi. Bu haqda bildirgan O‘zA axborot agentligining ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...