Asosiy mavzular
24 dekabr 2023

Sankt Peterburgda Baxti o‘g‘ri sheriklaridan biri qo‘lga olindi

ossiyaning Sankt Peterburg shahrida politsiya O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvga berilgan Mamajonov Doniyor Dilmurodjon o‘g‘lini hibsga olgan.

Doniyor Mamajonov O‘zbekistonda juda ko‘p miqdorda toavlamachilik bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi bo‘yicha tergovdan yashirinib yurganligi aniqlangan.

Tergov unga nisbatan qidiruv e'lon qilib, sirtdan qamoqqa olishga vazifalantirilgan.

(O‘RIS POLITsIYaSI BILAN SAVOL JAVOB)

Eltuzga yuborilgan videoda Doniyor Mamajonov kishanlangan holda politsiya savollariga javob berayotgani tasvirlangan. U politsiyaning “jinoyat olami”ga aloqangiz qanday degan savoliga “hech qanday” deya javob beradi.

29 yashar Doniyor Mamajonov Sankt Peterburgga sport musobaqasiga borganini aytadi.

Politsiyaning Sankt Peterburgda qaerda yashashi haqidagi savoliga mehmonxonada turganini aytadi, ammo aynan qaysi mehmonxonada turishini aniq eslay olmasligini aytadi.

Doniyor Mamajonov, Eltuz manbalariga ko‘ra, O‘zbekistondagi yagona vor v zakone “Baxti Tashkentskiy” laqabli Baxtiyor Qudratullaevga yaqin shaxslardan biri sifatida tanilgan.

Baxti Tashkentskiyning o‘zi ham 28 noyabrda O‘zbekistondagi “jinoyat olami”ga qarshi boshlatilgan 40 kunlik keng ko‘lamli amaliyot boshlanganidan ko‘p o‘tmay hibsga olingan edi.

Eslatib o‘tamiz, 22 dekabrda O‘zbekiston Ma'naviyat va ma'rifat kengashining yig‘ilishida gapirgan Prezident Shavkat Mirziyoev O‘zbekistonni jinoyatdan xoli hududga aylantirishga azm qilganini aytgan edi:

“O‘zini “ko‘cha” deb ataydigan jinoiy guruhlar bo‘ladimi, korruptsiyaga berilgan mansabdor shaxslar bo‘ladimi, kim qonunga bepisand qarab, davlat va jamiyatga zarar yetkazadigan bo‘lsa, biz bunga hech qachon jim qarab turolmaymiz. Ko‘chalarimiz, mahallalarimiz, hayotimiz tom ma'noda tinch va toza, jinoyatdan xoli bo‘lishi kerak.  Yangi O‘zbekistonda qonun ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar bo‘lishi shart. Va albatta shunday bo‘ladi,” deb aytgan edi Prezident Shavkat Mirziyoev.

Eltuz O‘zbekistondagi  jinoyat olamiga yaqin shaxslarning qamalishiga oid jarayonlarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling, videolarimizga layk bosing.

Tag‘in o‘qing
16 noyabr 2024
Shariat tizimi bilan boshqariladigan Saudiya Arabistoni so‘nggi yillarda shahzoda Salmon tomonidan olib borilgan islohotlar bilan tubdan o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. ...
30 sentyabr 2015
Kecha majburiy paxta terimi jumladan bolalar ekspluatatsiyasi avj olgan Xorazm viloyatiga reydga chiqqan huquq himoyachilari Yelena Urlaeva va Malohat ...
30 yanvar 2018
O‘zbekistonni 27 yil boshqargan va 2016 yilda o‘lgan Islom Karimovning nabirasi Buyuk Britaniya hukumatidan siyosiy boshpana so‘radi. Bu haqida ...
28 aprel 2021
Davlat soliq qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboevni sudga ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...